• O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • “Tabiatni muhofaza qilish- har bir shaxsning burchi”
  • Sana; 4-m avzu: Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar
  • Kommunikativ kompetensiya
  • Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo”
  • Ustoz”ning tarix zarvaraqlaridagi o`rni
  • Mashg`ulot davomida, O`quvchilarning ustozlariga bag`ishlangan tabriklari,tilaklari, she’ru, qo`shiqlari va raqslari.
  • Sana: 5-mavzu:Inson odobi bilan aziz Kun shiori: Odobli bola-elga manzur I.Kirish
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • II.Asosiy qism
  • Dars vaqti
  • Sana: 6-m avzu: Ona tilim-davlat tilim
  • Tushuntirish xati




    Download 10.31 Mb.
    bet2/16
    Sana02.01.2020
    Hajmi10.31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so`zlardan “Guldasta” tuzish mashqi qo`llanadi.Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.


    Sana:

    3-mavzu: Obodlik ko’ngildan boshlanadi

    Kun shiori: “Atrof-muhitga bir kunlik nazar”



    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,atrof-muhitga bo`lgan mehrlarini va qiziqishlarini rivojlantirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Abdulla Oripov “Adolat ko`zgusi”, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: “Tabiatni muhofaza qilish- har bir shaxsning burchi”

    O`qituvchi:

    Tabiat shunday odil mo`jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o`simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi. Demak, o`simliklar dunyosi, ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bundan inson o`z atrofini o`rab turgan tabiatni, uning o`simliklar dunyosini ko`z qorachig`iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo`lidan kelganicha ko`proq daraxt ekishi, ko`kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa kelib chiqadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz daraxt ekish, bog`-rog` yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo`ladi, deb bejiz aytishmagan.

    Inson ehtiyoji uchun zarur bo`lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdanolinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar ham ona tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo bo`lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo`q. Ularning hammasi hayot uchun zarur.

    Bugun O`zbekistonda olib borilayotgan har bitta atrof-muhitni tozalash va obodonlashtirish bo`yicha amaliy ishlar qilinmoqda.

    Bu yo`nalishda tanlovlar olib borilmoqda.

    Topshiriq: “Obod mahalla” munosabati bilan yurtimizda qanday bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda? degan savolga o`quvchilar respublika bo`yicha va o`zlari yashayotgan hududlari bo`yicha javob beradilar.

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



    Sana;

    4-mavzu: Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar (1 oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan)

    Kun shiori: Dunyo imoratlari ichida eng ulig`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir

    Maqsad: O`quvchilarda o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`satishligini uqtirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:

    shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.

    Doskada:

    “Haqiqatan ham ustoz ilm berishi bilan kishining nomini ulug`lab, avlodlar og`zida qoldiradi va ikkinchi hayot bag`ishlaydi ”

    Ogahiy
    To`rt narsa o`lik dilni tiriltiradi: ustod, yaxshi do`st, muvofiq yor va davlatu iqbol sababchisi bo`ladigan dono aql.

    Muiniddin Juvayniy


    Maktab bor ekan albatta, bu dargohda ustoz degan ulug` zot bor.


    • Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo”


    O`qituvchi:

    Ustoz”ning tarix zarvaraqlaridagi o`rni

    Ibn Abbosdan:

    -Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding,-deb so’radilar.

    U shunday deb javob berdi:

    -Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli o’qituvchi bilan.

    Bir kuni Iskandardan:

    -Sen ustozingni onangdan ko’ra yaxshiroq hurmat qilar emishsan, shu rostmi?-deb so’radilar.

    -Ha,-deb javob berdi Iskandar,-onam meni yo’qlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa yerdan ko’kka ko’tardi.

    Kimki ustodiga ixlos ila izzat qilsa, Haq aning manzilini

    jannati rizvon ayladi.

    Mashg`ulot davomida, O`quvchilarning ustozlariga bag`ishlangan tabriklari,tilaklari, she’ru, qo`shiqlari va raqslari.

    Izoh: (Har yili 1 oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o`qituvchi o`z maktabining faollar zalida ustozlarni madh etuvchi tadbirlar o`tkazishi mumkin) O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.




    Sana:___5-mavzu:Inson_odobi_bilan_aziz___Kun_shiori:_Odobli_bola-elga_manzur___I.Kirish'>Sana:

    5-mavzu:Inson odobi bilan aziz

    Kun shiori: Odobli bola-elga manzur

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.

    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,slaydlar

    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O`quvchilarni darsga hozirlash

    II.Asosiy qism:

    O’qituvchi o’quvchilarga odob-axloq qoidalari haqida tushuncha berib o’tadi:



    Ta’lim muassasasi hududida odob-axloq qoidalari

     Maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar libosi (formasi)da kelish;

    toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o‘g‘il bolalar sochlarining uzunligi meyor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);

    chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;

    ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;

    o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

    ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;

    maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;

    maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);

    narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.



     Dars vaqti (sinf xonalari)da:

     dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;

    uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;

    dars vaqtida o‘rinsiz gaplashmaslik;

    jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga chizmaslik;

    qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

    ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

     Tanaffusda:

     tanaffusdan unumli foydalanish;

    o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;

    navbatdagi dars bo‘ladigan xonaga o‘z vaqtida o‘tish;

    fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;

    katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash.

    O`qituvchi:

    Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadarboshidankechirgandavrlardantubdanfarqqiladigano`tashiddatlivamurakkabbirzamondayashamoqdamiz. Axborotlarasridebyuritilayotganbudavrdabizo’zimizni-o’zimizhimoyaqilmog’imizlozim. Chunkiinternettarmoqlaridaberilayotganharxilko’ngilocharhamdazo’ravonlikkamoyvasportmashg’illikhissinikuchaytiruvchio’yinlarzamiridayurtga, millatga bo’lgantahdidyashiringandir. Shuning uchun har birimiz bunda yo’yinlardan yiroq bo’lishimiz, bo’sh vaqtlarimizni mazmunli o’tkazishimiz kerak. Harxilto’garaklarvasportmashg’ulotlarisog’lomturmushtarzimizningbirbo’lagigaaylanmog’idarkor.

    Har xil spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar inson ongini zaiflashtiradi. Boylikka o’chlik esa tubanlikka yetaklaydi.

    Bilimlarning etarli emasligi esa har xil diniy oqimlar ta’siriga tushib qolib, oila hamda yurt tinchligiga rahna solishiga olib keladi.Shuning uchun inson doima bilim olishga intilishi, zararli illat va odatlardan yuroq bo’lishi zarurdir.



    III.Yakuniy qism:

    1-topshiriq:Klaster usulida ichkilikbozlikning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so’zlab berish topshiriladi.

    2- topshiriq :Klaster usulida internet tarmog’ining faodali va zararli oqibatlari haqida so’zlash

    Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.




    Sana:

    6-mavzu:Ona tilim-davlat tilim (O`zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)

    Kun shiori: “Ona tili — bu millatning ruhidir”



    Maqsad: O`quvchilarda Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirishni uqtirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Doskada: “Ona tilim, davlat tilim, o`z tilim-bo`lgin deyman-jahon tillaridan biri”



    O`qituvchi:

    Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir.

    Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo'yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a'zolari aholining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha o'rganib, respublika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning har bir moddasi bo'yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo'lib o'tdi.

    Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o'ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo'yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so'ng mamlakatimizda o'zbek tili davlat tili deb e'lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo'lmish ona tilimiz o'zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo'ldi. Bu Vatanimiz tarixida torn ma'nodagi buyuk voqea edi.



    1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.



    Topshiriq: “Til dil kaliti” mavzusida “kichik hikoya” yaratish.

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.






    Download 10.31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 10.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tushuntirish xati

    Download 10.31 Mb.