• 7-mavzu: Notanish odamlar bilan muloqot qanday bo‘lishi kerak I.Kirish
  • II.Asosiy qism: O’qituvchi har bir bola uydan chiqqach nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi
  • Bolalarga oddiy qoidalar
  • «YO`Q» deyishni o`rganing
  • Bolalar ko`chaga yakka chiqarishdan oldin quyidagi qoidalarni bilib oling.
  • 8-mavzu: Til – dil ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). I.Kirish.
  • 9- mavzu: Transport vositalaridagi raqam, ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar. I.Kirish
  • Hududlarning nomlari Kod nomerlari
  • «Bolalar guruhini tashish»
  • , 1.12.2. «Xavfli burilishlar»




    Download 3.26 Mb.
    bet11/27
    Sana23.12.2019
    Hajmi3.26 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27

    1.12.1, 1.12.2. «Xavfli burilishlar»

    1.12.1 «Xavfli burilishlar, birinchi burilish

    o‘ngga», 1.12.2–«Xavfli burilishlar, birinchi

    burilish chapga» belgilari. Bu belgi yo‘lning

    ikki qismli kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyi yaqinida o‘rnatiladi. Kichik radiusli yoki cheklangan burilish ikki qismdan ko‘p bo‘lsa, ushbu yo‘l belgilar qo‘shimcha

    7.2.1 – «Ta’sir oralig‘i» qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi. Haydovchi yo‘lning bunday qismlaridan tezlikni kamaytirib, ehtiyot choralarini ko‘rib o‘tishi hamda, iloji boricha,yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanishi kerak.

    Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantirish.
    7-mavzu: Notanish odamlar bilan muloqot qanday bo‘lishi kerak?

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga notanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik lozimligi, eng avvalo ustozi yoki ota-onasiga xabar berishlari lozimligini uqtirish.

    .Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD



    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:



    O`quvchilarni darsga hozirlash

    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi har bir bola uydan chiqqach nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi:

    • uydan chiqqanda har bir bola qayerga borishi va u zarur bo`lganda kim bilan bog`lanish mumkinligi to`g`risida doimo ma`lumot berishlari lozim;

    • tasodifiy tanishuvlar, notanish shaxslar takliflariga rozi bo`lmaslik;

    • mehmondorchilik, kino, teatrdan uyga ketish oldidan qo`ng`iroq qilish va bu haqda ogohlantirish;

    • notanish kishilar bilan pod`ezd, yo`lak va liftlarga kirmaslik:

    • Xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, har bir bola, murakkab holatlarda eng to`g`ri qarorni qabul qilishi va jinoyatchi bilan yuzlashishdan saqlanishi mumkin.

    Bolalarga oddiy qoidalar:

    • begonalar bilan gaplashmang va ularni uyga kiritmang;

    • begonalar bilan lift va yo`lakka kirmang;

    • begonalar mashinasiga o`tirmang;

    • maktabdan so`ng, ayniqsa tungi vaqtda ko`chada yurmang.

    • eshikni ochishdan oldin eshik ortida begonalar bor yo`qligini tekshirish;

    • eshikni ochib, xonadondan chiqishda kalit bilan eshikni berkitish;

    «YO`Q» deyishni o`rganing:

    • Sizga nomunosib harakatlarni sodir qilish taklif qilinsa;

    • Sizga qandaydir ta`qiqlangan narsani ta`tib ko`rishni taklif qilishsa;

    • Sizga hech kimga aytmasdan qayergadir borishni taklif qilishsa;

    • Sizni notanish insonlar mehmonga, kino, sirk va boshqa joyga borishni taklif qilishsa;

    • Sizga notanish kishilar mashinaga o`tirib yo`lni ko`rsatishni so`rashsa..

    Bolalar ko`chaga yakka chiqarishdan oldin quyidagi qoidalarni bilib oling.

    • uzoq va kimsasiz joylarda yurmang;

    • yo`ldan o`tishda albatta piyodalar yo`laklaridan foydalaning va yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qiling;

    • agar kechqurun yolg`iz yurishga to`g`ri kelsa, ishonch bilan qo`rqmasdan yuring, ishonchli bo`lgan ayol yoki keksa odam yonida yuring;

    • biror yerga qanday borishni ko`rsatish yoki olib borib qo`yish haqidagi takliflarga rozi bo`lmang;

    • doimo yaqinlaringni qayerga borishing to`g`risida ogohlantiring va kechki vaqtda ulardan kutib olishni so`rang.

    III.Yakuniy qism:

    Notanish kishilar bilan qanday suhbatlashish mumkinligini klaster usulida ko’ramiz

    Dars yakunida o’quvchilar fikri umumlashtirilib, rag’batlantirish.



    8-mavzu: Til – dil ko‘zgusi

    (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
    I.Kirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.

    Tarbiyaviymashgulotning jihozi:Ona tili haqidagi donolarning so`zlari yozilgan ko`rgazma,devoriy gazeta.

    Ertalikning borishi:



    II.Asosiy qism.

    O`qituvchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar!Bugungi kechamizni “Til-dil ko`zgusi” deb nomladik.O`zbek xalqining milliy tili hisoblangan ona tiliga bag`ishladik.Til millatning ulkan boyligi,bebaho mulkidir.O`zbek tili o`zbek xalqining ma`naviy mulkidir.Hammamizga ma`lumki,1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.

    O`quvchi:

    Men bugun madh etay ona tilimni,

    Ona tilim axir,onamdek buyuk.

    O`zbeklarning tilin,o`zbek tilini,

    Jumlai kalomi biz uchun suyuk.

    O`quvchi:So`z qudrati, til boyligi haqida gap ketganda,beixtiyor hazrat A.Navoiyni eslamaslikning hech ham iloji yo`q.Ul tabarruk zot bitgan minglab ash`orlar borki,

    undagi so`zlar ikki bor takrorlanmasligi kishini hayratga soladi.Navoiyni o`qigan har qanday zot ona tilimizning boyligiga tan beradi.

    O`quvchi:”KELMADI”radifli g`azali

    Kecha kelgumdur debon,ul sarvi gulro` kelmadi,

    Ko`zlarimg`a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

    Lahza-lahza chiqdim-u,chektim yo`lida intizor,

    Keldi jon og`zimga-yu,ul sho`xi badxo` kelmadi.


    O`quvchi:”Tilga hurmat-elga hurmat”,-deydilar.Kimki o`z ona tilini e`zozlamasa, o`z xalqini e`zozlamagan,hurmat qilmagan bo`ladi.Lekin ichimizda shunday kimsalar borki,ular o`z ona tilida to`g`ri gapira olmaydilar,keraksiz so`zlarni qo`shib tilimiz sofligiga putur yetkazadilar.

    Sahna ko`rishi:

    (Ona oldiga qizi kirib keladi.)

    Ona:-Keldingmi,qizim?

    Qiz:-Privet mamochka.Zerikmay o`tiribsizmi?
    Ona:-Ha,o`tiribman.O`rtog`ing Gulnoz qo`ng`iroq qilgan edi.

    Qiz:-Gulechka-ya.Zvanit qilib nima dedi?

    Ona:-O`zi telefon qilar,-deb aytdi.

    Qiz:(Qo`ng`iroq qila boshlaydi.)-Allo,privetik Gulya.Qalaysan.Nastroyenangyaxshimi?...Ha,rahmat…neshtyak…Koneshna…nu koneshna…Gulochka,ertaga nima darslar bor,vtornikda.Iye,yana sochineniyami?Nu xo`p.Dozavtra!

    Ona:-Qizim,hozir qaysi tilda gaplashding?

    Qizi:-Kulturniy tilda gaplashdim,mamochka,kulturniy tilda.Xo`p,men parkka borib kelay,podrugam kutib turgandir.

    (Qiz chiqib ketadi.Ona orqasidan qarab qoladi.)

    O`quvchi:Tilimizni asrang har nedan ortiq

    Yagona zaminni asragansimon.

    Bobolardan qolgan bu noyob tortiq

    Toki avlodlarga yetolsin omon.

    III.Yakuniy qism:

    Raqs:”Lazgi”

    Xandalar:

    O`qituvchi:-Fe`llarda nechta zamon bor?

    O`quvchi:-Fe`llarda uchta zamon bor:o`tgan,hozirgi va kelasi zamon.

    O`qituvchi:-Masalan:”o`g`irlamoq”fe`li o`tgan zamonda qanday bo`ladi?

    O`quvchi:-O`g`irladi.

    O`qituvchi:-Hozirgi zamonda-chi?

    O`quvchi:-O`g`irlayapti.

    Do`stlarning qo`lini mahkam ushlaylik.

    Qo`shiqlar kuylaylik,raqsga tushaylik.
    (Kuy chalinadi.Raqsga tushiladi.)

    O`qituvchi:-Aziz oquvchilar.O`zbek tilining javohir xazinasining benihoya go`zalligi,nafisligi,jozibadorligini ulug` bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy asraganlaridek asraylik,o`rganaylik.Tilimizni bebaho xazinalarini qunt bilan o`rganib,uning qadriga yetaylik.Mustaqil ona yurtimiz bizlardan A.Navoiy,Ibn Sino,Bobur Mirzo,Ulug`beklar-u, Uvaysiy,Zebiniso,Nodirabegim kabi ulug` insonlar yetishib chiqishini kutadi.

    Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantirish.
    9- mavzu:Transport vositalaridagi raqam, ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga transport vositalaridagi raqam, ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    II.Asosiy qism:

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida

    avtomototransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat

    raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti, ro‘yxatdan o‘tkazish

    davlat raqami belgilarida qo‘llanadigan raqamlar va lotin alifbosi

    harflarining namunalari ilova qilingan.

    Yurtimizda avtomototransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan

    o‘tkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti quyidagi

    jadvalda ko‘rsatilgan.

    Hududlarning nomlari Kod nomerlari

    Toshkent shahar 01 dan – 09 gacha

    Toshkent viloyati 10 dan – 19 gacha

    Sirdaryo viloyati 20 dan – 24 gacha

    Jizzax viloyati 25 dan – 29 gacha

    Samarqand viloyati 30 dan – 39 gacha

    Farg‘ona viloyati 40 dan – 49 gacha

    Namangan viloyati 50 dan – 59 gacha

    Andijon viloyati 60 dan – 69 gacha

    Qashqadaryo viloyati 70 dan – 74 gacha

    Surxondaryo viloyati 75 dan – 79 gacha

    Buxoro viloyati 80 dan – 84 gacha

    Navoiy viloyati 85 dan – 89 gacha

    Xorazm viloyati 90 dan – 94 gacha

    Qoraqolpog‘iston Respublikasi 95 dan – 99 gacha

    Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash choralaridan biri tegishli

    transport vositalariga ruxsat etilgan mos taniqlik belgilarining o‘rnatilishidir.

    Bunday belgilarga quyidagilar kiradi:



    «Avtopoyezd» – yuk avtomobillari va g‘ildirakli

    traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama bo‘lganda

    o‘rnatiladigan, shuningdek, tutashtirilgan avtobus va

    trolleybus kabinalari tomining old qismi o‘rtasiga bir qator

    qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda ko‘ndalang

    joylashgan uchta zarg‘aldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan,

    tomonlarning har biri 250 millimetr bo‘lgan sariq rangli uchburchak

    shaklidagi belgi.



    «Turumlangan» (tishli, shipli) – turumlangan shinali

    mexanik transport vositasining orqasiga tomonlari teng,

    ichiga qora rangda «T» harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq

    rangli uchburchak shaklidagi belgi. Uchburchakning

    tomonlari transport vositasining turiga qarab 200–300 millimetrgacha,

    hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi

    kerak.


    «Bolalar guruhini tashish» – avtobus yoki maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida bolalar tashilganda transport vositasining old va

    orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga(1.21 «Bolalar»

    ogohlantiruvchi belgisi) yo‘l belgisidagi bolalar timsolining

    tasviri tushirilgan, sariq rangdagi to‘rtburchak ko‘rinishidagi belgi. To‘rtburchakning tomonlari 250-300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to‘rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak.




    Download 3.26 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




    Download 3.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    , 1.12.2. «Xavfli burilishlar»

    Download 3.26 Mb.