Tuzuvchilar: Maxmudov A.M.
Maxmudov SH.A.
Ushbu uslubiy ko’rsatma bakalavriatning 5312200-"Konchilik elektr mexanikasi "; 5320300- “Texnologik mashinalar va jihozlar (konchilik)”; bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalarining "Karyer mexanik uskunalari" fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarishlari uchun mo’ljallangan va professor-o’qituvchilar tomonidan konchilik sohasi boshqa ixtisoslik fanlaridan amaliy mashg’ulotlarni o’tishlarida foydalanishlari mumkin.
Har bir mavzu bo’yicha asosiy nazariy tushunchalar, masalalarni yechish usullari, topshiriqlarni bajarish uchun birlamchi qiymatlar va mavzuga oid spravochnik ma`lumotlar yetarli darajada keltirilgan.
"Konchilik elektr mexanikasi" kafedrasi
Navoiy davlat konchilik instituti ilmiy-uslubiy kengashi qarori bilan nashr qilinmoqda.
Taqrizchilar: Boboqulov A.N. – NKMK, bosh mexanik bo’limi yetakchi muhandis mexanigi
Atakulov L.N. – NDKI, Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, t.f.d., dots.
KIRISH
“Karyer mexanik uskunalari” fanidan amaliy mashg’ulot ishlarini bajarishga tayyorlangan uslubiy ko’rsatmani asosiy maqsadi talabani bilimini chuqurlashtirish, karyer mexanik uskunalarini to’g’ri tanlay bilishni va uning ekspluatatsion ko’rsatkichlarini aniqlashning zamonaviy usullarini o’rgatadi. 5312200- "Konchilik elektr mexanikasi"; 5320300- “Texnologik mashinalar va jihozlar (konchilik)”; yo’nalishlari talabalariga “Karyer mexanik uskunalari” fanlari bo’yicha bajariladigan amaliy mashg’ulotlar, ochiq kon ishlarida ishlatiladigan burg’ilash stanoklari, ekskavatorlar, qazuvchi- tashuvchi mashinalar, gidromexanizatsiya vositalar tezligi va unumdorliklarini hisoblashni o’z ichiga qamrab olgan. Karyer mashinalarining uzluksiz va iqtisodiy samarali ishlashi, ularni ish jarayonida ish rejimlarini to’g’ri tanlash, o’zgartirish va belgilash, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishning asosi bo’lib, kon korxonalarining iqtisodiy samarali ishlashi va foydali qazilmalarning tannarxining pasayishiga olib keladi. Talabalarning “Karyer mexanik uskunalari” fanidan amaliy mashg’ulot ishlarini o’rganishlari va bajarishlari, ularning kurs davomida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga, chuqurlashtirishga va malakaviy bilim saviyasini oshirishga yordam beradi.
|