Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filiali 51-22 guruh talabasi Ro’zmatov Nuraddinning Elektonika va sxemalar fanidan mutaqil ish uchun tayyorlagan testi




Download 20.69 Kb.
Sana15.04.2024
Hajmi20.69 Kb.
#195961
Bog'liq
NuraddinElektronika2test
MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filiali 951-22 guruh talabasi Ro’zmatov Nuraddinning Elektonika va sxemalar 2 fanidan mutaqil ish uchun tayyorlagan testi.
1 Sxemalarda bipolyar tranzistor... ishlatiladi.
a) *signallarni quvvatini kuchaytirish uchun
b) signallarni kechiktirish uchun
c) signallarni so’ndirish uchun
d) signallarni ajratish uchun
2 Analog signallarga ishlov berganda bipolyar tranzistor qaysi rejimda ishlaydi?
a) *aktiv
b) berk
c) to’yinish
d) invers
3. Arsenid galliyning taqiqlangan zonasi kengligi ... tashkil etadi.
a) *1,43 eV
b) >3 eV
c) 1,12 eV
d) 0,67 eV
4. Asosiy zaryad tashuvchilarda ishlaydigan diodni ko’rsating.
a) *shottki baryerli diod
b) gann diodi
c) tunnel diod
d) o’girilgan diod
5.Tiristor ...
a) *uchta p-n o’tish va uchta elektrodga ega
b) uchta p-n o’tish va to’rtta elektrodga ega
c) bitta p-n o’tish va ikkita elektrodga ega
d) uchta p-n o’tish va ikkita elektrodga ega

6. Bipolyar transistor


a) *elektr o’zgartiruvchi asbob
b) elektr yoritgich asbob
c) fotoelektrik asbob
d) termoelektrik asbob
7. Bipolyar tranzistor...
a) *ikkita p-n o’tish va uchta elektrodga ega
b) bitta p-n o’tish va ikkita elektrodga ega
c) bitta p-n o’tish va uchta elektrodga ega
d) faqat p-n o’tishga ega, elektrodlari yo’q
8. Bipolyar tranzistor... ishlatiladi.
a) *elektr signallarni elektr signallarga aylantirish uchun
b) optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun
c) elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun
d) issiqlik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun


9. Bipolyar tranzistor o’tishlarining effektiv tasirlashuvi qanday ta’minlanadi?
a) *baza qalinligi noasosiy zaryad tashuvchilar diffuziya uzunligidan
b) baza qalinligi noasosiy zaryad tashuvchilar diffuziya uzunligidan katta bo’lishi kerak


c) baza n-turli bo’lishi kerak
d) baza p-turli bo’lishi kerak
10. ....... bipolyar tranzistorning aktiv rejimi amalga oshadi
a) *emitter o’tish to’g’ri, kollektor o’tish esa teskari siljitilganda
b) ikkala o’tish to’g’ri yo’na-lishda silji-tilganda
c) ikkala o’tish teskari yo’na-lishda silji-tilganda
d) emitter o’tish teskari, kollektor o’tish ham teskari siljitilganda
11. ...... bipolyar tranzistorning berk rejimi amalga oshadi
a) *ikkala o’tish teskari yo’nalishda siljitilganda
b) emitter o’tish teskari, kollek-tor o’tish ham teskari siljitilganda
c) emitter o’tish to’g’ri, kollektor o’tish esa teskari siljitilganda
d) ikkala o’tish to’g’ri yo’nalishda siljitilganda


12. ...... bipolyar tranzistorning invers rejimi amalga oshadi
a) *emitter o’tish teskari, kollek-tor o’tish to’g’ri siljitilganda
b) emitter o’tish to’g’ri, kollektor o’tish esa teskari siljitilganda
c) ikkala o’tish to’g’ri yo’na-lishda silji-tilganda
d) ikkala o’tish teskari yo’nalishda silji-tilganda
13. Bipolyar tranzistorning qaysi ish rejimida p-n o’tishlar toklarining bir-biriga tasiri yo’q?
a) *berk
b) invers
c) aktiv
d) to’yinish
14. Bipolyar tranzistorning qaysi ish rejimida kollektor toki emitter toki bilan boshqariladi?
a) *aktiv
b) to’yinish
c) berk
d) invers


15. Bipolyar tranzistorning qaysi ish rejimida kollektor toki emitter tokiga sust bog’liq?
a) *to’yinish
b) berk
c) invers
d) aktiv
16. Bipolyar tranzistorning qaysi ish rejimida kollektor toki emitter tokini boshqaradi?
a) *invers
b) aktiv
c) aktiv
d) berk
17. Bipolyar tranzistorning qaysi soasida kiritmalar konsentrasiyasi eng katta bo’ladi?
a) *emitter
b) baza
c) kollektor
d) barcha soxalarda teng
18. Bipolyar tranzistorning qaysi sohasida kiritmalar konsentrasiyasi eng kichik bo’ladi?


a) *baza
b) barcha soxalarda teng
c) emitter
d) kollektor
19. ...... bipolyar tranzistorning to’yinish
a) *ikkala o’tish
b) ikkala o’tish teskari
c) emitter o’tish teskari,
d) emitter o’tish to’g’ri,


20. Varikapning ishchi rejimi qachon amalga oshadi?
a*teshilish rejimiga o’tmagan teskari siljitish
b) elektr teshilish rejimi
c) to’g’ri va teskari siljitishlarning davriy almashishi
d) to’g’ri siljitilgan


21. Volt-amper xarakteristikasida manfiy differensial qarshilikka ega diod turi?
a) *tunnel diod
b) shottki diodi
c) varikap
d) Stabilitron


22. Germaniyning taqiqlangan zonasi kengligi ... tashkil etadi.
a) *0,67eV
b) 1,43eV
c) >3eV
d) 1,12eV
23. Diodli tiristor...
a) *uchta p-n o’tish va ikkita elektrodga ega
b) uchta p-n o’tish va uchta elektrodga ega
c) uchta p-n o’tish va to’rtta elektrodga ega
d) bitta p-n o’tish va ikkita elektrodga ega
24. Diffuziya - bu……….
a) *kosentrasiyalar farqi tufayli zaryad tashuvchilarning harakati
b) elektr maydon ta’sirida zaryad tashuvchilar-ning harakati
c) erkin zaryad tashuvchilarning paydo bo’lish hodisasi
d) erkin zaryad tashuvchilar-ning yo’qolish hodisasi
25. Diodning ideallashgan VAX si…. e’tiborga olmaydi
a) *tok hosil bo’lishiga diod p-n o’tishining qo’shgan hissasini
b) diod r-bazasidagi asosiy zaryad tashuvchilar konsentrasiyasini
c) diod n – bazasidagi asosiy zaryad tashuvchilar konsentra-siyasini
d) diod ikkala bazasidagi asosiy bo’lma-gan zaryad tashuvchilar konsentrasiyasini


26. Diodning issiqlik teshilishi - bu
a) *p-n o’tish qiziganda teskari tokning boshqarilmay-digan qaytmas jarayon natijasida ortishi
b) diod to’g’ri ulanganda tokning keskin ortishi
c) p-no’tishda to’qnashib ionlashtirish natijasida tokning keskin ortib ketishi
d) valent elektron-larning p-sohadan n -sohaga tunnel o’tish natijasida tokning keskin ortib ketishi


27. Diodning ko’chkili teshilishi - bu
a) *p-n o’tishda to’qnashib ionlashtirish natijasida tokning keskin ortib ketishi
b) valent elektronlarning p-sohadan n-sohaga tunnel o’tish natijasida tokning keskin ortib ketishi
c) p-no’tish qiziganda teskari tokni boshqarilmay qaytmas jarayon natijasida ortishi
d) diod to’g’ri ulanganda tokning keskin ortishi
28. Diodning tunnel teshilishi - bu
a) *valent elektronlarning p-sohadan n -sohaga tunnel o’tishi natijasida tokning keskin ortib ketishi
b) p-no’tish qiziganda teskari tok boshqarilmay qaytmas jarayon natijasida ortishi
c) diod to’g’ri ulanganda tokning keskin ortishi
d) p-no’tishda to’qnashib ionlashtirish natijasida tokning keskin ortib ketishi
29. Dielektrik – bu kristall qattiq jism, uning elektr o’tkazuvchanligi
a) *absolyut nol temperaturada nolga teng va temperatura ortishi bilan o’zgarmaydi
b) absolyut nol temperaturada nolga teng va temperatura ortishi bilan ortadi
c) absolyut nol temperaturada nolga teng emas va temperatura ortishi bilan kamayadi
d) absolyut nol temperaturada maksimal qiymatga ega va temperatura ortishi bilan kamayadi
30. Dielektrikning taqiqlangan zonasi kengligi ... tashkil etadi.
a) *>3 eV
b) 1,12 eV
c) 0,67 eV
d) 1,43 eV
31. Invers rejimda bipolyar tranzistorning emitteri ...... xizmat qiladi
a) *bazadan noasosiy zaryad tashuvchilarni ekstraksiyalash uchun
b) bazadan asosiy zaryad tashuvchilarni ekstraksiyalash uchun
c) asosiy zaryad tashuvchilarni tranzistor bazasiga injek-siyalash uchun
d) asosiy zaryad tashuvchilarni tranzistor bazasiga injeksiyalash uchun
32. Injeksiya-bu………..
a) *n-p o’tish to’g’ri ulanganda elektronlar oqimi n sohadan p sohaga harakatlanadi, kovaklar esa teskari yo’nalishda harakatlanadi
b) p-n o’tish teskari ulanganda asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarning harakati
c) erkin zaryad tashuvchilarning xaotik issiqlik harakati
d) konsentrasiyalar farqi tufayli zaryad tashuvchilarning harakati
33. Kollektor zaryad tashuvchilarni ... xizmat qiladi.
a) *to’plash uchun
b) uzatish uchun
c) injeksiyalash uchun
d) ekstraksiyalash uchun
34. Kompensasiyalangan yarimo’tkazgich - bu
a) *donor kirish-malar konsen-trasiyasi akseptor kirishmalar konsentrasiyasigi teng yarimo’tkazich
b) donor kirishmali yarimo’tkazgich
c) akseptor kirishmali yarimo’tkazgich
d) kirishmasiz yarimo’tkazgich
35. Kremniyning taqiqlangan zonasi kengligi ... tashkil etadi.
a) *1,12 eV
b) 0,67 eV
c) 1,43 eV
d) >3 eV
36. Kuchlanishni barqarorlashtirishda qo’llaniladigan diod turi?
a) *stabilitron
b) tunnel diod
c) shottki diodi
d) varikap
37. Maydoniy tranzis-torning qaysi turida stok toki faqat kanal sohasi kengligining o’zgarishi hisobiga amalga oshadi?
a) *zatvori p-no’tish bilan boshqarila-digan maydoniy tranzistor
b) p – kanali qurilgan MDYa- tranzistorda
c) n – kanali induksiyalangan MDYa tranzistorda
d) MDYa- tranzistor
38. Metall-yarimo’tkazgich o’tishli diod turi?
a) *shottki diodi
b) varikap
c) stabilitron
d) tunnel diod
39. Nurlanuvchi diod
a) *elektr yoritgich asbob
b) fotoelektrik asbob
c) termoelektrik asbob
d) elektr o’zgartiruvchi asbob
40. Nurlanuvchi diod nurining to’lqin uzunligi ...... bog’liq
a) *diod tayyorlangan materialga
b) diodga berilgan teskari kuchlanish qiymatiga
c) diodga berilgan to’g’ri kuchlanish qiymatiga
d) diodning geometrik o’lchamlariga
41. Nurlanuvchi diod... ishlatiladi.
a) *elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun
b) issiqlik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun
c) elektr signallarni elektr signallarga aylantirish uchun
d) optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun
42. Rezistor volt-amper xarakteristikasini belgilang.
a) *
b)
c)
d)
43. Rekombinasiya –bu……...
a) *erkin zaryad tashuv-chilarning yo’qolish hodisasi
b) kosentrasiyalar farqi tufayli zaryad tashuvchilar-ning harakati
c) elektr maydon ta’sirida zaryad tashuvchilar-ning harakati
d) erkin zaryad tashuvchilarning paydo bo’lish hodisasi
44. Signallarni uzatishda zanjirlarni uzish uchun (tranzistor eng katta qarshilikka ega) tranzistorning qaysi rejimi ishlatiladi?
a) *berk rejim
b) invers rejim
c) aktiv rejim
d) to’yinish rejimi
45. Signallarni uzatishda zanjirlarni ulash uchun (tranzistor eng kichik qarshilikka ega) tranzistorning qaysi rejimi ishlatiladi?
a) *to’yinish rejimi
b) berk rejim
c) invers rejim
d) aktiv rejim
46. Signalni buzilmagan holda kuchaytirish uchun tranzistorning qaysi rejimi ishlatiladi?
a) *aktiv rejim
b) to’yinish rejimi
c) berk rejim
d) invers rejim
47. Stabilitronning ishchi rejimini belgilang(ko’rsating).
a) *elektr teshilish rejimi
b) to’g’ri va teskari siljitishlar-ning davriy almashishi
c) to’g’ri siljitilgan
d) teshilish rejimiga o’tmagan teskari siljitish
48. Stabistorning ishchi rejimini belgilang(ko’rsating).
a) *to’g’ri siljitilgan
b) teshilish rejimiga o’tmagan teskari siljitish
c) elektr teshilish rejimi
d) to’g’ri va teskari siljitishlarning davriy almashishi
49. Sxemalarda varikap ... ishlatiladi.
a) *elektr kondensator sifatida
b) barcha javoblar to’g’ri
c) o’zgaruvchan tokni o’zgarmasga aylantirish uchun
d) kuchlanishni stabilizasiyalash uchun
50. Sxemalarda stabistor ... ishlatiladi.
a) *kuchlanishni stabilizasiya-lash uchun
b) elektr kondensator sifatida
c) o’zgarmasga aylantirish uchun o’zgaruvchan tokni
d) o’zgaruvchan tokni o’zgarmasga aylantirish uchun
Download 20.69 Kb.




Download 20.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filiali 51-22 guruh talabasi Ro’zmatov Nuraddinning Elektonika va sxemalar fanidan mutaqil ish uchun tayyorlagan testi

Download 20.69 Kb.