• Xonalar guruhlarining funksional bog‘liqligi
  • Ko‘rgazma pavilyonining fazoviy tuzilishi




    Download 3.76 Mb.
    bet8/28
    Sana22.06.2021
    Hajmi3.76 Mb.
    #15158
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
    Ko‘rgazma pavilyonining fazoviy tuzilishi. Ko‘rgazma binolari kompozitsiyaviy jihatdan ikki turga bo‘linadi: markazlashgan
    (biroq qismlarga ajratilgan) va tarqoq holda. Markazlashgan kompozitsiya binoni funksional jihatdan erkin holda rejalashtirishga,
    ekspozitsiyalarni yaxlit holda idrok qilishga imkoniyat beradi.
    Tarqoq holdagi kompozitsiya alohida joylashgan funksional
    bloklardan tashkil topadi. Bu kompozitsiya ko‘rgazmani bir qancha mavzular bo‘yicha bo‘limlarga ajratilgan holda tashkil etishga
    yordam beradi.

    Xonalar guruhlarining funksional bog‘liqligi. Doimiy
    ko‘rgazma pavilyonlarini loyihalash jarayonida universal ichki
    fazoni yarata olish, ekspozitsiya soni va tartibini o‘zgartirib turishga qulaylik tug‘diradigan rejani tuza olish muhim ahamiyatga
    ega. Harakat grafgi xonalarning bir-biriga bog‘liqligini belgilab,
    eksponatlarni mantiqiy tuzilgan tartib bo‘yicha joylashtirishning
    maqbul variantlaridan biri – bu aylanma yo‘nalishni tarmoqlangan
    harakat marshrutlari bilan boyitishdir.

    Zamonaviy interyer uslublari orasida minimalizm, kantri, ingliz va yapon uslublari alohida ajralib turadi. Shular orasidan «ozgina-sozgina» tushunchasiga amal qiluvchi minimalizm uslubi eng ommalashgan uslub sanaladi. Bu intererni yaratishda yog‘och, teri, toshlar, linoleum, plastika va xromlangan po‘lat materiallardan, qora, ok, qaymoq rang, kul rang va nafarmon kabi yorqin bo‘lmagan ranglardan keng foydalaniladi. Derazalarga oddiy parda yoki jalyuzalar tutiladi. Bezaklardan esa deyarli foydalanilmaydi. Mebellar oz sonli bo‘ladi va xonaga erkin uslubda joylashtiriladi.





















    O‘zbek milliy interyeriga xos bo‘lgan umumiy jihatlar devorlarga va shiftga qo‘lda chiziladigan naqshlar, ganch, o‘yma naqshlar, xontaxta, uning atrofiga to‘shaladigan ko‘rpachalar, bolishlar va boshqalar bilan xarakterlanadi. Milliy intererda yorqin ranglardan keng foydalaniladi, devorlarga so‘zana, palak, zardevor kabi qo‘l bilan naqshlar tikilgan matolar osiladi, maxsus tokchalarga misdan yasalgan va o‘yma naqshlar bilan bezatilgan laganlar, oftoba, shamdon, yog‘chiroq kabi buyumlar chiroyli qilib teriladi yoki guddor naqshli sopol idishlar qo‘yib bezatiladi. Tokchasiz xonalarda bunday buyumlar devorlarga osiladi. Bulardan tashqari devor atlas matosi, turli musiqa asboblari yoki gilamlar bilan ham bezatilishi mumkin. Umumiy qilib aytganda, uyingizni qay bir interer uslubida bezatishingizdan qat'iy nazar u yerda o‘zingiz uchun qulaylik, shinamlik va xotirjamlik zohir bo‘lishi kerak. Ishdan yoki ko‘chadan charchagan holda qaytganingizda uyga kirib kayfiyatingiz ko‘tarilsa, charchoqlaringiz unut bo‘lsa bilingki, tanlagan intereringizda uyg‘unlik bor va bu, albatta, yaqinlaringizga ham manzur bo‘ladi.

    Uyingizni qaytadan ta'mirlayotganingizda, intererini o‘zgartirayotganingizda, yangi mebel, gilam yoki pardalar xarid qilayotganingizda birinchi navbatda ranglar uyg‘unligini hisobga olasiz. Nima uchun? Ranglarning qanday xususiyati borki, biz ularga bunchalik e'tibor beramiz?

    Ranglar shunday ta'sir kuchiga egaki, ular insonning miya faoliyatiga, kayfiyatiga va ruhiyatiga to‘g‘ridan to‘gri ta'sir eta oladi. Masalan, moviy, yashil ranglar «shifobaxsh» rang sifatida e'tirof etiladi. Olimlar tomonidan yashil rangning yurak va kon aylanish jarayoniga ta'sir qilishi isbotlab berilgan. Biz odatda uyimizda, ish joyimizda turli tabiiy gullarni o‘stiramiz yoki atrofni sun'iy gullar bilan bezatishga harakat qilamiz. Nega, degan savol tug‘ilishi turgan gap. Bu shuning uchunki gullarga, yashil rangga bo‘lgan ehtiyoj bizning ong ostimizda paydo bo‘ladi va biz yashil dunyoning bir bo‘lagini shuurimizga olib kirib undan bahra olamiz. Bu esa bizning yuragimizning xotirjam va baquvvat bo‘lishiga yordam beradi.

    Yashil — tabiat rangi. Psixoterapiyada yashil rang tinchlantiruvchi rang sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek u farovonlik ramzi hamdir. Yashil rang tinchlik, soddalik va uyg‘unlik ramzi sifatida ham e'tirof etiladi, Bu rang dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlaridagi, shovqinli tumanlardagi binolarni bo‘yashda keng qo‘llaniladi. Katta va yaxshi yoritilmaydigan xonalarni bo‘yashda to‘q yashil rangdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Yashil rangdagi sun'iy yoritkichlar buyumlarni och rangda ko‘rsatgani bois ular oshxona va choy ichiladigan xonalarga qo‘yilmaydi. Yashil rang sariq, qizil va pushti ranglar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi. Bu ranglarni uyg‘unlashtirish esa har qanday joyga salqinlik va musaffolik olib kiradi. Agar sizga tinchlik va osoyishtalik zarur bo‘lsa, atrofingizni ko‘proq yashil rang bilan boyitishga harakat qiling. Yashil va ozgina ko‘k ranglarning omuxtaligi ish kabinetlari uchun mos tushadi. Qishloq uslubidagi intererni yaratish uchun zaytun yoki och yashil bilan jigarrang va qizil ranglarning uyg‘unligidan foydalanilsa ayni muddao bo‘ladi. Agarda uyga yorug‘lik kam tushsa, siz yashil va oq ranglarni tanlashingiz mumkin. Bu ranglar uyni yorug‘ va shinam ko‘rsatadi. Oldin ham aytib o‘tilganidek to‘q yashil dabdaba va hashamatli ko‘rinish beruvchi xususiyatga ega. Zumrad-yashil rang och ko‘k va sariq ranglar bilan ajib ko‘rinish kasb etadi.

    Ko‘k rang qon bosimi ko‘tarilishiga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi. Ushbu rang xotirjamlik, tinchlik, bepoyonlik va musaffolik ramzi sanaladi. Ko‘k rang xuddi bulutsiz osmon kabi musaffolikni his qilishga yordam beradi. Bu rang qayg‘u yoki shodlik, ravshanlik yoki sirlilikni o‘zida mujassamlashtiradi. Bunday bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan effektlarni, ayniqsa, ko‘k rangga qora yoki oq bo‘yoqlarni qo‘shib hosil qilish mumkin. Ko‘k rangni barcha ranglar bilan birga ishlatish mumkin. Yotokxona uchun tanlangan ko‘k rang xotirjam uyqu bag‘ishlaydi, yuvinish xonasi va oshxonani ko‘k rangga bo‘yash ozoda va sarishta ko‘rinishni ta'minlaydi. Ko‘k rang «sovuq» ranglarga kirganligi bois uni qizil bilan uyg‘unlashtirib ta'sirchan, sariq bilan esa musaffo, zargaldoq rang bilan birga hashamatli intererlar yaratish mumkin.

    Ko‘k rangning tinchlantiruvchi xususiyatidan foydalangan holda sinf xonalarini, ish kabinetlarini bo‘yashda uni qo‘llash tavsiya etiladi. Agar uyingizning xonalaridan biriga nisbatan kam yorug‘lik tushadigan bo‘lsa, u holda biror bir «issiq» effektli rang va ko‘k bilan yorug‘likni yetarli qilishingiz mumkin. Ko‘k oq va qizil ranglar bilan birga dengiz uslubida bezatilgan xona dekoratsiyasi uchun juda mos.

    Har qanday intererni yaratishda sariq rangdan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Negaki sariq xuddi quyosh nuri kabi iliqlik bagishlash xususiyatiga ega. Ranglar bilan davolashda sariqdan qizdiruvchi va rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Sariq rang turli tuslarga ega. Masalan, och sariq, qizg‘ish sariq va to‘q sariq ranglar kayfiyatni ko‘taradigan, e'tiborli ko‘rinishga ega. Sariq rangni oq bilan uyg‘unlashtirish orqali tushkun kayfiyatni, lanjlikni davolash mumkin ekan. Sariq rang yashil bilan juda yaxshi munosabatga kirisha oladi va tabiat musaffoligini his qilish imkonini beradi. Ko‘k bilan birga ishlatilgan sariq yorqinlik effektini, qizil bilan esa kayfiyatni ko‘taradigan va dabdabali ko‘rinish beradi. Oltin rang va mis ranglardagi sariq tus barcha narsaga hashamat bag‘ishlaydi. Apelsin rang kuchli quvvat manbai bo‘lib, undan foydalanilganda issiq tropik iqlim effekti hosil bo‘ladi. Sariq ko‘k va oq ranglar bilan birgalikda O‘rtaer dengizi uslubini yaratadi, deb bejizga aytilmagan.

    Oq rang — musaffolik, bokiralikni, pokizalik va osoyishtalik ramzi sanaladi. Oq va neytral ranglar kartinalar, antikvar buyumlar uchun juda yaxshi fon bo‘la olishi bilan birga xonalarga shinam ko‘rinish beradi. Bu rang asosan pastak va to‘q ranglarga bo‘yalgan binolarni, xonalarni bo‘yashda qo‘llanilishi bilan ularni baland va yorqin ko‘rsatadi.

    Qizil ranglar ichida eng kuchli rang hisoblanadi. Bu rang ehtiros, quvvat, isssiqlik ramzi sanaladi. Qizil rang ishtaha va suhbatlashish istagini rag‘batlantirib turadi. Ranglar bilan davolashda qizilni yurak faoliyati va qon aylanish bilan bog‘lik kasalliklarda davolovchi vosita sifatida qo‘llaydilar.

    Qizil ranglar ichida eng kuchli rang hisoblanadi. Bu rang ehtiros, quvvat, isssiqlik ramzi sanaladi. Qizil rang ishtaha va suhbatlashish istagini rag‘batlantirib turadi. Ranglar bilan davolashda qizilni yurak faoliyati va qon aylanish bilan bog‘lik kasalliklarda davolovchi vosita sifatida qo‘llaydilar.

    Qizil rangdan qancha ko‘p foydalanilsa, interer shuncha jonli va jozibali chiqadi. Qizil va pushti aralashmasi ayollarga xos bo‘lgan rang hisoblanadi. Pushti rang kuchli asabiylashish oqibatida paydo bo‘lgan jizzakilikni mo‘tadillashtirish xususiyatiga ega. Ushbu rangdan turli kechalar o‘tkaziladigan zallarni bo‘yashda, yotoqxonalar intererini yaratishda foydalanish ma'kul deb topilgan. Yotoqxona devorlari va yoritqichlar pushti rangda bo‘lsa, u yerda o‘z-o‘zidan romantik kayfiyat hosil bo‘ladi, Pushti rang oq va och ko‘k ranglar bilan mos tushadi. Sariq bilan uygunlashtirilganda esa nafis joziba yaratiladi. Pushti va to‘q qizil ranglar uyg‘unligi hasham va nozik didni ifoda etadi.

    Ranglar orasida binafsha rang sirliligi, o‘ziga xos jozibasi va tez e'tiborga tushishi bilan ajralib turadi. Binafsha rang xushbichim, bayramona ko‘rinish kasb etadi. Uni pushti va moviy ranglar bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

    Qora rang har qanday intererni yaratishda asosiy rang sifatida tanlanmaydi. Bu rang faqat boshqa ranglarni to‘ldirish uchun va ularning ravshanligini oshirish uchun ishlatiladi. Qora rang bir rangdagi intererlarda ajratuvchi chiziqlar hosil qilishda, e'tiborni ko‘proq tortish uchun buyumlarning chegaralarini belgilashda keng qo‘llaniladi. U sariq, oq va kulranglar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi.

    Odamlarga hamma ranglar birdek yoqavermaydi. Shuning uchun ham har birimizning sevimli rangimiz bor. Uyimizni bezatishda ranglar uyg‘unligini topishimiz, asosiysi o‘zimiz uchun yoqimli bo‘lgan ranglar ishtirokidagi interer uslubini tanlay olishimiz kerak.

    Ranglarning xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ularning ta'sir kuchi haqida to‘xtalgandik. Ana shu jihatlarga asoslanib ranglarni asosiy va to‘ldiruvchi ranglarga ajratish mumkin. Qizil, ko‘k va sarik ranglar asosiy ranglarga kiradi. To‘ldiruvchi ranglarni yashil, binafsha, zargaldok kabi ranglar tashkil etadi. Asosiy va ikkilamchi ranglar bir-biri bilan qat'iy ketma-ketlikda munosabatga kirishadi va ranglar kamalagini hosil qiladi. Ranglarni bir-biri bilan moslashtirish ikki asosiy guruhga ajratiladi: nyuans va kontrast (qarama-qarshi) ranglar. Nyuans uslubida ranglar uyg‘unligiga katta ahamiyat berilsa, kontrast uslubda esa ikkinchi darajali ranglardan keng foydalaniladi.

















    Download 3.76 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




    Download 3.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘rgazma pavilyonining fazoviy tuzilishi

    Download 3.76 Mb.