Variant Ma’lumot tuzilmasi




Download 15.94 Kb.
bet1/3
Sana10.01.2023
Hajmi15.94 Kb.
#37906
  1   2   3
Bog'liq
6- Topshiriq
102-GURUH FARXODOV SHOKIR NAZORAT ISHI (1), informatika 10 rus, round up test 1, Round-up-1, dccfhfdhgfghfgh, 1-kurs 1-semestr yakuniy nazorat ishi

Topshiriqlar

Variant

Ma’lumot tuzilmasi

Bajariladigan amallar (masala sharti)

1

Binar daraxt

Muvozanatlashgan binar daraxt yarating va uni ekranda (binar) daraxt shaklida chop qiling va:
-daraxtdagi eng katta qiymatli elementni toping;
- daraxtning barglaridagi elementlarini alohida chop qiling;
- daraxtning ildizidan ixtiyoriy Ye-tugun orqali o‘tadigan barg tugunigacha bo‘lgan masofani hisoblang.

2

Binar daraxt

Muvozanatlashgan binar daraxt yarating va uni ekranda (binar) daraxt shaklida chop qiling va:
- daraxt balandligini hisoblang;
- daraxtda ikkita bir xil qiymatli element mavjud ekanligini aniqlang;
- daraxtning ildizidan ixtiyoriy Ye-tugun orqali o‘tadigan barg tugunigacha bo‘lgan masofani hisoblang.

3

Binar daraxt

Muvozanatlashgan T daraxtni hosil qiling, uni (binar) daraxt ko‘rinishida ekranga chop qiling va:
- berilgan daraxtdagi qiymati juft son bo‘lgan tugunlarni olib tashlang;
- hosil bo‘lgan daraxtdagi barg tugunlari sonini aniqlang va ularning qiymatlarini chiqaring.

4

Binar daraxt

Kutubxonadagi kitoblar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi dastur tuzing. Kitoblar haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
- muallifning ismi sharifi;
-kitobning nomi;
-nashr yili;
-kutubxonadagi nusxalar soni.

Download 15.94 Kb.
  1   2   3




Download 15.94 Kb.