• Ma’lumotlar ombori (MO) deb
  • Familiyasi, ismi Bo’yi (sm) Og’irl.(kg) Ko’z rangi
  • Kator № Maxsulot kategoriyasi
  • Nomlanishi Baxosi
  • Nomer Abonent ismi Manzili Kategoriya
  • F.I.SH. Tug’il gan yili Ma’lumo ti Mansabi
  • Tabel nomeri Taqdim sanasi Mukofot kodi
  • Nomer Abonent nomi Manzili Kategoriya
  • «Табли ц ы»
  • 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).
  • Foyalanilgan adabiyotlar
  • –mavzu: FARMATSEVTIKA FAOLIYATIDAGI MA'LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. MA'LUMOTLAR BAZASI TURLARI. MA'LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY OB'ЕKTLARI




    Download 2.38 Mb.
    bet12/25
    Sana25.03.2019
    Hajmi2.38 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25

    4.7–mavzu: FARMATSEVTIKA FAOLIYATIDAGI MA'LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. MA'LUMOTLAR BAZASI TURLARI. MA'LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY OB'ЕKTLARI.


    Reja

    1. Ma’lumotlar bazasi.

    2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).
    Tayanch iboralar: Microsoft Office, ma’lumotlar bazasi, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT), MS Access, menyu.
    1. Ma’lumotlar bazasi.

    Kompyuterdagi ma’lumotlar, ma’lumotlar omborida saqlanadi, ular maxsus dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MOBT) yordamida boshqariladi.

    Ma’lumotlar omborini tashkil etuvchi elementlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan va amaliyotda qo’llaniladigan ma’lumotlar matnli fayllar xisoblanadi. Chunki matinli fayllar orqali turli axborotlar ifodalash va komputer xotirasida saqlash mumkin.

    Komputer asosidagi ATning ko’rinishlaridan biri ma’lumotlar ombori (bazasi) xisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma’lumotlar ombori (MB) komputer xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 



    Ma’lumotlar ombori (MO) deb, komputerning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisiga aytiladi. 

    Ma’lumotlar omborida turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd, samolyot, avtobuslarning xarakatlanish jadvali, do’kon yoki ombordagi maxsulotlarning mavjudligi xaqidagi ma’lumotlar, talaba, o’qituvchi va xodimlar xaqidagi ma’lumotlar, kitoblar xaqidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar ma’lumotlar omboriga misol bo’la oladi.

    Ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy komputerdan foydalanish shart emas. Masalan, tabibning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini MO deb xisoblash mumkin. (Kartotekalar kog’ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo’lishi mumkin).

    Ma’lumotlar omborlarining eng sodda va keng tarqalgan shakli jadval ko’rinishidir. Ma’lumotlar omborining (MO) bunday ko’rinishi RELYASION TIZIM deb ataladi. 

    Relyasion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo’lib, ularning xammasi nomlarga ega bo’ladi. Masalan, guruhdagi o’quvchilar xaqidagi ba’zi ma’lumotlarni qo’yidagicha tasvirlash mumkin.

     


    Familiyasi, ismi

    Bo’yi (sm)

    Og’irl.(kg)

    Ko’z rangi

    Saidova Shaxlo

    168

    74

    Ko’k

     

    Kompyuterda aksariyat xollarda matnli fayllar (tajribasi olib borgan sari u matnli fayllar o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Turli xat, referat, she’r va x.k) ni yaratishda foydalaniladi foydalanuvchining tajribasi olib borgan sari u matinli fayllar o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvali, kartotekali varakalari ,tel.nomerlari va b. ma’lumotlarini jamlovchi ombor sifatida foydalanish mumkin. Bunday omborlar axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o’zi belgilaydi.

    Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko’rib chiqaylik. Masalan, O’zbekistonda tug’ilgan va fundamental fanlar (fizika , matematika , biologiya kimyo va x. k.) soxasida faoliyat ko’rsatayotgan yirik mutaxasislarning “Fanlar ekspertlari ombori“ deb nomlanadigan kartatekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartatekadan foydalanish ancha qulay.

    Xar bir olim (ombor atamasida - ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to’ldiradi. Xar bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan NA-ekspertining famiyasi, ismi, sharifi, DA-uy manzili, ED -ma’lumoti, FT - chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashga ma’lum ma’lumotlarni bildirsin.

    Operator xar bir anketani matnli faylga kiritadi . 

    Masalan: 

    NA-Soxibov Anvar Tuychievich

    DA- 700019, Toshkent shaxar G’.Gulom kuchasi 34 uy

    ED-oliy 

    FT -1998 yilda Angliyaga borgan. 

    Eng asosiysi shundaki Ma’lumotlar omborini yaratishdan maqsad xosil qilingan ma’lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga ko’ra axborotlarni tartiblash, 2-chidan, ixtiyoriy belgilariga ko’ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma’lumotlarni ma’lumotlarni bunday tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.

    Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko’rinishdagi ma’lumotlar qulay xisoblanadi. Komputerning dasturiy ta’minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni “tanitdi”. Kompyuter xotirasida jadval sifatida saqlanadigan fayllar, asosan kengaytmasi dbf (Data Base File) bo’lgan fayllardir.

    Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi (MOBT). 

    Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko’rinishida saqlanadi.

    Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini boshqarishning qo’yidagi xususiyatlari kirishi mumkin:


      • ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan kat’i nazar unga qulay ko’rinishda javob berish;

      • ma’lumotlarni modifikasiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda o’zgartirish;

      • ishonchlik darajasi: qurilmalar tasodifan to’xtatilganda ma’lumotlar omborining qayta tiklanish qobiliyati;

      • ma’lumotlarni ximoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsatsiz (sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi;

      • ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanish.

    Komputerda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o’z kundalik turmushida ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Turli kasb egalari o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar xisoblanadi. Odatda, xar qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli etarlidir, chunki foydalanuvchiga etqazilmoqchi bo’lgan barcha axborot raqamlar yoki so’zlardan iborat bo’ladi.

    Ma’lumotlarning turlari: Belgili ma’lumot, sonli ma’lumot, mantiqiy ma’lumotlar (Masalan, “lampa yoniq” (TRUE) yoki “lampa uchirilgan” (FALCE).

    Ma’lumotlarni uch xil kurinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmokli va relyasion (jadvalli).

    Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda “ko’rib” chiqiladi.

    Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi.

    Ma’lumotlarning ierarxik modeliga xos xolda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning ierarxik ombori deyiladi.

    Qo’yidagi misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin:


    Kator №

    Maxsulot kategoriyasi

    1

    Analgetiklar

    2

    Antibiotiklar

    3

    Yutalga karshi dori-vositalar

    4

    Vitamin prepaparatlari

    Analge- Sitramon Antibio- Benzilpe- Yutalga Bromgeksin Vitamin V1 tiklar Aspirin tiklar ntsilin karshi Doktor don prepa- V6

    Analgin Gentami- dori- Tusupreks ratlari S sin vositalar.


    Nomlanishi

    Baxosi

    Sitramon

    75 sum – 6 dona

    Aspirin

    100 sum – 10 dona

    Analgin

    85 sum- 6 dona

    Bir pog’anadagi ma’lumotning boshqa pog’onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmokli modeli deyiladi. 

    Relyasion tizim 1970 y IBM firmasining xodimi E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo’lib, xozirgi paytda eng ko’p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qo’lay boglanishlarni amalga oshirish mumkin.

    Ma’lumotlarning jadval ko’rinishda saqlanishiga ma’lumotlarning relyasion modeli deyiladi. 




     Nomer

    Abonent ismi

    Manzili

    Kategoriya

    144-99-61

    Kosimov

     Toxir


    T.Malik-18

    UK (um.kategoriya)

    65-32-14 

    Akbarov Jaxongir

    G.Gulom-34

    SHT (shaxarlararo aloka ta’qiqlangan kategegoriya)

     

    Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, Telefon) ko’rinishida kompyuter diskiga o’tqazilsa, telefon ma’lumotnomasi - telefonlar ma’lumot omboriga ega bo’lamiz.

    Jadvalda ma’lumotlarni kodlash. Ma’lumotlar ombori bilan ishlashning xususiyatlaridan yana biri shundaki, jadvaldagi ustunlar va satrlar soni qancha ko’p bo’lsa, ularni kompyuterga kiritish shuncha qiyinlashadi. Bu muammoni xal qilish maqsadida jadval elementini jumlalarni ifodalovchi kodlar sifatida kiritish mumkin. 

    Ma’lumotlarni kiritish ustunlarida belgi yoki jumlalar o’rniga kodlar kiritiladi va bir vaqtning o’zida kodlarni ko’rsatuvchi lug’atlar beriladi. Lug’atlar shaklan boshqa jadvallardan farq qilmaydi. Masalan, Toshkent traktor zavodini 608 kodi bilan belgilab, talab jadvalida bu zavodga tegishli bo’lgan barcha ustunlarda 608 kodini ishlatishimiz mumkin va talablar lug’ati jadvali qo’yidagi satrni kiritadi:

    608-Toshkent traktor zavodi. 

    (Agar operator 608 o’rniga708 yoki 609 sonini kiritsa, u boshqa nomdagi manzilga tushadi yoki xech narsa topa olmasligi mumkin.

    Jadval xar bir yozuv uzining bosh kalitiga ega bo’lishi va uning qiymati yagona bo’lishi kerak. Masalan, telefon ma’lumotnomasida telefon nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Bosh kalitni, ko’pincha birlamchi kalit deb atashadi.

    BOSH KALIT – ma’lumotlar omborida saralash ishlarining tez va aniq bajarilishiga imkon beradigan jadvalning bir ustuni.

    “Talabnoma” jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Jadvalda talab nomerini ko’rsatadigan bir xil nomer bo’lishi mumkin emas, aks xolda jadval ma’noga ega bo’lmaydi.

    “Xodimlar jadvali” ning bosh kaliti tabel nomeri bo’lishi mumkin.(Familiyasi bo’lmaydi , chunki bir tashkilot bir xil familiya bir necha kishi ishlatishi mumkin.)





    N

    Ustun nomi

    To’la nomlanishi

    Turi

    Uzunli gi

    1.

    TAL-NOM

    Talabnoma nomeri

    Belgili 

    5

    2.

    TAL-KOD

    Talabnoma kodi 

    Belgili

    4

    3.

    BANK-R

    Talabgorning bank rekviziti

    Belgili 

    40

    4.

    HAJM

    Talabnoma xajmi (kg)

    Sonli

    6

    5.

    IJRO-S

    Talabning ijro sanasi (kun yil oy )

    Sana

    8

     

    Ma’lumotlar omborini yaratuvchilar ma’lum doirada jadval tuzish va ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil xal kilishadi (tizimni turli xil usullarda loyixalash mumkin). Bunda ko’zlangan asosiy maqsad – jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo’lishi va turli xolatlarni xisobga olgan xolda jadvallarni normallashtirishga erishishdir. 

    Buning moxiyati nimada?

    Ma’lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni izlash va ulardan foydalanish qulay bo’lishi kerak. Aks xolda ko’zlangan maksadga erishish o’rniga ma’lumotlar o’rnini topish uchun vaqt sarflashga to’g’ri keladi.

    Ierarxik yoki tarmoqli tuzilishga ega bo’lgan ma’lumotlarni relyasion ko’rinishga o’tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.

    Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko’rinsa-da, uni amalga oshirish anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini «Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko’rib chiqamiz.

    Ma’lumki, ma’lumotlar omborini yaratishda jadvalning asosiy kaliti bo’lishi kerak. Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko’ra izlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan jadvalga «Talabgorning rekvizitlari» deb ataladigan satr kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati bilan aniqlanadi. Lekin talab nomeri – jadval kalitiga bog’liq emas. Bunday xollarda axborotning yuqolishi ro’y beradi, chunki biror talabgor nomeri yo’qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari xam yuqoladi. Yana bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni o’nlab (balki yuzlab) marta kiritish natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko’plab xatoliklarga yo’l quyishingiz mumkin.

    Shuning uchun, «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar ustunini olib, uni talabgor nomi bilan taklif lug’atiga kiritamiz.

    Bu lug’atda muayyan talabgorning rekvizitlari bir marta ko’rsatiladi. Kelgusida bu rekvizitlar nafaqat «Talabnoma» faylida, balki talabgorning kodi bo’lgan boshqa fayllarda xam ishlatilishi mumkin.

    Etarli ko’nikmaga ega bo’lgan odam ma’lumotlarni normallashtirishni amalga oshira oladi. Bunda eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita bog’lanmagan ustunlarni yuqotishdir.

    Foydalanuvchilar ma’lumotlarni normallashtirishda, jadvaldagi ustunlar sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

    Misol tariqasida tuzilishi bo’yicha relyasion tizimga ega bulgan xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlar omborini ko’rib chiqamiz.


    F.I.SH.

    Tug’il gan yili

    Ma’lumo ti

    Mansabi

    Maoshi

    To’ychiev T.I.

    1970

    Oliy

    Muxandis

    25150

    Lafasov S.B.

    1965

    O’rta

    Montyor

    20450

    Sobirov F.M.

    1980

    O’rta

    Farrosh

    12150

    Bu fayldagi xar bir yozuv aniq ishchiga tegishli ma’lumotlardan iborat.

    Ma’lumotlar omborida imkoni boricha ko’proq ma’lumotlar berilishi lozim. Lekin ma’lumotlar turli xodimlar uchun turlicha bo’ladi. Masalan, oldingi ish joyi, xizmat vazifasida siljishi, xizmat safarlari, ilmiy unvonlari, kasallikka chalinishi va b. Bu barcha ko’rsatilgan qismlarni jadvalga “Xodimlar” fayliga kiritish mumkin. Masalan, biror olim 30 ta mukofotga ega bo’lsin. U xolda “Xodimlar”ga 60 ustun kiritish kerak: SANA1, KOD1, SANA2, KOD2,... bu yerda sana - mos xolda mukofot berilgan sanani, kod - mukofot kodini anglatadi.

    Ob’ektning xar xil xajmdagi axborotga ega elementlari takrorlanadigan guruhlar deyiladi. Agar xar bir takrorlanadigan gurux uchun o’z kalitiga ega bo’lgan aloxida jadval xosil qilinsa, masalani yechish osonlashadi. Masalan, uchta ustundan iborat MUKOFOT jadvalini tuzish mumkin:




    Tabel nomeri

    Taqdim sanasi

    Mukofot kodi

    ...

    ...

    ...

    Bu jadvalda Nomer + Sana jadvalning bosh kaliti xizmatini o’taydi.

    dbf fayllaridagi ma’lumotlarni shartli ravishda ikki guruxga ajratish mumkin: o’zgaruvchan va doimiy ma’lumotlar. Bu guruxlar faqat ma’lumotlarni qayta ishlash va ularning yangilanish chastotasi bilangina bir-biridan farq qiladi.

    Ma’lumotlar omboridagi o’zgaruvchan ma’lumotlar eng ko’p qo’llaniladigan ma’lumotlar xisoblanadi. Chunki ular tez-tez o’zgartirib turiladi (ba’zan xar kuni yoki xaftada bir marta). Masalan, metallarni qayta ishlash maxsulotlariga bo’lgan talablar faylida doimiy o’zgarish bo’lib turadi. Bunday axborot tizimlarida qotishma turlari kam o’zgaradi, lekin uning metalldagi tashkil etgan qismi (foizi) o’zgarib turadi.

    Ba’zi parametrlar - nomlanish, o’rtacha og’irligi, issiklik sig’imi va boshkalar uzoq muddat o’zgarmay qoladi. Ular ma’lumotlar omboridagi doimiy ma’lumotlar deb ataladi.

    Relyasion jadvalga katta xajmga ega bo’lgan ma’lumotlarni kiritishda ba’zi satr qiymatlarini bir necha bor qayta ishlatish xollari uchrab turadi. (Masalan, firmalarning kodlari, talabgorning rekvizitlari va x.k.).

    Ko’pgina dasturlarda takrorlanadigan guruxlarni kiritish texnologiyalari mavjud va ular orkali berilgan axborotlarning birortasi yuqotilmasdan satrlarga o’tkaziladi.

    Masalan, MS Office paketidagi Excel dasturidan foydalanib, ma’lumotlar ombori tuzishda berilgan satr yoki ustundagi qiymatlarni qayta kiritishda «Kopirovat» buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu buyrak orqali biror katakchadagi qiymatlar buferga (vaqtinchalik saqlash uchun) o’tkaziladi. Buferda shaklanayotgan ma’lumotlarni esa ko’p marta ishlatish mumkin. Buning uchun qiymat kiritiladigan katakcha tanlanib, «Vstavit» buyrug’ining berilishi etarli.

    Xuddi shuningdek, “Kopirovat” buyrug’i yordamida ma’lumotlar guruxi nusxalanishi mumkin.

    Tizimlar sistemalar deganda , yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida xam yaxshi , xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi. 

    Informatilada “tizim” tushunchasi ko’proq texnik vositalar va dasturlar to’plamiga nisbatan ishlatilinadi.Axborotlarni shakli va mazmuniga ko’ra turlariga ajratish ,ularni saqlash, izlash vakata ishlash prinsiplariga qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar shaxslar xamda vositalarning o’zaro bog’langan majmuiga axborot tizimi deyiladi.( AT) deyiladi. 

    Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash uni kayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini xal qilish kiradi.

    Axborot tizimlari oddiy xisoblash ishlari uchun emas, ma’lumotlarni avtomatik izlash va tanlash (saralash) masalalarini xal kilishga mo’ljallangan.

    Axborotni izlash nima? Masalan,aytaylik kutubxonadan Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini izlayapsiz . Bu kitobni izlashni kutubxonadagi alifboli katalogdan boshlaysiz va unda faqat muallif nomiga e’tibor berasiz. Kartochkalar ichida bir necha “A.Qodiriy”larni topasiz, ulardan kitob nomini izlaysiz. Shu tartibda izlanayotgan kitobning bor yoki yuqligini aniqlaysiz. 

    Umuman, kutubxonadan kerakli adabiyotni izlashda alifboli katalog, tizimli katalog, mualliflar ism va shariflari bo’yicha katalogdan foydalaniladi.

    Xozirgi davrda axborotlarni izlash va saralash amallari shunchalik rang-barangki, ularni sanab chikish u yoqda tursin, turlarga ajratish xam mushkul. Axborot tizimlari o’zi xizmat qiladigan soxa doirasidagi belgilangan xar qanday savolga javobni avtomatik izlashga va topishga mol’jallanadi. Odatda izlash sharti faqat foydalanuvchining xoxishiga bog’liq bo’ladi. Beriladigan savollar komputerga kiritilgan ma’lumotlar bilan uzviy bog’langan bo’ladi, aks xolda beriladigan savollar javobsiz qolishi tabiiy.

    Axborotni izlash jarayonini axborot tizimlarida andozalar orqali amalga oshiriladi. Andoza ko’rinishi turli dastur uchun turlicha bo’lishi mumkin. Quyidagi ma’lumotlarni izlashning asosiy boshqarish menyusi keltirilgan.

    Andoza asosida ishlash tartibini asosiy boshkarish menyusi orqali quyidagicha belgilash mumkin: 




    Kalitlar

    Andoza


    Kiritish/chiqarish

    Birinchi qator tanlanganda, asosiy kalit (so’zlar) ekranda xosil bo’ladi va foydalanuvchi ulardan keraklisini Pg Up, Pg Doun, kursiv va x.k tugmachalaridan foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlagach, unga mos andoza ekranga chiqadi (ya’ni ish tartibi o’rnatiladi), so’ngra (lozim bo’lsa) andozadagi axborotlarni o’zgartirib yoki o’zgartirmagan xolda undan foydalaniladi.

    Ma’lumotlar omboridan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi ma’lumotlar berilgan kalit bo’yicha tartibga keltiradi (alifbo bo’yicha, qiymatlarning kamayishi yoki ortishi bo’yicha).

    Telefon ma’lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit (telefon nomeri) qiymatining o’sishi bo’yicha tartiblangan:




    Nomer

    Abonent nomi

    Manzili

    Kategoriya

    21-9-63

    Murodov Tolib

    A.Qodiriy 14

    UK

    22-7-56

    Aliev Qaxramon

    T.Rajabov 12

    SHT

    Jadvaldan kerakli telefon nomerini topish uchun saralash bosh kalit bo’yicha olib boriladi. Agar bosh kalit alifbo bo’yicha tartiblangan bo’lsa, kerakli obonentni tez topish mumkin. Aks xolda izlash vakti ancha cho’zilib ketishi mumkin. 

    Ma’lumotlar omboridagi ro’yxatni turli kalitlar asosida tartiblash mumkin. Xatto, tartiblash kalitlarini bir necha ma’lumotlardan tuzish xam mumkin . Masalan, liseyda o’qiydigan talabalarni oldin guruxlar (GURUH) bo’yicha, keyin guruxlardan familiyasi (FAMILIYA) bo’yicha tartiblash mumkin. 

    U xolda tartiblash kaliti GURUH+ FAMILIYA dan tashkil topadi va GURUH bosh satr xisoblanadi. 

    Ma’lumotlarni komputerda saralash anchagina vaqtni talab qiladigan jarayon xisoblanadi. Shuning uchun axborot tizimini yaratuvchi saralashning optimal variantini izlab topishi kerak. Bu muammo quyidagicha xal qilinadi. Boshlang’ich jadvalni o’zgartirmasdan, xar bir saralash kaliti uchun indeksli fayl belgilanadi. Indekisli faylga kalitning qiymati (masalan, gurux va familiya) yoziladi (ular tartiblangan bo’ladi) .Xar bir kiymat dastlabki jadvalda o’z tartib nomeriga ega. Tizimda izlashni indeksli faylning kerakli kalitini topgach, dastlabki jadvalga murojaat qiladi va izlangan satrni o’z nomeri bo’yicha ekranga chiqaradi. Xar qanday dbf fayli uchun ixtiyoriy sondagi indeksli fayllarni yaratish mumkin. Bunday xolda faylning o’ziga indekslangan fayl deyiladi. Xar bir indeksli fayl muayyan indeksli kalit (ya’ni bosh kalit)ga ega bo’ladi. Indekslash tizimi ma’lumotlar omborida ma’lumotlarni ko’rib chiqish va izlashning bir necha barobar tezlashishiga imkon beradi.

    Microsoft Office kеng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar pakеtidir.Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi xozirda ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi MOBT sifatida kеng o`rganilmoqda va qo`llanilmoqda.

    MO ning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan olti ob`еktni tasvirlaydi. Bular «Таблицы» (Jadvallar), «Запросы» (So`rovlar), «Формы» (Shakllar), «Отчёты» (Hisobotlar), «Макросы» (Makroslar), «Модули» (Modullar).

    Kеng ma`noda Ma`lumotlar ombori (MO) dеganda rеal dunyoning konkrеt ob`еktlari xaqidagi ma`lumotlar to`plamini tushunish mumkin. Lеkin ma`lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni hal etish murakkablashadi.Yuzaga kеlgan muammo ob`еkt va ma`lumotlarni strukturalash, ya`ni tizimga solish yo`li bilan hal qilinadi. Ob`еkt — bu mavjud va farqlanishi mumkin bo`lgan narsadir. Ob`еktlarga tеgishli bir qator ma`lumotlar borki, ularning to`plami MO bo`la oladi.Masalan, har bir akadеmik lisеy yoki kasb-xunar kollеji — bu ob`еktlar bo`lsa, ulardagi o`quvchilar haqidagi ma`lumotlar to`plami MOga misol bo`la oladi.4

    2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).

    Zamonaviy MO tеxnologiyasida MOni yaratish, unga xizmat ko`rsatish va foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT) dеb ataladi.

    Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, taxlil qilish, tashkillashtirish, saqlash xamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan taxlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraktsiyalash,modellashtirish,o’xshashliklarni topish va shunga o’xshash boshqa aqliy faoliyat ko’nikmalarini egallashini talab qiladi.

    Shuni xam aytib o’tish kerakki, biror xodisa, vokea yoki soxa xaqida absolyut bilim beradigan axborot tizimini yaratish juda mushkul ish xisoblanadi.

    Ma'lumotlar omborini boshqarish usullari ma'lumotlar ombori yaratish bilan bevosita bog’langan bo’ladi.

    Ma'lumotlar omborini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga qo’yidagilar kiradi:



    • ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarga kirish;

    • bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalar(yangilash) kompyuter uchirilganda yoki dasturlar ishi to’xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi;

    • ma'lumotlar omboridan bir vaqtda bir necha kompyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir-biriga xalaqit bermasligi;

    • ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ulardan ximoyalanishi

    • Axborot tizimi asosida ombordagi ma'lumotlarni tartiblash, avtomatik izlash, ma'lumot almashish mumkin. Bu tizim asosida bilimlar omborini boshqarish tizimlari yaratiladi.




    Savol va topshiriqlar

    1. Ma’lumotlar bazasi nima?

    2. Ma’lumotlar bazasi turlari va axborot tizimlarini qurishdagi roli ayting.

    3. Ma’lumotlarni strukturalash va ma’lumotlar modellari nima?

    4. Ma’lumotlar bazasini ieraraxik, relyasion va ob’ektga yo’naltirilgan modellari nima?

    5. Ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ektlarini ayting.

    6. Ma’lumotlar bazasini tashkil etish usullari qanday?

    7. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb nimaga aytiladi?

    8. MBBT funksional imkoniyatlarini bilasiz.


    Foyalanilgan adabiyotlar:

    1. Beth Melton, Mark Dodge, Echo Swinford, Anrew Couch, Ciprian Adrian Rusen. Step by Step Microsoft Office Professional 2013. New York. 2013. -6 p. ISBN 978-0-7356-6941-3

    2. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.

    3. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

    4. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

    5. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.





    Download 2.38 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




    Download 2.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    –mavzu: FARMATSEVTIKA FAOLIYATIDAGI MA'LUMOTLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. MA'LUMOTLAR BAZASI TURLARI. MA'LUMOTLAR BAZASINING ASOSIY OB'ЕKTLARI

    Download 2.38 Mb.