Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika




Download 3.6 Mb.
bet9/32
Sana25.03.2019
Hajmi3.6 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32

Savol va topshiriqlar


  1. Axborot xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

  2. Login tushunchasi nima?

  3. Parol tushunchasi nima?

  4. Avtorizatsiya tushunchasi ayting.

  5. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi qnaday?

  6. Login va parolga ega bo‘lish shartlarini ayting.

  7. Login va parolni buzish mumkinmi?

  8. Login va parolni o‘g‘irlash mumkinmi?

  9. Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlarini ayting.

  10. Kompyuter virusi nima?

  11. Viruslarning turlari va vazifalari nimalardan iborat?

  12. Viruslarga qarshi qanday kurashish usullari bor?

  13. Hujum tushunchasini ayting.

  14. Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari nimalardan iborat?


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.

  2. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

  3. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

  4. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.


4.3–mavzu: TIBBIYOT VA FARMASEVTIKA SOHASIDA ISHLATILADIGAN

AXBOROTLARGA ISHLOV BЕRISH. AXBOROTLARNI HUJJATLAR

SHAKLIDA TAHRIRLASH TЕXNOLOGIYASI.
Reja

  1. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining asosiy tushunchalari.

  2. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari.


Tayanch iboralar: ахborot, operatsiya, mashinada ishlov berish, ishonchlilik, butunlik, Microsoft Office.
1. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining asosiy tushunchalari.

Axborotga ishlov berish texnologik jarayoni belgilangan ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmuidan iboratdir. Operatsiya deyilganda bir ish joyida bajariladigan muayyan harakatlar majmui tushuniladi. Texnologik jarayon operatsiyalarni elementar operatsiyalarga bo‘lib, har bir operatsiyani detallashtiradi. Har bir elementar operatsiyani bajarish foydalaniladigan texnik vositalar, zarur resurslar, operatsiyalarni bajarish shartlari va vaqti, qiymat tavsiflarini belgilab beradigan yo‘riqnomalar, dasturlar yoki boshqa ko‘rsatmalar bilan tartibga solinadi. Axborotga ishlov berish jarayonining operatsiyalarga bo‘lish axborotga ishlov berishga mehnat va mablag‘ sarfini hisoblab chiqish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon ma’lumotlar birligiga kam sarf-xarajat qilib yakuniy maqsadni, eng yuqori aniqlik va ishonchlilikni ta’minlashi zarur.

Axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berishning o‘ziga xos xususiyati ishlov berish operatsiyalari va har bir operatsiyani bajarish variantlarining turli-tumanligi bilan belgilanadi. Texnologik jarayonga faqat muayyan axborotga ishlov beruvchi har qanday tizimda amalga oshirsa bo‘ladigan zamonaviy operatsiyalargina kiritilishi kerak. Axborotga ishlov berishning quyidagi zamonaviy operatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.


  • dastlabki axborotni to‘plash, birlamchi ishlov berish va ro‘yxatga olish (birlamchi tashuvchilarda qayd qilish);

  • ma’lumotlar va abonentlarning so‘rovlarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatish;

  • ma’lumotlar va so‘rovlarni qabul qilish va hisobga olish;

  • qabul qilingan axborotning ishonchliligini nazorat qilish va xatolarini bartaraf etish;

  • ma’lumotlarni tashuvchi mashinalarga ko‘chirish va ko‘chirishning to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • ma’lumotlarni EHM ga kiritish va kiritish to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • ma’lumotlarga mashina ichida ishlov berish va chiqish axborotini tuzish;

  • chiqish hujjatlarini tayyorlash va ularni foydalanuvchiga uzatish.

Zamonaviy operatsiyalardan zamonaviy texnologik jarayonlar tuziladi. Zamonaviy texnologik jarayonlarning turli variantlari tizim hal qiladigan vazifalar doirasini, dastlabki axborotning xarakteri va davriyligini, qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi vositalarining turi va tarkibini, foydalaniladigan axborot tashuvchilarni, dasturiy ta’minot tarkibini va boshqa bir qator omillarni hisobga oladi.

Texnologik operatsiyalar ish (ijro) va nazorat operatsiyalariga bo‘linadi. Ishchi operatsiyalari texnologik jarayonning asosini tashkil etadi.

O‘z navbatida ularni ham tayyorlov va asosiy operatsiyalarga bo‘lish mumkin. Tayyorlov operatsiyalari ma’lumotlarni o‘zgartirishga tayyorlaydi yoki operatsiyalarni bajarishga ko‘maklashadi (masalan, kirish shakllarini tuzish, perforatsiyalash, dastlabki hujjatlarni komplektlash). Asosiy operatsiyalar asosan mashina ichida ishlov berish jarayonida bajariladi va ma’lumotlarni arifmetik hamda mantiqiy o‘zgartirishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Nazorat operatsiyalari ma’lumotlar va natijalarning ishonchliligini ta’minlashga qaratilgandir. Ular dastlabki, joriy va keyingi nazorat operatsiyalariga bo‘linadi. Dastlabki nazorat kirish ma’lumotlarining ishonchliligini kuzatadi, joriy nazorat operatsiyalarni bajarish sifatini (masalan, bosib chiqarishning aniqligini), keyingi nazorat esa bajarilgan operatsiyalar natijalarining ishonchliligini va aniqligini ta’minlaydi.

Texnologik jarayon belgilangan mezonlar bo‘yicha optimallashtirilishi mumkin. Bunda barcha jarayonni bajarishga moddiy xarajatlar minimallashtirilishi yoki butun ishlov berish jarayonini bajarish vaqti qisqartirilishi mumkin. Optimallashtirish mezoni sifatida axborotning eng yuqori darajada aniqligi va ishonchliligi qabul qilinishi mumkin.

Optimallashtirish masalalarini hal qilish uchun operatsiyalarning majmui sifatida texnologik jarayonning matematik modeli quriladi va umuman texnologik jarayon hamda ayrim operatsiyalarning miqdoriy baholash imkonini beruvchi asosiy tavsiflari aniqlanadi. SHundagina optimallashtirishning vazifasi belgilangan cheklanishlarda maqsadli funksiyalarni minimallashtirish (yoki maksimallashtirish) dan iborat bo‘ladi.

2. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari.

Bajarish navbatiga ko‘ra barcha texnologik jarayonlarni uchta guruhga bo‘lish mumkin: axborotga mashina oldidan, mashina ichida va mashinadan keyin ishlov berish. Har bir guruh axborotga ishlov berish jarayonining tegishli bosqichini bajarishni ta’minlaydi va axborotni taqdim etishning kirish va chiqish shakllari bilan xarakterlanadi.



Axborotga mashina oldi ishlov berish axborotni to‘plash, ro‘yxatga olish, dastlabki ishlov berish, ma’lumotlarni mashina tashuvchilarga ko‘chirish, ma’lumotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatish, shuningdek nazorat operatsiyalarini bajarishni ko‘zda tutadi. Mashina oldidan ishlov berish operatsiyalari axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish, aloqa va kiritish kichik tizimlari doirasida bajariladi.

Axborot manbalaridan tushadigan axborot xabarlaridan ob’ektlarni tavsiflovchi axborot parametrlari (hujjatlarning belgilari, buyumlarning rekvizitlari va hokazo ) ajratib olinadi va ushbu AAT da qabul qilingan kirish shakllari tuziladi. Hujjatli AAT da dastlabki ishlov berish bosqichida hujjatlarga ma’no jihatidan ishlov berish operatsiyalari amalga oshiriladi, u referatlar, annotatsiyalar, bibliografik tavsiflar tuzish, indeklashdan iborat bo‘ladi. Olingan shakllar dastlabki tashuvchilar (blanklar, kartalar) da qayd etiladi Dastlabki ishlov berish operatsiyalari odatda qo‘lda bajariladi. Foydalanuvchilardan tushadigan so‘rovlarga ham dastlabki ishlov beriladi.

To‘ldirilgan kiritish shakllari ma’lumotlarni ulardan mashina tashuvchilarga o‘tkazish uchun uzatiladi. Mashina tashuvchilariga ma’lumotlarni kodlashtirish ma’lumotlarni tayyorlashning tegishli qurilmalarida amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarni tayyorlashning perfokarta texnologiyalariga tayanadigan tizimlar axborotning texnik tashuvchisi sifatida perfokartalardan foydalanadi. Perfokartalarga va perfolentalarga perforatsiyalash, shuningdek perforatsiyalash sifatini nazorat qilish juda sermehnat operatsiyalar hisoblanadi.

Ma’lumotlarni tayyorlashda ma’lumotlar qurilma klaviaturasi bilan kiritiladi. Kiritilayotgan ma’lumotlarning ekranda aks etib turishi ma’lumotlarni yozishnini ko‘z bilan nazorat qilib turish imkonini beradi. Ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalaridan foydalanishda ma’lumotlarni tayyorlash vaqti nazorat qilish va xatolarni tuzatish xarajatlari kamayishi hisobiga ancha qisqaradi.

Mashina tashuvchilarida kodlangan ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi. Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga yuklash operatsion tizimning maxsus kiritish–chiqarish dasturlari boshqaruvi ostida amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarni tayyorlashning ko‘p terminalli tizimlaridan foydalanilganida axborot kompyuterga displeyning o‘zidan kiritiladi. Bunda ma’lumotlarni tayyorlash texnologik jarayonining operatsiyalari soni kamayadi.

Mashinada ishlov berish foydalanuvchilarning so‘rovlarini amalga oshirish uchun bajariladigan (izlash, saralashning foydalaniladigan usullari bilan) ishlov berish jarayonlari xarakteri bilan va axborot massivlarini yuritish jarayonlarini tashkil etilishi bilan belgilanadi. Bunda axborot massivlari ma’lumotlarining tuzilmasi tipi va tizimiy dasturiy ta’minot tarkibi hal qiluvchi rol o‘ynaydi

Tizimiy dasturiy ta’minot hisoblash jarayonlarini boshqaradi, kompyuter resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi, amaliy dasturlarni tayyorlash va sozlash protseduralarini amalga oshiradi.

Mashinada ishlov berish texnologik jarayonlarini amalga oshirishda foydalanuvchilarning amaliy dasturlari va amaliy dasturlar paketlaridan foydalaniladi. Hisoblash va axborot tizimlari matematik ta’minotini tiplarga bo‘lish va standartlashtirish mashina ichida ishlov berishning tipik operatsiyalarini ajratish imkonini beradi.

Ishlov berishning paketli rejimida tipik operatsiyalarga ish massivlarini shakllantirish (massivlarni xotirada joylashtirish, axborot fondining boshqa massivlari bilan aloqalar o‘rnatish), massivlarni tartibga solish (saralashning u yoki bu standart usuli bilan), o‘rnatilgan izlash algoritmiga muvofiq ravishda izlash operatsiyalari, chiqish massivlarini shakllantirish, ishlov berish natijalarini chiqarib berish kabilarni kiritish mumkin.

Tashkil etishning modul tamoyili tufayli operatsion tizimlar, zamonaviy EHM lar ularning boshqaruvi ostida ishlaydi, ishlov berishning muayyan vazifalarini qilish uchun generatsiyalanishi mumkin. Amaliy dasturlar paketlari va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari tarkibiga kiradigan generatsiyalash vositalari ularni ishlov berilayotgan axborotning muayyan tavsiflari va ishlov berish protseduralariga muvofiq ravishda generatsiyalash imkonini beradi.

Mashina ichida ishlov berish natijasida chiqish ma’lumotlari shakllantiriladi, ular ishlov berish vazifasining tipiga ko‘ra alohida yozuv, yozuvlar guruhi, turli yakuniy shakllar (jadvallar), fayl ma’lumotlari shaklida bo‘lishi mumkin.



Mashinadan keyingi ishlov berish chiqish ma’lumotlarini taqdim etishning talab etiladigan shakllarini, chiqish shakllarini tasvirlash yoki ularni axborot tashuvchilarda qayd qilish, chiqish shakllarini foydalanuvchilar yoki ilovalarga uzatishni ta’minlaydi. CHiqish axborotini taqdim etishning aniq shakli uning maqsadi va axborotni tasvirlashning texnik vositalari tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar chiqish ma’lumotlari keyinchalik amaliy dasturlar bilan ishlov berish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular operatsion tizimning muayyan sohasiga uzatilishi yoki mashina o‘qiydigan tashuvchilarga yozib qo‘yilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bu ma’lumotlar bosishga yoki displey ekraniga chiqarilishi ham mumkin. Foydalanuvchiga beriladigan ma’lumotlar bosishga uzatiladi yoki displey ekraniga chiqariladi (muloqot rejimida). Foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan chiqish ma’lumotlarini aks ettirish uchun shuningdek tablo, indikatorlar, grafoqurgichlardan foydalaniladi.

Chiqish ma’lumotlari chiqarishdan oldin tahriri qilinadi, tahrir qilish ma’lumotlarni shakllantirish va ularni qabul qilingan shablonga muvofiq yoki foydalanuvchi ko‘rishi uchun qulay shaklga keltirishdan iborat bo‘ladi. Maxsus dasturiy modullar yordamida chiqish shaklining sarlavhasi («shapkasi») tuziladi, shuningdek zarur xabarlar va izohlar chiqariladi.

Hozirgi vaqtda ishlayotgan AAT larida chiqish ma’lumotlarining asosiy hajmi displey ekraniga yoki qog‘ozga bosma holda chiqariladi. Qog‘ozni tejash maqsadlarida ma’lumotlarni chiqarish texnologik jarayoni chiqish shakllarining oqilona tuzilmasini ta’minlashi, shuningdek chiqish shakllarini qog‘ozda shunday joylashtirishni ko‘zda tutishi kerakki, u qog‘oz yuzasida foydalanilmaydigan joy deyarli qolmasin. CHiqish fayllarini tashkillashtirishda chiqish ma’lumotlarini foydalanuvchi uchun qulay shaklda taqdim etish haqida ham o‘ylash, bunda sahifalarning imkon qadar to‘la bo‘lishini ta’minlash zarur.

Paket rejimida mashinadan keyingi ishlov berish texnologik jarayoni umumiy hujjatlarni chiqarish va foydalanuvchiga uzatish bilan tugallanadi. Hujjatli AQT larda chiqish axborotidan nusxalar olinadi, masalan, mikrofilmlashtiriladi, ko‘paytiriladi, broshyura holiga keltiriladi va foydalanuvchilarga uzatiladi yoki tarqatiladi.

Ma’lumotlarga ishlov berish ishonchliligini oshirish usullari.

Axborotga ishlov berish va saqlash tizimlariga qo‘yiladigan eng muhim talablar ma’lumotlarning ishonchliligi va butunligini ta’minlash hisoblanadi. Ishonchlilik deb ma’lumotlarning ular o‘zi aks ettirayotgan haqiqatga muvofiqligiga aytiladi. Butunlik bu AIST tarkibidan ishlayotgan uskunalarda biror-bir buzilishlar yuzaga kelgan vaqtda ma’lumotlarning saqlanib qolishi demakdir.

Ma’lumotlarning ishonchliligi axborotga dastlabki ishlov berish bosqichida, ma’lumotlarni aloqa kanallari bo‘ylab uzatish va ularni kompyuterga kiritish jarayonida, ishlov berish jarayonidagi xato arifmetik va mantiqiy o‘zgartirishlar natijasida yo‘qotilishi mumkin. Ishonchliligi buzilishi natijasida ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lib qoladi, ularning mazmuni buziladi, sonli tavsiflari o‘zgaradi. Ishlov berilayotgan ma’lumotlar va natijalarning ishonchliligini ta’minlash uchun ishlov berish texnologik jarayonining buzilishlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan joylari va sabablarini aniqlash, ma’lumotlarni nazorat qilish va yuzaga kelgan xatolarni tuzatish chora-tadbirlarini ko‘rish zarur. Xatolar ma’lumotlarni dastlabki tashuvchilarda qayd etishda yuzaga kelishi mumkin. Bu xatolarni aniqlash uchun oldindan nazorat qilish operatsiyalari bajariladi. Ularga, masalan, nazorat summalarini (har bir qator yoki ustun bo‘yicha, har bir hujjat yoki uning bir to‘plami bo‘yicha) hisoblash kiradi. Nazorat summalari keyinchalik dastlabki shakllarni mashina tashuvchilarida kodlashning to‘g‘riligini tekshirish vaqtida hisoblanadi. Olinadigan summalar teng bo‘lishi zarur.

Ma’lumotlarni tayyorlashda yozilayotgan va displey ekranida aks ettirilayotgan ma’lumotlar ko‘z bilan nazorat qilib boriladi. MT larga yozilgan ma’lumotlarni tekshirish ma’lumotlarni dastlabki hujjatdan klaviaturada qaytadan terish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bloklab nazorat qilinadi. YOzuvlar bloki bufer OXga solishtirib o‘qiladi va blok simvolining har bir kodi bosilgan tegishli klavisha kodi bilan solishtiriladi. Kodlar to‘g‘ri kelmagan hollarda klaviatura blokirovkalanadi va indikatorga tegishli signal chiqariladi. Noto‘g‘ri yozilgan simvol tuzatilishi mumkin.

Ma’lumotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatishning to‘g‘riligini turli usullar bilan nazorat qilish mumkin. Ulardan birida qabul qilish va uzatish punktlarida uzatilayotgan va qabul qilinayotgan axborotning muayyan qismlari bo‘yicha nazorat summalari hisoblab chiqiladi. Ma’lumotlarni uzatishda xatolar yo‘qligida bu summalar teng chiqadi. Summalar bir-biriga mos kelmagan hollarda uzatish punktiga tegishli signal tushadi va axborotning ushbu qismi qaytadan uzatiladi.

Ma’lumotlarni uzatish to‘g‘riligini nazorat qilish uchun xatolarni aniqlashning maxsus kodlaridan foydalaniladi. Ular aloqa kanali bo‘yicha berilgan yoki kompyuterga kiritilgan kodning to‘g‘riligini avtomatik tarzad aniqlash imkonini beradi. SHu maqsadlarda ma’lumotlar kodi nazorat razryadlari bilan to‘ldiriladi, uning qiymati kodlarning ayrim razryadlarini muayyan o‘zgartirishlar yo‘li bilan hisoblanadi.

Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash uchun kiritish jarayonida kiritilayotgan ma’lumotlar kompyuterning operatsion tizimi vositalari bilan nazorat qilinadi. Kiritilayotgan ma’lumotlarni nazorat qilishning turli shakllari mavjud. Mainframe kompyuterlarida, masalan, har bir yozuv maydoni formatining uning ta’rifiga muvofiqligi , yozuv uzunligining to‘g‘riligi, yozuv maydoni qiymatining muayyan diapazonga tegishliligi, har bir yozuv bo‘yicha nazorat summasi, yozuvlarning joylashish tartibi va boshqalar tekshirilishi mumkin. Xatosi bor yozuvlar aniqlanganida bosishga tegishli xabar chiqariladi, uning asosida xato yozuvlar, masalan, tuzatish fayllari yordamida to‘g‘rilanadi.

Ishlov berish jarayonida yuzaga kelgan xatoliklarni aniqlash maqsadida protseduralar algoritmlarida oraliq natijalarni tekshirish uchun chiqish nuqtalari ko‘zda tutiladi. Bu natijalar bir nechta (odatda ikkita) turlicha usul bilan olinadi, natijalar esa darhol qiyoslanadi. Texnologik jarayonga kiritiladigan nazorat qilishning muayyan usullari va vositalarini tanlash axborotning muhimligi, uning strukturaviy tashkil etilishi, hajmi, barqarorligi va boshqa tavsiflariga bog‘liqdir.

AIST da turli xatolar natijasida ma’lumotlar yo‘qotilishi (ularning butunligi buzilishi) mumkin. Ma’lumotlar yo‘qotilishining oldini olish uchun ularni saqlashda mashina tashuvchilarni mexanik shikastlanishlar va jismoniy ta’sirlardan (masalan, magnit maydonlaridan) muhofaza qilishning maxsus chora-tadbirlari ta’minlanadi. Apparatda buzilishlar yuz berishi va dasturiy xatoliklar (magnit diskning «zadiri», elektron uskunaning buzilishi, fayllarning o‘chib ketishi, xotiraning «begona » sohasiga tushib qolganida ma’lumotlarning buzilishi) natijasida ham ma’lumotlar yo‘qotilishi mumkin. Ma’lumotlarni tiklash imkoniyatini ta’minlash uchun AAT axborot massivlari odatda dubllanadi, ya’ni kompyuter xotirasida har bir faylning ikkita (yoki undan ko‘proq) nusxalari saqlanadi. Asosiy fayllarning MDlarga joylashtirilgan dublikatlari ancha arzon bo‘lgan vizual xotira qurilmalari (VHQ)da, masalan, optik disklarda saqlanishi mumkin.

AAT da ma’lumotlarning fayllari ba’zan ko‘proq, ba’zan esa kamroq bo‘lsa ham tez-tez yangilanadi, demak tegishlicha har safar eskirgan takrorlanuvchi fayllarni yangilash yoki har safar yangilangan fayllarning yangi nusxalarini yaratish zarur bo‘ladi . Aynan bitta faylning ko‘p sonli dublikatlarini yaratish usuli ma’lumotlarning butunligini ta’minlashning eng yaxshi usuli emas. Ko‘proq fayllarning tashqi tashuvchilar guruhidagi sirkulyasiyasidan foydalaniladi. Bunda tizimda bir vaqtning o‘zida bir nechta versiyalar yoki ko‘pincha aytiladigandek aynan bir faylning avlodlari (ancha oldingi va uning bir qator yangilangan modifikatsiyalari) saqlanadi.

Ishlatilayotgan asosiy faylga 0 nomeri beriladi va bu fayl «o‘g‘il» deb ataladi. SHu faylning bundan oldingi versiyasiga 1 nomeri beriladi va « ota» deb ataladi. Undan ham oldingi «bobo» faylning nomeri 2 bo‘ladi.

Ish faylini yangilashda «tuzatish» fayli tashkil etiladi. 0-fayl tuzatiladi va 2-fayl o‘rniga yoziladi. Bunda 2-fayl o‘chirilib ketadi, boshqa barcha fayllar nomerini o‘zgartiradi . Tuzatishgacha 0 nomeriga ega bo‘lgan fayl «ota» fayl , 1 nomerli fayl esa «bobo» faylga aylanadi. Tuzatilgan faylga 0 nomeri beriladi.

Agar ishlov berish jarayonida « o‘g‘il» versiyasining o‘chirilishi yuz bersa, saqlanayotgan tuzatishlar fayli yordamida yana qaytadan «ota»ning «o‘g‘il»ga o‘tkazishi bajariladi. Agar bu o‘tkazish jarayonida ham buzilishlar bo‘lsa, «bobo»ning «o‘g‘il»ga o‘tkazilishi amalga oshiriladi.

O‘ta muhim tizimlarda fayllarning ancha oldingi versiyalari ham saqlanishi mumkin.



Dunyogа mаshxur Microsoft firmаsi shаxsiy Kоmpyutеrlаrdаn fоydаlаnuvchilаr uchun ko`pginа dаsturlаr vа оpеrаtsiоn tizimlаrni ishlаb chiqаrishni jаdаl rivоjlаntirmоqdа. Jumlаdаn fоydаlаnuvchilаrning Kоmpyutеrdаn fоydаlаnish imkоniyatlаrini, mehnat unumdorligini оshirish va bir qancha og`ir ishlarni bajarish uchun OFFICE dаsturlаr pаkеtini hаm ishlаb chiqаrishgаn. OFFICE dаsturlаr paketi Windows оpеrаtsiоn tizimida ishlashga mo`ljallangan.

Hozirgi kunda Office paketidagi dasturlar matnlar yozish, matnlar ustida turli xil amallar bajarish, hisoblash ishlarini amalgam oshirish, turli xil taqdimotlar yaratish, ma`lumotlar bazasini yaratish va uni ko`rib chiqish uchun bir nechta sohalarda keng foydalanilmoqda.

Office dаsturlar pаkеtining quyidаgi vеrsiyalаri mаvjud:

Office-95, Office-97, Office-2000, Office-XP, Office-2003, Office-2007, Office 2010 va Office 2013.

Hоzirgi kundа ko`pginа fоydаlаnuvchilаr Office-2003, Office-2007, Office 2013 dаsturlаr pаkеtidаn fоydаlаnishmoqda.



Office-2007, Office-2010 va Office-2013 ikkаlа vеrsiyadаgi dаsturlаr bir-biridаn dеyarli fаrq qilmаydi fаqаt Office-2013 ni imkоniyati ko`prоq. Shuning uchun Office-2013 dаsturlаr pаkеti hаqidа fikr yuritаmiz. Office-2013 dаsturlаr pаkеtini shаxsiy Kоmpyutеrgа o`rnаtish uchun аvvаlоm bоr Kоmpyutеrdа Windows оpеrаtsiоn tizimi o`rnаtilgаn bo`lishi lоzim.

Office-2013 dаsturlаr pаkеtigа quyidаgi dаsturlаr kirаdi:1





http://sickdownload.com/wp-content/uploads/2015/09/microsoft-office-2013-portable-copy.jpg
Microsoft Office Word – hаr xil ko`rinishdаgi оddiy vа murаkkаb mаtnlаrni kiritish va ularni tаhrirlаshgа mo`ljаllаngаn mаtn muhаrriri;

Microsoft Office Excel – hаr xil ko`rinishdаgi hisоb-kitоbli mа`lumоtlаr, jadvallar, formulalar, Funksiyalar va diagrammalar bilаn ishlаshgа mo`ljаllаngаn elеktrоn jаdvаlli dаstur;

Microsoft Office Power Point – mа`lumоtlаrni tаqdimоt (prеzеntаtsiya), rеklаmа qilishgа mo`ljаllаngаn tаqdimоt dаsturi;

Microsoft Office Access – mа`lumоtlаr оmbоri (bаzаsi) ni yaratish va unda ishlаshgа mo`ljаllаngаn dаstur;

Microsoft Office Publisher – hаr xil tipdаgi nashirlik ishlаri, buklеt, byullеtеnlаrni, e`lоn vа Web-uzеllаrni yarаtish vа o`zgаrtirishgа mo`ljаllаngаn muhаrrir dаstur;

Microsoft Office Outlook – elеktоn pоchtаdаn fоydаlаnishgа mo`ljаllаngаn dаstur.

Microsoft Office InfoPath – yordаmidа tаshkilоtdа mа`lumоtlаrni yig`ish vа qаytа ishlаtishni dinаmik shаkldа to`ldirish vа ishlаtish uchun mo`ljаllаngаn dаstur.

«Средства Microsoft Office 2013» - o`z ichiga quyidalarni oladi.

Microsoft Office Access Snapshot Viewer – suratlarni ko`rish yordamida xisobotlarni ko`rib chiqish va yozishga sharoit yaratadi.

Microsoft Office Document Imaging – Microsoft Office Document Imaging ilova vositalari orqali grafik shakldagi matn fakslarni o`qish va qurish.

Microsoft Office Document Scanning – Microsoft Office Document Scanning grafik hujjatlar matnlarini o`qish, ko`p varaqli hujjatlarni skanerlash.

Microsoft Office Picture Manager – Microsoft Office dispetcheri yordamida grafik shakldagi fayllarni tizimlashtirish, redaktorlash va hamkorlikda ishlatish.

Восстановление приложений Microsoft Office – Microsoft Office ilovalarini tiklash.

Коллекция картинок (Microsoft) – tovushlar, klip, rasm va suratlarni import va tizimlashtirish.

Мастер сохранения настроек Microsoft Office 2013 – Microsoft Office ilovalarini saqlash va tiklash.

Цифровой сертификат для проектов VBA – bu dastur tasdiqlangan sertifikat yaratadi. Ushbu dastur aynan shu kompyuterda personal makroslar bilan qo`llanilishi mumkin.

Языковые параметры Microsoft Office 2013 – Microsoft Office ilovalari uchun tilni tanlash.

Office dаsturlаr pаkеtini o`rnаtishdа yuqоridа ko`rsаtilgаn dаsturlаrni tаnlаsh оrqаli, ya`ni kеrаklisini o`rnаtish оrqаli Kоmpyutеr qаttiq diskidаgi jоyni tеjаsh mumkin. Mаsаlаn sizni Kоmpyutеringiz Intеrnеtgа ulаngаn bo`lmаsа Microsoft Outlookni o`rnаtishingiz shаrt emаs yoki rаngli, lаzеrli printеringiz bo`lmаsа Microsoft Publisherni hаm o`rnаtish shаrt emаs vа hokazо. Bu dаsturlаr kеyinchаlik sizgа kеrаk bo`lib qоlgаnidа bеmаlоl Office tаrkibini yangilаb bu dаsturlаrni o`rnаtib оlishingiz mumkin.

Аgаr siz Intеrnеtgа qo`shilgаn bo`lsаngiz Office dаsturlаr pаkеtini Intеrnеt оrqаli yangilаb turishingiz mumkin. Officeni Kоmpyutеringizgа o`rnаtgаndаn so`ng bеmаlоl mаtnlаrni tаhrirlаsh, mа`lumоtlаr bаzаsidа ishlаsh, hisоb-kitоbli jаdvаllаrni tаhrirlаsh vа hokаzо ishlаrni qilishingiz mumkin.
Savol va topshiriqlar


  1. Operatsiya deb nimaga aytiladi?

  2. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining asosiy tushunchalarini ayting?

  3. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari nima?

  4. Ma'lumotlarga ishlov berish ishonchliligini oshirish usullarini ayting?

  5. Office dasturlar paketi qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqariladi?

  6. Office dasturlar paketi tarkibiga qanday dasturlar kiradi?

  7. Microsoft Office vositalariga nimalar kiradi?

  8. Office dasturlar paketining qanday versiyalarini bilasiz?


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Beth Melton, Mark Dodge, Echo Swinford, Anrew Couch, Ciprian Adrian Rusen. Step by Step Microsoft Office Professional 2013. New York. 2013. -6 p. ISBN 978-0-7356-6941-3

  2. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.

  3. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

  4. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

  5. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.


4.4–mavzu: FARMASEVTIKA VA TIBBIYOT SOHASIDA AXBOROTLARNI

TAQDIMOTLAR KO`RINISHIDA SHAKLLANTIRISH TЕXNOLOGIYASI.

TAQDIMOT TЕXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARINI SOHAGA

SAMARALI TADBIQ ETISH YO`LLARI.
Reja

  1. Axborotlarni taqdimotlar ko’rinishida shakllantirish texnologiyasi.

  2. Taqdimotlar yaratishda konstruktorlar, maketlar va shablonlardan optimal foydalanish.


Tayanch iboralar: slayd, taqdimot, animatsiya, dizayn, gipermurojaat, ахborot, grafik, video klip, taqdimot dasturlari, MS Power Poimt, menyu, Microsoft Office.
1. Axborotlarni taqdimotlar ko’rinishida shakllantirish texnologiyasi.

Bugungi kundа rеklаmаlаrgа judа kеng e`tibоr bеrilmоqdа. Rеklаmаlаrning hаr xil ko`rinishlаri: vаrаqаlаr, e`lоnlаr, tеlе vа rаdiо rеklаmаlаr sizgа mа`lum. Bugungi kundа Kоmpyutеr rеklаmаlаrni yarаtish vа tаrqаtish bo`yichа eng kuchli vоsitаgа аylаndi.

Rеklаmа prеzеntаtsiyasini yarаtish bu ko`p vаqtni tаlаb qilаdigаn, judа muhim vа mаs`uliyatli jаrаyondir. Bu o`rindа sizdаn tаlаb qilinаdigаni bu rаsmlаr, аnimаtsiya (hаrаkаt), qisqа mаtnlаrdаn ibоrаt stsеnаriyni o`ylаb tоpish. Prеzеntаtsiyalаr tаyyorlаshdа eng effеktiv vа univеrsаl vоsitаlаrdаn biri - bu «Microsoft Office» ilоvаsidаgi – «Power Point» dаsturidir. U grаfik аxbоrоtlаr, slаydlаr, оvоz, vidео kliplаr, аnimаtsiyalаrdаn fоydаlаnib, sifаtli prеzеntаtsiyalаr yarаtish imkоnini bеrаdi.

Power Point dasturi Microsoft Оffice dasturlar to`plamiga kiruvchi dastur hisoblanib, taqdimot yaratish va namoyish qilish uchun ishlatiladi. Bu dastur o`zida matnlar (so`zlar), rasmlar, animatsiya effektlari, ovoz, videokliplar va h.k.lardan iborat bo`lgan slaydlar hosil qilish imkoniyatini beradi.2

Prezentatsiya (Taqdimot) deb, ixtiyoriy soha bo`yicha ilgari surilgan fikrning himoyasida ishlatiladigan ko`rgazmalar va tushuntirishlarga, yangi ishlab chiqilgan mahsulot bilan tanishtirishga aytiladi. Prezentatsiyaga misol sifatida diplom himoyasini, reklama roligini, biznes-plan himoyasini va hokazolarni ko`rish mumkin.

Taqdimot keng ma`noda qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda konferentsiyalar prezentatsiya sifatida o`tkazilmoqda.

Taqdimot tayyorlash uchun tanlab olingan mavzu bo`yicha material to`planadi va shu materiallar asosida Kompyuterda tayyorlanadi hamda keng ekranda ko`rsatish uchun videoproyektordan foydalaniladi.

Taqdimotni Kompyuterda tayyorlashda Microsoft Power Point dasturini ishlatish mumkin.



Prezentatsiya (Taqdimot) – namoyish ma`nosini beradi va biror bir xizmat yoki mahsulotning namoyishini anglatadi. Taqdimot bir yoki bir nechta ketma-ket slaydlardan tashkil topadi.

Slayd – bu matn yoki grafika joylashtirilgan varaq.

Power Point dasturini «Пуск»  «Программы»  «Microsoft Ofifice» «Microsoft Office Power Point 2003» menyusini tanlash bilan ishga tushirish mumkin.

Bu dastur ham Microsoft Office dasturlar to`plamining bоshqа dаsturlаri singаri ko`rinishgа egа bo`lib, menyular qatori, аsbоblаr pаnеli, slаydning ko`rinishidаn ibоrаt.

Microsoft PowerPoint univеrsal, imkoniyatlari kеng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi.



Slayd — ma'lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi.

Slaydlar kеtma-kеtligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyutеr ekranida, vidеomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish — slaydlar kеtma-kеtligini loyihalash va jihozlash dеmakdir.

Taqdim etish axborot tеxnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog’liq ekanligini ham unutmaslik lozim.

PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig’i ostida yaratilgan bo’lib, ushbu dastur prеzеntatsiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali kurollarni yaratish va ba'zi joylarda esa ma'lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimеdia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu — slayd va prеzеntatsiya tushunchalaridir.

Prеzеntatsiya(taqdimot) — yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun bеriladigan fayl nomi. Masalan: Prеzеntatsiya1 — PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo’lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni kеyinchalik o’z xohishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.

PowerPoint dasturini ishga tushirish. Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi:

«Пуск» - «Программы» — «Microsoft PowerPoint».

http://howto.mydiv.net/images/screens/5863.jpg

Eslatma: yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.

PowerPoint ishga tushirilganda ekranda ko’rsatilgan taqdimot yaratish muloqot darchasini ko’rish mumkin.



2. Taqdimotlar yaratishda konstruktorlar, maketlar va shablonlardan optimal foydalanish.
http://microsoft-office.biz/scr/47/microsoft-powerpointn3.png

http://presportal.ru/wp-content/uploads/2012/03/9_.jpg

Yangi taqdimotni yaratishda PowerPoint dasturining asosiy oynasidagi Gorizontal mеnyuning «Главная»—«создать слайд» (Yaratish) buyruqlari kеtma-kеt bajariladi. Bu buyruqlar bajarilganda quyidagi oyna paydo bo’ladi va istalgan maket tanlab olinadi. Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bo'lsangiz) POWER POINT har bir slaydni namunaviy matn bilan to'ldiradi. Bu matnlarni siz o'zingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim.



http://pcpro100.info/wp-content/uploads/2014/01/2014-01-19-22_44_02-microsoft-powerpoint-prezentatsiya1.gif
Taqdimotlarni taxrirlash. Taqdimotlarni saqlagandan so’ng uning tarkibidagi barcha slaydlarni alohida-alohida o’zgartirish mumkin. Buning uchun yaratilgan slaydlarga sichqoncha ko’rsatkichi olib kеlinadi va tugmasi bosilib, tasdiqlangandan so’ng, kеrakli o’zgartirishlarni kiritish mumkin bo’ladi.

Bu rеjimda yangi slayd yaratish, uning bеlgisini o’zgartirish, slayd matnini tеrish, taxrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxеmasini o’zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin. Slaydga rasmlar, jadval, diagramma, turli figuralar, filmlar, ovozlar o’rnatish mumkin. Bularning barchasi Вставка menyusida joylashgan.



Savol va topshiriqlar

  1. Power Point qаndаy dаstur hisоblаnаdi?

  2. Slаyd nimа? Undа nimаlаr jоylаshtirilаdi?

  3. Prеzеntаsiya dеgаndа nimаni tushunаsiz?

  4. Power Point dаsturi qаndаy ishgа tushirilаdi?

  5. Power Point dаsturi oynasi nimalardan tashkil topgan?

  6. Power Point dаsturi hozirgi kunda qanday ahamiyat kasb etadi?


Foyalanilgan adabiyotlar:

  1. Beth Melton, Mark Dodge, Echo Swinford, Anrew Couch, Ciprian Adrian Rusen. Step by Step Microsoft Office Professional 2013. New York. 2013. -6 p. ISBN 978-0-7356-6941-3

  2. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.

  3. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

  4. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

  5. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.



4.5–mavzu: FARMASEVTIKA VA TIBBIYOT MASALALARIDAGI MA’LUMOTLARNI

ELЕKTRON JADVALLARGA KIRITISH. MA’LUMOTLARNI QAYTA

ISHLASHDA JADVAL PROTSЕSSORLARNING FUNKTSIONAL

IMKONIYATLARIDAN OPTIMAL FOYDALANISH. STATISTIK

MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA FORMULA VA STANDART

FUNKTSIYALARDAN OQILONA FOYDALANISH YO`LLARI.

Reja

1. Elektron jadvallarni qayta ishlashda jadval prosessorlarning funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish.

2. Katakdagi ma’lumotlar ustida nusxalash, ko`cherish va o`chirish amallar.

3. Ish kitobini chop qilishdan oldidan ko`rish.


Tayanch iboralar: Microsoft Office, elektron jadval, formula, funksiya, menyu.
1. Elektron jadvallarni qayta ishlashda jadval prosessorlarning funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish.

Ko`pchilik hollarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar jadvallar ko`rinishida tasvirlanadi. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang`ich ma’lumoitlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi.

Ma’lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun ko`pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hiusoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.

Jadval ko`rinishdagi tasvirlanadigan masalalarni yechish uchun maxsus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo`lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessori deb ataladi.

Elektron jadvallar, avvalo, iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan, lekin uning yordamida muhandislikka doir masalalarni hal qilishda ham, masalan, formulalar bo`yicha hisob-kitoblarda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Elektron jadvallar qo`llanilayotgan sohalar juda ko`p: moliyaviy buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar, kundalik, xo`jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va h.k.

Elektron jadvallar jadvalga matn, raqam va formula kabi ma’lumotlar kiritib, ular ustida hisob-kitoblar bajarish, diagrammalar yaratish imkonini beradigan dastur. Misollar: Lotus, MS Excel va boshqalar.

MS EXCEL dasturi. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u WINDOWS OT boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan amaliy dasturdir.

Excel da tayyorlangan har bir hujjat ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel da, odatda, bunday fayl “Ish kitobi” deb yuritiladi.3

Excel ning asosiy ish sohasi – bu “Ish kitobi” bo`lib, u bir yoki bir necha ish varag`idan iborat. Ish varag`ida hisobchi kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi. Excel ning hisobchi kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.

Excel elektron jadvali 16384 qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (katakcha) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham mumkin.

Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil ko`rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan, A1, B6, AA4, ZD5 kabi ko`rsatiladi.
http://img-fotki.yandex.ru/get/9111/40446132.a0/0_a241c_45f1f746_l.jpg
MS Excel ni yuklash va ishini yakunlash

Excel dasturi Windows OT standart dasturlaridanbiri hisoblanib, uni yuklash va ishini yakunlash ham standart holda amalga oshiriladi.



Excel ni yuklash. Excel ni yuklash uchun masalalar panelidagi [Пуск] tugmasi bosiladi, hosil bo`lgan menyudan Программы bandiga kelinadi, so`ngra hosil bo`lgan ikkilamchi menyudan Microsoft Office tanlanadi, undan hosil bo`lgan menyudan esa Microsoft Excel tanlanib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi yoki [Enter] tugmasi bosiladi. Yoki agar ishchi stolida dasturning piktogrammasi mavjud bo`lsa, o`shni ishga tushirish ham mumkin (1-rasm). Dastur yuklanishi bilan ekranda Excel ning bo`sh ishchi kitobi hosil bo`ladi.

Excel ishini yakunlash. Excel ishini yakunlash uchun quyidagi usullardan birini bajarish kerak.

Dastur oynasining o`ng yuqori burchagida joylashgan [Закрыть] tugmasini bosish;

Klaviaturadan Alt+F4 tugmalar kombinatsiyasi bosish.

Menyular satridan Файл bo`limining Выход buyrug`ini ishga tushirish.

Agar dastur ishini yakunlanishida biror ishchi kitobini tahrirlashda o`zgartirish xotiraga saqlanmay qolgan bo`lsa, u holda kompyuter avtomatik holda bu o`zgartirishni xotiraga saqlashni taklif qiluvchi so`rov oyasi hosil bo`ladi. Bu oynada quyidagi tugmalar joylashgan, ular tegishlisini tanlash kerak:

[Да] – o`zgartirishni xotiraga saqlash;

[Нет] – xotiraga saqlamasdan ishini yakunlash;

[Отмена] – dastur ishini yakunlashni bekor qilish.



Excel dastur oynasi. Excel elektron jadvali yuklangandan so`ng, uning dastur oynasi hosil bo`ladi. Dasturning tashqi ko`rinishi quyidagi rasmda tasvirlangan (3.3-rasm), uning ikkilamchi oyanasi yoyilgan holda bu oyanada joylashgan.

Sarlavha satri. Sarlavha satrida dastur nomi, dastur piktogrammasi hamda tahrirlanayotgan hujjat nomi. Bundan tashqari Word dastur oynasining hajmini boshqarish tugmalari va [Закрыть] tugmasi joylashgan.
http://kompmix.ru/imglesson/excel_2013/kak_sohranit_dokument_excel_2013_poshagovaya_instrukciya-7.jpg

Menyu satri. Sarlavha satrining ostida menyu satri joylashgan. Unda bo`limlar joylashgan bo`lib, ularda o`zlariga xos buyruqlar va optsiyalar ro`yxati joylashgan. Shuni esda tutish keraki, dasturda bajariladigan har bir amal menyu satrida joylashgan ma’lum bir bo`limlarning u yoki bu buyruqlari yordamida bajariladi. Menyu satridan kerakli bo`limni tanlash uchun sichqoncha ko`rsatkichini o`sha bo`limga olib borilsa, bo`lim yozuvi tugma shaklini oladi, bu shu bo`lim tanlanilishini anglatadi.

Menyu satrida joylashgan bo`limlar quyida batavsil yoritiladi:



Файлfayllar bilan bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;

Правкаtahrirlash amallarini o`zida saqlovchi amal buyruqlari joylashgan;

Видish kitobining ekranda hosil bo`lish variantlari joylashgan;

Вставкаjadvalga kerakli elementlarini qo`yish va qo`yish bilan bog`liq boshqa amal buyruqlari joylashgan;

Форматish kitobini va jadvalni formatlashga bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;

Сервисdasturning har xil qo`shimcha funktsiyalari buyruqlari joylashgan;

Данныеberilganlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan buyruqlar joylashgan;

ОкноExcel dasturining ikkilamchi oynasi bilan bog`liq bo`lgan amal buyruqlari joylashgan.

Uskunalar paneli. Menyu satri ostida uskunalar paneli joylashgandir. U tugmalar va yoyiluvchi ro`yxatlardan tashkil topgandir. Uskunalar paneliga asosan matnni tahrirlashda va formatlashda ko`p ishlatiladigan funktsiyalar tugmalari joylashtiriladi.

Har bir tugma o`z nomiga ega. Tugmaning nomini ko`rish uchun unga sichqoncha ko`rsatkichi keltirib, bir necha soniya ushlab turish kerak. Agar joriy vaqtda tugmaga bog`langan funktsiya bajarilish imkoni mavjud bo`lmasa, u holda bu tugma rasmi rangsiz holda bo`ladi.

Uskunalar paneli foydalanuvchining xoxishiga ko`ra tuzilishi ham mumkin. Quyida, Excel dasturda hujjatlarni tahrirlashda juda ko`p ishlatiladigan ikkita asosiy “Стандартная” va “Форматирование” uskunalar paneli tugmalari tavsiflangan.

“Стандартная” uskunalar panelidagi tugmalarni tavsiflaymiz.



[Создать] yangi hujjat tashkil qilish (Ctrl + N);

[Открыть] – kompyuter xotirasida mavjud bo`lgan hujjatni ochish (Ctrl + O);

[Сохранить] – tahrirlanayotgan hujjatni xotiraga saqlash (Ctrl+S);

[Печать] – hujjatni qog`ozga chop qilishga yuborish;

[Предварительный просмотр] – hujjatni qog`ozga chop qilishdan avval ko`zdan kechirish;

[Правописание] – hujjatning orfagrafik va grammatik xatolarni tekshirish va to`g`irlash.

[Вырезать] – hujjatdagi ajratilgan fragmentni yo`qotish va uni “буфер обмен” ga joylash (Shift + Delete);

[Копировать] – hujjatdagi ajratilgan fragment nusxasini “буфер обмен” ga joylash (Ctrl + Insert);

[Вставить] – hujjatning kerakli joyiga “буфер обмен” da joylashgan fragmentni qo`yish (Shift + Insert);

[Отменить] – oxirgi bir yoki necha amallarni bekor qilish;

[Вернуть] – avvalgi bekor qilingan bir yoki bir necha amallarni qaytarish.

[Добавление гиперссылки] – joriy joyga gipermurojatni joylash;

[Рисование] – rasm hosil qilish uchun xizmat qiluvchi uskunalar panelini hosil qilish;

[Масштаб] – matnning ekranda namoyish qilish masshtabini sozlash.

[Автосумма] – yig`indi funktsiyasini ishga tushiradi (Alt+=);

[Вставка функции] - ixtiyoriy funktsiyani ishga tushirish;

[Сортировка по возрастанию] – berilganlarni alifbo bo`yicha o`sish tartibida saralash;

[Сортировка по убыванию] – berilganlarni alifbo bo`yicha kamayish tartibida saralash.

[Мастер диаграмм] – diagramma tashkil qilish va uni ishchi varag`iga joylashtirish;

[Справка по Microsoft Excel] - Excel so`rovnomasini chaqirish.

Eslatma. Har uskunlar panelining oxirida - shunday tugma joylashgan bo`ladi. Bu tugma yordamida uskunalar paneliga qo`shimcha uskunalar joylash yoki ortiqchasini yo`qotish mumkin.

Endi “Форматированиеuskunalr paneli tugmalari tavsifini qaraymiz.



[Шрифт] – matn shriftini o`zgartirish;

[Размер] – shrifn o`lchamini o`zgartirish.

[Полужирный] – matn farflarini yarim qalin holda hosil qilish (Ctrl+B);

[Курсив] – matnni qiya shakilda hosil qilish (Ctrl + I);

[Подчеркнутый] – mant ostida chiziq hosil qilish (Ctrl+U).

[По левому краю] – abzatsni chap tomon bo`ylab tekislash (Ctrl+L);

[По центру] – abzastni hujjat markazi bo`yicha tekislash (Ctrl+E);

[По правому краю] – abzatsni o`ng tomon bo`ylab tekislash (Ctrl+R);

[Уменьшить отступ] – ro`yxatdagi cheklanishni kamaytirish;

[Увеличить отступ] – ro`yxatdagi cheklanishni orttirish.

[Границы] – jadval ramkalarini hosil qilish;

[Цвет шрифта] – shrift rangini hosil qilish.

[Объединить и поместить в центре] – bir necha yacheykalarni bir butun qilib birlashtirish va undagi ma’lumotni markazga joylash.

[Денежный формат] – kiritilgan sonni pul miqdorida tasvirlaydi;

[Процентный формат] – sonlarni foiz ko`rinishida tasvirlaydi;

[Формат с разделителями] – o`nlik razryadlarga ajratuvchi belgi qo`yadi va verguldan keyin ikkita raqam olinadi;

[Увеличить разрядность] – verguldan keyingi o`nlik razryadlar sonini bittaga oshiradi;

[Уменьшить разрядность] – verguldan keyingi o`nli razryadlar sonini bittaga kamaytiradi;

[Цвет заливки] – yacheykalar rangini tanlash va ranglash.

Nomlar maydoni va formulalar satri

Uskunalar panelidan keyin Nomlar maydoni va formulalar satri joylashgan. Nomlar maydonida joriy ish kitobidagi tanlangan yacheykaning nomi yoki manzili ko`rsatiladi, formulalar satrida esa shu yacheykalardagi ma’lumotlar namoish qilinadi. Yacheykalarda matn, son va formulalar bo`lishi mumkin. Agar ko`rsatkich bosilsa, ro`yxat ochiladi va unda barcha nomlangan yacheykalarning va joriy ishchi kitobning diapazoni (o`lchamlari) ro`yxati chiqadi. Excel da kiritilayotgan barcha ma’lumotlar yoki formulalar Formulalar satri da hosil bo`ladi.



Hujjat oynasi. Hujjat oynasi ham o`z sarlavha satriga ega bo`lib, unda hujjat nomi va unga mos oynani boshqarish tugmasi joylashgan bo`ladi. Bundan hujjat oynasi ish maydoni, Siljitish maydonlari, holatlar satru lardan tashkil topgan bo`ladi. Ish maydonida hujjat tayyorlanadi va tahrirlanadi.

Siljitish maydonlari. Siljitish maydonlari standart maydonlardan deyarli farq qilmaydi, lekin ularning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Gorizontal slijitish maydonidan chap bir necha tugmalar joylashgan shu bilan birga ishchi varaqlari yorliqlari joylashganishchi kitob ixtiyoriy sondagi ishchi varaqlardan tashkil topgan bo`lib, har bir varaq o`zining yorlig`iga ega. Bu yorliqlar bir varaqdan ikkinchisiga tez o`tish uchun xizmat qiladi. Yorliqda varaqning nomi ko`rsatilgan bo`ladi. Ishchi varaqlarini siljitish tugmachalari yordamida bir varaqdan ikkinchisiga tez o`tish ham mumkin. Buning uchun bu tugmalarning birida sichqonchaning o`ng tugmasini bosib, ro`yxatdan keraklisi tanlanadi. Gorizontal va vertical siljitish maydonlari yordamida mos holda hujjatning eni va bo`yi bo`yicha siljish mumkin.

Holatlar satri. Dastur oynasining eng quyi qismida holatlar satri joylashgan bo`lib, unda har xil kerakli xabarlar hosil bo`ladi.



Yangi ishchi kitobi tashkil qilish.

Excel ni ishga tushirish bilan avtomatik ravishda bo`sh ishchi kitobi hosil bo`ladi, bu ishchi kitob bilan ishlash mumkin bo`ladi. Lekin ba’zan mavjud ishchi kitobni tahrirlash boshqa yangi ishchi kitob tashkil qilishga to`g`ri kelib qoladi. Buning uchun Стандартной uskunalar panelidan [Создать] tugmasidan foydalaniladi. Yoki menyular satridan Файл bo`limining Создать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu holda hosil qilinayotgan ishchi kitobining tashqi ko`rinishi tanlash shabloni taklif qilinadigan muloqat oyna hosil bo`ladi, undan kerakli ko`rinish tanlanadi.



Mavjud ish kitobini hosil qilish.

Mavjud ishchi kitobini hosil qilish uchun Стандартной uskunalar panelining [Открыть] tugmasi bosiladi. Bu tugma ishga tushirilganda muloqat oyan hosil bo`ladi. Bu oynadan kerakli hujjat tanlanadi, kerek bo`lsa bu oynada kerakli hujjat joylashgan joy tanlanib so`ngra hujjat tanlanib ish davom ettiriladi. Yoki menyular satrining Файл bo`limining Открыть buyrug`ini ishga tushirish yordamida ham mavjud ish kitobini ishga tushirish mumkin.



Ishchi kitobni xotiraga saqlash.

Ishchi kitobni xotiraga saqlash uchun Стандартной uskunalar panelining [Сохранить] tugmasi bosiladi. Yoki menyular satrining Файл bo`limining Сохранить buyrug`ini ishga tushirish yordamida ham amalga oshirish mumkin. Agar yangi ishchi kitobi birinchi marta xotiraga saqlanayotgan bo`lsa, u holda ekranda muloqat oya hosil bo`ladi. Bu muloqat oynaning Папка: satrida ish kitobini saqlash kerak bo`lgan joy tanlanadi, Имя файла satrida esa ish kitobining nomi yozilib, oynaning Сохранить tugmasi bosiladi.



Bir ish kitobida ikkinchisiga tez o`tish.

Bir necha ish kitobi bilan ishlayotganda, bir ish kitobidan ikkichi ish kitobiga o`tish to`g`ri kelib qoladi. Buni amalga oshirish uchun klaviaturadan Ctrl+F6 tugmalar kombinatsiyasini bosish kifoya. Yoki menyular satrining Окно bo`limidan kerakli ish kitobining nomini tanlash kerak. Bu bo`limning buyruqlari yordamida quyidagi amallarni ham bajarish mumkin:



Новое окно - tahrirlanayotgan joriy ish kitobi uchun yangi oyana ochish. Bu bir vaqtning o`zida joriy hujjatning bir necha qismlari bilan ishlash imkonini beradi;

Расположить – joriy vaqtda ishlatilayotgan barcha ish kitoblarini tartib bilan ekranda hosil qilish;

Скрыть – oyanani yashirish (bunad ish kitobi yopilmaydi);

Отобразить - yashirilgan oyanlarni hosil qilish;

Разделить – ish kitobini ikki qismga bo`lish, bu ish kitobining turli qismlarini tahrirlashga yordam beradi. Ish tugallangandan so`ng Снять разделение buyrug`ini ishga tushirib ajratish bekor qilish mumkin;

Bir ish kitobidan boshqasi o`tishni masalalar panelida joylashgan ularning piktogarmmalari ishga trushurish bilan ham amalaga oshirish mumkin.



Ish kitobini boshqa nom bilan xotiraga saqlash.

Agar tahrir qilinayotgan hujjatni boshqa nom bilan xotiraga saqlashga to`g`ri kelsa, ya’ni joriy ish kitobining nusxasini tashkil qilish kerak bo`lsa. Bu hollar qachon kerak bo`lishi mumkin, agar joriy hujjatning bir necha variantlari kerak bo`lsa yoki shu hujjat asosida boshqa hujjat tashkil qilish kerak va mavjuda hujjatni asl xotirada saqlanishi kerak bo`lsa va h.k. U holda menyular satrining Файл bo`limidan Сохранить как buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqat oyna hosil bo`ladi, bu oynaning Папка: satrida ish kitobini saqlash kerak bo`lgan joy tanlanadi, Имя файла satrida esa ish kitobining yangi nomi yozilib, oynaning Сохранить tugmasi bosiladi. Xotiraga saqlanishda asl hujjat yo`qolmaydi. U kerak bo`lsa, uni ishga tushirib ishni davom ettirish mumkin.



Bir yacheykadan ikkinchisiga o`tish. Ishchi varaq maydoni kataklardan (yacheykalardan) iborat. Agar biror katakda qora rangdagi to`gri to`rtburchak bo`lsa, u holda bu katak faol hisoblanadi. Odatda bu to`rtburchak jadval kursori deb ham yuritiladi. Boshqa katakni faollashtirish uchun kerakli katada sichqonchani bosish kerak yoki kursorni boshqaruvchi tugmalardan foydalanish mumkin.

Ishchi jadvalidagi ma’lumotlar turi. Yuqorida aytib o`tilganidek, Excel da ishchi kitoblar ixtiyoriy sondagi ishchi jadvallardan, ular esa o`z navbatida kataklardan tashkil topgan bo`lib, bu kataklarda quyidagi uch turdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin:

sonli qiymatlar;

matn;

formula va funktsiyalar.



Xuddi shuningdek, Excel ishchi varqalarining ishchi jadvallarida grafiklar, rasmlar, diagrammalar, tasvirlar, tugmalar va boshqa ob’ektlar joylashishi mumkin. Bu ob’ektlar grafik ko`rinishdagi qatlamda saqlanadi. Grafik qatlam ishchi jadvalning ustki qismida joylashgan va ko`zga ko`rinmaydigan qatlamdir.

Matn kiritish. Katakka matn kiritish uchun uni avvalo faollashtirish zarur. So`ngra matn odatdagidek kiritiladi. Katakka matn kiritilishi bilan faol katakning ramkasi o`zgaradi. Formulalar satrida esa ikkita va tugma hosil bo`ladi. Bu tugmalarning birinchisi [Отмена] (bekor qilish) – matn kiritishni bekor qiladi, ikkinchisi esa [Ввод] (kiritish) – matn kiritishni qabul qiladi.

Amalda matnlar sonli ma’lumotlarni ifodalash uchun, ustun sarlavhalari uchun , ishchi jadval haqida ma’lumot berish uchun foydalaniladi. Matn sondan boshlangan bo`lsa ham matn deb qaraladi. Agar katakka kiritilayotgan matn sig`masa, uning davomi navbatdagi kataklar ustida joylashadi, agar ular bo`sh bo`lsa. Aks holda, ya’ni qo`shi kataklar bo`sh bo`lmasa, kiritilayotgan matnning katakka sig`magan qismi yo`qoladi, uni to`lig`icha faqat formulalar satrida ko`rish mumkin bo`ladi.

Matn kiritishni Enter tugmasini bosish yoki formulalar satridagi [Ввод] bosish bilan tugallash mumkin.

Sonli qiymatlar kiritish. Sonli qiymatlar ham xuddi matn kabi kiritiladi. Sonli qiymatlar oddiy sonlar bo`lib, ular ma’lum turdagi narsalarning sonini aniqlaydi. Kiritilayotgan sonli qiymatni dastur shunday tasvirlashga harakat qiladiki, bu son katakka to`liq joylashi kerak. Agar buning uddasidan chiqa olmasa, u holda sonli qiymat o`rnida (диез) belgisi hosil bo`ladi.

Formulalarni kiritish. Formulalar elektron jadvalning asosiy ishlaridan biridir. Excel da juda murakkab formulalarni kiritish mumkinki, ularning qiymatini hisoblashda kataklarda joylashgan son yoki matnlardan foydalaniladi. Formulani yozish uchun formulalar satrida avvalo  (tenglik) belgisini qo`yish kerak. Bu belgi qo`yilishi bilan dastur uni katakda formula mavjud deb tushunadi. Bu belgidan keyin formula yoziladi. Formula yozishda biror yacheykaga murojat qilish kerak bo`lsa, uning manzili yozilishi kerak. Biror formula bo`yicha hisoblangan natija shu katakda hosil bo`ladi. Agar formulada ishtirok etayotgan ixtiyoriy katakning qiymati o`zgartirilsa, Excel avtomatik tarzda formula bo`yicha qayta hisoblaydi va yangi natija hosil qiladi. Yacheykalar manzillari lotin alifbosida yozilishi shart. Manzilni berishning boshqa usuli ham bo`lib, formula yozilayotganda kertkli katakni sichqoncha yordamida bosish zarur. Natijada uning manzili avtomatik tarzda formulada hosil bo`ladi.

Katakdagi ma’lumotlarni tahrirlash. Katkdagi mavjud ma’lumotni tahrirlash uchun shu kattakda sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta bosish kerak. Keyin odatdagidek ma’lumotlar tahrirlash ishlari olib boriladi. Yoki kerakli katak faollashtirilib, formulalar satri yordamida tahrirlanadi. Bu holda, agar yacheykada formula mavjud bo`lsa, undagi berilganlarning argumenti boshqa ranglarda hosil bo`ladi.

Katakdagi ma’lumotlarni yo`qotish. Tahrirlashning yana bir usuli bu katakda mavjud bo`lgan ma’lumotlarni yo`qotishdir. Buning uchun kerakli katakni faollashtirib, klaviaturadan [Delete] tugmasini bosish kerak. Yoki kerakli katakda sichqonchaning o`ng tugmasi bosilib, hosil bo`ladigan kontekst menyudan Очистить содержимое buyrug`ini ishga tushirish kerak. Shu bilan birga, menyular satridan Правка bo`limining Очистить buyrug`ini ishga tushirish yo`li bilan ham katakdagi ma’lumotlarni yo`qotish mumkin.

Agar katakka ma’lumot kiritish vaqtida xatolikka yo`l qo`yilsa, katakni tozalash uchun klaviaturadan [Esc] tugmasini bosish ham kifoya.



Kataklar guruhini ajratish. Ba’zan bir katak biolan emas balki bir necha kataklar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Agar shunday bo`lsa, u holda ularni avvalo ajratib olish kerak. Bir ustunni ajratish kerak bo`lsa, uning sarlavhasini (nomini A, B, C va h.k) sichqoncha yordamida bosish etarli. Agar bir necha ustunni ajratish kerak bo`lsa, u holda sichqonchani kerakli mos ustun nomlari bo`yicha siljiting.

Satrni belgilash kerak bo`lsa, uning satr raqamini sichqoncha yordamida bosish kerak. Agar bir necha satr kerak bo`lsa, ular ustida sichqonchani siljiting.

Ixtiyoriy blokni ajratishda sichqonchani ular ustida silijitish kerak. Bu holda ajaratilgan kataklar bir ramkaga joylashadi, bunda boshlang`ich katak o`z rangini o`zgartirmaydi, qolganlari esa o`zgartiradi

Boshqa varianti – ajratish kerak bo`lgan kataklarning birinchisini aktivlashtirib, [Shift] tughmasini bosib, uni qo`yib yubormasdan kursorni boshqaruvchi tugmalar yordamida ajratish mumkin.

Jadvalning turli qismlaridagi kataklarni ajratish uchun [Ctrl] tugmasini bosgan holda sichqoncha yordamida kerakli kataklar bosiladi.

Ishchi varagqi to`liq ajratish uchun satr va ustun nomlar kesishgan joyni sichqoncha yordamida bosish orqali amalga oshirish mumkin (3.3-rasm). Ajaratishni bekor qilish uchun varaqning ixtiyoriy joyida sichqonchani bir martda bosish etarli.



2. Katakdagi ma’lumotlar ustida nusxalash, ko`cherish va o`chirish amallar.

Kataklardagi ma’lumotlar ustuda juda ko`p bajariladigan amallar bu nsxa olish, ko`cherish va o`cherish amallaridir.

Katakdagi ma’lumotdan nusxa olish uchun avvalo uni ajratish kerak va Стандартной uskunalar panelidagi [Копировать] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Копировать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu amal bajarilgandan keyin yacheykadagi ma’lumot almashinish buferiga joylanadi. So`ngra nusxani ko`cherish kerak bo`lgan katak faollashtirilib, nusxani qo`yish kerak bo`lgan joyga kursorni qo`yib, Стандартной uskunalar panelidagi [Вставить] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вставить buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada katakdagi ma’lumot boshqa katakda hosil bo`ladi.

Eslatma. Formulalarni nusxalashda va ko`chirishda formula argumentidagi kataklarning manzillari yangi joyga mos holda o`zgarad. Shuning uchun ehtiyot bo`lish kerak.

Katakdagi ma’lumotni ko`cherish uchun avvalo uni ajratish kerak va Стандартной uskunalar panelidagi [Вырезать] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вырезать buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu amal bajarilgandan keyin yacheykadagi ma’lumot almashinish buferiga joylanadi. So`ngra ko`cherish kerak bo`lgan katak faollashtirilib, nusxani qo`yish kerak bo`lgan joyga kursorni qo`yib, Стандартной uskunalar panelidagi [Вставить] tugmani bosish kerak. Yoki menyular satridan Правка boqlimining Вставить buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada katakdagi ma’lumot boshqa katakda hosil bo`ladi.

Ish kitobining bir necha ishchi varag`ini ajratish.

Ish kitobining bir necha varag`ini ajratishning bir necha usullari bor. Agar ketma-ket joylashgan bir necha varaqni ajratish kerak bo`lsa, u holda ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchi varag`ini tanlab, gorizontal siljitish maydoni yonidagi uning yorlig`iga sichqonchani bosib, [Shift] tugmasini bosgan holda ajratilishi kerak bo`lgan varaqlarning oxirigisini sichqoncha bilan bosish kerak.

Ketma-ket joylashmagan varaqlarni ajratish kerak bo`lsa, ajratish kerak bo`lgan varaqlarning birinchisini sichqoncha bilan belgilab, [Ctrl] tugmasini bosgan holda kerakli varaqlarni sichqoncha yordamida bosib chiqish kerak. [Ctrl] tugmasi bosilgan holda bir varaq ikki marta bosilsa uni ajratish bekor qilinadi. Ajratishni bekor qilish uchun boshqa varaq yorlig`ini bosish kerak.

Bir vaqtning o`zida ma’lumotlarni bir necha ishchi varaqlariga kiritish

Ish kitobining bir necha varag`iga ma’lumotlarni kiritish kerak bo`lsa, avvalo kerakli varaqlar ajratilishi shart. Shunday qilib, shu usul yordamida bir xil sarlavhali jadvallarning sarlavhasini bir necha varaqlarda joylashtirish mumkin. Ish kitobining aniq bir varag`iga ma’lumotlarni kiritishdan oldin ajratilgan varaqlarni qolganlarini ajratishni bekor qilish kerak.



Ustun enini va satr balandligi o`lchamini o`zgartirish. Excel da ishlaganda satr balandligini va ustun enini o`zgartirish kerak bo`ladigan hollar ko`p uchraydi. Ustun enini undagi katak belgilari soni bilan o`lchanadi. Bitta yoki bir necha ustun enini o`zgartirish uchun quyidagi usullardan biridan foydalanish mumkin.

Dastlab kerakli ustun yoki ustunlar ajartiladi.

Ustun nomi joylashgan satrda sichqoncha ko`rsatkichi keltirilganda, uning ko`rsatkichi ikki yoqlama strelka ko`rinishida bo`lib, sichqonchaning chap tugmasi qo`yib yuborilmasda o`ngga yoki chapga siljitiladi.

Menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Ширина buyrug`ini ishga tushirish kerak. Natijada muloqat oyna hosil bo`ladi. Hosil b`olgan muloqat oynada kerakli qiymat kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.

Kerakli ustunlar ajratilib, menyular satridan Формат bo`limining Столбец buyrug`iga kelinadi, hosil bo`lgan ost menyudan Автоподбор ширины buyrug`ini ishga tushiriladi. Bu ajaratilgan ustunlar enini ustunlar ichidagi eng uzun ma’lumotga moslaydi.

Ish kitobini chop qilishdan oldindan ko`rish va chop qilish

Tayyor ish kitobini qog`ozga printerda chop qilish kerak bo`ladi.

3. Ish kitobini chop qilishdan oldidan ko`rish

Ish kitobini printerda qog`ozga chop qilishdan oldin uning qog`ozda joylashishini oldindan ko`rish Excel ning juda muhum funktsiyalardan biri hisoblanadi. Bu funktsiyani ishga tushirish uchun Стандартной uskunalar panelidagi [Предварительный просмотр] tugmani bosish zarur. Yoki menyular satridan Файл bo`limining Предварительный просмотр buyrug`ini ishga tushirish kerak. Bu buyruq ishga tushurilgandan so`ng ekranda quyidagi oyna hosil bo`ladi. Ko`zdan kechirishni tugallash uchun undagi uskunalar panelidagi [Закрыть] tugmasini yoki klaviaturadan [Esc] tugmasini bosish kerak.

Ko`zdan kechirish funktsiyasida uskunalar paneli o`zgaradi va u Просмотр печати nomi bilan ataladi. Bu uskunalar panelidagi uskunalarni quyida tavsiflaymiz:

[Далее] – navbatdagi sahifani ko`rish imkonini beradi;

[Назад] – oldingi sahifani ko`rish;

[Масштаб] – bu tugmani ishga tushirish yordamida sahifani kattalashtirib ko`rish mumkin. Qayta bosish esa varaqni asl holiga qaytaradi;

[Печать] – oldindan kiritilgan parametrlar bo`yicha hujjatni chop qilish;

[Страница] – sahifa parametrlarini sozlash;

[Разметка страницы] - sahifani ko`rish, kerak bo`lganda sahifani o`zgartirish;



[Поля] – maydon chegaralarni namoyish/ko`rinmaydigan qilish;

[Закрыть] – oldindan ko`rish rejimidan chiqish;

[Справка] – ma’lumot olish.

Ish kitobini to`liq chop qilish

Ish kitobini standart parametrlar bo`yicha chop qilish uchun Стандартной uskunalar panelidagi [Печать] tugmasini bosish kerak.

Hujjatning ma’lum bir qismini chop qilish. Ko`p hollarda ish kitobining ma’lum bir qisminigina chop qilishga to`g`ri keladi. Bu holda menyular satrining Файл bo`limi Печать buyrug`idan foydalaniladi. Bu usul yordamida kerakli parametrlar berilgan holda chop qilishda ham foydalaniladi. Agar oldindan ko`rish funktsiyasidan foydalaniulayotgan bo`linsa, u holda hujjatning ma’lum bir qismini chop qilish uchun uning Печать tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`ladi.

Принтер maydoni printer tanlash imkoni beradi, bunda Имя satrida printer nomi tanalandi, bu printer yordamida hujjat chop qilinadi, [Свойства] tugmasi yordamida tanlangan printerning parametrlari beriladi.

Печатать maydonidagi ishga tushuriluvchi buyruqlar yordamida ish kitoining kerakli qismlarini chop qilish mumkin. Bu maydonda quyidagi buyruqlar joylashgan:

Все – barcha sahifalarni chop qilish;

Страницы с по – ko`rsatilgan sahifalarni chop qilish; chop qilinayotgan sahifaning boshlang`ich va oxirgi raqamlarini qo`shi maydonda kiritish shart.

Вывести на печать maydoni quyidagi chop qilish imkoniyatlarini beradi:

Выделенный диапазон – faqat ajratilgan fragmentlarni chop qilish;

Выделенные листы faqat ajratilgan ishchi varaqlarni chop qilish;

Всю книгу – ish kitobini to`liq chop etish.

Копии maydonida chop qilinayotgan hujjatning nusxalar soni kiritiladi (Число копий satrida kerakli son tanlanadi). Agar Разобрать по копиям buyrug`iga belgi qo`yilgan bo`lsa, u holda varaqlar printerda chop qilinishda ketma-ket chiqariladi (ya’ni 1,2,3,…, 1,2,3,… va h.k. tartibda chop qilinadi). Agar belgi qo`yilmasa, u holda nusxalar quyidagicha 1,1,…, 2,2,…,3,3,… va h.k. tarzda chop qilinadi, ularni saralash foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.

Barcha parametrlar kiritilib va tanlanib bo`lingan keyin, quyidagi tugmalarning mosini bosish kerak:

[Ok] – hujjatni chop qilish;

[Отменить] – chop qilishni bekor qilish;

[Просмотр] – oldindan ko`rish rejimiga o`tish.



Download 3.6 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Download 3.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika

Download 3.6 Mb.