• 6.1. Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari
  • Unit-6 Mavzu: Magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli. Reja: magnit defektoskopiyasining fizik asoslari




    Download 122.11 Kb.
    bet1/12
    Sana05.04.2023
    Hajmi122.11 Kb.
    #48842
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli
    Hisob varaqasi, A Narmanov Analitik geometriya, Kurs ishi ramka ElMash, in the middle of the night, Новый документ (8), 14 SSV Вактинча мехнатга лаёкатсизлик 37ОП 1 КВ , 1479808461 66072, 027-Тиббий муассасадаги беморнинг тиббий баённомасидан кучирма, Amaliy mashgulot 1 (6), -1512842355, Гули

    Unit-6
    Mavzu: Magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli.
    Reja:
    6..1. Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari.
    6.2. Magnit kukunli usuli.
    6.3. Magnitografik usul.
    6.4. Uyurma tokli defektoskopiya.

    Tayanch so‘zlar va iboralar: magnit defektoskopiya, magnit kukunli usul, magnitografik usul, uyurma tokli defektoskopiya.

    6.1. Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari
    Magnit yordamida nazorat qilish usullari turli nuqsonlar mavjud bo‘lganda ferromagnit materiallardan tayyorlangan magnitlangan buyumlarda yuzaga keluvchi sochilish magnit oqimini aniqlashga asoslangan. Bir jinsli magnit maydonidagi magnit chiziqlariga perpendikulyar joylashgan maydoncha S orqali o‘tuvchi magnit oqimi F magnit induksiyasi V ning maydoncha S ga ko‘paytmasiga teng (F = VS).
    Magnit oqimi veber (Vb) da ifodalanadi. Magnit induksiyasi tesla (Tl) da ifodalanadi.
    Detallar materialining magnitlanish qobiliyati mutlaq magnit o‘tkazuvchanlik m bilan tavsiflanadi. Material mutlaq magnit o‘tkazuvchanligining vakuumning magnit o‘tkazuvchanligi 0 ga nisbati nisbiy magnit o‘tkazuvchanlik deb ataladi: m0. Son jihatidan, magnit o‘tkazuvchanlik  magnitlangan muhitdagi natijalovchi maydon ana shu tokning o‘zi vakuumda hosil qiladigan maydondan necha barobar kuchliligini ko‘rsatadi. Magnit o‘tkazuvchanlik  o‘lchamsiz kattalikdir. Uning qiymatiga qarab hamma materiallar uch guruhga ajratiladi: diamagnit materiallar, ularda  birdan bir necha million yoki ming ulushida kichik bo‘ladi (mis, ruh, kumush va boshqalar); paramagnit materiallar, ularda  birdan bir necha million yohud ming ulushida katta bo‘ladi (marganets, platina, alyuminiy); ferromagnit materiallar, ularda  bir necha minggacha etadi. Bunday materiallarga faqat to‘rtta element (temir, nikel, kobalt, gadoloniy) va ayrim metallar qotishmalari kiradi.
    Faqat ferromagnit materiallardan tayyorlangan detallar magnitli usullar bilan tekshirilishi mumkin. Metallarning ferromagnit xossalari ichki molekulyar toklar bilan, asosan elektronlarning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan bog‘liq. Domenlar deb ataluvchi elementar sohalarning kichik (tahminan 10-8 – 10-3 sm3) kichik hajmlari doirasida molekulyar toklarning magnit oqimlarini domenning natijalalovchi maydoni hosil qiladi.
    Tashqi magnit maydoni bo‘lmaganda domenlar maydonlari ihtiyoriy yo‘nalgan bo‘ladi va bir birini kompensatsiyalaydi. Bu holda domenlarning yig‘indi maydoni nolga teng bo‘ladi, detal magnitsizlanib qoladi (4.1-rasm, a). Agar detalga tashqi maydon ta’sir qilsa, u holda uning ta’sirida ayrim domenlar maydonlari tashqi maydon yo‘nalishida joylashadi va ayni paytda domenlar orasidagi chegaralar o‘zgaradi. Natijada domenlarning umumiy maydoni hosil bo‘ladi, detal magnitlanib qoladi (4.1-rasm, v). Detal magnitlanganda domenlarning magnit maydoni nazorat qilinayotgan detaldagi tashqi magnit maydoni ustiga tushadi.

    6.1-rasm. Ferromagnit materialda domenlarning joylashuvi: a - detal magnitsizlantirilgan, b - detal to‘yinish induksiyasigacha magnitlangan, v -detal qoldik, magnitlanganlikkacha magnitlangan

    Download 122.11 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 122.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Unit-6 Mavzu: Magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli. Reja: magnit defektoskopiyasining fizik asoslari

    Download 122.11 Kb.