Turkistonning yetmish oqqushi




Download 271.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.02.2023
Hajmi271.74 Kb.
#41169
  1   2
Bog'liq
1970-Article Text-4983-1-10-20220402
MT 30610102 - Kompyuter grafikasi va dizayn operatori 3 (1), guruh rahbarlik ish reja BAYONNOMA 1, Qadimgi misr madaniyati, Boboqulova Sevara kurs ishi, 2-E yillik, Представление-Тақдимнома2022д, dofaminergicheskaya-sistema-mozga, Umumiy psixalogiya, Sanoat, Barcha fanlardan Testlar to‘plami, Morfema. Morfemalarning tasnifi I. Kirish 2-3 II. Asosiy qism


Global Technovation 
5
th
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted From Paris, France 
https://conferencepublication.com 
March 30
th
2022 
98 
TURKISTONNING YETMISH OQQUSHI 
O‘lmasbek Abdurahmonov 
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Turkistonning 70 ga yaqin iste’dodli talabalari Germaniyaning turli 
shaharlaridagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga yuborilgani, talabalarning o‘qishni tamomlamay turib 
qaytishlari, xalqning ma’naviyati uchun qurbon bo‘lgan va hayoti daxshatli azob-uqubatlar bo‘roniga to‘lgan 
bu yetmish qahramonlarni men “Turkistonning yetmish oqqushi” haqida keltirilgan.
 
Kalit so‘zlar: aksilinqilobchi-millatchi, daʼvat, sobiq, maorif, muvaffaq, elektrotexnika. 
Bundan roppa-rosa 102 yil muqaddam Turkistonning 70 ga yaqin iste’dodli talabalari Germaniyaning turli 
shaharlaridagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborildi. Ushbu hodisa o‘sha davrlardagi 
ijtimoiy madaniy hayotida ulkan unutilmas voqea bo‘ldi. Fan va xo‘jalikning turli sohalarida zamonaviy 
bilimlar bilan qurollangan yoshlarning yuqori malakali kadrlar bo‘lib qaytishi xalqimiz va mamlakatimizning 
keyingi taqdiriga katta taʼsir o‘tkazishi mumkin edi. Аfsuski, O‘zbekistonning mustamlaka tarzida qolishidan 
manfaatdor bo‘lgan sovet davlati dastlab bu talabalarning o‘qishni tamomlamay turib qaytishlarini talab etdi, 
1937 yilning qonli voqealari boshlanishi bilan ularni Germaniyaning josuslari va aksilinqilobchi-millatchi 
unsurlar sifatida mahv etib tashladi. 
Millat taqdiri, Turkiston yoshlarining kelajagi, xalqning ma’naviyati uchun qurbon bo‘lgan va hayoti daxshatli 
azob-uqubatlar bo‘roniga to‘lgan bu yetmish qahramonlarni men “Turkistonning yetmish oqqushi” deb 
atadim. 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi raisi Fayzulla Xo‘jayev talabalarni Germaniyaga olib borish va o‘qishga 
joylashtirishni Buxorolik ziyolilardan Аbduvohid Burhonov va Germaniyadan Buxoroga kelgan tatar 
ziyolilaridan Olimjon Idrisiy, А.F.Kemenitskiy o‘rtoqlardan iborat maxsus komissiyaga topshiradi hamda 
ularning huquq va vazifalarini ko‘rsatib beradi. Buxoro madrasalarini bitirgan, so‘ng Germaniya va Turkiyada 
bo‘lib qaytgan Olimjon Idrisiy Germaniyadagi Buxorolik va Turkistonlik talabalarning maʼrifiy va madaniy 
ishlar bo‘yicha rahbari etib tayinlanadi. Fitrat talabalarimizni Germaniyada yaxshi o‘qishga, kelgusida o‘z 
yurtlariga yaxshi mutaxassis bo‘lib qaytish va uning istiqboli uchun fidoyi vatanparvar sifatida xizmat qilishga 
daʼvat qiladi. U hatto o‘zining Toshkentdagi sobiq talabalaridan bo‘lgan Vali Qayumxon va boshqalarni 
Samarqandga olib borib, ularga Temur sag‘anasi oldida qasam ichtiradi. Bu voqeani keyinchalik Vali 
Qayumxon bunday xotirlaydi: «U meni Buxoroga olib bormoqchi bo‘ldi. Аmmo u yerga borishdan oldin 
Buyuk xoqon Аmir Temurning Samarqanddagi sag‘anasi oldida tiz cho‘kib, millat taqdiri uchun kurashaman, 
deb vaʼda berdim. Ko‘zimdan yosh chiqib ketdi». 
O‘zbekiston Markaziy Davlat arxivi materiallari (R47- fond, 1-tavsif, 29-ish; 441-ish, 51-bet; 196-ish, 117-
bet; 516- ish, 27-bet; 575-ish, 25-bet; 36-fond, 1-tavsif, 42-ish, 156- 156a-betlar va boshqalar) ga qaraganda, 
Buxoro va Turkistondan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalarga RSFSR tashqi ishlar komissari 
o‘rinbosari Chicherin va boshqalar orqali doimiy stipendiya, moddiy va maʼnaviy yordam yuborib turilgan. 
Ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ehtiyoji, intilishlari, g‘oyaviy-siyosiy kayfiyatlaridan xabardor bo‘lgan. 
Xorijdagi Turkistonlik talablarimizga davlat stipendiyalaridan tashqari, ularga yordam ko‘rsatish uchun 
tuzilgan «Ko‘mak» jamiyatidan ham xayriya mablag‘lari yuborib turilgan. (Masalan, 1921 yili Toshkentda 
tashkil bo‘lgan «Ko‘mak» uyushmasi aʼzolarining o‘qigan maʼruzalari, milliy sanʼat ustalari tomonidan 
ko‘rsatilgan spektakllardan tushgan daromadning 80, uloq poygasidan tushgan daromadning esa 20 foizi 
yuborilgan.) 
1921 yilda Germaniyaga o‘qishga ketgan Toshkentlik Аbduvaxob Murodiy «Berlindan xat» maqolasida 1921 
yildan beri Germaniyada Turkistondan yolg‘iz o‘zi o‘qib turganligi, agar «Ko‘mak» jamiyati aʼzolari 
Yevropaga talabalar jo‘natadigan bo‘lsalar, ularni Germaniyaga yuborish maqsadga muvofiq ekanligi, chunki, 
nemislarning bugungi kunda ilmda, maorifda butun Yevropaga ustoz ekanligi, bundan tashqari, Germaniya 


Global Technovation 
5
th
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted From Paris, France 
https://conferencepublication.com 
March 30
th
2022 
99 
bilan sovetlar Rossiyasi o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatilganligini taʼkidlab, bunday 
yozgan edi:
«Bir yildirki, Ovrupoda yashamoqdaman. Ilm-maorifda Ovruponing birinchisi bo‘lgan Germaniya 
dorilfununlarida butun dunyodan, hatto tatarlardan o‘nlab, turklardan esa minglab talabalar bo‘lgani holda 
bizning Turkistondan mendan boshqa talaba bo‘lmasligi yuragimni parchalamoqda, boshqalarga hasad sezgisi 
uyg‘otmoqda edi. Sizlarning bu xayrli muborak tashabbusingiz yillardan beri kulmagan ko‘nglimni kuldirdi 
va ruhimga jon berdi. Germaniyaga kelganimdan so‘ng ovrupoliklarni yaqindan tanimoqqa muvaffaq 
bo‘ldim... Nemislar o‘zlarining hisobsiz dushmanlarini yengmoq uchun Sharqning uyg‘onmog‘ini istaydilar. 
Bu kungacha Sharq to‘g‘risida yozgan kitoblari butun betaraflik bilan yozilmishdir. Faqat maorifda, ilmda 
bular butun Ovrupoda ustoz hisoblanadilar. Nemislarning oliy maktablarida yuzlab amerikalik, fransuz va 
inglizlarning bo‘lishini va bu yerga muhandis to‘plamoq uchun birmuncha hayʼatlarning kelishi mening bu 
davoimni isbot etar. So‘ngra boshqa Ovrupo davlatlariga eng yaqini ham shudir. Sho‘rolar hukumatining 
Germaniya bilan yaxshi aloqada bo‘lishi va Germaniya bilan sho‘rolar Rossiyasi orasidagi ahdnomalar ham 
yana bizni Germaniyaga tortar, shul sabablarga ko‘ra, Ovrupoga yuborilaturg‘on talabalarni eng avval 
Germaniyaga yuborilmog‘i har to‘g‘ridan aqlga muvofiqdir. Shunga muvaffaq bo‘lmoq ham uncha qiyin 
emas. Bizning o‘z tilagimiz va sho‘rolar hukmatining bu kungi siyosati ham bu fikrga to‘g‘ri keladir».
Аbduvahob Murodiyning bu maktubidan rag‘batlangan Toshkentlik bir gurux maorif va madaniyat xodimlari 
uning moddiy taʼminoti uchun qog‘oz va oltin pul, Mirzacho‘l dehqonlari nomidan esa qo‘y va meva-cheva 
yuboradilar. Jumladan, jadid ziyolilaridan Saidnosir Mirjalilov 20 000 so‘m, Cho‘lpon 7 500 so‘m 
yuboradilar, Munavvar qori Аbdurashidxonov, Shokirjon Rahimiylar ham alohida himmat ko‘rsatadilar. 
Bundan tashqari, Toshkent maʼrifatparvarlari 2-dekabrda adabiy kecha uyushtirib, undan tushgan 75 000 so‘m 
sof foydani tegishli yo‘llar bilan Аbduvahob Murodiyga yetkazadilar.
Turkiston va Buxorodan 1922 yil oxirlarida 70 ga yaqin turli yoshdagi mahalliy yosh yigit va qizlar 
Germaniyaning turli shaxarlaridagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga qishloq xo‘jaligi, tekstil sanoati, 
kimyo, elektrotexnika, konchilik, falsafa, pedagogika, tibbiyot va boshqa muhim sohalar bo‘yicha o‘qishga 
yuboriladi. Bular ichida shu davrda Saydali Xo‘jayev, Sattor Jabbor, Аxmad Shukriy, Аxmadjon Ibrohimov, 
Xayrinisa Majidxonova, Maryam Sultonmurodova va boshqalar bor edilar. 
Oradan ikki yil o‘tgach, «Turkiston» gazetasida Germaniyada o‘qigan Turkistonlik talabalardan Sattor 
Jabborning Ertoy taxallusi bilan yozgan maqolasi eʼlon qilinadi. Sattor Jabbor o‘z maqolasida Germaniyaning 
haqiqatan ham Yevropada ilm-fan taraqqiyotida oldinda ekanligi, buni u yerga borib o‘qiyotgan Buxorolik va 
Turkistonlik talabalarnnng hammasi o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganliklari, ularning hammasi ham Germaniyada 
nemislar tomonidan nihoyatda yaxshi kutib olinganligi, nemislarning haqiqatan ham Turkistonning uyg‘onib 
kelayotganligini olqish bilan qarshi olganligi va ularga samimiy yordam ko‘rsatayotganliklarini faxr bilan 
tilga olib, bunday davom etadi:
«Biz 22-yilning so‘nggi oylarida Germaniyaga kelgach, buyuk Turkistonni talab, yondirib, ezib kelgan rus 
monarxistlari Petrovskiy Ovrupoga yuborish uchun talaba topolmagan vaqtlarini eslariga olmasdan, sartlar 
Ovrupoda nima qiladir? - degan istexzolar bilan matbuotlarida qichqirishib o‘tgan edilar. Rus millatchilarining 
bu sovuq va qo‘pol qarashlariga qarshi germanlar tomonidan yaxshi kutib olindik. Matbuot: «Turkiston 
uyg‘ondi, uyg‘ondi!» kabi undovlar bilan qizg‘in maqolalar yozib o‘tdi. Har qanday nemis bizni oilasiga 
qo‘shib olish uchun eshiklarini ochib qo‘ydi. Oddiy muallimidan tortib, doktori, professori til o‘rganishimiz 
uchun qo‘lidan kelgan yordamini ayamadi. Ko‘zimiz bilan ko‘rganimiz uchun bu yerda ochiq aytishimiz 
kerakki, ular mamlakatimizni, tariximizni, istiqbolimizni bir Turkistonlikdan ortiq biladurlar, taniydurlar. 
Yurtimiz to‘g‘risida biz uchun eng muhim bo‘lgan kitoblar yozib, boshqa tillardan ham tarjima qilg‘onlar...», 
deb yozadi. 
20-yillar oxiri - 30 - yillarning boshlarida Germaniyadan o‘qishlarini bitirib, Turkistonga qaytgan Sattor 
Jabbor, To‘lagan Mo‘min, Muxammad Xo‘jayev, Sulton Matqul, Аzimbek Berimjon, Rauf Rasuliy, Xayrinisa 
Majidxonova, Maryam Sultonmurodova va boshqalar Germaniyada erishgan ilg‘or bilim va tajribalarini bu 
yerda ishga solib, respublikamizning taraqqiyoti yo‘lida fidokorona ishladilar. Lekin, afsuski hursandchilik 
va osuda hayot uzoqqa cho‘zilmaydi, 1937 yilda sobiq SSSRda boshlangan «vatan xoinlari»ni fosh qilish 
vasvasasi ostida Fayzulla Xo‘jayev, Аkmal Ikromov, Fitrat, Cho‘lpon singari davlat va madaniyat arboblari 


Global Technovation 
5
th
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted From Paris, France 
https://conferencepublication.com 
March 30
th
2022 
100 
kabi Germaniyada o‘qib, vatanlariga qaytgan mazkur yigit va qizlarimiz ham sovetlarga qarshi allaqanday 
aksilinkilobchilik va millatchilik tashkilotining aʼzolari sifatida ayblandilar. Ular o‘zlariga qo‘yilgan bunday 
asossiz ayb va tuhmatlarni qanday mantiqiy dalil va faktlar bilan rad etishga urinmasinlar, uzoq davom etgan 
ruhiy va jismoniy qiynoqlardan so‘ng o‘zlariga qo‘yilgan ayblarni tan olishga majbur bo‘ldilar. Ularning 
deyarlik hammasi 1938 yilning 4 - 9 oktabr kunlarida vahshiylarcha otib o‘ldirildi. 
Shunday qilib, 30-yillarning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda boshlangan stalincha qonli terror oqibatida 
Germaniyadan o‘qib qaytgan mazkur talabalar nemis-fashist josuslari, vatan xoinlari kabi soxta ayblar bilan 
begunoh qatl qilib yuborildi. Shu bilan ularning Respublikamiz iqtisodi, xo‘jaligi, ilm-fani va madaniyatining 
taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona ishlari barbod etildi, ular nomini tilga olishga ham yo‘l 
qo‘yilmadi, hatto ularning avlod-ajdodlari ham uzoq taʼqib va tazyiqdan qutula olmadilar. Turkiya va 
Germaniyada qolib ketgan talabalarga ham vatan xoinlari sifatida munosabatda bo‘lindi. 
Xuddi shunday tuxmatga uchraganlar orasida Yevropaga borib o‘qish u yoqda tursin, qatto O‘zbekistonning 
o‘zidagi yangi maktablarga qatnashining o‘zi ham xavfli bo‘lgan Xayrinisa Majidxonova singari o‘zbek 
qizlari bo‘lganki, ularning 1922 yilda Germaniyaga birinchilardan bo‘lib o‘qishga borishi chin maʼnoda 
qahramonlik edi. Sovet davlati endigina «to‘rt devor»ni hatlab o‘tib, zamonaviy bilim olmoqchi bo‘lgan 
shunday beozor va begunoh o‘zbek qizlarini ham o‘n gulidan bir guli ochilmagan vaqtida sharmandalarcha 
otib tashladi. 
Faqat 1991 yil 1 sentabrda O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyingina Germaniyada o‘qib, u 
yerdan qaytmagan yoki qaytib 30-yillarda repressiyaga uchragan vatandoshlarimiz ham, ularning 
respublikamiz tashqarisidagi avlod-ajdodlari ham tamomila oqlanib, ro‘shnolik ko‘ra boshladilar. O‘zbekiston 
mustaqillik yillarida faqat Germaniya bilangina emas, balki АQSh, Fransiya, Аngliya, Rossiya, Xitoy, Turkiya 
va boshqa mamlakatlar bilan ham mustahkam va o‘zaro manfaatli iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarni 
o‘rnatdi. 90-yillarda Respublika Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan «Umid» jamg‘armasining faoliyati 
davomida yuzlab isteʼdodli yoshlarimiz jahonning hariyb barcha taraqqiy etgan mamlakatlariga o‘qishga 
yuborildi. Xorijda o‘qigan talablarimizni avvalgi sovet totalitar tuzumi davridagi kabi shubqa va taʼqib emas, 
istiqbolli kelajak quchoq ochib kutib oldi. Yosh avlodning zamonaviy fan va texnikani egallashi masalasi 
hozir ham respublika rahbariyatining diqqat markazida turibdi va bu sohada mamlakatimizda ko‘plab ishlar 
amalga oshirilmoqda. Shu narsa quvonarliki, mamlakatimizdagi isteʼdoddi yoshlarning barkamol insonlar 
bo‘lib shakllanishiga xorijiy muassasalar ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Keyingi yillarda birgina 
Germaniyaning Konrad Аdenauer fondi yordamida Haydelberg universitetida Ravshan Sultonov, Аlisher 
Mirzaahmedov, Shtuggart shahridagi Xoyenxayn universitetida esa Umidjon Nazarqulov kabi talaba va 
doktorantlar mashxur nemis professorlari qo‘lida muvaffaqiyat bilan o‘qib qaytdilar. Ular mazkur o‘quv 
muassasalari yordamida 20-30-yillarda Germaniyada o‘qib, so‘ng O‘zbekistonga qaytgan va qaytmagan 
o‘tmishdoshlari boshlagan ezgu ishlarni yangi tarixiy sharoitda davom ettirib, o‘zbek fani va madaniyatiiing, 
umuman, O‘zbekistonning har tomonlama taraqqiyoti yo‘lida faoliyat olib bormoqdalar. 
102 yil. Bu muddat umuman olganda ko‘p emas ammo mana shu vaqt millat yoshlarining maqsadini yodidan 
chiqarib qo‘yishga ulgurdi. Xo‘sh bugun har qanday oliygohda ta’lim olayotgan har bitta talaba nima uchun 
o‘qimoqda o‘zi? Nima uchun aka-ukalarining rizqini qiyib, katta miqdorda o‘qish to‘lovini to‘lamoqda? Nima 
uchun eng oliy va qaytarilmas ne’mat - vaqtni sarflamoqda? Nima uchun? Bir parcha gofra qog‘ozdan tashkil 
topgan “Diplom” atalmish buyum uchunmi? Yoki el orasida “Oliy ma’lumotli” degan mansab-u maqom 
uchunmi? Ha afsuski bugungi talaba yoshlarning aksari ana shu maqsadda oliygoh ostonasini xatlamoqdalar. 
Achinarlisi shundaki ular orasida xatto maqsadsiz yigit-qizlar ham topiladi. Turkistonning yetmish 
oqqushlarining ruhi quloqlarimizga shivirlab ta’lim olmoqning asl maqsadini aytayotgan ekan, ularning pok 
ruhlarini hurram qilmoqlik uchun ham, yangi O‘zbekistonda uchinchi renesansni barpo qilmoqlik uchun ham, 
har doim o‘qimog‘imiz, o‘qimog‘imiz va uqmog‘imiz darkor ! 
O‘ttiz yettinchi yil yaprog‘i 
Yigirmanchi yillar... Olmon tuprog‘i
Uzra qadam qo‘ydi, Uzra qadam qo‘ydi
Yetmish to‘rt ilmga tashna talaba...
Berlin osmonidan oyning o‘rog‘i


Global Technovation 
5
th
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted From Paris, France 
https://conferencepublication.com 
March 30
th
2022 
101 
Ular chakkasiga gul bo‘lib qo‘ndi...
Ularni kutardi kurash, g‘alaba... 
- Vatanim, kut meni! - Meni kut, Vatan!
Biz senga qaytamiz bir bo‘ston bo‘lib.
Bizlar nihol edik sen o‘zing ekkan,
Bizni kut musaffo osmon bo‘lib!
Biz sening ertangmiz, porloq bir erta,
Аvlodlar to‘qishar biz haqtsa ertak... 
O‘ttiz yettinchi yil... momaguldirak...
Yomg‘irmi yog‘di yo yog‘ib o‘tdi o‘q...
Keksa tarix bergil ulardan darak,
Nega Sattoring yo‘q, nega Maryam yo‘q?
Tarix der: - Shahidlar ketmagay izsiz,
Maryam ham, Xayri ham, Sattor ham sizsiz!... 
N.K. 
Berlin, 2000 yil 22 dekabr. 

Download 271.74 Kb.
  1   2




Download 271.74 Kb.
Pdf ko'rish