• 23-mavzu: Oilada mening o`rnim va vazifam I.Kirish
  • II Asosiy qism
  • Tushuntirish xati




    Download 1.86 Mb.
    bet34/47
    Sana15.06.2021
    Hajmi1.86 Mb.
    #15055
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
    III Yakuniy qism : Tasavvur qiling , agar bir necha kun onangiz uyda bo`lmasalar qanday holat yuzaga keladi ? Bu holatni bolalar rasmda yoki so`z bilan ifoda etib berishadi. Onalar haqidagi maqollar guruhlarda birma –bir aytib o`tiladi.

    Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi


    23-mavzu: Oilada mening o`rnim va vazifam

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: Oila nima ? Farzandlarning oiladagi o`rni, farzandlik burchi va vazifalari haqida suhbatlashish



    Kompetensiya — TK-1:vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Kun shiori:Oila-jamiyat negizi

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi :Oila , oiladagi farzandlarning faoliyati aks ettirilgan suratlar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi.

    Mashgulot maqsadi bilan tanishtirish. Har bir bolaga o`z oila a`zolarini rasmda chizib tasvirlash vazifasi topshiriladi.

    II Asosiy qism:

    Rasm asosida bir nechta bola o`z oilasi haqida so`zlab beradi.Shu orqali biz uyda qanday ishlar bilan shug`ullanamiz, qay birini mustaqil bajaramiz va qaysilarini kattalar yordamida bajarishimiz mumkinliga haqida ma`lumotlarga ega bo`lamiz.

    Oilada nechta farzand bo`lsa, ularning har biri ota-ona tomonidan bir xil e`tiborda bo`ladi. Ularni moddiy va ma`naviy tomondan birday ta`minlaydi, birday e`tibor beradi , birday suyadi. Shunga javoban farzandlar ham oilada o`z vazifalari va ota- ona oldidagi o`z burchlarini ado etishlarini tushunib yetishlari kerak.

    Rivoyat qilishlaricha , bir yigit har kuni 6 ta non sotib olar ekan. Uning bu ishidan taajjublanganlar kishilar buning sababini so`rashibdi. Yigit shunday javob beribdi: Ikkitasini qarzim uchun beraman, ikkitasini qarzga beraman va ikkitasini o`zim oilam bilan yeyman . Bu rivoyatning ma`nosini birgalikda muhokama qilinadi.



    Bolaning oilada qanday huquqlari bor?

    Ota –onasiz yashayotgan bolalar , ularning hayoti haqida ma`lumotlar berib borish ham oilada bolaning o`z o`rnini topib olishiga yordam beradi.



    Download 1.86 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




    Download 1.86 Mb.