Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-son qaroriga




Download 310.43 Kb.
bet5/22
Sana15.03.2017
Hajmi310.43 Kb.
#152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
sug’urta hodisasi - majburiy sug’urta qilish shartnomasiga ko’ra transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, sug’urta qildiruvchining sug’urta tovonini amalga oshirishiga sabab bo’ladigan zarar bo’yicha javobgarligi sug’urta qilingan, sug’urta qildiruvchi yoki boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi;
sug’urtalovchi - majburiy sug’urta qilishga haqli tijorat tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs;
transport vositasi - yo’llarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki o’ziga o’rnatilgan asbob-uskunalarni tashish uchun mo’ljallangan qurilma.
3. Transport vositasiga egalik huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xo’jalik yuritishiga, operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay o’zining fuqarolik javobgarligini sug’urta qildirishi shart.
4. Fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

eng katta konstruktiv tezligi soatiga 20 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;

tirkamalar va ikki, uch g’ildirakli yoki ish hajmi 50 kub santimetrgacha bo’lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari bundan mustasno;

chet davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug’urta tizimlari doirasida sug’urta qilingan bo’lsa;

egalarining fuqarolik javobgarligi qonunga muvofiq boshqa shaxs tomonidan sug’urta qilingan transport vositalari.


5. O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishda va O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug’urta tizimlarining sug’urta polislari mavjud bo’lmagan taqdirda chet davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan va O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanilayotgan transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini ushbu transport vositalaridan O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanishning butun muddatiga, lekin kamida o’n besh kunga sug’urta qildirishi shart.
6. Transport vositalaridan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug’urta obyektidir.

Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug’urta qilinishi mumkin.


7. Quyidagilar oqibatida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug’urta hodisasi hisoblanmaydi:

majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisida ko’rsatilmagan transport vositasidan foydalanishda zarar yetkazish;

ma’naviy yetkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning o’rnini qoplash bo’yicha majburiyatning yuzaga kelishi;

transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o’quv haydovi davomida foydalanishda zarar yetkazilganligi;

atrof muhitning ifloslanishi;

tashilayotgan yuk ta’sirida zarar yetkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy sug’urtaning tegishli turi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sug’urta qilinishi kerak bo’lsa;

xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilishi, agar bu zararning majburiy sug’urtaning tegishli turi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozim bo’lsa;

xodimga zarar yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o’rnini ish beruvchi tomonidan qoplash bo’yicha majburiyati;

haydovchining o’zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga o’rnatilgan asbob-uskunalarga zarar yetkazilganligi;

yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi bo’lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanganida zarar yetkazilganligi;

nodir va boshqa noyob buyumlar, me’moriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlar, san’at asarlari, qo’lyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog’ozlar, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo’q qilinganligi;

jabrlanuvchilarning sug’urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilgan xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar.

Ushbu bandda ko’rsatilgan hollarda transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning o’rni ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi kerak.
8. Yo’l harakatida qatnashayotgan transport vositasi haydovchisida majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisi mavjud bo’lishi, transport vositasining o’zida esa maxsus davlat belgisi o’rnatilgan bo’lishi shart.



Download 310.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 310.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-son qaroriga

Download 310.43 Kb.