• 23-mavzu: Oila - muqaddas dargoh. I.Kirish
  • 24-mavzu: Onalar, sizni qutlaymiz! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). I.Kirish.
  • 25-mavzu: Sog‘ tanda-sog‘ lom aql. I.Kirish
  • II.Asosiy qism .
  • MODELLASHTIRILGAN SXEMA TAHLILI (
  • SOG`LOMLASHTIRISH O`SIMLIKLAR Muattar hidlar mahsulotlari
  • III.Yakuniy qism .
  • 26-mavzu: Milliy an’analarimiz faxrimizdir (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). I.Kirish
  • 27-mavzu: Ta’magirlik - yomon illat I.Kirish
  • Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi




    Download 3.26 Mb.
    bet20/27
    Sana23.12.2019
    Hajmi3.26 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27

    Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi – qoidalarning 5.2 bandi

    talablariga muvofiq yo‘lda bir yo‘nalishda birgalikda harakatlanayotgan

    odamlar guruhi.

    5.2. Piyodаlаrning tаshkiliy jаmlаnmаsigа bir qаtоrdа 4 kishidаn оrtiq bo’lmаsdаn yo’lning qаtnоv qismidа fаqаt trаnspоrt vоsitаlаrining hаrаkаt yo’nаlishi bo’ylаb o’ng tоmоndаn yurishgа ruхsаt etilаdi.



    Jаmlаnmаning оldidа vа оrqаsidа chаp tоmоndаn qizil bаyrоqchа, qоrоng’i vаqtdа yoki yеtаrlichа ko’rinmаslik shаrоitidа esа оldindа оq, оrqаdа qizil rаngli chirоq ko’tаrgаn kuzаtuvchilаr bo’lishi kеrаk.

    Bоlаlаr guruhini trоtuаrlаr vа piyodаlаr yo’lkаlаridаnginа, ulаr bo’lmаgаndа esа yo’l yoqаsidаn fаqаt kunduzi vа kаttа yoshdаgilаr kuzаtuvidа оlib yurishlаrigа ruхsаt etilаdi.


    23-mavzu: Oila - muqaddas dargoh.

    I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni oila va oila a`zolarini hurmat qilishga o`rgatish , insoniylik fazilatlarini tarbiyalash.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    Ma`naviyat daqiqasi



    II.Asosiy qism:
    Rivoyat

    Sherning oilasida uch nafar shervachcha dunyoga keldi.Ularning hali ko`zlari ochilmagan, shuning uchun ona sherning bag`ridan hech qayoqqa jilishmas,talashib-tortishib sut emishar edi.Oradan kunlar o`tib,sher bolalari ancha katta bo`lib qolishdi. Ular bir-birlari bilan kurash tushishar va vaqti- vaqti bilan ona sherning oldiga borib,sutga to`yib kelishar edi.Ularning o`sishini chetdan kuzatayotgan ota endi bolalarini ov qilishga o`rgatish payti kelganini tushundi va sekin irillab bolalarini chaqirdi. Lekin shervachchalar ota chaqirig`iga e`tibor ham berishmadi, avvalgidek o`yinlarini davom ettirib, yana talashib-tortishib onalarini ema boshladilar.Buni ko`rgan sherning jahli chiqib, qattiq na`ra tortdi. Uning ovozi hamma yoqni larzaga soldi, barcha jonivorlar tum-taraqay qochib ketishdi. Sher bolalari ham dahshatdan joylarida qotib qolishdi.Otalarining bunday vajohatini ular hech ko`rishmagan edi.Mag`rur turgan sherga ular ham qo`rquv, ham g`urur bilan qarashdi va shu paytda kimning naslidan ekanlarini ,hamda ulardan nima talab qilinayotganini birdan tushunishdi.Ona sher ularga xotirjam qarab turar edi.



    III.Yakuniy qism:

    Qissadan hissa shuki tarbiya oiladan boshlanadi.Oilada otaning o`rni alohida.uning qattiqqo`lligi esa farzandlari uchun foydalidir.

    Oila tuyg`usi har bir insonning qon-qoniga tabiatan singdirilgan bo`ladi.

    Oilaning fayzli, farovon bo`lishi esa, albatta unda yashaydigan kishilar-oila a`zolariga bog`liq.Ular o`zaro hamjihat bo`lib yashasa, bir maqsadni ko`zlasa, bu xonadon obod bo`ladi.Tejamkorlik, mehnatning to`g`ri taqsimlanishi, shukronalik bilan yashash oilaga qut-baraka keltiradi.

    O`zbekistonda oilaga e`tibor katta, uning farovonligi haqida qayg`urish ustivor vazifaga aylangan.Kam ta`minlangan oilalarga berilayotgan katta ahamiyat ham g`amxo`rlikning bir ko`rinishidir.

    Oila mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkazish.

    Galereo”metodi

    O`quvchilar guruhlarga bo`linib,”oila”mavzusi bo`yicha rasm ishlanadi.Guruhlar o`z ishlarini devorlarga osib qo`yishadi.Bitta guruh a`zolari qolib, boshqa guruh a`zolari ishlarini ko`rib, o`z fikrlarini bildirishadi.

    Oila haqida maqol yoki hikmatli so`z topish

    Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.




    24-mavzu: Onalar, sizni qutlaymiz!

    (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

    I.Kirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoiry gazeta.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi:Onalarmiz biz uchun dunyodagi eng aziz, eng yaqin kishilarimizdir.Ular bizga hayot bag`ishlagan,bir parcha etdan bugungi kamolimizgacha yekazgan zahmatkash va fidoiy kishilardir.Ushbu 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kunida birinchi navbatda biz o`z onalarimizni chin dilimizdan tabriklashimiz kerak.Ularga munosib farzand bo`lib yetishishga harakat qilishmiz lozim.

    1-boshlovchi:

    Barno qizlar, oy qizlar,

    Yuzlari shirmoy qizlar,

    Qalbim qo`shig`i sizga,

    Go`zallikka boy qizlar,

    Bayramingiz muborak,

    Ayyomingiz muborak!

    2-boshlovchi:

    Siz- singlimu opamsiz

    Siz-bo`lajak onasiz!

    Yorug` jahon mevasi

    Farzand uchun yonasiz!

    Bayramingiz muborak,

    Ayyomingiz muborak!


    1-boshlovchi:Assalomu,alaykum,hurmatli mehmonlaru mezbonlar!Muhtarama onajanlar,munis opa-singillar!Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart Butun dunyo xotin qizlar-Mehr-muhabbat va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

    2-boshlovchi:Ayol-Alloh taolo yaratgan tabiatning eng buyuk mo`jizasi.Tabiat aziz ayollarimizga munislik va mushfiqlikni,ezgulik va nafosatni abadiy fazilat qilib bergan.Har bir inson ko`nglini munavvar qilguvchi,oilaga,balki butun jamiyatga ahillik,totuvlik,mehr-oqibat bag`ishlaguvchi ham ayoldir.

    1-boshlovchi:Xonadonlarimiz ko`rki ,yurtimiz bekasi bo`lmish ayol zotidan avlodlar silsilasini davom ettirayotgan, hayotimizning go`zalligi va osoyishtaligi ko`z qorachig`idek saqlab kelayotgan onalarimiz, - opa singillarimizdan umrbod qarzdormiz .

    1-boshlovchi:

    Tog`lar sendan o`rganar,

    Duoingdan el ko`karar ,

    Qarg`ishing yorar toshni

    Millatning jon tomiri

    SenVatanga timsolsan,

    Yurtning o`chmas chirog`i

    Momo Havo ayolsan

    2-boshlovchi:

    Odam Ato nasliga

    Yaratgandan iqbolsan

    Bu beor dunyoda

    Halovatli xayolsan

    Belanchak quchganingda

    Hur farishta misolsan.

    Go`zallik ko`zgusida

    Charaqlagan xilolsan.

    1-boshlovchi;Keling shu she`rlar qatorini sinfdoshlarimiz bilan davom ettiramiz!

    2-boshlovchi:Navbat munis ayollar haqidagi she`rlarga!

    Ey ulug` zot ta`rifingga

    So`z topolmay tilim lol.

    Qarashlaring-jonga orom

    Borlig`imsan,sen-iqbol!

    Qalbing to`la mehr qo`ri-

    Oftob bo`lib boqasan.

    Mangu uyg`oq daryolarda

    To`lib-toshib o`qasan

    Sen hayotda joriy ramzi,

    Jilva qilgan gul ramzi,

    Shoirlar ham bulbul bo`lib

    Bag`ishlaydi o`z nazmin!

    Ayol-ona qarshisida

    Aylaylik ta`zim bajo!

    Panohingda o`zing asra-

    Olloh !Senga iltijo!

    1-boshlovchi:O`zbek ayollari dunyodagi eng chidamli, aqlli ,andishali ,hayoli-iboli ayollaridir!

    2-boshlovchi:Bunga shubha qilganlarni sinfimiz qizlari tomonidan tayyorlagan hazilomuz chiqishni ko`rishga taklif qilamiz!Marhamat!

    Sinf qizlari ijrosida qo`shiq: Ona

    III.Yakuniy qism:

    1-boshlovchi:Vaqt-oliy hakam.Bizning tadbirimizga ajratilgan vaqt ham o`z nihoyasiga yetib bormoqda.

    2- boshlovchi:Aziz ayollar, opa-singillar,barchangizni yana bir bor bayramingiz bilan mubarakbod etamiz,hayotingizni baxt,ishlaringizni omad,yuzingizni samimiy tabassum,ko`zingizni mehr nuri,qalbingizni muhabbat sururi,taningizni sog`liq,atrofingizni sizni tushuna oladigan insonlar tark etmasin!

    1-boshlovchi:Tadbirimizda ishtirok etgan,uni tashkillashtirgan va tomosha qilgan barchaga o`z minnatdorchiligimizni bildirib o`tamiz!

    2-boshlovchi:Kelasi tadbirlarda uchrashguncha,sog` va salomat bo`ling!
    25-mavzu: Sog‘ tanda-sog‘lom aql.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o’quvchilar ongiga sog’lom turmush tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Odam tanasi a`zolari va chiniqishga oid foto va illyustratsiyalar, plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg`ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan o`quvchilarni tanishtirish.

    II.Asosiy qism. O`quvchilar faolligini oshirish maqsadida “Nima uchun?” metodidan foydalaniladi. sinfga umumiy savol beriladi.
    Nima uchun ?



    Insonning tana a'zosi - bosh miya faoliyatida ma'lumotlar saqlanadi va kundanlik hayotda undan foydalanish imkoniyatini beradi.





    Sog` tanda sog`lom aql

    Inson tanasi sog`lom bo`lsa, sog`lom fikrlaydi

    O`qituvchi o`quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar beradi hamda ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi.

    Inson organizmi atrof-muhit bilan doimiy va chambarchas bog`liqlikda bo`ladi. Unga havo haroratining, namlikning, shamol tezligining keskin o`zgarishi o`zining ta`sirini ko`rsatadi. Inson organizmini maxsus tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta`sirlariga, hattoki infeksion kasalliklar kabilarga nisbatan chidamliligini oshirish mumkin.Bular chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga oshiriladi.

    Chiniqish – bu organizmni kasalliklarga qarshilik ko`rsata olishi uchun jismoniy turg`unlikni o`zlashtirishiga aytiladi. Kasalliklardan tabiiy omillar yordamida forig` bo`lish organizmni sog`lomlashtirish deyiladi.

    MODELLASHTIRILGAN SXEMA TAHLILI

    (rasmlari bilan)




    QUYOSH



    SUV




    HAVO



    TABIIY OMILLAR




    SOG`LOMLASHTIRISH




    O`SIMLIKLAR



    Muattar hidlar mahsulotlari


    Oziq ovqat





    Shifobaxsh o`tlar

    Quyosh vannalari inson organizmini turli kasalliklardan himoya qilish bilan birga uni davolaydi.Quyosh vannalarini qabul qilish jarayonida oddiy qoidalarga rioya qilish lozim.Oftobda toblanishni 3-4 daqiqa davomida daraxtlarning soyasida 10 daqiqa tanaffus bilan olishni boshlang. Quyoshda bo`lish vaqtiga har kun 2-3 daqiqadan qo`shib boring. Quyoshda bir necha daqiqa va soyada bir necha daqiqa bo`lishni ketma-ket almashtirib borish juda ham foydali. Ertalabki va kechki paytlarda, quyosh nurlariga vaqti-vaqti bilan orqa, ko`krak yoki yonbosh tarafni qo`ygan holda toblanish kerak. quyoshga chiqayotganda boshingizga bosh kiyim: shapka, kepka, panama kiyish yoki ro`mol o`rashni yodingizdan chiqarmang. Ba`zi bolalarda quyosh nurlarini yomon qabul qilish hollari ham uchraydi, ular oftobda toblanayotganlarida yanada ehtiyot bo`lishlari kerak. Agar shifokorlar oftobda toblanishni umuman ta`qiqlagan bo`lsalar, u holda xafa bo`lib, umidsizlanmaslik kerak. Iliq bulutli ob-havoda havo vannasini qabul qilish mumkin.



    Musaffo havo.Musaffo, toza havo – barcha bolalar uchun foydali. Havo vannalarini quyosh va soyada olish mumkin. Havo vannalarini qabul qilayotganda ko`proq harakatda bo`lishga harakat qiling.

    Shamoldan himoyalangan joylarda havo vannalarini qabul qilish maqsadga muvofiq.Uni qabul qilishni yoz faslida boshlagan yaxshi. Birinchi vanna +16°,+18° haroratda, 2-4 daqiqa davom etishi kerak, keyinchalik esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar harorat +20° bo`lsa – qabul qilish vaqtini ikki barobar ko`paytirish kerak. Kunduzgi uyquni toza havoda oynalari ochiq xonada, ayvon yoki shiyponda tashkillashtirish mumkin.

    Tayyorlangan joyda yelvizak bo`lishiga imkon yaratish juda ham yaxshi, lekin o`zingiz yelvizakda qolishingiz kerak emas. Havoning tozaligini muntazam kuzatib borish, tungi uyqudan oldin xonani shamollatish maqsadga muvofiq.

    Suv bilan chiniqish.Suvning asosiy sog`lomlashtirish xususiyati: organizmda mavjud bo`lgan moddalar almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va kasallik qo`zg`atuvchi mikroblardan tozalaydi (cho`miliganda, vanna qabul qilganda).

    III.Yakuniy qism.O`quvchilarga mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollarni “Kim topqir” o`yini orqali berish mumkin.
    Nima uchun sog`lom bo`lish kerak?





    Sog`lom bo`lish uchun nima qilish kerak?





    Sog`lom o`quvchi qanday o`qiydi?

    керак?


    O`qituvchi berilgan savollar javoblarini umumlashtiradi. O`quvchilarga doimo tana a`zolarini sog`lom bo`lishini ta`minlash uchun kun tartibiga rioya qilish, vaqtida ovqatlanish va sport bilan shug`ullanish lozimligini ta`kidlab, mashg`ulotni yakunlaydi.



    Sport bilan shug`ullaning.




    Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


    26-mavzu: Milliy an’analarimiz faxrimizdir

    (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

    I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.

    Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:

    Tashkiliy qism

    -Salom senga, navro`zi olam,

    Salom senga, bahor ayyomi.

    Senga olqish, senga sharaf-shon,

    Yasha gullar, nahor bayrami.



    II.Asosiy qism: 1-boshlovchi:-Assalomu alaykum,qadrli bayram qatnashchilari,hurmatli mehmonlar! Mana,bugun diyorimizda bayram. Bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Yoshu qari bu shodiyonalarning birdek ishtirokchisi . Chunki Navro`z –yangi kun ,yasharish ,yangilanish fasli ,Yangi yil boshi.

    Azaldan xalqimiz uchun suyukli bo`lgan ayyomdir .

    2-boshlovchi:-Navro`z necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy bayramidir .Eng go`zal odatlar , insoniy qadiriyatlar bu ayyomda o`zini namoyon etadi.Kishilar bir-birbirlariga shirinso`z bo`ladilar,ginalar unitiladi,bemorlardan eng avval ko`ngil so`raladi.Ular bayram taomlari bilan siyladi.Ezgulik,qadr-qimmat,mehr-muruvvat,oqibatu saxovat ana shu qutlug` kunda o`zini butun bo`y bastini namoyon etadi.

    2-boshlovchi:-Bahor kelishi bilan chor-atrofni qushlarning yoqumli ovozi tutib ketadi,ularning sayrashlari kishiga xush kayfiyat bag`ishlaydi.Bayramimizga uzoq janub o`lkalaridan qaytgan qushlar ham mehmon bo`lib kelishibdi.Ularni davramizga taklif etamiz.

    O`quvchilar (qushlarni chorlaydi):

    -Bahor keldi elimizga

    Quvonch to`ldi dilimizga

    Keling-qushlar,

    Uching qushlar.

    Bizlar do`stmiz doim sizga.

    1-boshlovchi:

    Bolajonlar boshlaylik,

    Yalla, navo-nazmini,

    Savol-javob, topishmoq,

    Topag`onlar bazmini.

    -Yashar ko`k maysa,Eh, qanday maza!

    O`rikda gullar bu qaysi fasl.?

    Bolalar:-Topdik,bu go`zal Navro`z-gul fasli.

    2-boshlovchi:

    Ko`klam kelsa unadi,Oftob chiqsa kuladi.

    U bahorning elchisi, Buni hamma biladi.

    Bolalar:-Uning nomi boychechak, ko`klamdagi ilk chechak.

    2-boshlovchi:

    O`zi qizil ,go`zal biram,

    Qirda yozar alvon gilam.

    Bolalar:Budir lolaqizg`aldoq,ko`zing quvnar ko`rgan choq.

    1-boshlovchi:

    -Qozonsiz qaynar erta-kech,

    Suvida qo`ling kuymaydi hech.

    Bolalar:-Bu buloqdir bilamiz,

    Ichib mazza qilamiz.

    III.Yakuniy qism:

    1-boshlovchi:-O`lkamizda Navro`z shodiyonalari davom etmoqda.Saylgohlarda o`yin-kulgu,kuy-qo`shiq avjida.Navro`z tinchlik-omonlik,rizq-ro`z va qut-baraka olib kelsin,deya duo qilishmoqda nuroniy keksalarimiz.Bz ham ularning pok niyatlari ijobat bo`lishini dildan tilaymiz.

    2-boshlovchi:Mana,azizlar”Navro`z” bayramiga bag`ishlangan bugungi ertaligimiz ham nihoyalab bormoqda.Har kuningiz bayram bo`lsin.Bayram tantanalaringiz dilingizga ko`chsin.

    27-mavzu: Ta’magirlik - yomon illat

    I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O’quvchilarga halollik - inson ziynati ekanligi, ta’magirlik esa insonni yomon yo’lga boshlab, odamlar nafratiga duchor qilishini singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.

    Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:

    Tashkiliy qism

    O’qituvchi:

    II.Asosiy qism:

    TAMAGIRLIK VA TEKINXO'RLIK – ofatdir. Bejizga bobolarimiz bu haqda shunday deyishmagan.


    Ta’ma aylar kishini xoru - zalil,

    Xorlik kelgach, g'amgin bo'ladi ko'ngil.

    
 M. Bobir. 


    Ta’ma gulgun yuzni qilur za'faron,

    
Ta’ma boshin kesgan bo'lsang mard inson. 


    Nosir Xisrov.



    Ta’magirlik bu juda ham yomon illat hisoblanadi.Ta’magirlik bu biror kishiga xolis xizmat qilmasdan biron narsani ko’zlab yordam berishga aytiladi. Inson tamagirlik qilsa bunga o’rganib qoladi. Biror bir foydasi bo’lmasa yordamga muhtoj bo’lgan insonga qo’lidan kelsa ham yordam qo’lini cho’zmaydi. Inson doimo halol yo’l bilan yashash kerak. Halol yo’l bilan topilgan boylik baxt keltiradi. Ta’magirlik bilan topilgan boylik halokatga olib keladi.Bu dunyoda hamma komil inson bo’lishga intiladi. Komillik yaxshi fazilatlar orqali yuksaklikka yetadi. Shuning uchun doimo hammaga yaxshilik qilishdan charchamang. Bu dunyoda odamdan yaxshi nom qoladi. Siz ham yaxshi nom qoldirishga harakat qilishingiz lozim.

    III.Yakuniy qism:


    Download 3.26 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




    Download 3.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi

    Download 3.26 Mb.