VI. JABRLANUVCHILARNING HAYOTI




Download 310.43 Kb.
bet10/22
Sana15.03.2017
Hajmi310.43 Kb.
#152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
VI. JABRLANUVCHILARNING HAYOTI

VA SOG’LIG’IGA ZARAR YETKAZILGANDA

SUG’URTA TOVONI MIQDORINI ANIQLASH
48. Jabrlanuvchining hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilganda sug’urta tovonining miqdori sug’urta pulining 65 foizidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
49. Bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo’riga) tegadigan sug’urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu Qoidalarning 48-bandida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
50. Jabrlanuvchining hayotiga yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha to’lov miqdori yetkazilgan zarar mavjudligini va miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasidan ma’lumotnoma yoki hayot va sog’liqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, dalolatnoma yoki o’lim to’g’risidagi guvohnoma) asosida hamda jabrlanuvchining hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha to’lovlar jadvaliga (keyingi o’rinlarda to’lovlar jadvali deb ataladi) muvofiq ushbu Qoidalarga 7-ilovaga* binoan aniqlanadi.

Agar hayot va sog’liqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan shikastlanish xarakteri to’lov jadvalida keltirilmagan bo’lsa, sug’urtalovchi to’lovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakterga muvofiqligini aniqlash uchun ushbu hujjatlarni bergan muassasaga yozma ravishda murojaat qiladi. Shikastlanish xarakterining to’lovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakteriga muvofiqligini aniqlashda shikastlanishning eng muvofiq xarakteri tanlanadi.


51. Hayotga, sog’liqqa va (yoki) mol-mulkka zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjat bo’yicha shubha paydo bo’lganda sug’urtalovchi hujjatda ko’rsatilgan axborotning tasdig’ini olish uchun ushbu hujjatni bergan muassasaga murojaat qilish huquqiga ega.



Download 310.43 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Download 310.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. JABRLANUVCHILARNING HAYOTI

Download 310.43 Kb.