VA TEXNOLOGIYASI Ta`mirlash (remont – fransuzcha “remonter” – to’g’rilash, to’ldirish, qayta yig’ish) – jihozlarni, texnika qurilmalari va mexanizmlani, yig’ma birlik va detallarning ishga yaroqliligini tiklash uchun o’tkaziladigan tashkiliy va texnik tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ana shu tadbirlarni amalga oshirish natijasida texnologik va boshqa jihozlarning, quvurlar sistemasining ish qobiliyati Davlat standarti DSt (Государственный стандарт ГОСТ) va texnik shartlar TSh (Технические условия ТУ) talablariga javob beradigan darajagacha etkaziladi, ya`ni mashinaning ish qobiliyati qaytadan tiklanadi.