• Tayanch so’z va iboralar
  • To’quv dastgohini texnologik chizmasi Iplarni qayta o’rash




    Download 65.07 Kb.
    bet1/2
    Sana06.12.2022
    Hajmi65.07 Kb.
    #33482
      1   2
    Bog'liq
    10-mavzu, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word

    To’quv dastgohini texnologik chizmasi
    Iplarni qayta o’rash.
    Qayta o’rash jarayonida iplarning tarangligi.
    Qayta o’rash mashina va avtomat turlari.
    Qayta o’rash omillari, nuqsonlari va chiqindilari.
    Mashinani ish unumdorligi.
    Tandalash jdarayonini maqsadi va qo’yilgan talablar.
    Tandalash turlari
    Tandalash jarayonidagi chiqindila, nuqsonlar, omillar va unumdorligi.
    Tayanch so’z va iboralar:
    To’qimachilik, to’quvchilik, sanoat, yigirilgan ip, mato, to’qima, uskunalar, trikotaj, korxona.

    TANDA VA ARQQ IPLARINI QAYTA O’RASH
    Qayta o’rashdan maqsad keyingi jarayon uchun qulay bo’lgan o’rama hosil qilish.
    Sig’imi ko’p bo’lgan o’rama hosil qilish (babina)
    Iplarni sifatini tekshirib olish.
    Qayta o’rash jarayoniga qo’yiladigan talablar:
    Ipni tarangligi etarli bo’lishi va babina o’rash jarayonida o’zgarmas bo’lishi kerak.
    Jarayonning ish unumdorligi yuqori bo’lishi kerak.
    Qayta o’rash paytida iplarning sifati yomonlashmasligi kerak.
    Qayta o’rash jarayoni maxsus mashinalarda bajariladi. Bu mashinalar o’rash mashinalari deyiladi. Mashina quyidagi qismlardan iborat:
    O’ramani o’rnatish qismi (tuftakni)
    Yo’naltiruvchi va tozalovchi moslama.
    Taranglovchi moslama.
    Ogohlantiruvchi moslama.
    Qayta o’rash paytidagi ishlarning tarangligi
    TqT1+T2+T3
    T-iplarning umumiy tarangligi
    T1-iplarning markazdan qochma kuchlar ta’sirida olayotgan tarangligi
    T2-yo’naltiruvchi moslamalarga ishqalanish natijasida hosil bo’luvchi ishqalanish
    T3-taranglovchi moslama hosil qilayotgan taranglik.
    Qayta o’rash mashinalari turlari
    Texnologik jarayonni avtomatlashtirilganligiga qarab mashinalar 2 guruhga bo’linadi:
    A) qayta o’rash mashinalari
    B) qayta o’rash avtomatlari
    Xosil bo’layotgan o’rama turiga qarab mashinalar 2 guruhga bo’linadi:
    a) parallel o’rovchi
    b) krestsimon o’rovchi (x)
    O’ralish prinsipiga qarab 2 guruhga bo’linadi:
    A) Urchuqli
    B) Urchuqsiz
    Urchuqlar 2 xil joylashadi:
    A) vertikal
    B) gorizontal
    ayta o’rash avtomatlarining turlari:
    Ulash (av) almashtirish stansiyasi-(UAS) uzilgan iplarni ulash va tuftakni almashtirishdan iborat.
    UAS va urchuqlarni 1-1ga nisbatan harakatiga qarab avtomatlar 4 guruhga bo’linadi:
    1 ta qo’zg’atuvchan UAS ko’plab qo’zg’almas urchuqlar xizmat qiladi.
    Qo’zg’aluvchan UAS bir nechta o’rnatiladi. YA’ni 120 tacha
    To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlari. Mahsulot sifatini o’lchash va baholashning nazariy va amaliy jihatdan bog’lanish masalalari hozirgi kunda mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllanib bormoqda. To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlarini standanlashtirishda «sifat» tushunchasi va uni baholash usullarini ko’rib chiqish lozim.
    Mahsulot sifati -mahsulotning jami xossalaridan iborat bo’lib, ishlatilish davrida iste'molchilar talabini to’liq qondirish demakdir.
    Mahsulot sifatini ishlatilish davrida aniqlash talab darajasiga qarab o’zgarib boradi. Shu sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun, ayniqsa, ko’p maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatini baholash doimiy o’lchamda bo’lmaydi. Masalan,; zig’ir gazlamasidan engil yoping’ich va maxsus kiyim-kechak tayyorlanadi, lekin ularning sifat ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi.
    Ko’pgina ilmiy ishlar va adabiyotlarda «sifat » tushunchasi kengroq ishlatiladi va unga berilayotgan ta'riflar ham turlichadir. Prof. A.N.Solovyov «sifat» tushunchasini quyidagicha baholaydi:
    Material sifati —bu talab xossalariga bog’liq bo’lib, materialning qayta ishlanishi va ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir.
    Mahsulotning sifat ko’rsatkichi —GOST 15467-70 standartiga binoan mahsulot xossasining miqdoriy xususiyati bo’lib, sifat tarkibiga kiradi, ya'ni uni yaratish va ishlatish hamda iste'molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish.
    To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlari bo’yicha talab shartlari standartlar, texnik shartlar yoki qandaydir bir me'yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi.
    Barcha mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari ifodalanishi bo’yicha o’lchamli va o’lchamsiz (nisbiy yoki balli)ga bo’linadi.
    Sifatni baholash darajasi —bu jarayonlarning jami bo’lib, sifat ko’rsatkichlarining nomenklaturasini o’z ichiga oladi va mahsulot sifatiniboshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek, bazali va nisbiy ko’rsatkichlarini aniqlaydi.
    Mahsulotxossasi—mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste'molida yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar.
    Hozirgi paytda me'yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan holda, to’qimachilik materiallarining sifat ko’rsatkichlarini baholashda mahsulotning navi aniqlanadi, attestatsiyalash davrida esa uning sifat bosqichi belgilanadi.
    Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog’liq bo’lgan mahsulot sifat ko’rsatkichlari talablarida belgilanadi.
    Sinov —ob'ektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo’yicha eksperimental aniqlash demakdir.
    Sinov usuli —sinov ishlarini o’tkazish uchun belgilangan tamoyil- larning qo’llanilishidagi jamiqoidalar.

    • Mahsulot sifati boshlang’ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot sifatini baholash yoki o’lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim:

    • to’la-to’kis ishonchli baholash usullari material xossalarining me'yoriy shartlariga bog’liqligi bo’lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi;

    • sifat ko’rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to’la-to’kis yaroqliligini ko’rsatadi;

    • ta'minlovchi, imkoniyatlarini hisobga olgan holda me'yoriy shartlarning ratsional darajasi.

    Mahsulot sifat ko’rsatkichini ifoda etgan birligiga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin:

    • miqdoriy birliklarda aks etgan;

    • miqdoriy bo’lmagan birliklarda aks etgan;

    • asosga binoan sinash yo’li bilan olingan;

    • birgina xossasini ifoda etuvchi;

    • barcha xossasini ifoda etuvchi.

    Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to’g’ri va haqiqatga yaqin bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.
    Masalan, bir to’p matoning sifat ko’rsatkichini aniqlashda, odatda, oddiy standart sinash usulidan fiydalaniladi. O’lchash xatoligi 5%dan oshmaydigan maxsus asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan oldin namuna belgilangan sharoitda saqlanishi lozim. Bunda boshlang’ich ko’rsatkichlari belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich ko’rsatkichlar o’z navbatida to’g’ri yoki noto’g’ri, ahamiyat)i ydki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Tekshirish orqali aniqlangan o’lchashlar mahsulot sifat darajasini mujassamlashtirgan negizli ko’rsatkichlarbilan taqqoslanadi.

    Download 65.07 Kb.
      1   2




    Download 65.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’quv dastgohini texnologik chizmasi Iplarni qayta o’rash

    Download 65.07 Kb.