Bolalar uchun mo’ljallangan qiyom va eliksirlar texnologiyasi




Download 6.71 Mb.
bet64/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   517
Bolalar uchun mo’ljallangan qiyom va eliksirlar texnologiyasi

Bolalar uchun mo’ljallangan suyuq dorilarning noxush ta’mi, hidi va rangini tuzatish murakkabligini hisobga olib, eng maqsadga mufofiq va hamma bop dori turlari bu qiyom va eliksirlar.

Eliksirlar – bu tarkibida biofaol dori moddalar, qand yoki qand o’rnini bosuvchi ingredientlarni saqlaydigan, shirinlashtirilgan va xushbo’ylashtirilgan suvli-spirtli suyuq dori turi.

Eliksirlar tarkibida qand yoki sorbitning mo’tadil konsentratsiyasi - 40%, shuningdek erituvchi va konservant sifatida eliksirlar tarkibiga 20-30% etilspirtiqo’shiladi, undan yuqori konsentratsiyadagi etil spirti qand va sorbitni erishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eliksir tarkibiga kam eriydigan dori moddalar kiritilsa, solyubillovchi modda sifatida Tvin-80 qo’shiladi, bunda spirt mi`qdori kamaytiriladi.

Masalan, ko’krakeliksiri (Elixirpectoralis) texnologiyasi:

Tarkibi:


Chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti – 60,0

Ammoniy xlorid 10% eritmasi - 10,0

Arpabodiyon efir moyi - 1,0

Tozalangan suv - 180,0

Etil spirti 90% - 49,0

Texnologiyasi: tozalangan suvda chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti eritiladi, ustiga ammoniy xlorid 10% eritmasi qo’shib aralashtiriladi va 1 soat (yoki 2 sutka) ga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tishi bilan 90% etil spirtida eritilgan arpabodiyon efir moyi qo’shiladi va mikser yordamida aralashtiriladi, so’ng eliksir 2 soat (yoki 8 sutka)ga qoldiriladi va suzib olinadi. Tayor bo’lgan ko’krak eliksiri 50,0 gdan qo’ng’ir rangli shisha idishga jihozlanadi.

Qiyomlar – bu ichish uchun mo’ljallangan quyuq, tiniq, shirin t’amli qandning suvdagi konsenrtlgan eritmasi bo’lib, tarkibida dori modda yoki dorivor o’simlik xom ashyosidan olingan ekstrakt, bo’yovchi, t’am va aromatizatorlar saqlaydigan dori turi.

Qiyomlar tarkibi va qo’llanishi bo’icha t’am beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. T’am beruvchi qiyomlarga oddiy qand qiyomi (Sirupi simplicis) va mevali qiyomlar: olcha, malina, qorqg’at, mandarin, apelsin, limonvab. Ushbu qiyomlar tarkibida biofaol dori modda saqlamaydi va bolalar uchun beriladigan dori vositalarni ta’mi va hidini to’g’irlaydi, shuningdek siroplar tarkibida konservantlar (spirt, nipagin, nipazol, sorbinkislotasi) ham bo’lishi mumkin.

Agar qiyomning nomi ko’rsatilgan bo’lmasa, unda oddiy qand qiyomi tayorlanadi (Sirupi simplicis 64%), shuningdek t’amni tuzatuvchi qiyomlarga mevali qiyomlarni kiritish mumkin – olcha, malina, qoraqat, mandarin, apelsin, limonvab.

Dorivor qiyomlarni tayorlash uchun qand qiyomiga ekstraktlar, nastoykalar yoki mevali ozuqali ekstraktlarni qo’shish mumkin, kerak bo’lsa qiyomlarni tayorlashda qizdirish mumkin. Olingan filtrlar bo’z matosidan yoki filtr qog’ozdan quruq idishga o’tkaziladi. Qizdirib tayorlangan filtrlar issiq holda filtrlanadi.

Konsentratsiyasi 60% dan kam bo’lgan qiyomlar achib qolishi mumkinligini hisobga olib, ularning tarkibiga konservantlar qo’shiladi: 0,1-0,2% natriy benzoati yoki benzoy kislotasi, etil spirti, glitserin. Ayrim hollarda nipagin va nipazol 0,15% gacha qo’shiladi. Agar qand qiyomi konsentratsiyasi 50% kam bo’lsa, unda konservant sifatida etil spirti qo’shiladi.

Qand qiyomini massa-hajm usulida tayyorlash. Suyuq dorilar tеxnologiyasida ichki, sirtki, in'еktsion eritmalari, ko’z tomchilari, shuningdеk galеn prеpartalari – nastoyka, ekstrakt, hushbuy suvlar, tibbiy spirtlar va boshqalar massa-hajm usulda tayyorlanadi. Bu usul esa o’zining ish unumdorligi va oson dozalanishi bilan kеng qo’llaniladi. Amaliyotda barcha qiyomlar asosan og’irlik usulida tayyorlanadi. Masalan, 64% qand qiyomi. Odatda bolalar uchun bеrilgan rеtsеptlarda qand qiyomi hajmda (ml) yoki massada (g) ifodalanadi. Sovugan qand qiyomini qovushqoqligi ortishi sababli rеtsеptda miqdori hajmda bеrilsada, biroq dori tarkibiga massa bo’yicha qo’shiladi (bunda hajmdan massaga o’tish koeffitsiеnti 1,3 tashkil etadi). Massa-hajm usulida qand qiyomini tayyorlash, qiyom tarkibidagi qand kontsеntratsiyasini pasayishi va eritmani mikrobiologik turg’unligini yo’qolishiga sabab bo’ladi, dorini esa saqlanish muddati 1 sutkadan oshmaydi.

Massa-hajm usulida tayyorlashda qiyomlarning kontsеntratsiyasini pasaytirmaslik maqsadida quyidagi hisoblash usulidan foydalanish mumkin:

a x 100


X = ------------,

v

bu еrda X – massa-hajm kontsеntratsiyasi, %.



a – massa bo’yicha kontsеntratsiya, %.

v – 100 g sirop hajmi, ml

100 – massa-hajm kontsеntratsiyali qiyomning hajmi, ml.

Masalan, massa kontsеntratsiyasi bo’yicha tayyorlangan qand qiyomining tarkibi (X-DF, 615 maqola):

Qand - 64 qism

Tozalangan suv – 36 qism

100 ml qand qiyomini massa-hajm kontsеntratsiyasi bo’yicha tayyorlash uchun qancha qand (g) va tozalangan suv (ml) olish kеrak, agar 100 g 64% qand qiyomining hajmi 76,32 ml ni tashkil etsa?
a x 100 64 x 100

X = ------------= ------------ = 83,86 (%)

v 76,32

Massa-hajm kontsеntratsiyasi bo’yicha oddiy qand qiyomini tayyorlash uchun 83,86 g qand tortib olinadi va ustiga tozalangan suv solib, eritmaning hajmi 100 ml gacha еtkaziladi va qiyom umumiy tеxnologiya bo’yicha tayyorlanadi: oddiy qand qiyomini olishda qandni invеrsiyaga uchrashi hisobga olinadi, tortib olingan qand chinni kosachaga solinadi, silindr yordamida tozalangan suv o’lchanadi; suvni yarim miqdori qand ustiga solinadi va 15-20 daqiqaga qoldiriladi; tozalangan suvni qolgan qismi qo’shiladi va gaz yoki elеktr plitasida qaynaguncha aralashtiriladi; hosil bo’lgan ko’pik shpatеl yordamida olib tashlanadi; qiyomni qaynash vaqti 3-5 daqiqa (karamеl hosil bo’lmasligi uchun qaynash harorati 105-1100 S atrofidabo’lishikerak); issiq qiyom 3 qavat dokadan suzib olinadi, quruk oldindan stеrillangan va tortilgan shisha idishga o’tkaziladi. Sifati baholanadi, jihozlanadi. Kеltirilgan issiq usuldan tashqari qand qiyomini pеrkolyatsiya usulida (sovuq usul) ham tayyorlash mumkin.

Olcha (malina) qiyomi texnologiyasi:

Tarkibi:


Qand qiyomi – 94,0

Olcha (malina) ekstrakti - 4,0

Etil spirit - 2,0

Texnologiyasi: chinni kosachaga 33,8 (36 qism) tozalangan suv solinadi va 60-700 C gacha isitiladi, qaynoq suvga 60,2 (64 qism) qand solinadi va aralashtiriladi. Qand eriganidan so’ng eritma ikki marta qaynatiladi (25 daqiqadan ko’p emas), bunda hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi. Ko’pik hosil bo’lishi to’xtashi qiyom tayor bo’lishidan dalolat beradi.

Chini kasachaga 94,0 qand qiyomi solinadi va ustiga 4,0 olcha (malina) ekstrakti solinib, aralashtiriladi. Qiyom issiq holda bo’z matosidan suzib o’tkaziladi. So’ng sovigan qiyomga 2,0 g 90% etil spirti qo’shib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan tiniq rangli qiyomning sifati baholanadi va jihozlanadi.

Tayorlanishi bo’yicha dorivor qiyomlar:



  • dori moddani (tindirma, ekstrakt) tayor qand qiyomi tarkibiga qo’shish;

  • dori moddaning suvli eritmasi, quritilgan va yangi yig’ilgan o’simlik xom ashyosidan olingan ajratma hamda shiralarga qand qo’shib tayorlanadigan qiyomlar.



Masalan, Pertussin (Pertussinum) texnologiyasi:

Tarkibi:


Toshcho’p suyuq ekstrakti – 12 qism

Qand qiyomi - 82 qism

Kaliy (natriy) bromate - 1 qism

Etil spirit 80% - 5 qism

Texnologiyasi: chinni kosachada 60-700 C haroratdagi 0,36 qism tozalangan suvda 0,64 qism qand eritiladi, qiyom 2 marta qaynab chiqqanidan so’ng (25 daqiqadan oshmasligi kerak), hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi. Ko’pik hosil bo’lish tugashi, uni tayor bo’lganligini bildiradi. Qiyom soviganidan keyin tortiladi va ustiga kaliy bromid, toshcho’p suyuq ekstrakti va 80% etil spiriti qo’shiladi, 10-15 daqiqa aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Qiyom bo’z matosidan suzib olinadi va standartlanadi.



Download 6.71 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar uchun mo’ljallangan qiyom va eliksirlar texnologiyasi

Download 6.71 Mb.