Variant – I




Download 498 Kb.
bet2/23
Sana24.03.2017
Hajmi498 Kb.
#1664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Variant II. Эволюцион талимот, далилар, ерда хаётнинг пайдо булиши

1.Quyida berilgan davrlardan qaysi hayvonlar kelib chiqqanligi to’g’ri berilgan javobni toping.

1.silur. 2.devon. 3.perm.

4.trias.

a.dastlabki sut emizuvchilar.

b. suvda ham quruqlikda yashovchilar.

v. sudralib yuruvchilar.

g. ninatanlilar. d. Jag’siz qalqondorlar.

e. Dastlabki xordalilar.

A) 1-g; 2-e; 3-b; 4-d.

V) 1-a; 2-b; 3-v; 4-g.

S) 1-b; 2-v; 3-g; 4-e.

D) 1-g; 2-b; 3-v; 4-a.

E) 1-e;2-d; 3-g; 4-v.,

2. Organizmning tevarak atrof jonsiz tabiati bilan uning hayotchanligiga yoki ko’payish imkoniyatlariga ta’sir etadigan boshqa organizmlar bilan o’zaro munosabatini qanday atash mumkin?

A) Modifikatsiya. V) Mutatsion o’zgaruvchanlik.

S) Populyatsion to’lqinlar.

D) yashash uchun kurash.

E) sun’iy tanlash.

3.Yer yuzasining o’zgarishi o’simlik va hayvonlar o’zgarishiga olib keladi. Bu fikrni qaysi olim bayon etgan?

A) Abu Ali ibn Sino.

V) Abu Rayhon Beruniy.

S) Abu Nasr Farobiy.

D) Ahmad ibn Nosir jayhoniy.

Zahiriddin Muhammad Bobur.

4. Mikoriza nima?

A) Zamburug’ bilan suvo’tlarining simbiozi.

V) Lishaynik. S) Bakteriyalar bilan ildizning simbiozi.

D) Zamburug’ mitseliysi bilan daraxt ildizining simbiozi.

E) Zamburug’ mitseliysi keltirib chiqaradigan kasallik.

5. Qaysi era 70 mln yil davom etgan?

A) Arxey. V) Proterazoy.

S) Kaynazoy. D) Mezazoy.

E) Paleozoy.

6. O’simliklar bilan hayvonlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni isbotlashda qaysi organizmlarni misol qilish mumkin?

1. lishaynik. 2. volvoks.

3. amyoba. 4. bezgak paraziti.

5. yashil evglena.

6. foraminifera.

A) 2,5. V) 1,5. S) 1,2,5.

D) 3,4,6. E) 4,6.

7. Yirik sistematik guruhlar doirasida turning xilma-xilligi qanday jarayon tufayli tinimsiz o’sib boradi?

A) Divergensiya.

V) Adaptatsiya.

S) Mutatsiya.

D) Izolyatsiya.

E) Konvergensiya.

8.Uchuvchi hasharotlar qasi davrda rivojlangan?

A) Kembriy. V) Ordovik.

S) Silur. D) Devon.

E) Toshko’mir

9.Ontogenezning nisbati xususidagi qonunni kashf etgan olimlarni belgilang.

A) A.F.Myuller, G.Mendel.

V) B.E.Gekkel, T.Morgan.

S) T.Morgan, F.Myuller.

D) F.Myuller, E.Gekkel.

E) K.F.Rulye, I.Shmalgauzen.

10.Quyidagilardan qaysi biri relikt forma hisoblanadi?

A) Gingko biloba. V) Riniya. S) Rafleziya.

D) Velvichiya mirabilis. E) Agava.

11. Har xil sistematik gruppalarga mansub hayvonlarning yashash sharoiti va tabiiy tanlanish ta’sirining yo’nalishi o’xshash bo’lsa, mikroevolyutsiya jarayonida ular ba’zan yashash muhitiga bir xildagi o’xshash moslamari bilan moslashadi. Bu jarayon nima deb ataladi?

A) Divergensiya.

V) Mikroevolyutsiya.

S) Ontogenez. D) Filogenez.

E) Konvergensiya.

12.Hisor tog’ tizmalarida ..........

aniqlangan.

A) Suvda yashovchi o’simlik sporalari.

V) Quruqlikda yashovchi o’simlik sporalari.

S) Qadimgi urug’li paporotniklar.

D) Qadimgi bakteriyalarning sporalari.

E) Qadimgi ochiq urug’lilar.

13. Quyidagi berilgan organizmlarning qaysi biri

umurtqalilar bilan umurtqasizlar o’rtasidagi oraliq forma hisoblanadi?

A) Halqali chuvalchanglar.

V) Molyuskalar.

S) Lansetnik. D) Baliqlar.

E) Qisqichbaqalar.

14. Ch.Darvin qanday belgilarni aniqlash yo’li bilan xonaki hayvonlarning yovvoyilardan kelib chiqqanligini ko’rsatganligini belgilang.

A) Anotomik, morfologik.

V) Fiziologik, genetik.

S) Genetik, anotomik.

D) Geografik, fiziologik.

E) Anotomik, fiziologik.

15Qaysi davrda tishli qushlar ko’plab uchraydi?

A) Perm. V) Trias. S) Yura.

D) Bo’r. E) To’rtlamchi.

16. Qaysi moddalar quyuq jelatinasimon eritmalar hosil qilib, koaservatlarga aylangan?

A) uglevodlar va lipidlar.

V) Lipidlar, ATF, oqsillar.

S) Polisaxaridlar va disaxaridlar.

D) Oqsillar va aminokislotalar.

E) Oqsillar va nuklein kislotalar.

17. Kutora qaysi sinfga mansub va qayerda yashaydi?

A) Hasharotlar, havoda.

V) Kemiruvchilar, tuproqda.

S) Sutemizuvchilar, quruqlikda.

D) Qushlar, havoda.

E) Baliqlar, suvda.

18. Yovvoyi bankiv tovuqlari qayerlarda yashaydi?

A) Hindistonda, Shri-Lankada.

V) Avstraliyada, Yangi Zelandiyada. S) Xitoy va Markaziy Osiyoda.

D) O’rta dengiz sohillarida.

E) Angliya va Norvegiyada.

19. Genning .... mutant organizmga ta’sir ko’rsatmaydi.

A) Ekzon qismidagi yoki DNK nukleotidlarining mutatsiyasi.

V) Intron qismidagi yoki genning o’zidagi mutatsiyalar.

S) Intron qismidagi yoki genlar orasidagi nukleotidlarning mutatsiyasi.

D) Ekzon qismidagi yoki genlar atrofidagi DNK nukleotidlarining mutatsiyasi.

E) Intron va ekzonlar orasida joylashgan nukleotidlarning mutatsiyalarini.

20.Hozirgi davrda yashayotgan to’garak og’izlilar, minogalar, miksinalarning uzoq ajdodlarini aniqlang.

A) Qalqondorlar. V) Trilobitlar.

S) Ammonitlar. D) Belemintlar.

E) Yuqoridagilarning barisi.

21.Qaysi davrda osmonni qoplagan bulutlar juda kamayib atmosfera quruq va shaffof bo’lgan?

A) Trias. V) Bo’r. S) Yura.

D) Ordovik. E) Silur.

22.Tur va uning populyatsiyalarining saqlanishiga xizmat qiladigan muhim moslanish nimadan iborat?

A) Ko’payish intensivligining har xil bo’lishi. V) Populyatsiyaning areal bo’ylab tarqaishi.

S) Hayvonlardagi instinkt.

D) Hayvonlarning o’z rangini o’zgartirishga harakat qilishi.

E) Faqat foydali belgilarning nasldan- naslga o’tishi.

23. Ch. Darvin o’z sayohatlarida endemik turlarni qayerda uchratgan edi?

A) Galapogos orollarida.

V) Summatra orollarida.

S) Patagoniya orollarida.

D) Marjon orolida.

E) SaSalvador orolida.

24.qaysi davrda paporotnik, qirqbo’g’im va plaunlardan dastlabki o’rmonlar hosil bo’ladi?

A) Kembriy. V) Ordovik.

S) Silur. D) Devon.

E) Toshko’mir.

25. B globin genlar oilasi dastlabki gennig duplikatsiyasi tufayli vujudga kelgan. Odamda B bog’lamning umumiy uzunligi ....... nukleotiddan iborat.

A) 45 mln juft. V) 42 mln juft.

S) 35 mln juft. D) 45 ming juft.

E) 42 ming juft.

26. Kaltakesak va toshbaqalarning ajdodi qaysi davrda paydo bo’lgan?

A) Perm. V) Trias. S) Yura.

D) Bo’r. E) To’rtlamchi.

27.Qaysi davrda tog’ayli baliqlar rivojlanib, qalqondor baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro’y bergan so’ngra suyakli baliqlar kelib chiqqan?

A) Kembriy. V) Ordovik.

S) Silur. D) Devon.

E) Toshko’mir

28.Qaysi davr yotqiziqlarida 250 ta o’simlik turi aniqlangan?

A) Perm. V) Trias. S) Yura.

D) Bo’r. E)

To’rtlamchi.

29. Quyidagi berilgan

Ch. Darvin asarlari nechanchi yillarda nashr etilgan?

1. Turlarning paydo bo’lishi.

2. Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o’simliklarning o’zgaruvchanligi.

3. Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish.

a)1958; b)1859; v)1868; g)1971; d)1876;

A) 1-b; 2-v; 3-g.

V) 1-a; 2-b; 3-v;

S) 1-b; 2-d; 3-g;

D) 1-b; 2-v; 3-d;

E) 1-d; 2-v; 3-b;

30. Populyatsiyadagi kombinatsion o’zgaruvchanlik manbai nima?

A) Mutatsiya. V) Genofond.

S) Chatishtirish. D) Evolyutsiya.

E) Irsiyat.

31.Qaysi davrda panja qanotli baliqlarning ayrim vakillari quruqlikka chiqqan?

A) Kembriy. V) Ordovik.

S) Devon. D) Toshko’mir.

E) Perm.

32. Hozirgi paytda qaysi hayvonlarning populyatsiyasi 300-400 individdan iborat xolos?

A) Yo’lbars, burgut. V) Gepard, ilvirs.

S) Yo’lbars, sirtlon.

D) Yo’lbars, ilvirs.

E) Yenotsimon it, ko’k sug’ur.

33.Kalamitlar qaysi davrda paydo bo’lgan?

A) Kembriy. V) Ordovik.

S) Silur. D) Devon.

E) Toshko’mir

34. Habashiston biogeografik viloyati qaysi hududlarni egallagan?

A) Shimoliy amerika, Grenlandiya, Bermud.

V) Janubiy va Markaziy Amerika, Karib arxipelagi.

S) Seylon, Tayvan, Filippin.

D) Afrikaning Markaziy Janubiy qismi, Madakaskar.

E) Barneo, Yava-sumatra, Yangi Zelandiya.

35. Nima uchun populyatsiya xilma-xil bo’lib qoladi?

A) Ozuqasi xilma-xil bo’lgani uchun.

V) Individlari tor doirada moslashgani uchun.

S) Individlari o’zgaruvchan bo’lgani uchun.

D) Individlari soni o’zgaruvchan bo’lgani uchun.

E) Genda mutatsiya bo’lmagani uchun.

36. Mezazoy erasida qaysi organizmlar paydo bo’lgan?

1. sutemizuvchilar. 2.arxeopteriks. 3. stegosefalar.

4. dastlabki gulli o’simliklar.

5. jag’siz umurtqalilar.

6. driopiteklar.

A) 2,4,5. V) 6,4,2. S) 2,4,1.

D) 3,2,4. E) 1,4,6.




1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 498 Kb.