"Uzum Nasiya" Internet-platformasidan
foydalanish hamda mijozlar va mikromoliya
tashkiloti o'rtasida quyida keltirilgan shartlarda
mikroqarzni rasmiylashtirishning
UMUMIY SHARTLARI (Ommaviy
offerta)
ОБЩИЕ УСЛОВИЯ (Публичная оферта)
пользования Интернет-платформой «Uzum
Nasiya» и оформления договоров микрозайма
между Клиентами и микрофинансовой
организацией на нижеприведенных условиях
1.
Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur ommaviy shartnoma (keyingi o'rinlarda
– "Oferta" yoki "Shartnoma") keyingi o'rinlarda
"Jamiyat" deb ataluvchi "Solutions Lab"
AJning
"Uzum Nasiya" ilovasidan foydalanish bo'yicha
taklifini ifoda etib,
mazkur oferta shartlariga
muvofiq keyingi o'rinlarda "Foydalanuvchi" deb
ataluvchi jismoniy shaxslarga dasturiy ta'minot
yordamida xizmatlar ko'rsatilishini ko'zda tutadi.
1.2. Mazkur Shartnoma maqsadlaridan kelib chiqqan
holda
jamiyat
va
foydalanuvchi
birgalikda
"Taraflar" deb ataladi.
1.3. 1.3. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 367-moddasiga muvofiq,
ushbu hujjat
ommaviy Oferta bo'lib, uning quyida keltirilgan
shartlarini qabul qilgan va Ofertani aktseptlagan
shaxs, uning Foydalanuvchisiga aylanadi.
1.4. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining
370-moddasiga muvofiq aktsept to'liq va e'tirozsiz
bo'lishi lozim.
Ofertani olgan shaxs
tomonidan uni aktseptlash
uchun ko'zda tutilgan,
shartnoma shartlarini
bajarishga
qaratilgan
harakatlarning
amalga
oshirilishi (Uzum Nasiya tizimidan
foydalanish, shu
jumladan, tizimning o'zaro texnologik va axborot
almashinuvini
ta'minlaydigan
infratuzilmadan,
xususan, MyID biometrik identifikasiya tizimi orqali
shaxsga doir ma'lumotlarni to'plash va ularga ishlov
berish yo'li bilan, tizimning yangi xizmatlari hamda
tizim
bilan
uchinchi
shaxslarning
qo'shma
mahsulotlaridan foydalanish, elektron hamyon
ochish, elektron
hamyondan foydalangan holda
amalga oshirilgan to'lovlarga ishlov berish,
ishlarni
bajarish, muvofiq summani to'lash va HK.), agar
qonunchilikda boshqasi ko'zda tutilgan yoki ofertada
ko'rsatilmagan bo'lsa, aktsept deb hisoblanadi.
1.5. Jamiyat va Foydalanuvchi ushbu Shartnomani
tuzish va bajarish uchun zarur bo'lgan
huquqiy
vakolati va muomalaga layoqati borligiga o'zaro
kafolat beradilar.