• 17-mavzu
  • II.Asosiy qism: O`qituvchi
  • 18-mavzu:Mening mahallam I.Kirish
  • 19-mavzu:Yaxshi tarbiya – inson ziynati
  • 20-mavzu: Bobolarimiz deydilar… (
  • 21-mavzu: “Dono bobolar o’gitlari”(xalq maqollari va matallari haqida)
  • Tushuntirish xati




    Download 2.06 Mb.
    bet8/10
    Sana23.12.2019
    Hajmi2.06 Mb.
    #4633
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    16-mavzu: Yangi yil(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning yangi yil bayrami haqidagi bilimlarini kengaytirish.O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,yasatilgan archa,qorbobo,qorg`iz maketlari(sinfdagi o`quvchilardan birini qorbobo va qorg`iz qilib tayyorlash ham mumkin )

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    Ma`naviyat daqiqasi:

    Archa – archa,jon archa,

    Yaproqlaring ninacha.

    Atrofingga yig`ilib

    Qo`shiq aytadi barcha.

    Salom senga,ko`k archa,

    Qishin-yozin yashnaysan.

    Yaproqlaring ninacha,

    Yasangansan,go`zalsan.

    -Xush bolajonlar,ayting-chi qaysi bayramda biz yasangan,chiroyli archani ko`rishimiz mumkin?

    -Yangi yil bayramida.

    -Barakalla!Qaysi faslda “Yangi yil” bayrami nishonlanadi?

    -Qish faslida.

    -Yangi yilda kimlar mehmon bo`lib kelishadi?

    -Qorbobo va Qorqiz?

    -Siz bu bayramni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?

    -Ha,juda ham yaxshi ko`ramiz.(… … … .)

    -Tasanno!

    II.Asosiy qism:

    -Endi bolajonlar men sizlarga dunyoda bolalar bu bayramni qanday kutib olishlari haqida qiziqarli ma`lumotlar aytib bermoqchiman.Diqqat bilan tinglang.

    Yer yuzidagi barcha bolajonlar xuddi siz kabi Yangi yil bayramini birdek yaxshi ko`rishadi. Bayram davlatlarning urf-odatlaridan kelib chiqqan holda turlicha nishonlanadi.

    Sharq xalqlari bu bayramni bahor oyida nishonlashadi.

    Dekabr polyak bolalari uchun ham bayramlarga boy hisoblanadi. Shu kuni onalar bolalari uchun dasturxonga 12 xil taom pishiradilar.Bu – yil,o`n ikki oy shu uyda to`kin-sochinlik bo`lsin degani.

    Germaniyada esa kichkintoylar oyoq kiyimlarini eshik oldiga qo`yib,o`zlari o`rinlari tomon uxlagani ketishadi.Ertalab uyqudan uyg`ongan bolalarning oyoq kiyimlariga Qorbobo sirli sovg`alarni solib ketadi.Buning uchun bolalar orzularidagi sovg`ani qog`ozga yozib,pechka oldiga qo`yishadi.Bu mamlakatda bayram kuni mo`ri tozalovchini ko`rgan kishilar chinakamiga baxtli hisoblanishadi.Mo`ri tozalovchiga tegib ketib,ust-boshlarini kir qilgudek bo`lsalar,yangi yil ularga yil davomida baxt olib kelar ekan.

    Biz ham ushbu bayramga o`zgacha tayyorgarlik ko`ramiz. Yil davomida qilgan ishlarimizga yakun yasab,Yangi yilni yangi orzular va yangi rejalar bilan kutib olish xalqimiz uchun odat tusiga aylangan.Yangi yilning boshida beriladigan ta`tilni aytmaysizmi?Ayni muddao.Barcha bolalar ushbu kunlari archa bayramiga boradilar.Yasatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz,ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalarda qatnashadilar.

    III.Yakuniy qism.

    “O`rgimchak to`ri” texnologiyasi orqali o`quvchilar bilimini takshirish.

    Sinf o`quvchilari ikki guruhga ajratiladi. O`g`il bolalarni-”Qorbobo” guruhi

    Qiz bolalarni- “Qorqiz” guruhi deb nomlash mumkin.

    -Qish fasliga qaysi oylar kiradi?

    -Qish fasliga dekabr,yanvar,fevral oylari kiradi.

    -Bu mavsumda o`lkamizda qanday bayramlar keng nishonlanadi?

    -“Konstitutsiya kuni”,”Yangi yil”,”Vatan himoyachilari kuni”bayramlari keng nishonlanadi.

    -Bolalar qishki ta`tilga chiqadilar.

    -Qish faslida tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?

    -Kunlar sovuq,izg`irin bo`ladi,qahraton ayoz,qor yog`adi,suvlar muzlaydi,yer sirpanchiq bo`ladi,quyosh isitmaydi,havo ba`zan ochiq bo`ladi va boshqalar.

    O`quvchilarning qish,qishki ob-havo,bolalarning qishki o`yinlar borasidagi savollarga “Tarmoqlash” texnologiyasi asosida javob beradilar.A-4 format qog`ozlari tarqatiladi.




    2.Nima uchun “Yangi yil”bayramini ayniqsa bolalar katta quvonch bilan kutib olishadi?

    -Endi siz bilan “Archa bezash ” o`yinini o`ynaymiz.

    Fikrlaringizni mehnat darsida yasagan archa o`yinchoqlaringizga yozib,mana bu archa daraxti shoxlarini yasatasiz.

    O`quvchilar nima uchun bu bayramni yoqtirishlarini qog`ozli archa o`yinchoqlariga yozishadi va archa daraxti shoxlariga izohlab osishadi.



    1-archani“Qorqiz” guruhi: (yozib yasatishadi) Qorbobo va Qorg`iz kelishadi,sovg`alar ulashishadi,qiziqarli bayram tadbirlari bo`lib o`tadi,archa yasatiladi va boshqalar.

    2-archani“Qorbobo”guruhi qopchadagi o`yinchoqlardan birini olib topishmoqlarni o`qishadi,javobini topishgach,archa shoxiga ilishadi.Topolmaganlar joylariga borib o`tirishadi.

    Topishmoqlar.

    -O`tda yonmaydi,

    Suvda cho`kmaydi.

    -Barmog`i bor,tirnog`i yo`q.

    -Sudrasang yuradi,sudramasang turadi.

    -Ayoz bobo novvot soldi,

    Olgan edim,qo`lim qotdi.

    -Oppoq sochli boshlari,

    Daryo bo`lar yoshlari.

    Mana archamiz ham tayyor bo`ldi.Endi archa atrofida quvnab-o`naymiz.

    O`quvchilar musiqa darslarida o`rgangan qo`shiqlarini kuylashadi,yangi yilga atalgan she`rlarini aytishadi,raqsga tushishadi.



    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
    17-mavzu: Vatan posbonlari (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini qaror toptirish.Ajdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi: Vatan – muqaddas dargoh.Uning har bir qarichi biz uchun azizdir.Shu yurtda tug`ilib,o`sib,shu yurtda kamol topgan zot borki,umr bo`yi unga nisbatan buyuk muhabbat bilan yashaydi. Bu jannatmakon diyorda ne-ne ulug` zotlar o`tmagan.Ularning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissalari ham dunyoga mashhur.

    Biz Mirzo Ulug`bek,Xorazmiy,Beruniy,Ibn Sino,Alisher Navoiy,Mirzo Bobur kabi bobolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

    -“Tinch elning bog`i gullar”,deydi donishmandlarimiz.Shukrona aytamiz: Vatanimiz – tinch, yurtimiz – obod.Osoyishtalik tufayli kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz jahonga yuz tutmoqda.Dunyo ahli bugun O`zbekistonga,shu zaminda yashovchilarga havas bilan qarashadi.

    -Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarga,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.

    -O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir

    III.Yakuniy qism.

    O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman.

    “Askar” She`r yodlatiladi.

    Kelajakda askar bo`lamiz,

    Qo`riqlaymiz ona Vatanni

    Sarhadlarda sergak turamiz,

    Asrab shu yurt,bog`-u chamanni.
    Sarkardalar avlodidanmiz,

    Sharaflarga,shonlarga loyiq.

    Temur bobom,Jaloliddindek,

    Qalbda Vatan mehri har nedan ortiq.


    Habib Rahmatning “Botir askarcha” she`ridagi ota va o`g`il dialogini aytish mumkin.

    Dadajon,askar akam

    Qadam tashlar gurs,gurs,gurs.

    Vatanimga,xalqimga

    Sodiqman,deb bergan so`z.

    -Shundaymi?

    -Shunday!
    -Men ularning ukasi,

    Qanday bo`lishim kerak?

    Vatan ishiga tayyor

    Bo`lib turishim kerak.

    -Shundaymi?

    -Shunday!

    Vatanimni,xalqimni

    Ko`z qoramdek saqlayman,

    Askar akamga o`xshab

    El ishonchin oqlayman.

    -Shundaymi?

    -Shunday!

    Ofarin,ota o`g`il,

    Tilginangga bol,shakar.

    Sen ham bir kun ulg`ayib,

    Bo`lasan botir askar.

    Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli gaplani qo`yib to`ldirish.

    -Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz)

    -Vataning tinch- ________________________(sen tinch)

    -Tinchlik bilan el ko`karar,_____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.)

    -Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.)

    -El qudrati – chin qudrat,_____________________(Vatan tuprog`i qimmat.)

    -Yurt qo`risang o`sarsan,_____________________(Qo`rimasang to`zarsan.)



    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.

    18-mavzu:Mening mahallam

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Xalqimizga xos fazilat. “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona”, “Qo’shning tinch, sen tinch”, Mening mahallamda yashash yaxshi kabi tushunchalarni singdirish

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    1.Ko`rgazmalilik asosida o`qituvchining mavzu bo`yicha ma`lumoti.



    Bizning mahalla katta va chiroyli. Mahallamizda o’rik, olma, shaftoli, nok, gilos va behi daraxtlari o’sadi. Mahallamiz bolalari bu ko’chatlarni parvarish qiladilar. Ularga suv qo’yadilar, tagini yumshatadilar. Mahallamiz kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Bunga sabab mahallamiz ahlining ahil-inoqligidir.
    2. Rasmlar asosida guruhlarda ishlash

    3.O`qituvchining darsni xulosalash.

    1) Mahalla qanday maskan?

    2).Sizning mahallangiz chiroylimi?

    3) Sizning mahallangizda kimlar yashaydi?

    4)Qo’shnilaringiz qanday odamlar?

    5)Qo’shnilar bilan ahilmisiz?

    6)Mahallangizda qanday do’konlar bor?

    III.Yakuniy qism.

    Guruhlarda kichik savollar asosida ishlash

    1) O’z mahallangiz haqida gapirganda nimalarni xis qilasiz?

    2) Vatan nima?

    3). Mahalla- kichik Vatan deganda nimani tushunasiz?

    4) Siz o’z mahallangizga bo’lgan hurmatingizni qanday ifodalaysiz?

    5) Sizning oilangiz ahil oila-mi?

    6) Oilangizda kimlar yashaydi?



    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
    19-mavzu:Yaxshi tarbiya – inson ziynati

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga yosh avlod tarbiyasi-kelajak poydevori ekanligini uqtirish.

    O`quvchilarda or-nomus,mehr-oqibat,kamtarlik,insonparvarlik,mehnatsevarlik tuyg`ularini tarbiyalash,kattalarni hurmat qilish,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish.



    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi:

    Inson tarbiyasi – buyuk ma`naviy qadriyatlarga ega. Tarbiya – bu odob fazilatlaridan biri.Tarbiyali kishi el o`rtasida e`zozlidir.

    Hozir men sizga Rostgo`ylik haqida hikoya aytib beraman. Diqqat bilan quloq soling.

    Aytishlaricha,Imom Buxoriy hazratlari bolalik yillari ilm o`rganish maqsadida uzoq safarga chiqibdilar.U kishining onalari bolasini to`nining etagiga qirq tilla tangani yaxshilab tikib qo`yibdi. Safar oldidan har qanday vaziyatda ham hech qachon yolg`on so`zlamaslikni tayinlabdi.Yo`lda bola qo`shilib ketayotgan karvonga qaroqchilar hujum qilib qolibdi.Barchani talab bor-yo`g`ini batamom tortib olishibdi-da,bolaga uncha ham e`tibor bermay so`rashibdi:

    -Sening nimang bor?

    -Menda qirq tilla bor,-debdi bola.

    Qaroqchilar bolani masxara qilishibdi.Qaroqchilar boshlig`i bolani olib kelishni buyuribdi.Shunda ham bola to`g`risini gapirib,menda qirq tilla bor,deb turaveribdi va etagini yirtib,tangalarni qaroqchilar boshlig`ining oldiga to`kibdi.Shunda qaroqchilar boshlig`i:

    -Ey,nodon bola,sen bor narsangni aytmaganingda,tillalaring o`zingda qolardi,hech kim bilmagan edi-ku!- debdi.

    Shunda Imom Buxoriy hazratlari safar oldidan onalari hech qachon yolg`on gapirmasliklari lozimligini ta`kidlaganini va onalarining o`gitiga amal qilganliklarini aytgan ekanlar.

    Qaroqchilar boshlig`i yosh Buxoriyning gapidan nihoyatda ta`sirlanib,qaroqchilik,talon-taroj va zo`ravonlikdan qaytib,nochor,faqir odamlardan zo`ravonlik bilan tortib olgan narsalarni miskin,bechoralarga tarqatib tavba qilgan ekanlar.

    III.Yakuniy qism.

    1.Ona safarga otlangan o`g`liga qanday nasihat berdi?

    2. Shunda Imom Buxoriy hazratlari qaroqchilarga qanday saboq berdilar?

    “Ruchka stol o`rtasida”o`yini.(Tanaffusda har bir o`quvchiga o`zi yopishadigan bo`sh tarqatma kartochkalar beriladi.)



    Har bir qatorga A-4 format tarqatiladi. Tarbiya deganda qanday tushunchaga ega bo`ldingiz? Fikringizni qog`ozchalarga yozib formatga yopishtiring.

    Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.



    20-mavzu: Bobolarimiz deydilar…

    (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ajdodlarimiz an`analarini hurmat qilish,e`zozlash ruhida tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg`ularini singdirish.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: rasmlar,plakat.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

    Tashkiliy qism.

    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish.Sinf ikki guruhga ajratiladi.

    1-guruh nomi:-“Alishe Navoiy”

    2-guruh nomi:- “Zahiriddin Muhammad Bobur”

    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi: - Mana,guruhlar bilan tanishib oldik. Endi ajdodlarimiz hayot yo`li va ularning qoldirgan merosi haqida bilganlaringizni aytib o`zaro bellashasiz.

    1-guruh.

    1-o`quvchi:

    Besh asrkim nazmiy saroyni

    Titratadi zanjirband bir she`r.

    Temur tig`i yetmagan joyni

    Qalam bilan oldi Alisher.(A.O)

    2- o`quvchi:

    -Buyuk bobomiz Alisher Navoiy chindan ham insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan shaxslardan biri,so`z mulkining sultoni.

    3- o`quvchi:

    Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ilganlar.

    4- o`quvchi:

    Yoshligidan kitobga mehr qo`ygan Alisher odobli,zehni o`tkir,ko`plarning diqqat – e`tiborida bo`lgan.

    5- o`quvchi:

    Bobomiz bizga ko`plab g`azallar,dostonlar,ruboiylar va hikmatlarni meros qilib qoldirganlar.

    2-guruh:

    6- o`quvchi:

    Siz –zobit,dastini cho`zgan dunyoga,

    Siz- shoir, mangu bir alanga yoqqan.

    Nainki bandalar,Sizning siymoga

    Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.(A.O)

    7- o`quvchi:

    -Vatanining asl farzandi,adolatli shoh siymosi bo`lmish Mirzo Bobur 1483-yil 14-

    Fevral kuni Andijon shahrida tavallud topganlar.

    8- o`quvchi:

    Ham shoh,ham shoir bobomizning yurt sog`inchida bitgan ruboiylar-u g`azallari Vatanni sevish,uni e`zozlashga undaydi.

    9- o`quvchi:

    Zahriddin Muhammad Bobur o`z davrida xalq manfaatini o`yladi.Inson qadr-qimmatini yuqori tutdi.

    10- o`quvchi:

    Buyuk shoir o`z asarlari orqali odamlarni kamtarin,ko`rkam fazilatlar egasi bo`lishga da`vat etdi.

    O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.



    III.Yakuniy qism.

    Bobolarimizdan meros bo`lib qolgan qanday hikmatli so`z,ruboiylar bilasiz?

    1-guruh:

    -Aytar so`zni ayt,aytmas so`zdan qayt.

    -Vafosizda hayo yo`q,hayosizda vafo yo`q.

    -Yigitlik chog`I yiqqil ilmu hunarni,

    Qarilik chog`I sarf qilgin oni.

    2-guruh:


    -Har kimki,vafo qilsa-vafo topqusidur!

    Har kimki,jafo qilsa-jafo topqusidir!

    Yaxshi kishi ko`rmagay yomonloq hargiz,

    Har kimki, yomon bo`lsa-jazo topqusidur!

    Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.

    21-mavzu: “Dono bobolar o’gitlari”(xalq maqollari va matallari haqida)



    Download 2.06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2.06 Mb.