Tushuntirish xati




Download 2.18 Mb.
bet3/24
Sana01.07.2021
Hajmi2.18 Mb.
#15318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ruxobod me’moriy obidasi

Roxobod-majoziy nomi, aslida alloma avliyo shayx Burxoniddin Sog’arjiy( Sog’arj-Samarqand yaqinidagi qadimiy kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14 asrning 70-yillari) shahar Arki (ko’k saroy, bo’ston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan janubdagi Toshqo’rg’on-chaqar (Kichik Oqsaroy, Muxammad Sulton me’moriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bog’lovchi mashxur Shoxrux-Shox ko’chani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sog’arjiy qabriga bog’lab, maxobatli baland maqbara tiklandi. Amir Temur maqbara ta’minoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi O’zbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan ma’lum bo’lishicha, maqbara va yonidagi bog’ yirik daromad manbai bo’lgan. Maqbara sirtiga sirkor bezak deyarli berilmagan, unga hashamatli peshtoq ham qilinmagan. Fasadlari arzimas detallari bilan bir-biridan farq qiladi. Bir vaqtlari maqbaraning ichiga kirish uchun uchta eshik bo’lgan, janubiy fasaddagi ajoyib o’ymakor eshigi keyinchalik urib tashlangan, shu sababli uni maqbaraning ichidagini ko’rsa bo’ladi.

Ikkinchi eshigi shimoliy fasadda bo’lib, u ham urib tashlangan. G’arbiy fasaddagi uchunchi o’ymakor eshik esa, ancha yangi bo’lib, XIX asrda Samarqand hokimi Muzaffarxon zamonida qurilgan.

Maqbaraning ichki kengligi va kattaligi, bezaklarining sifoligi bilan xayratda qoldiradi. Poli g’isht bo’lib, bir necha sag’ana saqlanib qolgan, sag’analari ganch suvoq qilingan.

Bir vaqtlar bu sag’analarning qoplamasi sirti zarxal berilgan nafis sirkor parchin bo’lgan xozir ba’zi sag’analardagina parchin bo’laklari saqlanib qolgan. Binoning kvadrat qismi ancha baland bo’lib, devorlari ganchsuvoq qilingan, har birining o’rtasida ravoq nusxa taokcha bor. Devor izorasi binoning hajmi kattaligiga mos bo’lib, balandligi ikki metrcha. Izoraga sirli bezak berilmagan olti qirrali sopoldan qoplama qilingan. Chorafzalida lojuvard sir ancha tejab qo’llanilgan. Gumbaz oltita ravoqqa tayanib turadi. Maqbara ichiga darchalardan yorug’lik tushadi. Baland darchalar tufayli yaxshi yoritilgan gumbaz binoyi va muazzam tuyuladi.

1907-yildagi zilzila obidaga katta zarar yetkazdi. O’shanda gumbaz qattiq shikastlangan va devorlari bir necha yerdan darz ketgan edi.

Olti yuz yil davomida asta-sekin hosil bo’lgan qatlam tufayli maqbara bir yarim metrcha qo’shilib ketgan. Hozir u qatlamdan tozalandi. Maqbaraning ichi va gumbazi restavratsiya qilindi, sakkizyoqli asosi mustahkamlandi. Maqbarani umumiy mustahkamlash ihslari ham olib borilmoqda. XV sarda maqbaradan Go’ri Amirgacha tosh yo’l bo’lgan. Bu yil, ikkali yoqasidagi tarvaqaylab o’sgan daraxtlar tufayli, yozning jazirama issig’ida ham orombaxsh salqin bo’lgan, o’rta asr kitoblarida bu yo’l shoxrox degan nom bilan ma’lum. XIX asrda Muzaffarxon vaqtida maqbara oldiga bir kompleks imoratlar tushgan. Shu jumladan masjid bilan minora va darvozaxona qurilgan. Zamonaning zayli bilan imoratlar yo’q bo’lib ketgan maqbaradan janub tomonda sal narida darvazaxona bilan minora saqlanib qolgan. Ammo noma’lum me’morning ijodi-bunyodkor xalq san’atining ajoyib yodgorligi muazzam Ruxobod XIV asrdan buyon savlat to’kib turibdi.

Maqbara arxitekturasining sodda ravshanligi ta’sirliligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Meyori bilan berilgan bezak-naqshlar esa bu maxobatli obidani yanada ko’rkam qilgan. Maqbara binosi xozir shahar markazi tomonidan ko’zga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofida keyingi davr binolari buzib tashlandi, natijada maqbara qaddi-qomatini yaqqol ko’rsatdi.

Turizm soxasidagi vatanimiz va chet el tajribasini urganish shu narsani kursatadiki, soxa rivojlanishinig ijtimoiy va iktisodiy asoslari shaxarsozlik va arxitekturaviy jixatdan tugri kabul kilinadigan karorlarga bevosita boglikdir. Bu karorlarda turistik ob'ektlarini tugri tanlash va bu ob'ektlar parametrlarini aniklashda zamonaviy uslub va prinsiplardan foydalanish maksimal ravishda ijtimoiy va iktisodiy samaradorlikga erishishni ta'minlaydi. Shu bilan bir kotorda turizm soxasida fa'oliyat yurutuvchi davlat va nodavlat sub'ektlar fa'oliyatini uygunlashtirish, soxaning yukori rentabellikga erishuvini va turizm infrastrukturasini shakllanishiga olib keladi. Chet el tajribasi shu narsani kursatadiki, xar tomonlama rivojlangan turizm industriyasi xalk xujaligining yukori samaradarlikga erishgan soxasiga aylanishi mumkin. Ammo bizning mamlakatimizda xozirgacha bu narsaga yetarli e'tibor berilmasdan, turistik infrastruktura shakllanishining shaxarsozlik va arxitekturaviy prinsiplariga tulik amal kilinmay kelingan.

Tarixiy shaxarlar markaziy kuchalarida turizmga muljallangan infrastrukturani rivojlantirishda xam kichik biznes va shaxsiy tadbirkorlikni asoslangan loyixalar katta axamiyat kasb etmokda.

Shu bilan birga tarixiy shaxar markaziy kuchalarini turizmni rivojlantirishdagi axamiyati juda kattadir.
Shunday kilib Samarkand shaxrining tarixiy kismi markaziy kuchalarida turizm infrastrukturasini tashkillashtirish dolzarb masalalardan xisoblanadi.

tarixiy shaxarlar markaziy kuchalarini turistik infrastrkturaga moslashtirishning asosiy tamoyillari.

- turizm infrastrukturasini shakllantirishdagi vatan va chet el tajribasi taxlili.

- Samarkand shaxri tarixiy kismidagi markaziy kuchalarda turizm infrastrukturasining shakllantirish buyicha takliflarni ishlab chikish.

Samarkand shaxri tarixiy kismi markaziy kuchalari turizm infrastruturasini tashkillashtirish uchun tadkikot ob'ekti kilib olindi. Respublika tarixiy shaxarlari va Respublikamiz iklimiga tugri keladigan mamlakatlarda tashkillashtirilgan shaxarlar misolida tadkikot utkaziladi.

-Respublikamiz va xorij mamlakatlarida turizm infrastruturasini loyixalash va kurilish tajribalarini, adabiyotlar manba'alari asosida taxlil etish;



-turizm infrastruturasini va turistik majmualari tizimida rivojlantirilgan korxonalarini kullash va ularning boglikligi va kriteriyalarini aniklash borasida kuzatish va tadkikod utkazish;






Download 2.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 2.18 Mb.