• Aralashma tizim
  • Unit 7 Payvandlash robotlarini raqamli boshqarish. Reja




    Download 30.59 Kb.
    bet1/7
    Sana26.04.2023
    Hajmi30.59 Kb.
    #54046
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Unit 7
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira

    Unit 7
    Payvandlash robotlarini raqamli boshqarish.
    Reja.

    1. Avtomatik boshqarish tizimlari turlari

    2. Dasturlash turiga ko’ra boshqarish tizimlarining klassifikatsiyalanishi.

    3. Boshqarishning avtomatik sistemalari (BAS) tavsifi.

    4. Maxsus avtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar.


    Jarayonni ma’lum ketma – ketlikda va berilgan tartib bo‘yicha odam ishtirokisiz amalga oshiradigan chora tadbirlar majmuasiga texnologik jarayonni avtomatik boshqarish deyiladi.
    Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini boshqarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining bo‘ylanma va ko‘ndalang harakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu boshqariladigan kattaliklar jarayonning boshqarish parametrlari deyiladi.

    Avtomatik boshqarish tizimlari quyidagicha farqlanadi:


        • boshqarishni markazlashtirish darajasi bo‘yicha;

        • boshqarish ob’ektiga ta’sir turiga ko‘ra;

        • teskari aloqa borligi bo‘yicha;

        • dasturtashuvchining turiga ko‘ra.

    Boshqarishning markazlashtirish darajasiga ko‘ra markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralashma turlariga bo‘linadilar. Markazlashtirilgan tizimda avtomat yoki avtomatik liniya (ob’ekt) buyruq (komanda) punktidan boshqariladi. Bunga misol taqsimlash vali yoki komandoapparat yordamida boshqariladigan avtomat bo‘la oladigan.
    Nomarkazlashtirilgan tizimda ob’ektni boshqarish markaziy boshqarishga ega emas. Stanok (ob’ekt) ishchi organlari yo‘l datchiklari yordamida boshqariladi. Datchiklarning ulanishi yoki uzulishi ishchi organlarida o‘rnatilgan tayanchlar orqali amalga oshiriladi. Bunga misol qilib jilvirlash avtomatlarining boshqarish organlarini olish mumkin.
    Aralashma tizim-bu markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tizimlar kombinatsiyasidan tuzilgan tizimdir. Boshqariladigan ob’ektga ta’sir qilish usuliga ko‘ra boshqarish tizimlari uzluksiz va diskret - uzlukli turlarga bo‘linadilar.
    Uzluksiz boshqarish tizimiga misol qilib taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimni olish mumkin. Bunda taqsimlash valdagi kulachoklar uzluksiz ravishda stanok ishchi organi bo‘lgan supportga rыchagli mexanizmlar orqali qarakat uzatadi.
    Diskret – uzlukli boshqarish tizimida stanok ishchi organi impulsli signallar yordamida boshqariladi. Bu tizimga sonli dastur bilan boshqarish tizimlari misol bo‘la oladi.
    Ob’ekt bilan boshqaruvchi organ orasida teskari aloqa borligi bo‘yicha ochiq va yopiq boshqarish tizimlarga bo‘linadilar. Ochiq boshqarish tizimlarida boshqarish tizimi jarayon (ob’ekt) ning parametrlari to‘g‘risida axborot olmaydi va uning o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatmaydi.
    Yopiq boshqarish tizimida jarayon (ob’ekt) bilan boshqaruvchi organ o‘zaro teskari aloqa bilan bog‘langan bo‘lib,boshqarish parametrini berilgan qiymatlarda o‘zgarishi ta’minlanadi. Bunday tizimni teskari aloqa tizimi ham deyiladi.

    Download 30.59 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 30.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Unit 7 Payvandlash robotlarini raqamli boshqarish. Reja

    Download 30.59 Kb.