Uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchilarning kompetensiyalarni rivojlantirish sharoitlari va tashxislash jarayoni usullari




Download 23.28 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi23.28 Kb.
#20978
Bog'liq
Bozorov Hasan Maqola (5)
Mustaqil ish10, 403f1280 metod optika 3

Uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchilarning kompetensiyalarni rivojlantirish sharoitlari va tashxislash jarayoni usullari

Bozorov Hasan Nematovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Ma'lumki, ijtimoiy buyurtma asosida ta'lim muassasalarining mutaxassislik faoliyatiga ustuvorlik beriladi. Ta'lim muassasasi bitiruvchilariga qo'yilgan malaka talablari ya'ni, o'quvchilarning fanlar bo'yicha bilim va tayyorgarlik darajalarini Davlat ta'lim standartlari belgilab beradi hamda ushbu me'yoriy hujjat o'quv reja va dasturlar, darsliklar, qo'llanmalarni ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qiladi. Umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standartini belgilab beruvchi mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qaroriga asosan qabul qilindi. Ushbu me'yoriy hujjatda barcha fanlar qatori fizika fanidan uzluksiz majburiy ta'limning Davlat ta'lim standartini takomillashtirishga qaratilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi tahrirdagi standarti amalga joriy etildi. Mazkur hujjat fanlardan Davlat ta'lim standarti talablarini bajarish, ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etapli darajasi hamda bitiruvchilapga nisbatan malaka talablarini belgilab beradi.
Bu talablar o'quvchilarning o'quv yili davomida olgan bilim, ko'nikma va malakalarini qanchalik darajada yodida qolganliklarini va keyingi sinfda fanni o'zlashtirishga qanchalik tayyor ekanliklarini aniqlash, ta'lim muassasasi va undan tashqarida yaratilgan pedagogik shart-sharoitlarni tashxislash, tayanch va o'quv faniga oid umumiy kompetensiyalarning o'quvchilarda shakllanganligini baholash mexanizmini yaratish kabi muhim pedagogik-psixologik yondashuvlarni o'z ichiga qamrab oladi.
Biz olib borayotgan tadqiqot ishimizning amaliy natijasi sifatida o'quv jarayonida tayanch kompetensiyalar xususan, o'quvchilarning amaliy komppetensiyalarini shakllantirish, rivojlantirish va belgilangan kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida olib borilgan pedagogik eksperiment natijalaridan kelib chiqqan xulosalar yuzasidan fikrlashamiz. Tadqiqot olib borish uchun turli hududdagi maktablar tanlangan, bunga sabab o'quvchilarning kompetensiyasini rivojlantirish barobarida tajriba-sinovning aniqlik darajasini oshirish, shahar va tuman sharoitida maktablarda yaratilgan shart-sharoitlarning o'ziga xos tafavvutlarini tahlil qilishdan iborat.
O'quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan o'quvchilarning dars paytidagi olgan bilimlari asosida amaliy yoki ilmiy xabardorlik kompetensiyalarini shakllantirish, uning darajalarini belgilash, baholash maqsadida o'quv yili boshida o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarining dastlabki holatini aniqlash muhim hisoblanadi. Buni tegishli anketalar va o'quv fanlariga oid test topshiriqlari orqali amalga oshirish mumkin. Ular mazkur o'quv fanining xususiyatiga bog'liq holda tanlanadi. Ona tilidan diktant, ijodiy bayon yaxshiroq samara bersa, jismoniy tarbiyadan amaliy mashg'ulot orqali tashxislash samaraliroq bo'ladi. Lekin ko'pgina fanlardan, jumladan fizika fanidan test sinovlari o'tkazilsa, qisqa muddatda ko'pchilikni tashxislash mumkin bo'ladi. Test sinovlari soni 10 -15 ta bo'lish maqsadga muvofiq. Ulardan ko'pchilik qismi javoblari tanlanadigan, bir qismi esa, javoblari yoziladigan bo'lishi kerak. Har bir test ma'lum bir bilimni, ko'nikma yoki malakani egallaganligini tashxislay oladigan bo'lishi lozim. O'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish dinamikasini o'rganish, tanlangan usul, metod va ta'lim texnologiyalarning samaradorligini aniqlash, xususan, fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarning shakllanganligini testlar vositasida tekshirish, fanlar tarkibiga singdirilgan, aqliy rivojlanganlikni ko'rsatadigan topshiriqlar berish mumkin. Tadqiqot jarayonida fizikadan tuzilgan testlar ko'proq fanga oid umumiy kompetensiyalarni amaliyotda qo'llay olish layoqatini aniqlashga qaratilishi lozim. Bunda uzluksiz ta'limning ikkinchi bosqichi ya'ni, medisina kollejlariga kirgan o'quvchilarning fizika fanini o'rganishga bo'lgan tayyorgarlik darajasini o'rganishda ularning tanlagan kasbi ham hisobga olindi.
Masalan, 1.Sizlarga ma'lumki, insondagi kasalliklarni aniqlash uchun medisinada kompyuter tomografiyasi ishlatiladi. Bu asbobni devorlari metall to'r bilan qoplangan xonaga o'rnatiladi. Sababi nimada?
A) Tashqaridan shovqinlar eshitilmasligi uchun
B) Devorlari va tomograf o'rnatilgan plita tashqi ta'sir natijasida silkinmasligi uchun
C) Tashqi elektr maydonidan himoyalanish uchun
D) Tashqi magnit maydonidan saqlanish uchun.
2. Yurak urishi tekshirilganida, minutiga 75 ta urishi aniqlandi. Uning davrini toping.
3. Inson suyagining siqilishga mustahkamligi 17∙1010 Pa ga teng. Betonning siqilishga mustahkamligi 21 MPa ga teng. Ularni o'zaro solishtiring. (Javobi: Suyakniki 8 marta ko'p)
4. Quloqga ovozni kuchaytirib beradigan qurilma 1,5 V kuchlanishda ishlaydi. Agar uning iste'mol qiladigan toki 0,001 A bo'lsa sarflaydigan quvvati necha vattga teng? (Javobi: 0,0015 Wt)
5. Radiusi 1 mm bo'lgan medisina shprisiga 9,86 N kuch bilan ta'sir etilayotgan bo'lsa, shpris ninasiga berilayotgan bosimni toping(Pa)? (J:106 Pa).
Bunday tipdagi misollar o'quvchilarning amaliy kompetensiyalarini shakllantirishga yordam beradi. Umuman olganda, fanga oid kompetensiyalarni baholash me'zonlari kabi, o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini aniqlaydigan umum e'tirof etilgan usullar mavjud emas. Ularni testlar yoki nazoratning yozma(og'zaki ) usullari bilan ham aniqlash qiyin. Shunga ko'ra, o'quvchiladagi amaliy yoki ilmiy xabardorlik kompetensiyalarini aniqlashda an'anaviy baholash usullarini qo'llab bo'lmaydi. Kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini aniqlashning samarali usuli bu anketalar o'tkazishdir. Bunda o'quvchilarda shakllanishi kerak bo'lgan kompetensiyalarga tegishli bo'lgan savollar anketaga kiritiladi. Kompetensiya shakllanganligini bitta savol bilan emas, balki uni qamrab olish uchun bir nechta savol beriladi. Masalan, biz taklif qilgan (30 talik) anketa savollarida tayanch kompetensiyalar tarkibiga ko'ra: kommunikativ kompetensiya(1)ni, axborot bilan ishlash kompetensiyasi(2)ni, shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi(3)ni, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi(4)ni, umummadaniy kompetensiya(5)lar hamda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiya(6)larini qamrab oladi.
O'quvchilarga beriladigan anketa savollari bilan birgalikda ularga to'ldirish yuzasidan yo'riqnoma ham berildi. Masalan, agar qatordagi yozilgan gapga to'liq qo'shilsa (+3) ni, agar butunlay qarshi bo'lsa (-3) ni, to'la qo'shilmasa shunga moslarini belgish, javob bera olmasa (0) ni aylantirib chizib qo'yish tavsiya etiladi. Agar so'rovnomada gap tugallanmagan bo'lsa, uni davom ettirib, o'z fikrini bildirishi kerak.






Savollar

 Belgilanadigan raqamlar

1.

Men maktabimizdagi qoidalarini bilaman. Bu qoidalar quyidagilar _________________________________________




9.

Mening fuqaro sifatidagi majburiyatlarim ____

 -3-2-1 0+1+2+3

11.

Hayotda o'zim hohlaganlarimga erishish uchun men ___________ ______________________ o'rganishim kerak

 -3-2-1 0+1+2+3

15.

Agar meni noma'qul harakat qilganlikda noto'g'ri ayblashsa, men
____________________________________________qilaman




18.

Agar menga maktabda biror-bir tadbirni tashkil etish topshirilsa,men

 -3-2-1 0+1+2+3

19.

Agar menga shaxsiy ehtiyojlarim uchun pul kerak bo'lib qolsa,men

 -3-2-1 0+1+2+3

27.

Men o'zimning xarakterimdagi kuchli va kuchsiz tomonlarimni yaxshi bilaman.Kuchli tomonlarim




30.

Men o'z shaxsiy fikrimni aytishga qiynalaman

-3-2-1 0+1+2+3

Jadvalga ko'ra barcha 7 ta ko'rsatgich o'quvchilar tomonidan belgilangan. Bu o'quvchilarning masalaga ijobiy yondashganliklarini bildiradi. (+3) ni belgilagan o'quvchilar eng ko'p foizni tashkil etadi. Tanlashga berilgan ballarni belgilashda o'quvchilar javoblarining real ekanligini nazorat qilish maqsadida, ko'pchilik savollarda bal belgilash bilan birgalikda yozma tarzda javob berishlari ham kerak bo'ladi. Bunda ularning belgilagan balli va yozgan javobini o'zaro solishtirib, mosligini aniqlash mumkin.


O'quvchilarda amaliy kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash uchun fanlar tarkibiga singdirilgan aqliy rivojlanganlikni ko'rsatadigan topshiriqlar berish maqsadga muvofiq deb hisobladik. Bunda topshiriqlar batareyasi oltita to'plamdan iborat qilib tuzildi.
№ 1 topshiriqlari tavsifi
Taklif etilgan topshiriqlar savol xarakteriga ega. Ularning har birida bittadan so'z yetishmaydi. Siz taklif etilgan beshta berilgan gapni to'ldiradigan faqat bitta so'zning tagiga chizib qo'yishingiz kerak.
Misol: Qaysi so'z "salbiy" so'ziga qarama-qarshi bo'ladi?
a) omadsiz; b) bahsli; v) muhim; g) tasodifiy; d) ijobiy.
Bu holda to'g'ri javob “ijobiy” bo'ladi. Ajratilgan vaqt 6 minut.
№ 1 topshiriqlar to'plami
1. Quyidagilardan qaysi biri natural songa kiradi?
a) 1,5; b) - 5; v) 0; g) -3; d) 1.
2. Quyidagilardan qaysi biri mexanik hodisalarga kiradi?
a) suv qaynamoqda; b) muz erimoqda; v) chaqmoq chaqmoqda; c) shar dumalamoqda; d) radiodan ovoz chiqmoqda.
3. Qaysi so'z "aziz" so'ziga qarama-qarshi bo'ladi ?
a) omadsiz; b) omi; v) ilmsiz; g) xor; d) baxtsiz.
4. Kitob, ma'ruza, leksiya mazmunini aks etdiruvchi qisqacha yozuv nima deb nomlanadi?
a) abzas; b) sitata; v) rukn; g) parcha; d) konspekt.
№ 2 topshiriqlar to'plami
1. Fe'l: tuslamoq = ot : ?
a) o'zgartirmoq; b) yuzaga keltirmoq; v) qo'llamoq;
g) turlamoq; d) yozmoq.
2. Sovuq : issiq = harakat : ?
a) inersiya; b) tinch holat; v) molekula; g) o'zaro ta'sir.
3. Issiqlik : hayotiy faoliyat = kislorod : ?
a) gaz; b) o'simlik; g) rivojlanish; d) nafas olish.
Bunday yondashuv topshiriqlari berilgan so'zlar orasida qanday umumiylik borligini topish, ular orasidagi eng umumiy alomatlarni topishga harakat qilish, fanlar uzluksizligiga alohida e'tibor qaratish orqali o'quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Shuningdek, fizik diktantlar ham o'quvchilarning kommunikativligini, yozma nutqining rivojlanishi hamda o'qigan ma'lumotlarga nisbatan e'tiborli bo'lish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
1.Elementar zarra “elektron”zaryadining ishorasi ... zaryad sifatida qabul qilingan. 2. Birxil ishorada zaryadlangan jismlar o'zaro ..., turli ishorada zaryadlangan jismlar o'zaro .... 3.Gazlardan elektr toki o'tishiga ... deyiladi.
O'quvchilarga fanga va fanlar integrasiyasiga doir darslikdan tashqari amaliy topshiriqlar berish, ularning mantiqiy fikrlashini va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo'ljallangan amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari hamda mustaqil bajarishga va ijodiy, kreativ fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish o'qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri sanalishini inobatga oladigan bo'lsak, ta'limga kompetensiyaviy yondashuvni masalaning ijobiy yechimi sifatida qarashimiz mumkin.
Фойдаланилган адабиётлар:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son Qarori.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.

  3. Usarov J.E., Turdiev N. Yangi davlat ta’limi standartlari asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning o‘ziga xos jihat­lari//Xalq ta’limi. – Toshkent, 2017. – №3. – B. 62-67.

4. Usarov J.E. O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish omil­lari//Xalq ta’limi. – Toshkent, 2016. – № 4. – B. 11-14.
5. Internet materiallari www.cisbaltic-odl.org
Download 23.28 Kb.




Download 23.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchilarning kompetensiyalarni rivojlantirish sharoitlari va tashxislash jarayoni usullari

Download 23.28 Kb.