• Bitiruv malakaviy ishi(loyihasi)ning TUSHUNTIRISH XATI Mavzu
  • «Landshaft dizayni va inter y er» kafedrasi mudiri: Qurbonov SH.M. Samarqand-2017 MUNDARIJA
  • Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining qisqacha tarixi
  • SamDAQIning shak l lanishi va rivojlanishi
  • Harakatlar strategiyasi 2017-2021
  • Tushuntirish xati




    Download 1.56 Mb.
    bet1/3
    Sana13.10.2020
    Hajmi1.56 Mb.
      1   2   3

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

    «Arxitektura» fakulteti

    «Landshaft dizayni va interyer» kafedrasi

    Bitiruv malakaviy ishi(loyihasi)ning

    TUSHUNTIRISH XATI

    Mavzu: SamDAQI bosh binosi o‘quv auditoriyalarining badiiy yechimi

    Diplomant: 402-D Bo‘riyeva.F

    Rahbar: Axmedov.F

    «Landshaft dizayni va interyer»

    kafedrasi mudiri: Qurbonov SH.M.

    Samarqand-2017

    MUNDARIJA

    1. Kirish .........................................................................



    1. Arxitekturaviy rejalashtirish qismi ......................



    1. Badiiy qismi ..............................................................



    1. Hayotiy faoliyat xavfsizligi qismi ..........................



    1. Ekologiya qismi ..........................................................



    1. Xulosa ........................................................................



    1. Adabiyotlar ro‘yxati ....................................................


    KIRISH

    Vatanimiz Mustaqillikka erishgandan so’ng har jabhada ijobiy o’zgarishlar, yuksalishlar sari borayotganimiz quvonarli xoldir. Milliy kadriyatlarimizni tiklash, uzligimizni anglash, ota-bobolarimiz koldirgan boy merosni kadriga etish va ulardan uz xayotimizda, faoliyatimizda unumli foydalanish, ularning ruxi xar doim bizga madadkor ekanligini dildan xis kilib turish bugungi biz erishgan va erishayotgan yutuklarimizning garovi ekanligini kayd etib utishimiz joiz bulmasa kerak. CHunki bugungi kunga kelib xukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bir kator xayrli ishlarni ta’kidlab utish kishi ruxiyatida faxrlanish tuygusini uygotadi.



    Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining qisqacha tarixi

    O’tgan asr oltmishinchi yillarining boshiga kelib, nafaqat O’zbekistonda, balki O’rta Osiyo respublikalarida: Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog’istonda qurilish industriyasiga qarashli tashkilot va korxonalarda yuqori malakali me’morchi-lik va qurilish sohasida chuqur bilimga ega bo’lgan me’mor, quruvchi muhandislariga bo’lgan ehtiyoj sezilarli darajada bo’lgan.

    Shu sababli, O’zbekistonda mustaqil arxitektura — qurilish instituti tashkil etish ehtiyoji tug’ilgan. 1965-1966 yillarda Toshkent Politexnika institutida yangidan tashkil qilingan arxitekgura, sanoat va grajdan qurilishi (PGS) va qishloq xo’jaligi qurilishi fakultetlarini birlashtirib, mustaqil qurilish instituti tashkil qilish bo’yicha ishlar olib borilayotgan edi. Bu borada olib borilayotgan ishlarni 1966 yilda Toshkentda sodir bo’lgan yer qimirlash va undan ko’rilgan talofot tezlashtirdi.

    O’zbekiston Respublikasi hukumatining 367-sonli qarori hamda oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966 yil 15 iyulda chiqqan 307-sonli bo’yrug’i asosida Samarqand shahrida Samarqand Davlat arxitektura - qurilish instituti tashkil etildi.



    SamDAQIning Samarqand shahrida ochilishiga birinchidan Toshkentdagi yer qimirlash sabab bo’lgan, ikkinchidan Samarqandning 2750 yillik tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri ekanligi, madaniyati yuqori darajada rivojlanganligi, noyob arxitektura yodgorliklariga boy bo’lganligi, uchinchidan esa Samarqand qadimdan fan va madaniyat markazi ekanligi asos bo’ldi.

     



    SamDAQIning shakllanishi va rivojlanishi

     O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966 yil 15 iyuldagi 307 sonli buyrug’i asosida SamDAQI ga 1966-1967 o’quv yilida dastlabki qabul rejasi kunduzgi bo’limga 525 nafar talabadan iborat bo’lgan edi. Bu reja mutaxassisliklar bo’yicha , quyidagicha taqsimlang’an edi: 1201 «Arxitektura» mutaxassisligiga - 100 ta; 1202 «Sanoat va fuqaro qurilishi» mutaxassisligiga - 350 ta; 1721 «Qurilish iqtisodi va qurilishni tashkil etish» - 75 ta talaba qabul qilish belgilangan edi.

    Institutning uchta mutaxassisligiga qabul qilingan 525 ta talaba bitta «Sanoat va fuqaro qurilishi» fakultetiga biriktirilib, 7 ta kafedra, 3 ta bo’lim bilan 1 oktyabr-dan o’quv jarayonini boshladi. O’sha davrda, ya’ni 1966 yili quyidagi 7 ta kafedra: «Oliy matematika», «Fizika», «Ximiya», «Tarix», «Chizma geometriya», «Qurilish material-lari», «Rasm, tasviriy san’at va halkaltaroshlik» tashkil etilgan edi. Hukumat qarori asosida Samarqand shahridagi 19 internatga qarashli barcha binolar to’liq SamDAQI balansiga berildi. Shu bilan bir qatorda, 1966 yil 15 iyulda chiqqan 307 sonli buyruq asosida 1967 yildan SamDAQI ning o’quv kompleksini yaratish uchun loyihalash ishlarini boshlash va ularni moliyalash vazifalari ham ko’rsatilgan edi.

    Har bir xalq, har bir millatning ertangi kuni bugun voyaga etayotgan avlod takdiri bilan uzviy bog‘liqdir. Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridanoq ta’lim tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, o‘g‘il-qizlarimizning jahon andozapariga mos sharoitlarda bilim olishini, jismoniy va ma’naviy jihatdan etuk insoilar bo‘lib ulgayishini ta’miilash, qobiliyat va iqtidorini, intellektual salohiyatini yuzaga chikarish, ona-yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan beqiyos sa’y-harakatlar zamirida ham ana shu ezgu maqsad mujassam.



    Albatta, qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘zda tutilgan marralar, orzu-niyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun uning xuquqiy asoslari yaratilgan bo‘lishi lozim. Fuqarolarimizning sifatli ta’lim olishiga oid xukuqlari, avvalo, Konstitutsiyamiz orqali mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Asosiy Qonunimizning 41-moddasida "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi"

    deya qayd etilgan. Ana shu tamoyildan kelib chiqib, o‘tgan yillar davomida ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining hayotga izchil tatbiq etilishi tufayli umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining qiyofasi ko‘rkamlashib, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. 12 yillik majburiy ta’limning joriy etilishi yoshlarning chuqur bilim egallashi, qiziqishi, imkoniyati va salohiyatidan to‘liq foydalangan holda munosib kasb tanlashi, shu orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim omil bo‘lmokda. Birinchi Prezidentimizning "O‘zbekistonda yashayotgan barcha-barcha yoshlar — mening bolalarim, mening farzandlarim!" degan so‘zlari, ertamiz egalarining munosib kelajagini ta’minlash borasidagi beqiyos g‘amxo‘rliklari har jabxada uz ifodasini topmokda. Mana bu raqamlarga e’tibor bering: bugungi kunda mamlakatimizda 9779 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida 8500 dan ziyod maktab qurildi va kapital ta’mirlandi. Ularning aksariyati qishloklarda joylashgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,5 trillion so‘m sarflandi. Garchi Davlat dasturida qamrab olingan vazifalar ado etilgan bo‘lsada, mamlakatimizda umumta’lim maktablari qurish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlar izchil davom ettirilmokda. Masalan, o‘tgan yili eng zamonaviy o‘kuv va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan, 46 ming 300 dan ortiq o‘kuvchiga mo‘ljallangan 166 ta yangi maktab barpo etildi va rekonstruksiya qilindi, 151 ta maktab kapital ta’mirlandi. Mamlakatimizdagi 852 ta maktabda zamonaviy o‘quv-kompyuter sinflari tashkil etildi. Hozirgi vaqtda 9 ming 400 dan ziyod umumtalim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi ZiyoNet elektron-axborot tarmog‘iga ulangan. Umumta’lim maktablarimizda ta’limni etti tilda olib borish yo‘lga ko‘yilgani ham e’tiborga loyiq.



    Bugungi kunda respublikamizda 1400 kasb-xunar kolleji va 141 akademik litsey mavjud bo‘lib, ulardagi o‘quv-ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar eng zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan, Bugun ushbu o‘quv yurtlarida 1,7 million nafardan ortiq o‘g‘il-qiz tahsil

    olayapti, kasb-xunar sirlarini o‘rganayapti. Ularga tajribali pedagoglar, jumladan, fan doktorlari va nomzodlari saboq bermokda. Iqtisodiyotimizning turli jabxalarida talab katta bo‘lgan 86 ta’lim yo‘nalishi, 225 kasb va 578 mutaxassislikni o‘z ichiga olgan umumta’lim tasnifi ishlab chiqildi. Kasb-xunar kollejlari o‘z ishlab chiqarishi uchun yosh kadrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan yirik sanoat korxonalari tomonidan otaliqka olingan.

    Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, bunda har bir bitiruvchining ish joyini oldindan belgilash, kollej o‘kuvchilarining amaliyotini bo‘lg‘usi ish joyida o‘tashini tashkil etish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratilmokda. Misol uchun, uch tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida birgina o‘tgan yili 400 mingdan ortiq bitiruvchi ish bilan ta’minlandi. Bu yil mamlakatimizda 520 ming nafardan ziyod yigit-qiz kollej va litseylarni tamomlaydi. Ularning qaerga ishga joylashishini anik belgilab olish, korxonalar bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va undan so‘ng ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmokda. Bunday o‘ziga xos tajriba bugun xalqaro miqyosda xam katta qiziqish bilan o‘rganilayotgani bizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, albatta.

    Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda u bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqichli tizimni o‘z ichiga oladi. Hozir O‘zbekistonda 59 oliy ta’lim muassasasi, poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlarining 11 hududiy filiali va xorijiy etakchi oliy o‘quv yurtlariiing 6 filiali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, har bir viloyatda hududiy rivojlanish vazifalarini hal etish uchun mutaxassislar tayyorlanayotgan universitet va qator ixtisoslashtirilgan institutlar ham mavjud.



    Ushbu sohada samarali xalqaro hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgani milliy ta’lim modelimizning yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilganining yana bir tasdig‘idir. Poytaxtimizda tashkil etilgan Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiyaning G. Plexanov nomidagi davlat


    iqtisodiyot universiteti va I. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallarida bugun .ana shunday mutaxassislar tayyorlanmokda.

    Mamlakatimiz oliy o‘kuv yurt-lari talabalari ilmiy tadqiqotlarda faol katnashmokda, korxonalar buyurtmalari asosida innovatsion faoliyat bilan shurullanmokda. Ular o‘z ishlanmalari bilan har yili yurtimizning yangi texnologiyalari va ilmtalab mahsulotlari namoyish etilayotgan yarmarkalarda muntazam ishtirok etayotgani buning yaqqol dalilidir.

    Ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yo‘lga ko‘yilgan o‘zaro manfaatli yaqin aloqalar natijasida talabalar fundamentap tadqiqotlarga tobora keng jalb etilayotir. Bu esa yosh ilmiy kadrlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hozirgi kunda yurtimizdagi etakchi oliy o‘quv yurtlari xuzurida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ishtirokida ilm-fan, texnika va texnologiyalarning eng istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-o‘quv-laboratoriya komplekslari tashkil etilmokda.



    "Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqgisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan. Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha dasturni amalga oshirish uchun 277 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgani diqqatga sazovordir. Bundan tashqari, SamDAQI o‘quv va talabalar turar joyi hamda Bosh korpusi kapital rekonstruksiya ishlari uchun 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan 50mlrd so‘mning ajratilishi ham quvonarli holdir albatta.


    Bularning barchasi YUrtboshimiz SH.M.Mirziyoevning 5 yillik ustuvor yo‘nalishlari, ya’ni “Harakatlar strategiyasi 2017-2021” ezgu da’vatining xayotiy ifodalariga aylanib bormoqda.






    Download 1.56 Mb.
      1   2   3




    Download 1.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tushuntirish xati

    Download 1.56 Mb.