Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injinering fakulteti pyh005-patok (240-23 guruh) talabasi Rajapov Alisherning Fizika-2 fanidan tayorlagan Mustaqil ishi Mavzu




Download 158.33 Kb.
Sana14.03.2024
Hajmi158.33 Kb.
#172015
Bog'liq
fizika
HTML QOLLANMA, dasturlash 4

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injinering fakulteti PYH005-patok (240-23 guruh) talabasi Rajapov Alisherning Fizika-2 fanidan tayorlagan


Mustaqil ishi

Mavzu: Fotoeffekt
Reja:
1.Tashqi fotoeffektning volt-amper xarakteeristikasi.
2.Tashqi fotoeffektning birinchi qonuni.
3.Tashqi fotoeffektning ikkinchi qonuni.
4. Tashqi fotoeffektning uchinchi qonuni.
5. Tashqi fotoeffektning Eynshteyn nazariyasi.
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.


Metallga yorugʻlik tushganda, metall sirtidan elektronlar ajralib chiqishi mumkin. * Bu jarayon koʻpincha fotoemissiya yoki fotoelektrik effekt deb ataladi va metalldan chiqarilgan elektronlar fotoelektronlar deyiladi. Oʻzlarining xatti-harakati va xususiyatlari jihatidan fotoelektronlar boshqa elektronlardan farq qilmaydi. Foto- old qoʻshimchasi elektronlar metall sirtidan yorugʻlik tushishi bilan chiqarilganidan dalolat beradi.

Fotoeffektda metall yuzasiga urilgan yorugʻlik toʻlqinlari (qizil toʻlqin chiziqlar) metalldan elektronlar ajralib chiqishiga olib keladi.

Absolyut qora jismning issiqlik nurlanishini yorqin tushuntirgan Plank gipotezasi, fotoeffekt hodisasini ham tushunib berishda o‘z ifodasini topdi va u kvant nazariyasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.


Fotoeffekt Gers tomonidan 1887 yilda birinchi marta kuzatilgan. U, gazlarni uchqun chiqish davrida ultrabinafsha nurlanish bilan nurlatganda razryad jarayonining kuchayishini kuzatgan.
Fotoeffekt hodisasini birinchi marta Stoletov mukammal o‘rgangan. Fotoeffekt hodisasini o‘rganuvchi qurilma tuzilishi rasmda keltirilgan.

Fotoeffekt – tashqi, ichki va ventilli bo‘lishi mumkin.
Elektromagnit nurlanish ta’sirida moddalardagi elektronlarning tashqariga chiqish hodisasi tashqi fotoelektrik effekt (fotoeffekt) deb ataladi. Tashqi fotoeffekt asosan qattiq jismlarda (metallar, yarim o‘tkazgichlar, dielektriklar) hamda gazlardagi alohida atom va molekulalarda (fotoionlashish) kuzatiladi
Tashqi fotoelektr effekti elektromagnit nurlanish ta'sirida moddaning elektronlar chiqarishi deyiladi. Tashqi foto effekti qattiq jismlarda (metalllar, yarimo'tkazgichlar, dielektriklar), shuningdek, alohida atomlar va molekulalardagi gazlarda (fotoionlanish) kuzatiladi.

Yorug‘lik ta’sirida katod chiqaradigan elektronlar oqimi hosil qiladigan I fototokning elektrodlar orasidagi kuchlanish tushishiga bog‘liqligini, ya’ni fotoeffektning volt-amper xarakteristikasini (VAX) o‘rganish mumkin. Chastotalari bir xil, jadalliklari ikki xil yoritilganlik uchun fototokning VAX 1 - rasmda keltirilgan.

1-rasm. Fotoeffektning volt – amper xarakteristikas
Fototokning maksimal qiymati Imax= Ito‘y, ya’ni to‘yinish fototokining boshlanishi shunday U kuchlanish tushishi bilan aniqlanadiki, bunday kuchlanish tushishida katoddan chiqayotgan elektronlar anodga yetib kelishga ulguradilar:
= en ,
bu yerda n – katodning 1 sekundda chiqargan elektronlar soni.
Volt-amper xarakteristikadan U = 0 bo‘lganda fototok nolga aylanmasligi ko‘rinib turibdi, chunki katoddan chiqayotgan ayrim elektronlar noldan farqli υ boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lib, ma’lum kinetik energiyaga ega bo‘lganlari uchun, tashqi maydonsiz anodga yetib kela oladilar.
Fototok nolga teng bo‘lishi uchun, elektronlarga ishorasi manfiy bo‘lgan, elektronlarni to‘xtatib qoluvchi (– U0 ) kuchlanish qo‘yish kerak. demak, U = –U0 bo‘lganda, hattoki υ max – maksimal tezlikka ega bo‘lgan elektronlar ham to‘xtatib qoluvchi kuchlanishni yenga olmaydilar va anodga yetib kela olmaydilar, natijada fototok nolga aylanadi.
Berilgan katod moddasi va yorug‘lik nuri chastotasi uchun to‘xtatib qoluvchi – U0 kuchlanishni o‘lchash, katoddan chiqayotgan fotoelektronlarning tezligi va kinetik energiyasi qiymatlarini aniqlash imkonini beradi:
=e
Har xil katod materiallari uchun, katodga tushayotgan yorug‘likning chastotasi va har xil yoritilganlik jadalliklarida olingan fotoeffekt VAX natijalariga asosan quyidagi uchta fotoeffekt qonunlari o‘rnatildi:
1. Stoletov qonuni. Katodga tushayotgan yorug‘likning belgilangan chastotasida, birlik vaqtda katoddan ajralib chiqayotgan fotoelektronlar soni yorug‘lik jadalligiga proporsionaldir;
2. Fotoelektronlar boshlang‘ich tezligining maksimal qiymati katodga tushayotgan yorug‘lik jadalligiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ν chastotaga bog‘liq bo‘lib, uning oshishi bilan chiziqli o‘sib boradi;
3. Har bir modda uchun fotoeffektning «qizil chegarasi» mavjud, ya’ni yorug‘likning – minimal chastotasi mavjud bo‘lib, bu chastotada yorug‘likning istalgan jadalligida fotoeffekt kuzatiladi.
Download 158.33 Kb.




Download 158.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injinering fakulteti pyh005-patok (240-23 guruh) talabasi Rajapov Alisherning Fizika-2 fanidan tayorlagan Mustaqil ishi Mavzu

Download 158.33 Kb.