Umirov Jasur Amaliy topshiriq.
Laboratoriya topshiriq
1. Eritmaning osmotik bosimining eritrotsitlarga ta’siri (gipotonik, gipertonik
eritmaning ta’sirini mikroskop yordamida kuzatish).
2. Gemoliz.
3.Eritrotsitlarning
cho’kish tezligini aniqlash.
Eritrotsitlarning osmotik
chidamliligini aniqlash.
4. Qon gruppalarini aniqlash.
5. Yurak avtomatizmi, sinus-bo’lmacha tugunining baqa yuragi
avtomatizmidan etakchi roli. (Gaskell tajribasi).
1-Laboratoriya mashg’ulot.
Eritmaning osmotik bosimining erotrotsitlarga tasiri(gipotonik,
gipertonik eritmalarining ta’sirini mikroskop yordamida kuzatish)
Nazariy
tushuncha.
Eritrotsitlar
o‘z
atrofidagi
suyuqlik
kontsentratsiyasining o‘zgarishiga chidash xususiyatiga ega. Agar odam yoki
issiqqonli hayvonning bir tomchi qoni osh tuzining izotonik (0, 9 % li yoki 0,85 %
li)
eritmasiga solinsa, eritrotsitlar bilan osh tuzi eritmasi orasida dinamik tenglik
hosil bo‘ladi, chunki eritrotsitlardan eritmaga
chiqayotgan va eritmadan
eritrotsitlarga kirayotgan suv miqdori bir-biriga teng bo‘ladi. Bunday sharoitda
eritrotsitlarning shakli va hajmi o‘zgarmaydi. Osh tuzining yuqori kontsentratsiyali
(gipertonik) eritmasida
esa eritrotsitlar burishib, hajmi kichrayadi, chunki
bunday
sharoitda ular o‘zidagi suvni eritmaga chiqaradi. Aksincha,
konsentratsiyasi
kuchsiz bo‘lgan osh tuzi (gipotonik) eritmasida eritrotsitlar bo‘rtadi; chunki bunda
eritrotsitlar eritmadan suv shimadi. Bunday eritmaning kontsentratsiyasi pasaytirib
borilsa, eritrotsitlar ichiga suv ko‘p kirib, ularning hajmi kattalasha boradi.
Eritmaning kontsentratsiyasi ma'lum darajaga yetgach,
eritrotsitlar yorila
boshlaydi. Ular asosan osh tuzining 0,45 % li eritmasida yorila boshlab, 0,35-0,30
% li eritmasida butunlay yorilib bo‘ladi. Eritrotsitlar yorilib,
tashqariga
gemoglobin chiqishi
gemoliz deyiladi.
Gemolizni kelib chiqish sabablariga ko’ra quyidagi xillarda farqlanadi;.
1.Kimyoviy gemoliz(spirt, ishqor, kislota, xloroform va efir)
2.Fizik gemoliz
3.Mexanik gemoliz
4.Biologik gemoliz
5.Osmotik gemoliz (osmotik bosimning kamayishi)
xloroform va efir ta'sir etishi natijasida gemoliz ro‘y beradi.
Butunlay
gemolizlangan qon tiniq qizil rangga kiradi va u
lak qon deb ataladi.