• 7.1. Ossillatorlar va impulsli yoy yondirgichlar
  • Unit 7 Ta`minlovchi manbalarning yordamchi uskunalari Reja




    Download 378.5 Kb.
    bet1/7
    Sana25.07.2021
    Hajmi378.5 Kb.
    #16078
      1   2   3   4   5   6   7

    Unit 7

    Ta`minlovchi manbalarning yordamchi uskunalari

    Reja:

    7.1. Ossilatorlar va impulsli yoy yondirgichlar

    7.2. Mashinalar elektr qismining vazifasi va tuzilish sxemalari

    7.3. Mashinalarning asosiy energetik parametrlari


    7.1. Ossillatorlar va impulsli yoy yondirgichlar

    Ossillator past kuchlanishdagi sanoat chastotasi tokini yuqori kuchlanishli (2000-6000 M), yuqori chastotali (150-500 ming Hz) tokka aylantirib beruvchi qurilma.

    Bunday tok payvandlash zanjiriga berilganda yoyning yonishini osonlashtiradi va uning turg'un yonishini ta'minlaydi.

    Ossillatorlar asosan kichik qalinlikdagi metallarni erimaydigan elektrod bilan o'zgaruvchan tok yordamida argon-yoyida payvand- lashda va qoplamalarining ionlash xossalari past bo'lgan elektrodlar bilan payvandlashda ishlatiladi.

    Ossillatorining prinsipial elektr sxemasi 7.1- rasmda ko'rsatilgan. Ossillator tebranish konturi (C1, C2, C3, C4 kondensatorlari) va ikki Dr1, va Dr2, induktiv drossel g'altaklari, KT kuchaytiruvchi transformator, yuqori chastotali transformator YChT va R zaryadsizlagichdan iborat

    Tebranish konturi yuqori chastotali tok hosil qiladi va payvand- lash zanjiri bilan yuqori chastotali transformator orqali induktiv bog'langan, bu transformatorning ikkilamchi chulg`amlarining uchlari: biri panelning yerga ulangan klemmasiga, ikkinchisi esa




    7.1- rasm. Ossillatorning prinsipial elektr sxemasi:

    PT- payvandlash transformatori; SAQ1, SAQ2, - saqlagichlar;

    Dr1, Dr2,- drossellar; C1-C2-kondensatorlar; KT-kuchaytiruvchi transformatori; YChT yuqori chastota transformatori; R- zaryadsizlagich.
    C6 kondensator va SAQ2 saqlagich orqali ikkinchi klemmaga ulangan. Payvandchini elektr tokidan shikastlanishdan saqlash uchun zanjirga C6 kondensator ulangan, uning qarshiligi payvandlash zanjiriga yuqori kuchlanishli va past chastotali tokning o'tishiga to'sqinlik qiladi. Agar C6 kondensator teshilishi ro'y bersa, ehtiyot uchun SAQ2, eruvchan saqlagich qo`yilgan.

    Normal ishlash vaqtida kondensator tekis chirsillab turadi va yuqori kuchlanish hisobiga uchqun zaryadsizlanishi oralig'ining teshilishi ro'y beradi. Uchqun oralig'i kattaligi 1,5-2 mm bo'lishi kerak, bu oraliq rostlash vinti yordamida elektrodlarni yaqinlashtirish bilan rostlab turiladi. Ossillator sxemasi elementlarida kuch- lanish bir necha ming voltga yetadi, shuning uchun rostlash vaqtida ossillatorni, albatta, uzib qo'yish kerak.

    Ossillator ishlatish vaqtida uning kuch va payvandlash zanjiriga to'g'ri ulanganligini, shuningdek, kontaktlarning yaxshi holatda ekanligini kuzatib borish kerak; ishlayotganda g'ilofi kiydirilgan bo'lishi kerak; g'ilofni faqat ta'mirlash vaqtidagina, tarmoqdan uzilgan holatda olish mumkin; zaryadsilagichning ish sirtlari yaxshi holatda ekanligini kuzatib borish, qurum paydo bo'lganida uni jilvir qum qog'oz bilan tozalash kerak. Ossillatorga tok berish uchun ikkilamchi kuchlanishi 65-70 V bo`lgan kuch transformatoridan foydalalish kerak.



    Download 378.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 378.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Unit 7 Ta`minlovchi manbalarning yordamchi uskunalari Reja

    Download 378.5 Kb.