SAMARQAND CHORSU GALEREYASI




Download 6.04 Mb.
bet2/28
Sana22.06.2021
Hajmi6.04 Mb.
#15158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
SAMARQAND CHORSU GALEREYASI



Mustaqillik yillarida mamlakatimizda arxitektura va qurilish sohasida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shaharsozlik faoliyati yanada takomillashtirish yo‘lida Shaharsozlik kodeksi asosida bir qator huquqiy- me'yoriy xujjatlar qabul qilinib Davlat hokimiyati organlari va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi oldiga bir qancha vazifalar qo‘yildi. Respublikamiz kapital qurilishida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xo‘jalik munosabatlarini keng joriy etish, pudrat, loyiha ishlari qurilishda narx belgilash mexanizmini takomillashtirish, qurilish materiallari bozorini kengaytirish, ularning ilg‘or turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish va hokazolar. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan shaharsozlik sohasida tegishli normativ hujjatlar tizimi ishlab chiqilib, ular soha faoliyatida – loyihalashtirish, loyihalarni ekspertiza qilish, pudrat savdolarini o‘tkazish, qurish, qurilish sifatini ustidan davlat nazoratini olib borish, qurib bitirilgan ob'ektlarni foydalanishga qabul qilishda shaharsozlikdagi maxsus vakolatli organ sifatida 400 dan ortiq qurilish normalari va qoidalari, shaharsozlik normalari va qoidalari 450dan ortiq qurilish smetalari uchun normativ hujjatlar hamda 150 ga yaqin Qoidalar, Nizomlar, Ko‘rsatmalar, Reglementlar va Tartiblar ishlab chiqilib amalga tadbiq e'tilmoqda. Samarqand shahri me'morchiligiga xos yo‘nalash, ya'ni me'moriy yodgorliklarni ta'mirlash va qayta tiklash doirasidagiishlar ko‘lami alohida etiborga loyiqdir. Eski shahar mahalalaridagi maschitlari ham qisman ta'mirlandi hamda ular qoshida obod va shinam me'moriy muhit yaratildi. Samarqand shahridagi mavjud me'moriy va tarixiy obidalarga yangi mustaqil hayot ruhi bahshida etildi.

Mustaqillik yillarida Samarqandda shaharsozlik bobida ham juda katta o‘zgarishlar va ijobiy ishlar qilindi. Shahrimizning 2025 yilgacha ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish bosh rejasi davlat buyurtmasi asosida alohida loyiha tarzida ishlab chiqildi. Ushbu loyiha asosida qisqa vaqt ichida yo‘llarini ta'mirlash va qayta qurish bo‘yicha katta ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Shahar qiyofasi, ayniqsa uning eski shahar hududida, Registon maydoni va uning atrofi, Toshkent, Dahbet va penjikent ko‘chalari hamda shaharning Chor Rossiyasi hukmi davrida shakllangan ko‘chalar kengaytirilib, jumladan, Samarqand shahar Turist mehmonxonasi rekonstruksiyasi, ularning me'moriy va shaharsozlik muhiti yangi me'moriy va landshaft ko‘rinishini olmoqda. Arxitektura vositalari bilan shakllanadigan muhitning boshqa bir muhit turi to‘sib turuvchi konstruksiya ishga olinmagan ochiq maydonlar hisoblanadi. Bularga parklar, bog‘lar va ko‘chalar, mehmonxona hovlisi, kirish nuqtasi va boshqalar kiradi. Bu sifat mehxmonxonalar arxitekturasi bilan bir qatorda mehmonxonalarning xonalar dizayni bilan ham moslashtirilgan.



Ma'lumki, keyingi yillarda jahonning rivojlangan mamlakatlarida ana shu borada olib borilayotgan izlanishlar me'morchilikning beshinchi tarzi bo‘lmish tashqi muhit relefining plastik psixologik yechimi keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.



Download 6.04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 6.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SAMARQAND CHORSU GALEREYASI

Download 6.04 Mb.