O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi maktab-internatlarda “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” deb nomlangan ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda




Download 3.76 Mb.
bet3/28
Sana22.06.2021
Hajmi3.76 Mb.
#15158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi maktab-internatlarda “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” deb nomlangan ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

Ushbu ko‘rgazmalarni o‘tkazishdan maqsad — xalqimizning boy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish va milliy madaniy merosimizni yoshlarga o‘rgatish orqali ular ma'naviyatini o‘stirish, shuningdek, ta'lim  olayotgan iqtidorli yoshlarni ma'naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ta'limda uzviylikni davom ettirish, tasviriy va amaliy san'atni o‘qitish metodikalarini  yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Ko‘chma ko‘rgazmalarning navbatdagi namoyishi yaqinda Qashqadaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmaga respublikamizning dizayn va rassomlik yo‘nalishida ta'lim olayotgan yosh ijodkorlarining 100 dan ziyod saralangan ishlari tanlab olindi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, haykaltarosh rassom Nabi Mamadiev o‘quvchilarga havola etilayotgan asarlar mohiyati va ularda ifodalangan xalq an'ana va qadriyatlari to‘g‘risida  ma'lumot berdi.



Ko‘rgazma doirasida yetuk mutaxassislar hamda tajribali o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda yosh ijodkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ko‘rgazma taassurotlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.

Joriy yilning 1 aprel kuni esa ko‘hna Samarqand shahrining markazida joylashgan “Chorsu” tasviriy san'at galereyasida ham navbatdagi ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi. Unda san'atshunos olimlar, rassomlar, madaniyat xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaga kelgan mehmonlarda talabalarning ijodiy asarlari katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internati “Shalola” raqs dastasi hamda doirachilar ansambli o‘z kuy va raqslari bilan ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etishdi.

Ta'kidlash joizki, “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” deb nomlangan ko‘chma ko‘rgazmalar respublikamizning barcha viloyatlarida yil davomida tashkil qilinadi.






Download 3.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 3.76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi maktab-internatlarda “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” deb nomlangan ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda

Download 3.76 Mb.