• GPL(GNU Public Licenseb, GNU)
  • «Sakila»
  • MySQl AB
  • WAMP, AppServ, LAMP, Denwer
  • Asosiy qism Axborot tizimini loyihalashda dasturiy vositalardan foydalanish
  • MySql ma’lumotlar bazasini shakllantirish




    Download 0.93 Mb.
    bet4/8
    Sana14.12.2020
    Hajmi0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8

    MySql ma’lumotlar bazasini shakllantirish

    MySQL — bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma’lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.

    Ho‘sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma’lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya’ni fayl ochilib kerakli ma’lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya’ni faylni ochish, o‘qish, yopish,.. ko‘p vaqtni olib qo‘ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko‘p), ma’lumotlar bazasiga o‘tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.



    MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va  qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

    MySQL tizimi  tcx kompaniyasi tomonidan, ma’lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.

    So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma’lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.

    MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya’ni MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi.  Ikkinchi turi, GPL shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz,  bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.

    MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biriAmbrose Twebaze ga tegishlidir.

    MySQL juda ko‘p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo‘lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…

    MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo‘lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o‘ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.

    MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar  MySQL serveriga ma’lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.



    Masalaning qo’yilishi

    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi uchun dastur yaratish hamda uni loyihalashdan iborat tizimni yaratish. Axborotni loyihalash uchun bizga loyihalash uchun dasturiy vositalar kerak. Axborot tizimini loyixlashda StarUML daturidan va bu dastur orqali shifoxonada qaror qabul qilish tizimi ketma-ketligini yaratish. Dasturni tuzishda Java NetBeans IDE dasturlash tilidan tibbiyotda qaror qabul qilish tizimini yaratish kerak. Star UML dasturi orqali diagrammalar ketma-ketligini tuzish.



    Asosiy qism

    Axborot tizimini loyihalashda dasturiy vositalardan foydalanish

    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi uchun StarUML loyihalash dasturiy tizimini tanladim. Bunda qaror qabul qilish tizimi quyidagicha bo`ladi.


    Bunda dastur qanday qaror qabul qilishi va doctor qanday tashxis qo`yishini ketma-ketlik diagrammasi orqali tasvirlangan. Bemor qanday bosqichlardan o`tishi ham ko`rsatib o`tilgan va shu ketma-ketlik bajarilganidan keyin bemor o`z kasalliki bo`yicha tashxis olishi mumkin.



    Quyidagi rasmda esa shifoxonadagi loyihada qatnashuvchi aktyorlar va shu shifoxonada bo`ladigan xolat(Use-Case)larning diagrammasi ko`rsatigan.


    Bunda har bir aktyor qanday ish qilishi, nimalardan foydalanishi va kimga murojat qilishi ko`rsatib o`tilgan. Shu tariqa bemorning kasallik belgilari bo`yicha tashxis qo`yishda yuqoridagi barcha xolatlar amalga oshiriladi.

    Quyidagi rasimda bemorlar, hamshiralar hamda doktorlarni Class diagrammasi ko`rsatilgan.



    Shifoxonada ob`ektlar qanday tartibda bo`lishi Ob`ekt diagrammasida aks ettiriladi.






    Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MySql ma’lumotlar bazasini shakllantirish

    Download 0.93 Mb.