Xotima……………….…………………………………………………………




Download 2.44 Mb.
bet3/50
Sana25.01.2021
Hajmi2.44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Xotima……………….…………………………………………………………..

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………….…………………


Kirish

Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelajagi bo`lgan yosh avlodni tarbiyalash, unga bilim berish masalasida alohida ahamiyat berila boshlanganligi sababli, istiqlolning ilk kunlaridayoq manaviyatimizni tinglash uni yanada yuksaltirish zamonaviy talablar bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalariga mos darajada chiqarishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bular ichida eng muhim qadamlardan biri O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan «Ta`lim to`g’risida»gi qonunlar. Ushbu qonun fuqarolarga huquqiy ta`lim asoslari bilan birga, kasb-hunar o`rgatishning yangi qirralariga zamin tayyorlaydi. Bu qonun har kimning bilim olishidan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ta`minlashga qaratilgan bo`lib, yangi bilim berish darajasini olishda beqiyos samara kashf etadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997 yil 29 avgustdagi O`zbekiston Oliy majlisi IX sessiyasidagi nutqidagi masalaga o`z munosabatini bildirib, yo`l qo`yilayotgan qator kamchiliklarga diqqatni jalb qildi. Asosiy masala, zamon talab qilayotgan, butunlay yangicha tartibdagi va yangi uslubdagi o`rta umumta`lim, o`rta maxsus ta`lim va oliy o`quv yurtlaridagi islohotlarni o`tkazishdan iboratdir. Shu sababli ham, Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinib, unga ta`lim sohasida tub o`zgarishlar qilish vazifalari qo`yiladi. Dasturning maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uning o`tish kamchiliklaridan xoli qilish, rivojlangan demokratik va davlatlar darajasidagi, yuksak axloqli, ma`naviyatli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdan iboratdir. SHu nuqtai – nazardan hozirda xalq ta`limi tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar birinchi navbatda etuk kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Jahonda va Mustaqil O`zbekistonimizda kelayotgan chuqur sotsial o`zgarishlar, uzluksiz ta`lim tizimini rovojlantirishga yangilashga va mukammallashtirishda yangicha yondashishni talab etadi. Mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ta`lim sohasidagi tizimni yaratish va malakali mutaxasasislarni tayyorlashga yo`naltirilganligini aniq ko`rishimiz mumkin. Bu o`rinda akademik litsey va kasb-hunar kollejining o`rni ahamiyatlidir. Bu ta`lim bosqichida talabalarga jahon talablariga mos keladigan bilim berish va ularni zamonaviy texnika, texnologiyalar bilan muomala qila oladigan mutaxassislarni tarbiyalab etkazishga yangicha tabiiy ilm-ta`lim kontsepsiyasi yaratilmoqda. 2010 yil «Barkamol avlod yili» davlat dasturining 9-10 bandlaridagi barkamol avlod tarbiyasida eng zamonaviy raqamli elektron ta`lim tizimini joriy qilish, ta`lim tizimini zamonaviy axborot komp’yuter texnologiyalaridan keng foydalanish, ta`lim tizimini axborotlashtirishni yanada jonlantirish masalasi ilgari surilgan.

Uzluksiz ta`lim tizimida o`quvchining faol aralashuvi, uning uning darajasi va pedagogik o`quv, ijtimoiy va professional mosligi va takrorlanmas qobilyatlari shular jumlasidandir. Bu jarayonlarda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish zaruriyati talabalar bilim qobiliyati sifatinioshirishning didaktik sharoiti va dialektik ongini rivojlantirishga olib keladi. Test (ing . test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart mashqlar. Ijtimoiy amaliyotda test odamning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layoqati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli yoki aqli zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tahlil qilinadi. Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) ishlab chiqqan (1883). Bilamizki o’tkazilgan har qanday dars mashg’ulotining natijasini bilish ya’ni tinglovchilar shu mashg’ulotini qay darajada o’zlashtirganini bilish doimo ahamiyatli hisoblanadi. Bu jarayonni o’rganishda jahon tajribasidan kelib chiqadigan bo’lsak test o’tkazish eng samarali usul hisoblanadi.





Download 2.44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Download 2.44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xotima……………….…………………………………………………………

Download 2.44 Mb.