|
Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi
|
Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 133,01 Kb. | | #99353 |
Bog'liq umirzoq Mavzu: Orol fojeasi oqibatlarini yumshatish masalasi
Tuymurodov Umirzoq
Ekologik muvozanatning buzilishi - Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, asosan, inson faoliyati natijasida, ya’ni insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kengayib va chuqurlashib borishi sababli paydo bo‘ladi. XX asr 60 – 80-yillarida bu muammo bashariyat uchun katta xavf tug‘dirdi. Insonning xo‘jalik faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi, qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi, elektr stansiyalari va zavod-fabrikalar qurildi, yangi shaharlar soni ko‘paydi. Yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, transport faoliyatining nazoratdan chetga chiqib ketishi esa tabiatda mavjud muvozanatni buzib, noxush ekologik vaziyatni vujudga keltirdi.
- Yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, transport faoliyatining nazoratdan chetga chiqib ketishi esa tabiatda mavjud muvozanatni buzib, noxush ekologik vaziyatni vujudga keltirdi.
- Olimlar butun dunyoda ekologik muvozanat buzilgan, buning xavf-xatari yadro urushi xavfidan qolishmaydi, deb turgan bir paytda sovet hokimiyati va kommunistik partiya bizning mamlakatimizda ekologiya muammosi yo‘q, deb bu tahdidning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmadi. O‘zbekiston olimlari va keng jamoatchilikka bu xavf to‘g‘risida gapirishga yo‘l qo‘yilmadi. O‘zbekistondagi barcha yirik og‘ir sanoat tarmoqlari – metallurgiya, gaz- neft, energetika, kimyo korxonalari Ittifoq vazirliklari va mahkamalari qaramog‘ida bo‘lgan. Ekologiyani asosan o‘sha tarmoqlarning korxonalari buzib keldi. Biroq Markaz idoralari respublika aholisi salomatligini emas, balki kam sarf qilib, ko‘p daromad olishni o‘ylardi
Orol dengizining qurishi va uning dahshatli oqibatlari - XX asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Oqibatda Orol dengizida suv sathi jadal sur’atlarda pasayib, u quriy boshladi. Dengiz suvining sho‘rlanishi kuchayib, baliq va boshqa suv jonivorlari keskin kamayib ketdi.
- Orol dengizining qurib borishi Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilmagan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Orolbo‘yi mintaqasida og‘ir vaziyatning yuzaga kelishi - . Orolbo‘yi (Quyi Amudaryo) mintaqasi ma’muriy jihatdan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlaridan iborat bo‘lib, Orol dengizining qurishi natijasida bu yerda og‘ir ekologik vaziyat yuzaga keldi. Amudaryoning quyi oqimida baliqchilik, mo‘ynachilik, ovchilik xo‘jaliklari yo‘q bo‘lib ketdi. Paxtachilik va chorvachilik 1980 – 1985-yillarda har yili 30 mln rubldan ortiqroq zarar ko‘rdi.
- Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan og‘ir vaziyat yerli xalq ahvolini nihoyatda tang qilib qo‘ydi. Bu yerda turli xil kasalliklar ko‘paydi. Yosh bolalar o‘limi ortib bordi. Majruh tug‘ilgan bolalar soni ham ortib, bir yoshgacha
bo‘lgan bolalar orasida o‘lim har ming bolaga nisbatan 1980-yildagi 46,5 nafardan 1986-yilda 72 nafarga yetdi. Ayollarning 60 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan edi. Orolbo‘yida qorin tifi kasalligi 30 marta, yuqumli sariq kasalligi 7 marta ortdi, ayniqsa, saraton (rak) kasalligi ko‘payib ketdi
Orolqum – dunyodagi eng yosh cho‘l. - Orol cho‘li (Orolqum) O‘rta Osiyoda sug‘orishning tez sur’atlarda rivojlanishi munosabati bilan Orol dengiziga quyilayotgan Amudaryo va Sirdaryo suv hajmining kamayib borishi va tabiiy bug‘lanishning yuqoriligi tufayli Orol dengizining 40 000 km 2dan ziyod qismi quruqlikka aylanishi natijasida XX asr oxirida vujudga keldi. Quruqlik tipik qum-sho‘rxokli cho‘l xususiyatiga ega SSSR parchalangach, yangi tashkil topgan O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari rahbarlari bir necha marta uchrashib, mavjud muammoni hal qilishga kirishdilar.
Orol dengizining ko‘rinishi Savol va topshiriqlar: - Hozirgi kundagi Orolni tavsiflab bering.
- Orol mintaqasida asosan, qanday turdagi kasalliklar keng tarqalgan?
- Orol atrofida joylashgan tumanlar aholisi o‘rtasida ishsizlikning avj
- olishiga nima sabab bo‘lgan?
- Orolqum toponimini izohlab bering.
|
| |