Rasm 2. Aylanuvchan aralashtirgich (Rotating paddle) asbobi




Download 6.71 Mb.
bet189/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   517
Rasm 2. Aylanuvchan aralashtirgich (Rotating paddle) asbobi

A- tashqi ko‘rinishi; B- ishchi qismi

Hozirgi vaqtda biosamaradorlikni o‘rganish tajribalari yana ERVEKA, SARTORIUS asboblaridan ham olib boriladi /AQSH farmakopiyasi bo‘yicha /.

Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini aniqlash yo‘llari

Surtmalarning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bu ularning biosamaradorligidir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun 2 ta usul ishlatiladi:in vitro va in vivo. Surtmalarning biosamarodorligiga bir nechta omillar ta’sir qiladi.Ularning asosiylari:

a/ asoslar- ya’ni tanlangan asosning tabiati, xususiyati. Hozirgi vaqtda asoslarning surtmalarning terapevtik kuchiga ko‘p tomonlama ta’siri tasdiqlangan.

b/ dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlari: ya’ni disperslik, polimorfizm.

v/ texnologik usullar.

Misollar:

a/ Asoslarning ta’siri.

Qator ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra asos surtmalar biofaolligiga yuqori darajada ta’sir etuvchi omil ekanligi tasdiq-laydi. Asosan emulsion va gidrofil asoslar surtmalardan dori moddalarni so‘rilishini tezlatishi aniqlangan .

Masalan: PGS tarkibli emulsion va bentonit asoslardan oltingugurt, anestezin, furatsillin, etakridin laktatlarning biosamaradorligi yuqori bo‘lishi ko‘rsatildi.

b/ Moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan maydalik darajasi va polimorfizm sezilarli darajada surtmalarning biosamaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Masalan: tetratsiklin - 4 ta modifikatsiyada uchraydi, ulardan 1 tasi amorf turi.

v/ Texnologik usullar -ya’ni surtma tayyorlash usuli ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, turli xil texnologik usullar (mexanik, ultratovush, UPM- apparati yordamida) qo‘llanilish mumkin.

Albatta surtmaga dori moddalarni qo‘shish tartibi ham ahamiyatga ega.

Masalan, protargol surtmasining biofaolligi uni asosga qo‘shish tartibi /ya’ni texnologiyasi/ ga bog‘liq. Agar protargolni asosga kiritishdan oldin eritilmasa, uning terapevtik ta’siri namoyon bo‘lmaydi. Shularni hisobga olgan holda albatta surtmalarning biosamaradorligini aniqlash muhim ahamiyatga ega.



Download 6.71 Mb.
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm 2. Aylanuvchan aralashtirgich (Rotating paddle) asbobi

Download 6.71 Mb.