• Nazariy qism.
  • Ishning bajarilishi.
  • Steykholder 1.
  • Steykholder 2.
  • Steykholder 3.
  • 1-rasm saytning umumiy ko’rinishi
  • Tizimning amaliyotliligiga qo’yiladigan talablar tahlili Ishdan maqsad




    Download 0.85 Mb.
    Sana28.09.2020
    Hajmi0.85 Mb.


    1-Laboratoriyaishi

    Tizimning amaliyotliligiga qo’yiladigan talablar tahlili
    Ishdan maqsad.

    Insoniyat faoliyat sohalaridan ixtiyoriy birini tanlagan holda, ushbu soha yo’nalishida ishlayotgan xizmat ko’rsatuvchi va xizmatlardan foydalanuvchi taraflardagi shaxslar, ular va ularning o’rtasida aloqani ta’minlovchi vosita sifatida kompyuter tizimlari va tarmoqlari yoki boshqa elektron qurilmalardan foydalanishi hodisalarini umumiy bir tizim sifatida tahlil qilib chiqish. Tizim ishtirokchilarini steykholderlar misolida ularning harakatlarini guruhlarga ajrata olish va ular o’rtasida aloqadorlikni o’rnatish.
    Nazariy qism.

    Steykholder ( ingliz tilida “stakeholder” ) — qaror va hatti-harakatlari, korxona ko’radigan foyda va undagi jarayonlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan inson, shaxslar guruhi yoki alohida tashkilotlarni xarakterlovchi tushuncha.

    Steykholderlarni odatda ikki turga bo’linadi. Bu – ichki (tashkilot ichida joylashgan) va tashqi (tashkilot tarkibiga kirmaydigan, va uning hududidan tashqarida bo’lgan).

    Ishning bajarilishi.

    Amaliyot ishini bajarish uchun tizim sifatida internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi provayder ( ingliz “Internet Service provider” – ISP ) korxonada mijozlarni texnik qo’llab-quvvatlash va axborotlashtirish bo’limi tanlandi.

    Mijozlarni texnik qo’llab-quvvatlash va axborotlashtirish bo’limi 24 soatli ish faoliyatini haftaning har kunida uzviy olib boradi, va mijozlar tomonidan amalga oshirilayotgan qo’ng’iroqlarni qabul qilib, ularga masofada texnik konsultatsiya ko’rsatish yo’li bilan internet tarmog’idan foydalanish paytida sodir bo’lgan turli dasturiy yoki texnikaviy muammolarni hal etishga, hamda korxona mijozlar va potensial mijozlarini qiziqtiruvchi savollarga javoblar berish xizmatlarini taqdim etadi. Mijozlar qo’ng’iroqlarini maxsus tayyorgarlik ko’rgan, tajribali operatorlar qabul qiladi, va mijozlar bilan aloqani olib boradi. Bo’limda bunday operatorlar o’nta yoki shu son atrofida bo’lib, ular korxonaning korporativ tarmog’i asosida qurilgan IP-telefoniya yordamida barcha ishlarni amalga oshiradi.

    Ba’zi hollarda mijoz hududida lokallashgan texnik muammolar kuzatilib ularga operatorlar masofada hech qanday yordam ko’rsata olishmaydi. Aynan shunday hollarda texnik xizmat guruhi injenerlariga operatorlar xabar berib, mijoz bilan bag’lanish va aloqani ta’minlab bergan holda ushbu muammoni texnik xizmat guruhi ma’suliyati zimmasiga o’tkazib berishadilar. O’z o’rnida texnik xizmat guruhi injenerlari mijoz internetdan foydalanish joyiga kelgan holda, mijoz-foydalanuvchi bilan uchrashib bevosita muammoni bartaraf etadilar.

    Shu tariqa ushbu tizim jarayonida uchta steykolder qatnashib, ulardan ikkitasi, ya’ni opertatorlar va texnik injenerlar guruhi – ichki steykholderlar, va bitta tashqi

    steykholder – mijozlar mavjud bo’lib, ularning ishtirokida jarayon olib boriladi.


    Steykholder #1.

    Operatorlar



    Qo’ng’iroqlarni qabul qilishi.



    Dastlabki texnik diagnostika.



    Texnik tashxis.



    So’zlashuvning yozib borilishi, mijoz haqida barcha ma’lumotlar bir buyurtmada yozib saqlanishi.



    Texnik guruh injenerlariga buyurtmaning uzatilishi.

    Aloqa vositalari:

    1. IP-telefoniya;

    2. TroubleTicket (buyurtmalar) tizimi;







    Steykholder #2.

    Texnik injenerlar



    Buyurtmalarni qabul qilishi.



    Mijoz bilan bog’lanish.



    Operatorlar buyurtmada ko’rsatgan muammoga doir ma’lumotlar.



    Mijoz bilan uchrashuv sana va vaqtini kelishib holda belgilash



    Bajarilgan ishlarni buyurtmadagi ma’lumotlarga qo’shish.

    Aloqa vositalari:

    1. TroubleTicket (buyurtmalar) tizimi;

    2. Telefon;







    Steykholder #3.

    Mijozlar



    Qo’ng’iroq qilish.



    Dastlabki texnik diagnostikada ishtirok.



    Savol/javob, maslahatlar. Berilgan ko’rasatmalarni bajarish.



    Zarur ma’lumotalarni opertorga taqdim etish.



    Bog’lanish uchun aloqa ma’lumotlarini taqdim etish.

    Aloqa vositalari:

    1. Telefon;

    2. E-mail;

    3. On-line messendjerlar;




    Topshiriq :Xabar.uz tahlili


    Dastlab Xabar.uz ning batafsil ko’rinishini ko’ramiz



    1-rasm saytning umumiy ko’rinishi
    Sayt 6 ta qismdan iborat bo’lib bular bosh sahifa Barchasi, Mahalliy, texnologiya, Xorij, Sport, Ko’proq bo’limlardan iborat.Bu sayt asosan O’zbekistonning tezkor yangiliklari web sayti bo’lib bu saytda O’zbekistonning va Dunyoning yangiliklari aniq ravishda berilib boriladi Bu saytning yaratgan dasturchi Farxod Fayzullayev hisoblanadi.

    Daryo.uz sayti HTML5 CSS3 BOOTSRAP VA JS JQUERY LARDAN foydalangan holda ishlangan Sayt HTTP protocol yordamida himoyalangan.



    2-rasm


    Saytda header footer va navigatsiya hamda section qismlardan iborat.Header qismida asosan reklamalar joylashadi.Boshqa hamma qismida Yangiliklar joylashadi.

    3-rasm


    3-rasmda Saytning footer qismi ko’rsatilgan bo’lib bunda saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahiflari mavjud yani telegram ,instagramm, twitter, facebook dagi sahifalari mavjud.

    Download 0.85 Mb.




    Download 0.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimning amaliyotliligiga qo’yiladigan talablar tahlili Ishdan maqsad

    Download 0.85 Mb.