Unit-2 2-Rentgen va gamma nurlari nazorati afzalliklari. Rentgen va gamma nurlari xususiyatlari. Reja




Download 169.51 Kb.
bet8/11
Sana22.07.2021
Hajmi169.51 Kb.
#15491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nurlanish energiyasi. Absolyut sezgirlikni hisoblash formulasidan ko‘rinadiki, chiziqli susayishi koeffitsenti () qanchalik katta bo‘lsa, aniqlash mumkin bo‘lgan nuqsonning o‘lchami shunchalik kichik bo‘ladi.  koeffitsent o‘z navbatida manbaning nurlanish energiyasiga bog‘liq. U yoki bu energiyali rentgen nuralinshni hosil qilish rentgen trubkasida kuchlanishni rostlash bilan, erishiladi, gamma-nurlanish energiyasi tegishli radioaktiv izotopni tanlashga bog‘liq. Rentgen va gamma-nurlanishlar energiyasining ta’siri va nazorat qilishning sezgirligi 2.7-rasmda ko‘rsatilgan. Grafiklardan ko‘rinishicha, bir hil qalinlikdagi po‘latni nazorat qilish sezgirligi nurlanish energiyasi qancha kichik bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi.

Tarqoq nurlanish birlamchi nurlanishning energiyasiga bog‘liq holda suratning sifatini o‘zgartiradi, tasvirning ravshanligini va aniqligini pasaytiradi, binobarin, uslubning o‘zining sezgirligini ham pasaytiradi. YOyilish bo‘lmaganda plyonkadagi nuqson aniq chegaralar bilan tasvirlanadi (2.8-a rasm). Biroq amalda tasvirning aniqligini buzuvchi nurlanishning yoyilishi o‘rinli bo‘ladi. Bu hodisa oqibatida kichik o‘lchamli nuqsonlar qiyin farqlanadigan (tasvir chegaralari xira) bo‘lib qoladi va ko‘pincha umuman aniqlanmasligi mumkin.



2.7-rasm. Radiografik nazorat sezgirligining



a - RUP-150-10 rentgen apparatining, b - izotoplarning nurlanish energiyasiga bog‘liqligi.

2.8-rasm. Yoyilgan nurlanishning yoritishda tasvirning aniqligiga ta’siri:



a - paralel yoyilmagan nurlanish dastasida plyonkadagi tasvirning aniqligi; b - qalin devorli materiallarni yoritishda yoyilgan nurlanishdan tasvir aniqligining yomonlashishi, v - yupqa devorli materiallarni o‘shanday nurlanish dastasi bilan yoritishda tasvirning aniqligi yomonlashadi.
Nurlanishning sochilishi doimo yupqa devorli (2.8-v rasm) materiallardagidan qalin devorli materiallarda (2.8-b rasm) kuchliroq bo‘ladi, shuning uchun uslubning sezgirligi yoritilayotgan materialning qalinligi ortishi bilan ancha yomonlashadi. Nurlanishning yoyilishdan mutlaqo qutilish mumkin emas. Maxsus filtrlarni qo‘llanib uni kamaytirish mumkin. Bu filtrlar yoxud manba bilan nazorat qilinuv ob’ekt orasiga yoki plyonka bilan ob’ekt orasiga joylashgan qalay (0,025 mm) yoki qo‘rg‘oshin (0,075 – 0,15 mm) zarqog‘ozning yupqa qatlamidan iborat bo‘ladi. Nurlanishning yoyilishini nurlanish yuzini qisqartirib kamaytirish mumkin. Nurlanish yuzini qisqartirishga yohud nurlanish manbai yaqiniga joylashtiriladigan diafragma yordamida, yohud yoritiluvchi ob’ekt ustiga joylashtiriladigan teshikli qo‘rg‘oshin niqob (maska) yordamida erishiladi. Agar nazorat qilinayotgan ob’ektdan plyonkagacha masofa orttirilsa, u holda yoyilishi kamayadi.



Download 169.51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 169.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Unit-2 2-Rentgen va gamma nurlari nazorati afzalliklari. Rentgen va gamma nurlari xususiyatlari. Reja

Download 169.51 Kb.