Hosil boladigansuv miqdori




Download 469 Kb.
bet2/13
Sana10.04.2017
Hajmi469 Kb.
#3918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tabiat O’zbekistondan ne’matlarini

ayamagan.Zaminimiz boyliklari

jumladan o’ta muhim ahmiyatga

ega energiya resurslari-neft, gaz

kondesati tabiiy gaz mavjuddir.

I.A. Karimov.

Kirish

O’zbekiston xalq xo’jaligini yirik tarmoqlaridan biri sanoat bo’lib unda ish bilan band bo’lgan aholining 1/8 faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoat ko’p tarmoqli soha O’zbekistonda uning yuzdan ortiq tarmog’i mavjud. Asosiy fondlarning 40%i sanoatda, yalpi ichki mahsulotning 17%i yana sanoatda yaratiladi. Mamlakatimiz sanoati korxonalarida elektr energiyasi, gaz, neft, ko’mir, benzin, po’lat, avtomobillar, qishloq xo’jaligi mashinalari, elektrodvigatellar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavator, yigiruv mashinalari, samalyotlar, mineral o’g’it, sun’iy tola, oltingugurt kislotasi, turli qurilish materiallari, gazlamalar, un, paxta moyi, guruch, kiyim-kechak va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Tarmoqlarning sanoatda tutgan o’rni har xil.

Sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi to’qish, konserva, yog’-moy va boshqa sanoat turlaridir. Shu bilan birga kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Sanoat taraqqiyotida yoqilg’i-energetika majmuasining o’rni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft qazish va ularni qayta ishlash, ko’mir qazish va elektr quvvati ishlab chiqarish kiradi.

Bu majmuaning mamlakat sanoat ishlab chiqarishidagi xissasi 26,8%dan iborat. O’zbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidroelektr stantsiyalari va issiqlik elektr stantsiyalari mavjud.Metallurgiya majmuasi tarkibiga ma’dan xom ashyosini, qora va rangli metallarni qazib chiqaruvchi, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, nodir metallar va boshqa qator qazilma boyliklarning aniqlangan zahiralari ko’p. O’zbekistonda oltinning 30 ta koni topilgan. Qazib olnadigan oltinning umumiy miqdori bo’yicha O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida ikkinchi, kumush, mis, qo’rg’oshin, rux va volfram bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi. O’zbekiston jahon hamjamiyatida oltin ishlab chiqarish miqdori bo’yicha sakkizinchi, uni aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo’yicha esa beshinchi o’rinda turadi.Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir. Yangi iqitsodiy sharoitda bu tarmoqlarda chuqur tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirilmoqda. Ular mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga yo’naltirilgan.

Ishlab chiqarilayotgan iste’mol mollarining uchdan bir qismi yengil sanoat korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu erda an’anaviy yetakchi soha to’qimachilikdir.



Download 469 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 469 Kb.