• 2.3. Tuproq paydo bo’lishida inson faoliyatining ta’siri.
  • Tuproqshunoslik va geografiya




    Download 114.36 Kb.
    bet8/15
    Sana24.04.2021
    Hajmi114.36 Kb.
    #14248
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Geomorfologiya fani yer ustida mavjud bo’lgan rel’ef shaklining paydo bo’lish sharoitini, tashqi belgilarini, ularning taraqqiyotini, shakllar o’rtasidagi o’zaro genetik bog’lanishlarni va geografik tarqalishini o’rganadigan fan.

    Yer qobig’ining ustki qismida mavjud bo’lgan baland-pastlik va notekinsliklar yig’indisi rel’ef deb ataladi. Y.Yergashev (1990) fikricha: «Bunday past-balandlik va notekinsliklar yer qobig’ida doimiy harakatlar bo’lib turganligi uchun vaqt davomida o’zining eski shakllarini o’zgartirib, yangi shakllarga aylanib turadi. Bunday o’zgarishlar yerning endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) kuchlar ta’siri natijasidir».

    Geomorfologiya-tarixiy fandir. Hozirgi davrda shakllangan Yer rel’efining vujudga kelishiga sababchi bo’lgan geologik jarayonlarning ketma-ketligini aniqlashga harakat qiladi. Yer rel’efining shakllanishini o’rganish jarayonida, geomorfologiya, geologiya, geografiya va boshqa tabiiy-tarixiy fanlarning natijalaridan foydalanadi.

    Demak geomorfologiya fanining asosiy maqsadi rel’efning asosiy rivojlanish qonunlarini o’rganib, olingan ma’lumotlarni insoniyatning injenyer-xo’jalik faoliyati jarayonida amaliy qo’llash.

    Geomorfologiya fanining rivojlanishida 19-asrda D. Danya, E. Zyuss, A. Penka, A. P. Pavlov; 20-asrda esa-A. Lobek, O. Engeln, I. S. Hukin, K. K. Markov, L. King, I. P. Gyerasimov, Yu. A. Mehyeryakov kabi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga egadir.
    2.3. Tuproq paydo bo’lishida inson faoliyatining ta’siri.

    Insonlar o’zining qishloq xo’jaligidagi faoliyati bilan tuproq va tuproq paydo qiluvchi tabiiy omillarga katta ta’sir etadi. Ammo uning ta’siri tabiiy omillardan uz moxiyati bilan farq qiladi.

    Ilgari aytilganidek, tuproq tabiiy sharoitlarining o’zaro birgalikdagi ta’siri natijasida shakllanadi va atrof muhit sharoitlariga ko’ra asta-sekin o’zgaradi. Ammo insonlarning tuproqqa yo’naltirilgan maqsadli usullar bilan ta’sir etishi natijasida tuproqlar tez va qisqa muddatda o’zgarishi ham mumkin. Insonlarning tuproqqa ta’siri usullari xilma-xil. Tabiiy o’simliklar o’rniga madaniy ekinlarni ekishi natijasida tuproqda ozi1 qo’l elementlari va azotning biologik aylaniishi va umuman biologik jarayonlar keskin o’zgaradi. O’rmonlarning kesib yuborilib, o’tloqlarga aylantirilishi tuproq paydo bo’lish jarayonlari yo’nalishiga keskin ta’sir etadi. Shuningdek, tevarak-atrof iqlim sharoitlari ham uzgaradi. Botkok yerlarni kuritish, janubiy rayonlarda sug’orish hamda sho’rxok va sho’rtob yerlarni meliorastiyalash, dasht va cho’llarda urmon ximoya daraxtlari barpo qilish hamda yerni ishlash, o’g’itlash singari tadbirlar tuproqdagi biologik, kimyoviy va boshqa jarayonlarga katta ta’sir etadi, natijada tuproqning suv, havo, issiqlik kabi xossalari o’zgaradi. Demak, insonlarning tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari natijasida yangi madaniy ya’ni samarali va potentsial unumdorligi yuqori bo’lgan tuproqlar yuzaga keladi. Ammo tuproqlardan ekinlar talabini e’tiborga olmagan holda noto’g’ri foydalanish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni buzib qo’llanish, aksincha tuproq unumdorligining pasayishiga sabab bo’ladi. Tuproqshunosning asosiy vazifasi tuproq xossalarini e’tiborga olgan holda turli agrotexnika va meliorativ tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazishga qaratilishi kerak.

    Tuproqning zichlanishi – bu fizik degradatsiyaning bir turi bo’lib, tuproq mikro va makrozarrachalarining o’zgarishiga (buzilishiga) aytiladi. Tuproq zichlanishining belgilari: g’ovaklikning va suv o’tkazuvchanlikning kamayishi, tuproq zarrachalari ulchami muvozanatining buzilishi va ularning dastlabki xolatiga nisbatan o’zgarishi tushuniladi. Zarrachalar zichlanishining tezligiga bog’liq ravishda deformatsiyaga uchrashi va hatto yo’qolib ketishi mumkin. Zichlanishning yuzaga kelishi natijasida bir xil tuproq qatlamlari hosil bo’ladi va bu qatlam chegarasidagi o’simlik ildizining suvga va kislorodga bo’lgan talabi yetarli darajada bo’lmaydi. Bu esa o’simlik va ular ildizlarinng o’sishi va rivojlanishi sekinlashtiradi hamda ildiz tizimi tarqalishining buzilishiga olib keladi.

    Ekosistema «injenyerlari» bo’lgan o’simlik ildizlari faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan makrog’ovaklar tuproqning zichlanishiga nisbatan uta sezgir bo’ladi. Tuproqlar makrog’ovaklarning yukolishi umumiy ayerastiyani kamayishiga, namlikning ortishiga va tuproq organizmlariga bo’lgan salbiy ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Tuproqlarning to’g’ridan-to’g’ri zichlanishi natijasida mikroorganizmlar o’zlari uchun qulay bo’lgan oziqlanish joylaridan maxrum bo’ladilar. Yerlarning zichlanish asosan tuproqlarning ustki qatlamlarida yuzaga keladi. Va bu yuza qatlamlarda yashovchi xayvonlarga kuprok salbiy ta’sirga ega bo’ladi hamda ayerastiyaning buzilishi okibatida mikroorganizmlar faoliyati ham uzgaradi.

    Tuproqning havo rejimi – bu tuproq unumdorligi omillaridan biri bo’lib, havo miqdori va tarkibini ma’lum davrlarda (sutkada, faslda, yilda) o’zgarishi tushuniladi. Tuproq tarkibidagi havo gaz xolatida bo’lib, uning bir oz qismigina tuproq suvida va tuproq-ning qattiq mineral qismiga utgan bo’ladi. Yerkin havo suv bilan band bulmagan tuproq bushliklarini va g’ovaklarini tuldiradi va unda aralashadi, atmosfyera bilan munosabatda bo’ladi, havoning qisilgan qismi g’ovakliklarda tuproq suvidan ajralgan xolatda ma’lum qismi tuproq zarrachalari tomonidan yutilgan bo’ladi. O’simlik uchun eng muxim bo’lgan havo yerkin shakldagi havo xisoblanib, uning miqdori tuproq g’ovakligi bilan bog’liq bo’ladi. Minerallarga boy tuproqlarda havo miqdori 25% dan 75% gacha, organik moddalarga boy va namligi yuqori bo’lgan tuproqlarda 88% ga etadi. Kupchilik qishloq xo’jalik ekinlari ekilgan tuproq g’ovakligidagi suvning havoga nisbati 60:40 (%) bo’lsa yaxshi hisoblanadi. Ayrim o’simliklar tuproq g’ovakligidagi nisbat aksincha bo’lganda (suv miqdori ko’p, havo kam) yaxshi rivojlanadi.

    Tuproqning havo xossalari asosan havo sig’imi, havo o’tkazuvchanligi va aeratsiyasidan iborat bo’lib, atmosfyera havosidan tashkil topgan tuproq havosining almashish jarayonlari yig’indisi hisoblanadi. Tuproqni atmosfyera bilan gaz almashish asosida SO2 va undagi O2 har xil konstentrastiyasi turadi, u uzluksiz ildiz oziklanadigan qatlamlarda organik moddalar va boshqalarning parchalanishi natijasida, mikroorganizmlar tuproq faunasi, o’simlik ildizlari nafas olish jarayonida O2ni yutishi va SO2ni ajratish bilan quvvatlanib turadi. Gaz almashish jarayoniga tuproqning strukturasi va suv o’tkazuvchanligi kata ta’sir qiladi. Tuproqning ustki qatlamlarida O2 18-20%, SO2 0,15-3%, N 78-80% dan iborat bo’ladi. Tuproq havosidagi kislorod o’simliklarni SO2 bilan nafas olishi uchun zarur, bu tuproq qatlami ustidagi atmosfyeraga tushishi bilan ayrim tuproq birikmalarning eruvchanligini oshiradi va o’simlikning uglyerod bilan oziqlanish manbai bo’lib xizmat qiladi. Tuproq qatlamlarining zichlanishi yuqorida qayd qilingan jarayonlarning buzilishiga, hosilning pasayishi va sifatining yomonlashishiga, tuproqning fizik degradatsiyasiga va natijada unumdorligining pasayishiga olib keladi.

    III BOB. TUPROQNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI. BUXORO TUMANIDA TARQALGAN TUPROQLAR.

    Tuproqqa ishlov berish jarayonida muhim rol o’ynaydigan xossalar-plastiklik, yopishqoqlik, qattiqlik, solishtirma qarshilik kabi tuproqning fizik-mexanik xossalari, uni yaxshilash tadbirlari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.

    Tuproqqa sifatli ishlov berish hamda o’simlik ildizlarining tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, uning plastikligi, yopishqoqligi, bo’kishi, cho’kishi, birikuvchanligi, qattiqligi, ishqalanishi va ishlov asboblariga qarshilik ko’rsatishi kabi xossalariga ega. Fizik-mexanik xossalar, birinchidan tuproqning xususiyatlarini o’zida aks ettirsa, ikkinchidan tuproqqa ishlov berish nuqtai nazaridan uni baholashda muhim o’rin tutadi. Bu xossalarni o’rganish tuproqqa ishlov berishda qo’llaniladigan xilma-xil qurollarni joriy qilishda katta ahamiyatga ega. Xaydov mashinalari, ayniqsa, ularning ishchi qismlari konstrukstiyasi, tortish kuchi, ishlov berish uchun sarf bo’ladigan yonilg’i miqdori ekin tuproq strukturaligini saqlash uchun kerakli namli chegarasi unga ishlov berish va boshqa shunga o’xshash muhim texnologik jarayonlar tuproqning fizik mexanik xossalariga bog’liq.

    Bizga ma’lumki, Buxoro tumanida tarqalgan qadimdan sug’oriladigan o’tloqi-allyuvial, sug’oriladigan o’tloqi allyuvial, yangidan sug’oriladigan o’tloqi allyuvial tuproqlarning plastikligi har xil bo’ladi. Tuproq gruntning ma’lum darajasida tashki kuchlar ta’sirida bir butunligini buzmagan holda o’z shaklini buzmagan holda va bu holatni mexanik kuchlar to’xtatganidan keyin ham saqlab qolish xususiyati-plastikligidir. Plastiklik mexanik tarkib bilan uzviy bog’liq: og’ir (soz qumoq) tuproqlar ma’lum namlik darajasida, bunday xossani o’zida yaxshi aks ettiradi.

    Biz Bitiruv malakaviy ishimizda plastiklikni aniqlash uchun Attyerbyerg metodidan foydalaniladik. Bu metod asosida har xil darajada nomlangan tuproq massasining namlik ko’rsatkichini aniqlash yotadi va bu ko’rsatkich absolyut quruq tuproq massasiga nisbatan protsent miqdori ifodalanadi. Attyerbyerg tuproq plastikligining quyi va yuqori chegarasini aniqlaydi.

    Plastiklikni quyi chegarasida namlangan tuproqdan aniq shakllar yasash imkoniyati bulmaydi: bu sharoitda qar xil katta kichiklikdagi agregat va kesakchalar hosil bo’ladi. Masalan, sug’oriladigan utloki allyuvial tuproqlarda eng muximi, bu namlik sharoitidagi tuproq massasi chet jismlarga yopishish qobiliyatiga ega emas. Plastiklikning yuqori chegarasi esa tuproq suyuq xamir holatida bo’ladi.

    Plastiklikning quyi va yuqori chegarasidagi farq plastiklik miqdori (PM) deyiladi. PM qancha katta bo’lsa. Tuproq gruntning plastikligi shuncha katta bo’ladi. Qurilish ishlarida gruntlarning plastiklik miqdoriga qarab quyidagi tasnifga bo’lish taklif etgan.

    1. Plastikligi yuqori gruntlar –PM - >17

    2. Plastiklik gruntlar – PM – 17 – 7

    3. Plastikligi past gruntlar – PM – 7 – 0

    4. Plastiklik qobiliyati ifodalanmagan gruntlar – PM – 0. Bu tasnif asosan gruntlarni faqatgina qurilish maqsadlari uchun baholashda qo’llanmasdan, balki ularni keramika sanoati uchun baholashda ham katta ahamiyatga ega.

    Og’ir mexanik tarkibli tuproqlar namlanganda xar xil shakldagi holatni etadi. Buxoro tumani qadimdan sug’oriladigan o’tloqi allyuvial tuproqlarni quyidagi 3 jadval ma’lumotlarida ko’rish mumkin.





    Download 114.36 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 114.36 Kb.