Toshkent davlat transport universiteti




Download 2.73 Mb.
bet1/7
Sana26.05.2023
Hajmi2.73 Mb.
#65280
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Yangi (2)
Web sayt universitetlar, 5 glava



Kirish
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab temir yo‘l sohasini rivojlantirishga bo‘lgan katta e’tibor natijasida mazkur tarmoqda yuksak marralarga erishilmoqda. Bugungi kunga kelib temir yo‘l transporti tizimi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. 
Temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish, murakkab tog‘ va cho‘l sharoitlarida yangi temir yo‘llarni barpo etish, tezyurar poyezdlar harakatini tashkil qilish, temir yo‘llarni elektrlashtirish, yuk va yo‘lovchi tashish vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat transport infratuzilmasini rivojlantirish, balki butun mamlakatni taraqqiy ettirishga xizmat qilmoqda. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Navoiy –Uchquduq – Nukus – Sultonuvaystog‘”, Amudaryo uzra qurilgan ko‘prik, “Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on” va “Angren – Pop” temir yo‘llarining qurilishi O‘zbekistonda mustaqil, yagona temir yo‘llar tarmog‘ini shakllantirish imkonini yaratdi. 
Mustaqillik yillarida yurtimizda temir yo‘l sohasi murakkab tiklanish va rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Natijada mamlakatimizning barcha mintaqalarini bir-biri bilan ishonchli va samarali bog‘laydigan hamda xalqaro transport yo‘laklariga chiqish imkonini beradigan temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimi barpo etildi.
“Angren – Pop” temir yo‘li va tunnelining qurilgani va foydalanishga topshirilgani Farg‘ona vodiysi viloyatlarini respublikamizning qolgan hududlari bilan mustahkam bog‘ladi, ushbu temir yo‘l Xitoy – Markaziy Osiyo –Evropa yangi temir yo‘l tranzit yo‘lagining ajralmas va muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi temir yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash imkonini beradigan innovatsiya loyihalarini tarmoqqa joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, soha uchun zamonaviy bilimli kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, buning uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va boshqa ijtimoiy masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Istiqlolga erishganimizdan bugungi kungacha qariyib 4 yarim ming km. temir yo’l qaytadan reabilitasiya qilinib, 2100 km.ga yaqin yangi po’lat izlar yotqizilgani, 2 yarim ming km temir yo’l to’liq elektrlashtirilgani va hozirgi kunda mamlakatimiz temir yo’llarining umumiy uzunligi qariyib 7000 km.ni tashkil etiadi.
Shuningdek, u yo’lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatish, ularga qulayliklar yaratish borasida ham tarmoqda maqtovga arzigulik ishlar amalga oshirilayotgani haqida to’xtalib o’tdi. Jumladan, o’tgan yillar davomida 10 ga yaqin vokzal zamon talablari darajasida yangidan qurib foydalanishga topshirildi, 20 dan ziyod vokzal esa jahon standartlariga mos ravishda tubdan kapital ta’mirlandi.2010 yilda umumiy uzunligi 344 km bo’lgan «Toshkent–Samarqand» liniyasida keng ko’lamli modernizasiya va ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada 2011 yildan boshlab mazkur yo’nalishda "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poezd mamlakatimiz aholisi va mehmonlariga xalqaro talablar darajasida xizmat ko’rsatishni boshladi. Shuningdek,tarmoqda amalga oshirilgan elektrlashtirish ishlari natijasida 2015 yil Toshkentdan Qarshiga, 2016 yilda esa Toshkentdan Buxorogacha ana shunday zamonaviy poezdlarning muntazam qatnovi yo’lga qo’yilgani haqida to’xtaldi. Hozirgi kunda Urganch shahridan ko’xna Xivagacha bo’lgan masofada po’lat izlar yotqizish,elektrlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ular nihoyasiga etgach ushbu yo’nalishda ham zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar harakati yo’lga qo’yiladi va qadimiy o’lkaga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun xalqaro talablar darajasida sharoitlar yaratiladi.
Tizimdagi yirik loyihalardan yana biri bu Farg’ona vodiysini mamlakatimiz poytaxti bilan bog’laydigan, umumiy uzunligi 123,2 km.ni tashkil etuvchi Angren–Pop elektrlashtirilgan yangi temir yo’li hamda loyiha doirasida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda uzunligi 19.2 km.ga teng bo’lgan «Qamchiq» tunneli ham bunyod etilganligi to’g’risidaso’z yuritildi. Lokomotivlar parkini yangilash borasida ham qator tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgacha 50 ga yaqin zamonaviy elektrovozlar xarid qilindi.Tizimda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar yuk va yo’lovchi tashish hajmini yanada oshirishga imkon yaratdi. Hozirgi kunda yo’lovchi poezdlarimiz tarkibi tarmoqdagi «Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» Aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan so’nggi rusumdagi vagonlar bilan to’ldirib borilmoqda. Joriy yilning o’zida ikkita xududda Qo’qon–Andijon hamda Bekobod–Toshkent yo’nalishlarida ana shunday vagonlardan iborat bo’lgan zamonaviy elektrichkalarning doimiy harakati boshlangani ham aholiga qo’shimcha qulayliklar yaratilayotgani xaqida ham ko’rishimiz mumkin. Amalga oshirilgan yirik loyihalar haqida so’z yuritganda, uzunligi 355 km. ni tashkil etuvchi Buxoro–Miskin yangi temir yo’lining muddatidan ilgari qurib foydalanishga topshirilganligi ham alohida ta’kidlab o’tildi. Bundan tashqari kuni kecha Toshkent shahrida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" poezdlariga texnik xizmat ko’rsatuvchi zamonaviy servis markazi hamda uning yonida uzunligi qariyb 300 metrni tashkil etuvchi muhtasham yo’l o’tkazgichning ishga tushirilgani ham katta imkoniyatlarni yaratdi.



Download 2.73 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat transport universiteti

Download 2.73 Mb.