• 12-mavzu: Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya I.Kirish.
  • 13-mavzu: Konstitutsiyamiz –baxtimiz poydevori I.Kirish
  • 14-mavzu: Madhiyam, yangrayver! (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). I.Kirish
  • 15-mavzu: Yo’l harakati qoidalariga oid savol-javoblar I.Kirish
  • -mavzu: Bayrog‘imizni baland tutaylik




    Download 3.26 Mb.
    bet16/27
    Sana23.12.2019
    Hajmi3.26 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
    11-mavzu: Bayrog‘imizni baland tutaylik

    (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi:

    Nilpira, bayrog`im, hilpira mag`rur,

    Ozod, hur xalqimga bag`sh etib surur.

    Birlashgan millatlar koshonasida,

    Hilpira bizlarga bag`sh etib g`urur.



    II.Asosiy qism: Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi mag`lubiyat belgisi deb qabul qilingan.

    Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi.




    Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning

    tug`i- bayrog`i olib yurilgan.


    Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil

    dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad

    O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an`analari bilan bog`liq. Ayni paytda qo`lga

    kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi.

    O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari,

    O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda,

    O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan.

    O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik

    bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.


    III.Yakuniy qism: Topshiriq: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste`dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi)

    Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini yaratadilar.


    O`tilgan mavzu xulosalanib,o`quvchilar rag`batlantiriladi.



    12-mavzu: Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya

    I.Kirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga Konvensiya haqida tushuncha berish.O`z huquqlarini farqlay olish,bir-birlarini hurmat qilishga o`rgatish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid ko`rgazma

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism:

    -O`quvchilarni darsga hozirlash

    II.Asosiy qism:

    “Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyasi BMT tomonidan1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan.1990 yil yuridik kuchga kirdi. O`zbekiston Resbublikasi BHKni 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya (moslashtirish) qilingan.BHKda 2 qism,54 moddadan iborat bo`lib,1-41 moddalar bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.42-54 moddalar esa bola majburiyatlari bayon etilgan.

    BHKsi to`rt ta tamoyil

    1.Yashash huquqi.

    2.Rivojlanish huquqi.

    3.Himoyalanish huquqi.



    4.Ishtirok etish huquqi

    13,23,28,29-moddalar ta`lim olishga oid moddalar hisoblanadi.

    Yurtimizda bolalarga har tomonlama g`amxo`rlik,onalik va bolalikni muhofaza qilish,sog`lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta`minlash masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan.

    Bolalarga g`amxo`rlik, ularning huquqlari va qonuniy man`faatlari himoyasi bilan nafaqat davlat tuzilmalari, balki ko`plab nodavlat notijorat tashkilotlar ham shug`ullanayotganini ta`kidlash o`rinli,deb hisoblaymiz.”Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati,Bolalar jamg`armasi,”Sog`lom avlod uchun”hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro xayriya jamg`armasi,”Sen yolg`iz emassan”respublika bolalar jamg`armasi, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi kabi jamoat tuzilmalari shular jumlasidandir.



    III.Yakuniy qism:

    a)Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

    b)”Charxpalak”metodi bo`yicha “Hamma hammaga o`rgatadi.”mashqi o`tkaziladi.

    O`quvchilar guruhlarga bo`linib,har bir guruhga BHK dan topshiriqli kartochkalar beriladi.Ular o`z fikrlarini yozadilar.Ma`lum vaqtdan so`ng, guruhlar ketma-ket tarzda qog`oz almashadilar.Shu tarzda oz fursat ichida bir nechta topshiriqlarni bajaradilar.

    O`quvchilar fikrlari xulosalanib,faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

    13-mavzu: Konstitutsiyamiz –baxtimiz poydevori

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga Konstitutsiya haqida batavsil ma`lumot berish. Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulot jihozi:Mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash

    Ma`naviyat daqiqasi:

    Qomusimni bugun bilmoq istadim,

    Har moddasin dilga solmoq istadim.

    Qomus-erur qonunlarning to`plami,

    Qonunlarni dildan tuymoq istadim.



    II.Asosiy qism

    O`zbekiston xalqining istiqlolga erishganlik baxti uning mustaqillik qomusi bo`lmish Konstitutsiyada mustahkamlangan.Kostitutsiya dunyo siyosiy xaritasida yangi demokratik davlat-O`zbekiston Respublikasi paydo bo`lganligini tasdiqladi.Konstitutsiya xalqning o`zini o`zi boshqarish,erkinlik va ijtimoiy adolat,insonparvar davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish to`g`risidagi orzusini ifodalagan.Konstitutsiyada mustaqil mamlakatimizning mazmun-mohiyati,uning siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy va huquqiy tizimining demokratik tabiati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari qat`iy belgilab qo`yilgan.Konstitutsiya bu istiqbol va mustaqil O`zbekiston ramzidir.1992-yil 8-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan mamlakatimizning Asosiy qonuni bir ovozdan qabul qilindi.

    Konstitutsiyamiz muqaddima ,olti bo`lim,26 bob va 128 moddadan iborat.Uning birinchi bo`limida 4ta asosiy prinsip bayon etilgan.Bular-davlat suvereniteti,xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat prinsiplaridir.

    III.Yakuniy qism

    Aqliy hujum.Savol-javob o`tkaziladi.

    -Konstitutsiya so`zi qanday ma`noni bildiradi?

    -Konstitutsiya qachon va qaysi sessiyada qabul qilingan?

    -Konstitutsiya tuzilishi aytib bering.

    Tarmoqlash orqali Konstitutsiya bo`limlarini ko;rsating



    Mavzu xulosalanib, o`quvchilar rag`batlantiriladi

    14-mavzu: Madhiyam, yangrayver!

    (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi, tarqatma materiallar.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash Ma`naviyat daqiqasi : “Men madhiya matni muallifi bo`lsam-da, Madhiya qoshida oddiy fuqarolardan biri bo`lib bosh egaman va bo`ysunaman”.



    O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov.

    II.Asosiy qism:


    O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.Shoir Abdulla Oripov va Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.


    O`zbekiston Respublikasi Madhiyasida o`lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag`ri kengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butundunyoni lol qilgan buyuk ma`naviyatimiz madh etilgan.

    Dunyoda bor turli ma`lumot,

    Samolarda izlardi hayot.

    Ming taxminu, ming bir gumonlar,

    Berolmasdi biror ma`lumot.

    Ne donolar quyoshga shoshdi,

    Yulduzlarchi insondan qochdi.

    Galileydan oldin Ulug`bek,

    Falakiyot sirini ochdi.

    Shundan tiniq, toza osmanim,

    Ona yurtim – O`zbekistonim.

    Komil Sindarov III.Yakuniy qism:

    Topshiriq: “Davlatimiz madhiyasini izohlab berish ”

    “SWOT”texnologiyasi

    S-Kuchli tomoni:O`quvchilarni davlatimiz madhiyasini hurmat qilishga undash.

    W-Kuchsiz tomoni:Haddan tashqari ko`p ijro ,behurmatlikka olib keladi.

    O-Imkoniyat:Tadbir, dars va boshqa yig`ilishlarda foydalanish.

    T-Tahdid:Layoqatsizlik,beparvolik

    Mavzu xulosalanib,o`quvchilarni rag`batlantirish

    15-mavzu: Yo’l harakati qoidalariga oid savol-javoblar

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarga Yo’l harakati qoidalariga oid savol-javoblari haqida tushuncha berish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    II.Asosiy qism:

    Mаmlаkаtimizdа аvtоmоbil vа bоshqа trаnspоrt vоsitаlаrini ishlаb chiqаrish yildаn-yilgа rivоjlаnib bоrmоqdа.

    O’zbеkistоndаgi «UZ DEAWOO Avto», «SamCo’chAvto» zаvоdlаridа turli хildаgi yеngil vа yuk аvtоmоbillаri ishlаb chiqаrilmоqdа.

    Yo’llаrdа trаnspоrt vоsitаlаri qаtnоvi hаm оrtib bоrmоqdа.

    Dunyoning bаrchа mаmlаkаtlаridа yo’llаrdа hаrаkаtlаnish хаvfsizligini tа’minlаsh uchun yo’l hаrаkаti qоidаlаri аmаlgа kiritilgаn.

    O’zbеkistоn Rеspublikаsi hududidа hаrаkаtlаnish хаvfsizligini tа’minlаsh, yo’l-trаnspоrt hоdisаlаrining оldini оlish vа bu bоrаdа yagоnа dаvlаt siyosаtini yuritish, yo’l hаrаkаti qоidаlаrini хаlqаrо «Yo’l hаrаkаti hаqidа»gi Kоnvеnsiya tаlаblаrigа muvоfiqlаshtirish mаqsаdidа hаmdа «Yo’l hаrаkаti хаvfsizligi to’g’risidа»gi O’zbеkistоn Rеspublikаsi Qоnunining 5-mоddаsigа аsоsаn Vаzirlаr Mаhkаmаsi 2000 yil 11 dеkаbrdаgi 472-sоnli Qаrоri bilаn yo’l hаrаkаti qоidаlаrini tаsdiqlаdi.

    Yo’l hаrаkаti qоidаlаri 2001 yil 1 mаrtdаn e’tibоrаn аmаlgа kiritildi.

    Yo’l hаrаkаti qоidаlаrini o’rgаtish mаshg’ulоtlаrining rеjа vа dаsturlаri mаzkur yo’l hаrаkаti qоidаlаrigа аsоsаn tuzildi.




    Download 3.26 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




    Download 3.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Bayrog‘imizni baland tutaylik

    Download 3.26 Mb.