Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika




Download 2.38 Mb.
bet10/25
Sana25.03.2019
Hajmi2.38 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25

4.5–mavzu: FARMASEVTIKA VA TIBBIYOT MASALALARIDAGI MA’LUMOTLARNI ELЕKTRON JADVALLARGA KIRITISH. MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA JADVAL PROTSЕSSORLARNING FUNKTSIONAL IMKONIYATLARIDAN OPTIMAL FOYDALANISH. STATISTIK MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA FORMULA VA STANDART FUNKTSIYALARDAN OQILONA FOYDALANISH YO`LLARI.


Reja

1. Elektron jadvallarni qayta ishlashda jadval prosessorlarning funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish.

2. Katakdagi ma’lumotlar ustida nusxalash, ko`cherish va o`chirish amallar.

3. Ish kitobini chop qilishdan oldidan ko`rish.


Tayanch iboralar: Microsoft Office, elektron jadval, formula, funksiya, menyu.
1. Elektron jadvallarni qayta ishlashda jadval prosessorlarning funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish.

Ko`pchilik hollarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar jadvallar ko`rinishida tasvirlanadi. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang`ich ma’lumoitlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi.

Ma’lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun ko`pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hiusoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.

Jadval ko`rinishdagi tasvirlanadigan masalalarni yechish uchun maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo`lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessori deb ataladi.

Elektron jadvallar, avvalo, iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan, lekin uning yordamida muhandislikka doir masalalarni hal qilishda ham, masalan, formulalar bo`yicha hisob-kitoblarda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Elektron jadvallar qo`llanilayotgan sohalar juda ko`p: moliyaviy buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar, kundalik, xo`jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va h.k.

Elektron jadvallar jadvalga matn, raqam va formula kabi ma’lumotlar kiritib, ular ustida hisob-kitoblar bajarish, diagrammalar yaratish imkonini beradigan dastur. Misollar: Lotus, MS Excel va boshqalar.

MS EXCEL dasturi. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u WINDOWS OT boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan amaliy dasturdir.

Excel da tayyorlangan har bir hujjat ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel da, odatda, bunday fayl “Ish kitobi” deb yuritiladi.3

Excel ning asosiy ish sohasi – bu “Ish kitobi” bo`lib, u bir yoki bir necha ish varag`idan iborat. Ish varag`ida hisobchi kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi. Excel ning hisobchi kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.

Excel elektron jadvali 16384 qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (katakcha) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham mumkin.

Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil ko`rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan, A1, B6, AA4, ZD5 kabi ko`rsatiladi.

MS Excel ni yuklash va ishini yakunlash

Excel dasturi Windows OT standart dasturlaridanbiri hisoblanib, uni yuklash va ishini yakunlash ham standart holda amalga oshiriladi.



Excel ni yuklash. Excel ni yuklash uchun masalalar panelidagi [Пуск] tugmasi bosiladi, hosil bo`lgan menyudan Программы bandiga kelinadi, so`ngra hosil bo`lgan ikkilamchi menyudan Microsoft Office tanlanadi, undan hosil bo`lgan menyudan esa Microsoft Excel tanlanib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi yoki [Enter] tugmasi bosiladi. Yoki agar ishchi stolida dasturning piktogrammasi mavjud bo`lsa, o`shni ishga tushirish ham mumkin (1-rasm). Dastur yuklanishi bilan ekranda Excel ning bo`sh ishchi kitobi hosil bo`ladi.

Excel ishini yakunlash. Excel ishini yakunlash uchun quyidagi usullardan birini bajarish kerak.

Dastur oynasining o`ng yuqori burchagida joylashgan [Закрыть] tugmasini bosish;

Klaviaturadan Alt+F4 tugmalar kombinatsiyasi bosish.

Menyular satridan Файл bo`limining Выход buyrug`ini ishga tushirish.

Agar dastur ishini yakunlanishida biror ishchi kitobini tahrirlashda o`zgartirish xotiraga saqlanmay qolgan bo`lsa, u holda kompyuter avtomatik holda bu o`zgartirishni xotiraga saqlashni taklif qiluvchi so`rov oyasi hosil bo`ladi. Bu oynada quyidagi tugmalar joylashgan, ular tegishlisini tanlash kerak:

[Да] – o`zgartirishni xotiraga saqlash;

[Нет] – xotiraga saqlamasdan ishini yakunlash;

[Отмена] – dastur ishini yakunlashni bekor qilish.



Excel dastur oynasi. Excel elektron jadvali yuklangandan so`ng, uning dastur oynasi hosil bo`ladi. Dasturning tashqi ko`rinishi quyidagi rasmda tasvirlangan (3.3-rasm), uning ikkilamchi oyanasi yoyilgan holda bu oyanada joylashgan.

Sarlavha satri. Sarlavha satrida dastur nomi, dastur piktogrammasi hamda tahrirlanayotgan hujjat nomi. Bundan tashqari Word dastur oynasining hajmini boshqarish tugmalari va [Закрыть] tugmasi joylashgan.


Menyu satri. Sarlavha satrining ostida menyu satri joylashgan. Unda bo`limlar joylashgan bo`lib, ularda o`zlariga xos buyruqlar va optsiyalar ro`yxati joylashgan. Shuni esda tutish keraki, dasturda bajariladigan har bir amal menyu satrida joylashgan ma’lum bir bo`limlarning u yoki bu buyruqlari yordamida bajariladi. Menyu satridan kerakli bo`limni tanlash uchun sichqoncha ko`rsatkichini o`sha bo`limga olib borilsa, bo`lim yozuvi tugma shaklini oladi, bu shu bo`lim tanlanilishini anglatadi.

Menyu satrida joylashgan bo`limlar quyida batavsil yoritiladi:



Файлfayllar bilan bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;

Правкаtahrirlash amallarini o`zida saqlovchi amal buyruqlari joylashgan;

Видish kitobining ekranda hosil bo`lish variantlari joylashgan;

Вставкаjadvalga kerakli elementlarini qo`yish va qo`yish bilan bog`liq boshqa amal buyruqlari joylashgan;

Форматish kitobini va jadvalni formatlashga bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;

Сервисdasturning har xil qo`shimcha funktsiyalari buyruqlari joylashgan;

Данныеberilganlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan buyruqlar joylashgan;

ОкноExcel dasturining ikkilamchi oynasi bilan bog`liq bo`lgan amal buyruqlari joylashgan.

Uskunalar paneli. Menyu satri ostida uskunalar paneli joylashgandir. U tugmalar va yoyiluvchi ro`yxatlardan tashkil topgandir. Uskunalar paneliga asosan matnni tahrirlashda va formatlashda ko`p ishlatiladigan funktsiyalar tugmalari joylashtiriladi.

Har bir tugma o`z nomiga ega. Tugmaning nomini ko`rish uchun unga sichqoncha ko`rsatkichi keltirib, bir necha soniya ushlab turish kerak. Agar joriy vaqtda tugmaga bog`langan funktsiya bajarilish imkoni mavjud bo`lmasa, u holda bu tugma rasmi rangsiz holda bo`ladi.

Uskunalar paneli foydalanuvchining xoxishiga ko`ra tuzilishi ham mumkin. Quyida, Excel dasturda hujjatlarni tahrirlashda juda ko`p ishlatiladigan ikkita asosiy “Стандартная” va “Форматирование” uskunalar paneli tugmalari tavsiflangan.

“Стандартная” uskunalar panelidagi tugmalarni tavsiflaymiz.



[Создать] yangi hujjat tashkil qilish (Ctrl + N);

[Открыть] – kompyuter xotirasida mavjud bo`lgan hujjatni ochish (Ctrl + O);

[Сохранить] – tahrirlanayotgan hujjatni xotiraga saqlash (Ctrl+S);

[Печать] – hujjatni qog`ozga chop qilishga yuborish;

[Предварительный просмотр] – hujjatni qog`ozga chop qilishdan avval ko`zdan kechirish;

[Правописание] – hujjatning orfagrafik va grammatik xatolarni tekshirish va to`g`irlash.

[Вырезать] – hujjatdagi ajratilgan fragmentni yo`qotish va uni “буфер обмен” ga joylash (Shift + Delete);

[Копировать] – hujjatdagi ajratilgan fragment nusxasini “буфер обмен” ga joylash (Ctrl + Insert);

[Вставить] – hujjatning kerakli joyiga “буфер об­мен” da joylashgan fragmentni qo`yish (Shift + Insert);

[Отменить] – oxirgi bir yoki necha amallarni bekor qilish;

[Вернуть] – avvalgi bekor qilingan bir yoki bir necha amallarni qaytarish.

[Добавление гиперссылки] – joriy joyga gipermurojatni joylash;

[Рисование] – rasm hosil qilish uchun xizmat qiluvchi uskunalar panelini hosil qilish;

[Масштаб] – matnning ekranda namoyish qilish masshtabini sozlash.

[Автосумма] – yig`indi funktsiyasini ishga tushiradi (Alt+=);

[Вставка функции] - ixtiyoriy funktsiyani ishga tushirish;

[Сортировка по возрастанию] – berilganlarni alifbo bo`yicha o`sish tartibida saralash;

[Сортировка по убыванию] – berilganlarni alifbo bo`yicha kamayish tartibida saralash.

[Мастер диаграмм] – diagramma tashkil qilish va uni ishchi varag`iga joylashtirish;

[Справка по Microsoft Excel] - Excel so`rovnomasini chaqirish.

Eslatma. Har uskunlar panelining oxirida - shunday tugma joylashgan bo`ladi. Bu tugma yordamida uskunalar paneliga qo`shimcha uskunalar joylash yoki ortiqchasini yo`qotish mumkin.

Endi “Форматированиеuskunalr paneli tugmalari tavsifini qaraymiz.



[Шрифт] – matn shriftini o`zgartirish;

[Размер] – shrifn o`lchamini o`zgartirish.

[Полужирный] – matn farflarini yarim qalin holda hosil qilish (Ctrl+B);

[Курсив] – matnni qiya shakilda hosil qilish (Ctrl + I);

[Подчеркнутый] – mant ostida chiziq hosil qilish (Ctrl+U).

[По левому краю] – abzatsni chap tomon bo`ylab tekislash (Ctrl+L);

[По центру] – abzastni hujjat markazi bo`yicha tekislash (Ctrl+E);

[По правому краю] – abzatsni o`ng tomon bo`ylab tekislash (Ctrl+R);

[Уменьшить отступ] – ro`yxatdagi cheklanishni kamaytirish;

[Увеличить отступ] – ro`yxatdagi cheklanishni orttirish.

[Границы] – jadval ramkalarini hosil qilish;

[Цвет шрифта] – shrift rangini hosil qilish.

[Объединить и поместить в центре] – bir necha yacheykalarni bir butun qilib birlashtirish va undagi ma’lumotni markazga joylash.

[Денежный формат] – kiritilgan sonni pul miqdorida tasvirlaydi;

[Процентный формат] – sonlarni foiz ko`rinishida tasvirlaydi;

[Формат с разделителями] – o`nlik razryadlarga ajratuvchi belgi qo`yadi va verguldan keyin ikkita raqam olinadi;

[Увеличить разрядность] – verguldan keyingi o`nlik razryadlar sonini bittaga oshiradi;

[Уменьшить разрядность] – verguldan keyingi o`nli razryadlar sonini bittaga kamaytiradi;

[Цвет заливки] – yacheykalar rangini tanlash va ranglash.

Nomlar maydoni va formulalar satri

Uskunalar panelidan keyin Nomlar maydoni va formulalar satri joylashgan. Nomlar maydonida joriy ish kitobidagi tanlangan yacheykaning nomi yoki manzili ko`rsatiladi, formulalar satrida esa shu yacheykalardagi ma’lumotlar namoish qilinadi. Yacheykalarda matn, son va formulalar bo`lishi mumkin. Agar ko`rsatkich bosilsa, ro`yxat ochiladi va unda barcha nomlangan yacheykalarning va joriy ishchi kitobning diapazoni (o`lchamlari) ro`yxati chiqadi. Excel da kiritilayotgan barcha ma’lumotlar yoki formulalar Formulalar satri da hosil bo`ladi.



Hujjat oynasi. Hujjat oynasi ham o`z sarlavha satriga ega bo`lib, unda hujjat nomi va unga mos oynani boshqarish tugmasi joylashgan bo`ladi. Bundan hujjat oynasi ish maydoni, Siljitish maydonlari, holatlar satru lardan tashkil topgan bo`ladi. Ish maydonida hujjat tayyorlanadi va tahrirlanadi.

Siljitish maydonlari. Siljitish maydonlari standart maydonlardan deyarli farq qilmaydi, lekin ularning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Gorizontal slijitish maydonidan chap bir necha tugmalar joylashgan shu bilan birga ishchi varaqlari yorliqlari joylashganishchi kitob ixtiyoriy sondagi ishchi varaqlardan tashkil topgan bo`lib, har bir varaq o`zining yorlig`iga ega. Bu yorliqlar bir varaqdan ikkinchisiga tez o`tish uchun xizmat qiladi. Yorliqda varaqning nomi ko`rsatilgan bo`ladi. Ishchi varaqlarini siljitish tugmachalari yordamida bir varaqdan ikkinchisiga tez o`tish ham mumkin. Buning uchun bu tugmalarning birida sichqonchaning o`ng tugmasini bosib, ro`yxatdan keraklisi tanlanadi. Gorizontal va vertical siljitish maydonlari yordamida mos holda hujjatning eni va bo`yi bo`yicha siljish mumkin.

Holatlar satri. Dastur oynasining eng quyi qismida holatlar satri joylashgan bo`lib, unda har xil kerakli xabarlar hosil bo`ladi.



Yangi ishchi kitobi tashkil qilish.

Excel ni ishga tushirish bilan avtomatik ravishda bo`sh ishchi kitobi hosil bo`ladi, bu ishchi kitob bilan ishlash mumkin bo`ladi. Lekin ba’zan mavjud ishchi kitobni tahrirlash boshqa yangi ishchi kitob tashkil qilishga to`g`ri kelib qoladi. Buning uchun Стандартной uskunalar panelidan [Создать] tugmasidan foydalaniladi. Yoki menyular satridan Файл bo`limining Создать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu holda hosil qilinayotgan ishchi kitobining tashqi ko`rinishi tanlash shabloni taklif qilinadigan muloqat oyna hosil bo`ladi, undan kerakli ko`rinish tanlanadi.



Mavjud ish kitobini hosil qilish.

Mavjud ishchi kitobini hosil qilish uchun Стандартной uskunalar panelining [Открыть] tugmasi bosiladi. Bu tugma ishga tushirilganda muloqat oyan hosil bo`ladi. Bu oynadan kerakli hujjat tanlanadi, kerek bo`lsa bu oynada kerakli hujjat joylashgan joy tanlanib so`ngra hujjat tanlanib ish davom ettiriladi. Yoki menyular satrining Файл bo`limining Открыть buyrug`ini ishga tushirish yordamida ham mavjud ish kitobini ishga tushirish mumkin.



Ishchi kitobni xotiraga saqlash.

Ishchi kitobni xotiraga saqlash uchun Стандартной uskunalar panelining [Сохранить] tugmasi bosiladi. Yoki menyular satrining Файл bo`limining Сохранить buyrug`ini ishga tushirish yordamida ham amalga oshirish mumkin. Agar yangi ishchi kitobi birinchi marta xotiraga saqlanayotgan bo`lsa, u holda ekranda muloqat oya hosil bo`ladi. Bu muloqat oynaning Папка: satrida ish kitobini saqlash kerak bo`lgan joy tanlanadi, Имя файла satrida esa ish kitobining nomi yozilib, oynaning Сохранить tugmasi bosiladi.



Bir ish kitobida ikkinchisiga tez o`tish.

Bir necha ish kitobi bilan ishlayotganda, bir ish kitobidan ikkichi ish kitobiga o`tish to`g`ri kelib qoladi. Buni amalga oshirish uchun klaviaturadan Ctrl+F6 tugmalar kombinatsiyasini bosish kifoya. Yoki menyular satrining Окно bo`limidan kerakli ish kitobining nomini tanlash kerak. Bu bo`limning buyruqlari yordamida quyidagi amallarni ham bajarish mumkin:



Новое окно - tahrirlanayotgan joriy ish kitobi uchun yangi oyana ochish. Bu bir vaqtning o`zida joriy hujjatning bir necha qismlari bilan ishlash imkonini beradi;

Расположить – joriy vaqtda ishlatilayotgan barcha ish kitoblarini tartib bilan ekranda hosil qilish;

Скрыть – oyanani yashirish (bunad ish kitobi yopilmaydi);

Отобразить - yashirilgan oyanlarni hosil qilish;

Разделить – ish kitobini ikki qismga bo`lish, bu ish kitobining turli qismlarini tahrirlashga yordam beradi. Ish tugallangandan so`ng Снять разделение buyrug`ini ishga tushirib ajratish bekor qilish mumkin;

Bir ish kitobidan boshqasi o`tishni masalalar panelida joylashgan ularning piktogarmmalari ishga trushurish bilan ham amalaga oshirish mumkin.



Ish kitobini boshqa nom bilan xotiraga saqlash.

Agar tahrir qilinayotgan hujjatni boshqa nom bilan xotiraga saqlashga to`g`ri kelsa, ya’ni joriy ish kitobining nusxasini tashkil qilish kerak bo`lsa. Bu hollar qachon kerak bo`lishi mumkin, agar joriy hujjatning bir necha variantlari kerak bo`lsa yoki shu hujjat asosida boshqa hujjat tashkil qilish kerak va mavjuda hujjatni asl xotirada saqlanishi kerak bo`lsa va h.k. U holda menyular satrining Файл bo`limidan Сохранить как buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqat oyna hosil bo`ladi, bu oynaning Папка: satrida ish kitobini saqlash kerak bo`lgan joy tanlanadi, Имя файла satrida esa ish kitobining yangi nomi yozilib, oynaning Сохранить tugmasi bosiladi. Xotiraga saqlanishda asl hujjat yo`qolmaydi. U kerak bo`lsa, uni ishga tushirib ishni davom ettirish mumkin.



Bir yacheykadan ikkinchisiga o`tish. Ishchi varaq maydoni kataklardan (yacheykalardan) iborat. Agar biror katakda qora rangdagi to`gri to`rtburchak bo`lsa, u holda bu katak faol hisoblanadi. Odatda bu to`rtburchak jadval kursori deb ham yuritiladi. Boshqa katakni faollashtirish uchun kerakli katada sichqonchani bosish kerak yoki kursorni boshqaruvchi tugmalardan foydalanish mumkin.

Ishchi jadvalidagi ma’lumotlar turi. Yuqorida aytib o`tilganidek, Excel da ishchi kitoblar ixtiyoriy sondagi ishchi jadvallardan, ular esa o`z navbatida kataklardan tashkil topgan bo`lib, bu kataklarda quyidagi uch turdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin:

sonli qiymatlar;

matn;

formula va funktsiyalar.



Xuddi shuningdek, Excel ishchi varqalarining ishchi jadvallarida grafiklar, rasmlar, diagrammalar, tasvirlar, tugmalar va boshqa ob’ektlar joylashishi mumkin. Bu ob’ektlar grafik ko`rinishdagi qatlamda saqlanadi. Grafik qatlam ishchi jadvalning ustki qismida joylashgan va ko`zga ko`rinmaydigan qatlamdir.

Matn kiritish. Katakka matn kiritish uchun uni avvalo faollashtirish zarur. So`ngra matn odatdagidek kiritiladi. Katakka matn kiritilishi bilan faol katakning ramkasi o`zgaradi. Formulalar satrida esa ikkita va tugma hosil bo`ladi. Bu tugmalarning birinchisi [Отмена] (bekor qilish) – matn kiritishni bekor qiladi, ikkinchisi esa [Ввод] (kiritish) – matn kiritishni qabul qiladi.

Amalda matnlar sonli ma’lumotlarni ifodalash uchun, ustun sarlavhalari uchun , ishchi jadval haqida ma’lumot berish uchun foydalaniladi. Matn sondan boshlangan bo`lsa ham matn deb qaraladi. Agar katakka kiritilayotgan matn sig`masa, uning davomi navbatdagi kataklar ustida joylashadi, agar ular bo`sh bo`lsa. Aks holda, ya’ni qo`shi kataklar bo`sh bo`lmasa, kiritilayotgan matnning katakka sig`magan qismi yo`qoladi, uni to`lig`icha faqat formulalar satrida ko`rish mumkin bo`ladi.

Matn kiritishni Enter tugmasini bosish yoki formulalar satridagi [Ввод] bosish bilan tugallash mumkin.

Sonli qiymatlar kiritish. Sonli qiymatlar ham xuddi matn kabi kiritiladi. Sonli qiymatlar oddiy sonlar bo`lib, ular ma’lum turdagi narsalarning sonini aniqlaydi. Kiritilayotgan sonli qiymatni dastur shunday tasvirlashga harakat qiladiki, bu son katakka to`liq joylashi kerak. Agar buning uddasidan chiqa olmasa, u holda sonli qiymat o`rnida (диез) belgisi hosil bo`ladi.

Formulalarni kiritish. Formulalar elektron jadvalning asosiy ishlaridan biridir. Excel da juda murakkab formulalarni kiritish mumkinki, ularning qiymatini hisoblashda kataklarda joylashgan son yoki matnlardan foydalaniladi. Formulani yozish uchun formulalar satrida avvalo  (tenglik) belgisini qo`yish kerak. Bu belgi qo`yilishi bilan dastur uni katakda formula mavjud deb tushunadi. Bu belgidan keyin formula yoziladi. Formula yozishda biror yacheykaga murojat qilish kerak bo`lsa, uning manzili yozilishi kerak. Biror formula bo`yicha hisoblangan natija shu katakda hosil bo`ladi. Agar formulada ishtirok etayotgan ixtiyoriy katakning qiymati o`zgartirilsa, Excel avtomatik tarzda formula bo`yicha qayta hisoblaydi va yangi natija hosil qiladi. Yacheykalar manzillari lotin alifbosida yozilishi shart. Manzilni berishning boshqa usuli ham bo`lib, formula yozilayotganda kertkli katakni sichqoncha yordamida bosish zarur. Natijada uning manzili avtomatik tarzda formulada hosil bo`ladi.

Katakdagi ma’lumotlarni tahrirlash. Katkdagi mavjud ma’lumotni tahrirlash uchun shu kattakda sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta bosish kerak. Keyin odatdagidek ma’lumotlar tahrirlash ishlari olib boriladi. Yoki kerakli katak faollashtirilib, formulalar satri yordamida tahrirlanadi. Bu holda, agar yacheykada formula mavjud bo`lsa, undagi berilganlarning argumenti boshqa ranglarda hosil bo`ladi.

Katakdagi ma’lumotlarni yo`qotish. Tahrirlashning yana bir usuli bu katakda mavjud bo`lgan ma’lumotlarni yo`qotishdir. Buning uchun kerakli katakni faollashtirib, klaviaturadan [Delete] tugmasini bosish kerak. Yoki kerakli katakda sichqonchaning o`ng tugmasi bosilib, hosil bo`ladigan kontekst menyudan Очистить содержимое buyrug`ini ishga tushirish kerak. Shu bilan birga, menyular satridan Правка bo`limining Очистить buyrug`ini ishga tushirish yo`li bilan ham katakdagi ma’lumotlarni yo`qotish mumkin.

Agar katakka ma’lumot kiritish vaqtida xatolikka yo`l qo`yilsa, katakni tozalash uchun klaviaturadan [Esc] tugmasini bosish ham kifoya.



Kataklar guruhini ajratish. Ba’zan bir katak biolan emas balki bir necha kataklar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Agar shunday bo`lsa, u holda ularni avvalo ajratib olish kerak. Bir ustunni ajratish kerak bo`lsa, uning sarlavhasini (nomini A, B, C va h.k) sichqoncha yordamida bosish etarli. Agar bir necha ustunni ajratish kerak bo`lsa, u holda sichqonchani kerakli mos ustun nomlari bo`yicha siljiting.

Satrni belgilash kerak bo`lsa, uning satr raqamini sichqoncha yordamida bosish kerak. Agar bir necha satr kerak bo`lsa, ular ustida sichqonchani siljiting.

Ixtiyoriy blokni ajratishda sichqonchani ular ustida silijitish kerak. Bu holda ajaratilgan kataklar bir ramkaga joylashadi, bunda boshlang`ich katak o`z rangini o`zgartirmaydi, qolganlari esa o`zgartiradi

Boshqa varianti – ajratish kerak bo`lgan kataklarning birinchisini aktivlashtirib, [Shift] tughmasini bosib, uni qo`yib yubormasdan kursorni boshqaruvchi tugmalar yordamida ajratish mumkin.

Jadvalning turli qismlaridagi kataklarni ajratish uchun [Ctrl] tugmasini bosgan holda sichqoncha yordamida kerakli kataklar bosiladi.

Ishchi varagqi to`liq ajratish uchun satr va ustun nomlar kesishgan joyni sichqoncha yordamida bosish orqali amalga oshirish mumkin (3.3-rasm). Ajaratishni bekor qilish uchun varaqning ixtiyoriy joyida sichqonchani bir martda bosish etarli.



2. Katakdagi ma’lumotlar ustida nusxalash, ko`cherish va o`chirish amallar.

Kataklardagi ma’lumotlar ustuda juda ko`p bajariladigan amallar bu nsxa olish, ko`cherish va o`cherish amallaridir.

Katakdagi ma’lumotdan nusxa olish uchun avvalo uni ajratish kerak va Стандартной uskunalar panelidagi [Копировать] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Копировать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu amal bajarilgandan keyin yacheykadagi ma’lumot almashinish buferiga joylanadi. So`ngra nusxani ko`cherish kerak bo`lgan katak faollashtirilib, nusxani qo`yish kerak bo`lgan joyga kursorni qo`yib, Стандартной uskunalar panelidagi [Вставить] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вставить buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada katakdagi ma’lumot boshqa katakda hosil bo`ladi.

Eslatma. Formulalarni nusxalashda va ko`chirishda formula argumentidagi kataklarning manzillari yangi joyga mos holda o`zgarad. Shuning uchun ehtiyot bo`lish kerak.

Katakdagi ma’lumotni ko`cherish uchun avvalo uni ajratish kerak va Стандартной uskunalar panelidagi [Вырезать] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вырезать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu amal bajarilgandan keyin yacheykadagi ma’lumot almashinish buferiga joylanadi. So`ngra ko`cherish kerak bo`lgan katak faollashtirilib, nusxani qo`yish kerak bo`lgan joyga kursorni qo`yib, Стандартной uskunalar panelidagi [Вставить] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вставить buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada katakdagi ma’lumot boshqa katakda hosil bo`ladi.

Ish kitobining bir necha ishchi varag`ini ajratish.

Ish kitobining bir necha varag`ini ajratishning bir necha usullari bor. Agar ketma-ket joylashgan bir necha varaqni ajratish kerak bo`lsa, u holda ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchi varag`ini tanlab, gorizontal siljitish maydoni yonidagi uning yorlig`iga sichqonchani bosib, [Shift] tugmasini bosgan holda ajratilishi kerak bo`lgan varaqlarning oxirigisini sichqoncha bilan bosish kerak.

Ketma-ket joylashmagan varaqlarni ajratish kerak bo`lsa, ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchisini sichqoncha bilan belgilab, [Ctrl] tugmasini bosgan holda kerakli varaqlarni sichqoncha yordamida bosib chiqish kerak. [Ctrl] tugmasi bosilgan holda bir varaq ikki marta bosilsa uni ajratish bekor qilinadi. Ajratishni bekor qilish uchun boshqa varaq yorlig`ini bosish kerak.

Bir vaqtning o`zida ma’lumotlarni bir necha ishchi varaqlariga kiritish

Ish kitobining bir necha varag`iga ma’lumotlarni kiritish kerak bo`lsa, avvalo kerakli varaqlar ajratilishi shart. Shunday qilib, shu usul yordamida bir xil sarlavhali jadvallarning sarlavhasini bir necha varaqlarda joylashtirish mumkin. Ish kitobining aniq bir varag`iga ma’lumotlarni kiritishdan oldin ajratilgan varaqlarni qolganlarini ajratishni bekor qilish kerak.



Ustun enini va satr balandligi o`lchamini o`zgartirish. Excel da ishlaganda satr balandligini va ustun enini o`zgartirish kerak bo`ladigan hollar ko`p uchraydi. Ustun enini undagi katak belgilari soni bilan o`lchanadi. Bitta yoki bir necha ustun enini o`zgartirish uchun quyidagi usullardan biridan foydalanish mumkin.

Dastlab kerakli ustun yoki ustunlar ajartiladi.

Ustun nomi joylashgan satrda sichqoncha ko`rsatkichi keltirilganda, uning ko`rsatkichi ikki yoqlama strelka ko`rinishida bo`lib, sichqonchaning chap tugmasi qo`yib yuborilmasda o`ngga yoki chapga siljitiladi.

Menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Ширина buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqat oyna hosil bo`ladi. Hosil b`olgan muloqat oynada kerakli qiymat kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.

Kerakli ustunlar ajratilib, menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Автоподбор ширины buyrug`ini ishga tushiriladi. Bu ajaratilgan ustunlar enini ustunlar ichidagi eng uzun ma’lumotga moslaydi.

Ish kitobini chop qilishdan oldindan ko`rish va chop qilish

Tayyor ish kitobini qog`ozga printerda chop qilish kerak bo`ladi.

3. Ish kitobini chop qilishdan oldidan ko`rish

Ish kitobini printerda qog`ozga chop qilishdan oldin uning qog`ozda joylashishini oldindan ko`rish Excel ning juda muhum funktsiyalardan biri hisoblanadi. Bu funktsiyani ishga tushirish uchun Стандартной uskunalar panelidagi [Предварительный просмотр] tugmani bosish zarur. Yoki menyular satridan Файл bo`limining Предварительный просмотр buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu buyruq ishga tushurilgandan so`ng ekranda quyidagi oyna hosil bo`ladi. Ko`zdan kechirishni tugallash uchun undagi uskunalar panelidagi [Закрыть] tugmasini yoki klaviaturadan [Esc] tugmasini bosish kerak.

Ko`zdan kechirish funktsiyasida uskunalar paneli o`zgaradi va u Просмотр печати nomi bilan ataladi. Bu uskunalar panelidagi uskunalarni quyida tavsiflaymiz:

[Далее] – navbatdagi sahifani ko`rish imkonini beradi;

[Назад] – oldingi sahifani ko`rish;

[Масштаб] – bu tugmani ishga tushirish yordamida sahifani kattalashtirib ko`rish mumkin. Qayta bosish esa varaqni asl holiga qaytaradi;

[Печать] – oldindan kiritilgan parametrlar bo`yicha hujjatni chop qilish;

[Страница] – sahifa parametrlarini sozlash;

[Разметка страницы] - sahifani ko`rish, kerak bo`lganda sahifani o`zgartirish;



[Поля] – maydon chegaralarni namoyish/ko`rinmaydigan qilish;

[Закрыть] – oldindan ko`rish rejimidan chiqish;

[Справка] – ma’lumot olish.

Ish kitobini to`liq chop qilish

Ish kitobini standart parametrlar bo`yicha chop qilish uchun Стандартной uskunalar panelidagi [Печать] tugmasini bosish kerak.

Hujjatning ma’lum bir qismini chop qilish. Ko`p hollarda ish kitobining ma’lum bir qisminigina chop qilishga to`g`ri keladi. Bu holda menyular satrining Файл bo`limi Печать buyrug`idan foydalaniladi. Bu usul yordamida kerakli parametrlar berilgan holda chop qilishda ham foydalaniladi. Agar oldindan ko`rish funktsiyasidan foydalaniulayotgan bo`linsa, u holda hujjatning ma’lum bir qismini chop qilish uchun uning Печать tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`ladi.

Принтер maydoni printer tanlash imkoni beradi, bunda Имя satrida printer nomi tanalandi, bu printer yordamida hujjat chop qilinadi, [Свойства] tugmasi yordamida tanlangan printerning parametrlari beriladi.

Печатать maydonidagi ishga tushuriluvchi buyruqlar yordamida ish kitoining kerakli qismlarini chop qilish mumkin. Bu maydonda quyidagi buyruqlar joylashgan:

Все – barcha sahifalarni chop qilish;

Страницы с по – ko`rsatilgan sahifalarni chop qilish; chop qilinayotgan sahifaning boshlang`ich va oxirgi raqamlarini qo`shi maydonda kiritish shart.

Вывести на печать maydoni quyidagi chop qilish imkoniyatlarini beradi:

Выделенный диапазон – faqat ajratilgan fragmentlarni chop qilish;

Выделенные листы faqat ajratilgan ishchi varaqlarni chop qilish;

Всю книгу – ish kitobini to`liq chop etish.

Копии maydonida chop qilinayotgan hujjatning nusxalar soni kiritiladi (Число копий satrida kerakli son tanlanadi). Agar Разобрать по копиям buyrug`iga belgi qo`yilgan bo`lsa, u holda varaqlar printerda chop qilinishda ketma-ket chiqariladi (ya’ni 1,2,3,…, 1,2,3,… va h.k. tartibda chop qilinadi). Agar belgi qo`yilmasa, u holda nusxalar quyidagicha 1,1,…, 2,2,…,3,3,… va h.k. tarzda chop qilinadi, ularni saralash foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.

Barcha parametrlar kiritilib va tanlanib bo`lingan keyin, quyidagi tugmalarning mosini bosish kerak:

[Ok] – hujjatni chop qilish;

[Отменить] – chop qilishni bekor qilish;

[Просмотр] – oldindan ko`rish rejimiga o`tish.

Savol va topshiriqlar


  1. Yangi ish kitobi qanday tashkil qilinadi?

  2. Yangi ish kitobi xotiraga qanday saqlanadi?

  3. Mavjud ish kitobini ochish qanday amalga oshiriladi?

  4. Yangi ish kitobini boshqa nom bilan qanday xotiraga saqlanadi?

  5. Bir ish kitobida boshqasiga qanday tez o`tiladi?

  6. Katakdagi ma’lumotlar qanday tahrirlanadi?

  7. Elektron jadvalga qo`shimcha jadval elementlari qanday qo`yiladi?

  8. Ish kitobiga qo`shimcha varaq qanday qo`yiladi?


Foyalanilgan adabiyotlar:

  1. Beth Melton, Mark Dodge, Echo Swinford, Anrew Couch, Ciprian Adrian Rusen. Step by Step Microsoft Office Professional 2013. New York. 2013. -6 p. ISBN 978-0-7356-6941-3

  2. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.

  3. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

  4. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

  5. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.





Download 2.38 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Download 2.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika

Download 2.38 Mb.