IV. SUG’URTA HODISASI SODIR




Download 213.5 Kb.
bet2/22
Sana15.03.2017
Hajmi213.5 Kb.
#152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Qoidalar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish (keyingi o’rinlarda "majburiy sug’urta qilish" deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
transport vositasining egasi - transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish to’g’risidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. O’z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud o’zga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi hisoblanmaydi;
haydovchi - transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o’rgatilayotganda o’rgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi;
transport vositalari egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi (keyingi o’rinlarda majburiy sug’urta shartnomasi deb ataladi) - sug’urta shartnomasi bo’lib, unga ko’ra sug’urtalovchi sug’urta hodisasi sodir bo’lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug’urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o’rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi;


Download 213.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 213.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. SUG’URTA HODISASI SODIR

Download 213.5 Kb.