• III Yakuniy qism
  • Tushuntirish xati




    Download 1.86 Mb.
    bet23/47
    Sana15.06.2021
    Hajmi1.86 Mb.
    #15055
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
    II.Asosiy qism :

    Xonaga birin -ketin musiqa sadolari ostida yapon, shotland, koreys ,hind va o`zbek bolalari kirib keladilar.

    Yapon:Bizda yangi yil kechasida 108 marta qo`ng`iroqlar chalinadi . Chunki Yaponiyada 100 va 8 raqamlari baxtli hisoblangan . Yangi yil quyosh chiqishi bilan kutib olinadi.

    Shotland:Shotlandiyada Yangi yilda istagan kishi istagan xonadoniga kirib mehmon bo`lishi mumkin. Mehmon kelishi shu xonadonga baxt keltiradi degan ma`noni bildiradi.

    Koreyalik: Bizda Yangi yilda ommaviy sayl boshlanadi va qizlar o`rtasida balandlikka sakrash musobaqalari o`tkaziladi.

    Hind: Hindistonda dag`al odamlar ham eng shirinso`z, nazokatli, mayin bo`lib, bir- birlari bilan xushmuomala bo`lishadi. Bu- yil bo`yi baxt hamroh bo`ladi ,deganidir.O`zbek: O`zbekistonda ham yangi yil xursandchilik bilan kutib olinadi. Yangi yil kirib kelishiga yaqin dasturxon turli noz- he`matlarga to`ldiriladi va hamma dasturxon atrofida yig`ilib, bir- birlariga yaxshi tilaklar bildiradilar.

    Hamma joyda Qorbobo bolalarga shirinliklar , o`yinchoqlar va turli sovg`alar ulashadi. Rossiyada bu bayram ayniqsa bolalar uchun taassurotga boy bo`ladi.Ulkan archa atrofiga yig`ilgan bolalar ertak qahramonlari bilan birgalikda yovuzlikka qarshi kurashib , yaxshilik doimo g`alaba qozonishini isbotlab beradilar

    Yangi yilda , yangi xilda, Har yurakda orzu katta,

    Yuraklarning ovozi. U pokiza ,beg`ubor.

    Qaynab chiqar, yayrab chiqar , Eng mustahkam , eng muhtasham ,

    Tilaklarning eng sozi. Poydevordir- poydevor.

    “Qorparchalari ” raqsi ijro etiladi .III Yakuniy qism:O`qituvchi : Demak bolalar Yangi yil yer yuzining turli yerlarida turlicha nishonlanar ekan . O`zbekistonda biz aslida yangi yilni 21- martda nishonlaymiz . Shu kundan boshlab dehqonlarimiz yerga baraka urug`larini sepa boshlaydilar. 21 – Mart tengkunlik ya`ni, kun va tunning tenglashishi bilan ifodalanadi. Yangi yil hisobi bo`yicha esa 31- dekabrdan 1- yanvarga o`tar kechasi yangi yil kutib olinadi va taqvim bo`yicha yangi yil hisobi boshlanadi. Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.





    Download 1.86 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




    Download 1.86 Mb.