• 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi
  • Umumiy kimyoviy texnologiya




    Download 2.02 Mb.
    bet1/2
    Sana05.04.2022
    Hajmi2.02 Mb.
    #19360
      1   2
    Bog'liq
    UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA
    nitrobirikmalar , 649 20.10.2020, Murodillaeva Robiya, Mashinasozlik texnologiyasi, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, 852-Article Text-2673-1-10-20210331 (2), Qattiq jism lazerlar uchun materiallar, 1700916078, 3TM.Android, Gidravlika va gidravlik mashinalar, portal.guldu.uz-Ona tili va adabiyot

    UMUMIY KIMYOVIY TEXNOLOGIYA

    MINeRAL O`G`ITLARNING QISHLOQ XO`JALIGIDAGI AHAMIYATI

    REJA:

    • Mineral o`g`itlar va ularning tabiatda tarqalishi.
    • Fosforli va kaliyli o`g`itlar va ularga misollar.
    • O`g`itlarning sinflarga bo`linishi.
    • Azotli o`g`irlarning xususiyatlari va turlari.
    • Mineral o'g'it - deb, tarkibida o'simlikni rivojlanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur bo'lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlarga aytiladi.
    • O'simlik to'qimalarining hosil bo'lishi, uning o'sishi va rivojlanishida
    • 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi

      uglerod, kislorod va vodorod bo'lib, o'simlik quruq massasining

      90 % ni tashkil etadi; ulardan eng asosiysi uglerod kislorod va

      vodorod bo'lib o'simlik umumiy massasining 90% ni tashkil etadi; 8—9% o'simlik massasini esa azot fosfor,

      kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o'nta element makro-elementlar deyiladi. Qolgan 1—2 % i bor, temir, mis, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqalardan iboratdir. Bular o'simliklarga juda kam miqdorda (0,001—0,0001%) kerak bo'ladi. Shuning uchun ularni mikroelementlar deyiladi.

    • Shuning uchun ham o'g'it ishlab chiqarishga katta e'tibor beriladi. O'g'it ishlatish tufayli qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini50-60 % gacha oshirish mumkin bo'ladi. 
    • Fosfor o'simliklarning nafas olishi va ko'payishida katta rol o'ynaydi. U o'simlikning hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan moddalar (fermentlar, vitaminlar va boshqalar) tarkibiga kiradi. Ayniqsa, u urug'larda uchrovchi murakkab oqsil-nukleoproteidlar tarkibiga kiradi.Nasliy belgilarni saqlovchi va nasldan-naslga o'tkazuvchi xromosomalar nukleoproteidlardan tashkil topgan bo'ladi. Fosfor donli ekinlarning don miqdorining ko'p bo'lishida asosiy rol o'ynaydi. U o'simliklarni sovuqqa, qurg'oqchilikka chidamlligini oshiradi va asosiy moddalarni ko'payishiga ijobiy ta'sir qiladi. Masalan, kartoshkada kraxmalni, qand lavlagida saxarozani ortishiga olib keladi.
    • Mineral o'g'itlar asosan qishloq xo'jaligida, hosildorlikni oshirish maqsadida ekinzorlariga solish uchun ishlatiladi. O'g'it ishlatiladigan ikkinchi asosiy soha bu kimyo sanoatidir. Ayniqsa, natriy va kaliy tuzlari, masalan, NaCI, KC1 lar. Soda, xlorid kislota, potash, o'yuvchi natriy, o'yuvchi kaliy ishlab chiqarish uchun xomashyodir. Na2SO4 esa shisha, natriy sulfid, ftorid, kaliy va natriy dixromat, natriy fosfat ishlab chiqarishda xomashyo hisoblanadi.Metallurgiya sohasida o'g'itlar rudalarni boyitishda, metallarni suyuqlantirishda, elektroliz yo'li bilan metallar olishda, metall yuzasiga ishlov berishda, metall va qotishmalarni payvandlashda ishlatiladi. Ayniqsa, natriy sulfat shisha olishda asosiy xomashyo hisoblanadi.
    • Kaliy o'simlikda kechadigan hayotiy jarayonlarni to'g'rilab turishda muhim rol o'ynaydi. U o'simlikda suv rejimini yaxshilaydi, uglevodlar hosil bo'lishi va moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Quruq o'simlik poyasi tarkibida 4—5% gacha, barglarni yonishidan qolgan kul tarkibida 30—60% gacha kaliy bo'ladi.
    • Fosforit uni - Ca2(PO4)3∙CaF2
    • Oddiy superfosfat - Ca(H2PO4 )∙H2O + CaSO4 + H3
    • Qo’sh superfosfat - Ca(H2PO4)∙H2O
    • Pretsipitat - Ca(HPO4)∙2H2O
    • Metallurgiya shlaklari (tomos yoki marten) - 4CaO∙P2O5∙5CaO∙P2O3∙SiO2
    • Kaliy xlorid K-40 - KCl + NaCl
    • Kaliy xlorid K-50 - KCl + NaCl
    • Kaliy xlorid K-60 – KCl
    • Kaliy sulfat - K2SO4
    • Kaliy sulfat va magniy sulfat - K2SO4+MgSO4

    Download 2.02 Mb.
      1   2




    Download 2.02 Mb.