To'lqin oprikasi Yorag'likning to'lqin tabiati Yorug'lik interferensiyasi Yorug'lik dispersiyasi Yorug'lik difraksiyasi Yorug’likning qutblanishi




Download 468.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi468.16 Kb.
#20229
  1   2
Bog'liq
To\'lqin optikasi



To'lqin oprikasi 
1. Yorag'likning to'lqin tabiati
2. Yorug'lik interferensiyasi
3. Yorug'lik dispersiyasi 
4. Yorug'lik difraksiyasi 
5. Yorug’likning qutblanishi 


• Yorug'likning tabiati haqida birinchi ilmiy gipoteza XVII 
asrda aytilgan. 1672 yilda I. Nyuton yorug'likning 
korpuskulyar (lotincha korpuskula–zarracha demakdir) 
nazariyasiga asos soldi. Bu nazariyaga ko'ra yorug'lik 
manbadan har tarafga tarqaluvchi zarrachalar oqimidan 
iborat. Shu davrda X. Oxugens tomonidan yorug'likning 
to’lqin nazariyasi ishlab chiqildi. X. Gyugensning 
tasavvurlariga ko'ra, yorug'lik alohida muhitda 
tarqaluvchi va barcha jismlar ichiga singuvchi to'lqindan 
iboratdir. 
• Ikkala nazariya ham alohida-alohida uzoq vaqt mavjud 
bo'lib keldi va yorug'lik tarqalishining o'sha vaqtda 
tajribalardan ma'lum bo'lgan qonunlarini ikkala 
nazariya ham ma'lum darajada izohlab berar edi. 


• XIX asrning boshida yorug'likning 
difraksiyasi(yorug'likning to'siqlarni aylanib o'tishi) 
va yorug'lik interferensiyasi (yorug'lik dastalari bir 
birini ustiga tushganda yoritilganlikning kuchayuvi 
yoki zayiflashuvi) hodisalarining kashf etilishi va bu 
hodisalar faqat to'qin harakatlari natijasida yuzaga 
kelishi mumkinligi sababli, yorug'likning to’lqin 
nazariyasi, yorug'lik to'g'risidagi korpuskulyar 
nazariya ustidan uzul-kesil g'alaba qildi. Bunday 
ishonch XIX asrning ikkinchi yarmida Maksvellning 
yorug'lik elektomagnit to'lqinlarning xususiy holi 
ekanligi to'g'risidagi gipotezadan keyin yuzaga 
keldi. Yorug'lik nuri to'lqin uzunligi 400 nm dan 780 
nm gacha bo'lgan elektomagnit tebranishlarning 
fazodagi tarqalishidir. 


• Maksvel nazarriyasiga asosan elektromagnit 
to'lqinlar chekli tezlik bilan tarqaladi. 
Elektromagnit to'lqinning tarqalish tezligi to'lqin 
tarqalayotgan muhitning elektr va magnit 
hossalari bilan aniqlanadi: 









0
0
1


• Yorug'lik yo'lqin tabiatini tasdiqlovchi 
tajribalardan biri yorug'lik interferentsiyasidir. 
Yorug'lik interferentsiyasini tushuntirish uchun 
kogerent yorug'lik manbalari tushunchasini 
kiritish lozim. Kogerent yorug'lik manbalari deb 
bir xil chastotali va fazalar farqi o'zgarmas bo'lgan 
tebranishlarni yuzaga keltiruvchi to'lqin manbaiga 
aytiladi. Odatda, bitta yorug'lik manbaidan 
chiqayotgan to'lqinni biror usul bilan ikki kogerent 
to'lqinga ajratiladi. 


• Yorug'lik interferentsiyasini kuzatish uchun kogerent 
manbalardan foydalanish lozim. Odatda, kogerent 
manbalar. Frenel biprizmasi, Yung usuli, yupqa 
plastinkada, ponada, Nyuton halqalarida, va boshqa 
ko'pgina usullar yordamida hosil qilinadi. Yorug'lik 
interferentsiyasini kuzatishning ikkinchi asosiy sharti–
kogerent to'lqinlar qo’shilishidan oldin yo'llar farqini 
hosil qilishi kerak, ya'ni ikki kogerent to'lqin bosadigan 
optik yo'llar farqi butun yoki yarim to'lqin uzunligiga 
teng bo'lishi kerak. Yuqorida qayd qilingan ikki shart 
bajarilganda yorug'lik interferentsiyasi kuzatiladi. 
Yoruglik interferentsiyasi deb, ikki kogerent to'lqinning 
fazoda qo'shilib ular energiyasi (intivsivligi)ning qayta 
taqsimlanishiga, ya'ni o'zaro kuchayishiga yoki 
susayishiga aytiladi. 


• M

va M
2
manbalardan chiqayotgon kogerent 
to'lqinlar A nuqtada uchrashayotgan bo'lsin. M

manbadan chiqayotgan to'lqin A nuqtaga 
yetguncha L
1 
yo'lni, M
2
manbadan chiqayotgan 
to'lqin A nuqtaga yetguncha L
2
 yo'lni bosib 
o'tadi.
• Bunda yo'llar farqi ΔL= L
2
–L
1
ga teng bo'ladi. 


• Agar optik yo'llar farqi yorug'lik to'lqinining 
yarim uzunligiga juft karrali bo'lgan xolda, yani 







m
m
L
2
2



Download 468.16 Kb.
  1   2




Download 468.16 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To'lqin oprikasi Yorag'likning to'lqin tabiati Yorug'lik interferensiyasi Yorug'lik dispersiyasi Yorug'lik difraksiyasi Yorug’likning qutblanishi

Download 468.16 Kb.
Pdf ko'rish