Kurs loyihasi




Download 469 Kb.
bet3/13
Sana10.04.2017
Hajmi469 Kb.
#3918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Gaz sanoati Tarmoqning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi xissasi 87,2% tashkil etadi. Sanoat usulida qazib chiqarish asosan 50-60 yillarda boshlandi. Qazib olish sanoati joylashgan asosiy rayonlar- Farg’ona va Surxondaryo viloyatlari, Buxoro, Qashqadaryo hamda Qoraqalpog’iston respublikasidir. 50 yillar oxirida Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gazaprovodi qurilishi bilan respublika sanoat markazlari, shahar va qishloqlarni gazlashtirish boshlandi. 1862 yil Gazli koni ishga tushirildi va magistral gazoprovodlar qurilib O’zbekiston gazi Sobiq ittifoqning Yevropa qismi, Ural, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojtkiston, Boltiq respublikalariga va boshqa hududlarga uzluksiz jo’natib turildi. Nihoyatda qisqa muddatlarda Buxoro-Ural, O’rta Osiyo-Markaz, Buxoro-Toshkent-Frunze-Olmaota gazoprovodlari qurib foydalanishga topshirildi. 1970 yilga kelib respublika jami 32 mlrd.m3 gaz qazib olindi.Bizda tabiiy gaz murakkab geologik qatlamlarda (3500 m va undan chuqurda, bosim 600 (atmosferagacha) joylashgan bo’lib tarkibida vodorod sulfid (6% ga qadar), kordanad kislota kabi agressiv aralashmalar bo’lgan) konlarni ishga tushirishda bir qancha ilmiy-texnikaviy muammolarni hal qilishga to’g’ri keladi.

Respublikamizda eng yirik bo’lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati 1972 yil ishga tushirilib, gazni aralashmalarda tozalash imkoniyatlari yaratildi. Hozir respublikamizda yiliga Muborak zavodida, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida hamda Sho’rtang gaz majmuasida 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqarilmoqda.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini o’z resurslari hisobiga qondirish asosiy masala bo’lib qoldi. 1991 yili O’zbekiston neft va gaz sanoati davlat kontserni tashkil etildi, keyinroq 1992 y. Kontsern negizida O’zbekiston neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi ("O’zbekneftgaz") tuzildi.Korporatsiya tarkibida tsirik birlashma va boshqarmalar hamda korxonalar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Korporatsiya qator xorijiy mamlakatlarning eng yirik firmalari bilan xamkorlik qilmoqda.



Download 469 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 469 Kb.