II. MAJBURIY SUG’URTA SHARTNOMASINI




Download 310.43 Kb.
bet6/22
Sana15.03.2017
Hajmi310.43 Kb.
#152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
II. MAJBURIY SUG’URTA SHARTNOMASINI

TUZISH, O’ZGARTIRISH VA MUDDATIDAN

OLDIN TO’XTATISH TARTIBI
9. Majburiy sug’urta shartnomasi ommaviy hisoblanadi va 1 yil muddatga tuziladi, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadaga olinganda va shu kabilar) uning egasi transport vositasini ro’yxatdan o’tkazish joyiga borish muddatiga majburiy sug’urta shartnomasini tuzishga haqlidir. (O’zR VM 07.06.2011 y. 163-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga majburiy sug’urta shartnomasini tuzish huquqiga ega. Bunda ko’rsatib o’tilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam bo’lishi mumkin emas.
10. Transport vositasining egasi majburiy sug’urtani amalga oshiruvchi sug’urtalovchini tanlash huquqiga ega.
11. Majburiy sug’urta shartnomasi sug’urtalovchi tomonidan sug’urta qildiruvchiga sug’urta polisini va maxsus davlat belgisini taqdim etish yo’li bilan tuziladi. Sug’urta polisi va maxsus davlat belgisi hisoblangan sug’urta mukofoti to’langandan keyin taqdim etiladi.

Sug’urta polisi va maxsus davlat belgisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 ta darajasiga ega bo’lishi kerak. Sug’urta polisi va maxsus davlat belgisi blankalari sug’urtalovchining buyurtmasi bo’yicha "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida, ushbu Qoidalarga 1 va 2-ilovalarga binoan sug’urta polisi namunasiga hamda maxsus davlat belgisi shakliga muvofiq tayyorlanadi.

Maxsus davlat belgisi egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtalangan transport vositasining old tomonidagi oynasining yuqoridagi o’ng burchagiga joylashtiriladi.
12. Majburiy sug’urta shartnomasini tuzish uchun sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchiga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha ariza-anketada ko’rsatilgan majburiy sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risidagi ariza-anketani har bir transport vositasi bo’yicha taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:

a) transport vositasini boshqarishga qo’yilgan sug’urta qildiruvchi - jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi oxirgi yozuv qayd etilgan varaqlari);

b) transport vositasining texnik pasporti (schyot-ma’lumotnomasi) yoki uning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma (ushbu Qoidalarning 14-bandida nazarda tutilgan holatda - transport vositasining oldi-sotdi (almashish, hada qilish) shartnomasining nusxasi);

v) transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma yoxud ushbu transport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat agar majburiy sug’urta shartnomasi transport vositasini boshqarishga faqat muayan shaxslargina boshqarishga qo’yilishi sharti bilan tuzilgan bo’lsa (transport vositasini boshqarishga qo’yilgan barcha shaxslar uchun, transport vositasi egasidan tashqari);

g) transport vositasini boshqarishga qo’yilgan barcha shaxslarning haydovchilik guvohnomasi yoki barcha haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar - transport vositasini boshqarishga faqat muayan shaxslar qo’yilishi sharti bilan majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan taqdirda;

d) sug’urta qildiruvchi - jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalarning 33-bandiga muvofiq sug’urta mukofoti bo’yicha siylov olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvohnoma, ma’lumotnomalar va shu kabilar) hujjatlar (agar bo’lsa).

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarning asl nusxalari ularning nusxalari bilan taqqoslash uchun taqdim etiladi, ushbu bandning "d" kichik bandida ko’rsatilgan hujjatlar bundan mustasno. Ushbu bandning "d" kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchiga taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlarning to’liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanadi.


13. Sug’urta qildiruvchi ushbu Qoidalarning 12-bandida sanab o’tilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda ushbu Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo’yicha o’tgan 5 yil mobaynida majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan sug’urtalovchilar tomonidan berilgan transport vositasini boshqarishga qo’yilgan har bir shaxs bo’yicha sug’urtalash to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Sug’urtalash to’g’risidagi ma’lumotlarni:

majburiy sug’urta shartnomasini birinchi marta tuzayotgan shaxs;

transport vositasini boshqarishga qo’yilgan shaxs sifatida majburiy sug’urta qilishda birinchi martda qatnashayotgan shaxslar;

oldingi majburiy sug’urta shartnomasini tuzgan sug’urtalovchi bo’yicha, shuningdek majburiy sug’urtaning oldingi shartnomasida ko’rsatilgan transport vositasini boshqarishga qo’yilgan shaxslar bo’yicha ushbu sug’urtalovchiga taqdim etishi talab qilinmaydi.
14. Agar sug’urta qildiruvchi o’zi egasi bo’lgan transport vositasini majburiy sug’urta qilish shartnomasini tuzish vaqtigacha belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan bo’lsa, majburiy sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risidagi arizani to’ldirishda "Davlat ro’yxatidan o’tkazish raqami" satrini to’ldirmaydi. Transport vositasi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchiga texnik pasport yoki davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etishi shart, sug’urtalovchi ko’rsatib o’tilgan hujjatlar asosida majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisi blankasida tegishli yozuvni qayd etadi.
15. Transport vositasining egasi o’ziga tegishli transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sug’urta shartnomasini tuzishga haqlidir. Transport vositasidan yil davomida foydalanish davri, shuningdek uni boshqarishga qo’yilgan barcha haydovchilar majburiy sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risidagi arizada va sug’urta polisida ko’rsatiladi.
16. Majburiy sug’urta shartnomasi amal qiladigan davrda sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchiga majburiy sug’urta shartnomasi tuzish to’g’risidagi arizada ko’rsatilgan ma’lumotlardagi o’zgarishlar haqida yozma shaklda zudlik bilan xabar qilishi shart.
17. Sug’urtalovchi majburiy sug’urta shartnomasini tuzishda taqdim etilgan ma’lumotlardagi o’zgarishlar to’g’risidagi arizani sug’urta qildiruvchidan olgan taqdirda zarurat bo’lganda majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisini qayta rasmiylashtiradi.

Agar sug’urta qildiruvchi xabar qilgan o’zgarishlar majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisidagi va maxsus davlat belgisidagi mavjud ma’lumotlarga taalluqli bo’lsa sug’urtalovchi sug’urta qildiruvchiga 3 ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtirilgan majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisini va maxsus davlat belgisini berishi shart. Sug’urta qildiruvchidan qayta rasmiylashtirilgan majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisi va maxsus davlat belgisi olgan taqdirda, u ilgari berilgan majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisini va maxsus davlat belgisini qaytarib berishi shart. Sug’urtalovchi tomonidan qaytarib berilgan majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisi va maxsus davlat belgisi qayta rasmiylashtirilgan hujjatlarning ikkinchi nusxalari bilan birga sug’urtalovchida saqlanadi.


18. Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisi va maxsus davlat belgisi yo’qotib qo’yilgan yoki yaroqsiz bo’lib qolgan taqdirda sug’urta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini to’langan sug’urta mukofoti summasining 10 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda to’lashi kerak. (O’zR VM 07.06.2011 y. 163-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Dublikatlar sug’urtalovchi tomonidan sug’urta qildiruvchi murojaat qilgan va u dublikatlarni tayyorlash bo’yicha xarajatlarni to’lagan kundan boshlab ikki kun muddatda beriladi.


19. Majburiy sug’urta shartnomasining amal qilishi:

a) transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanganda;

b) majburiy sug’urta polisida ko’rsatilgan transport vositasi bundan buyon foydalanish uchun yaroqsiz bo’lib qolganda;

v) transport vositasining egasi o’zgarganda muddatidan oldin to’xtatiladi.

Majburiy sug’urta shartnomasining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham muddatidan oldin to’xtatilishi mumkin.
20. Majburiy sug’urta shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin to’xtatilgan taqdirda sug’urta mukofotining bir qismi to’langan tovon summasiga va majburiy sug’urta to’g’risidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi. Bunda majburiy sug’urta shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalarning 19-bandi "a", "b" va "v" kichik bandlarida ko’rsatilgan boshqa asoslarga ko’ra muddatidan oldin to’xtatilgan taqdirda sug’urtalovchi sug’urta mukofotining qaytarilayotgan qismidan uning ushbu majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha isbot qilinadigan xarajatlari summasini sug’urta mukofotining 25 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda chegirishi mumkin.

Sug’urta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxo’rlariga, huquqiy vorislariga) sug’urta summasining bir qismini ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda qaytarish sug’urta qildiruvchining (uning qonuniy vakillari, merosxo’rlari, huquqiy vorislari) tegishli tartibda murojaat qilgan kunidan boshlab 14 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.


21. Sug’urtalovchi sug’urta qildiruvchining yoki majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta polisida ko’rsatilgan haydovchining tegishli murojaati sanasidan boshlab 5 kun muddatda unga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha sug’urta qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun to’lov undirilmaydi.
22. Majburiy sug’urtalash shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchini almashtirish ushbu sug’urtalovchi tomonidan boshqa sug’urtalovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida, ushbu Qoidalarning 23 - 25-bandlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
23. Sug’urtalovchini almashtirishga maxsus vakolatli davlat organining va sug’urtalovchining qaysi sug’urta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlari majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha boshqa sug’urtalovchiga o’tkazilgan bo’lsa, sug’urta qildiruvchilarning roziligi bilan yo’l qo’yiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar boshqa sug’urtalovchiga o’tkaziladigan majburiy sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta to’lovlarini amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ular merosxo’rlarining yoki huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur.

Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha majburiyatlarni qabul qiluvchi sug’urtalovchining sug’urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislari) sug’urtalovchini almashtirishga rozi ekanligi to’g’risidagi so’rovi yozma shaklda amalga oshiriladi. So’rovda sug’urta qildiruvchilarning va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislarining) almashtirishni rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.


24. Sug’urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislari) sug’urtalovchining almashtirilishiga rozi bo’lish yoxud rad etishga haqlidirlar. Sug’urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislari) majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha majburiyatlarni topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sug’urtalovchini o’z qarori to’g’risida yozma shaklda xabardor qiladilar.
25. Maxsus vakolatli davlat organi, agar:

majburiy sug’urta shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sug’urtalovchi majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lmasa;

sug’urtalovchining majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha o’ziga berilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan bajarilishi majburiy bo’lgan to’lovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab bo’lsa;

sug’urtalovchining almashtirilishi tartibi va shartlari qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq bo’lsa, sug’urtalovchining almashtirilishini rad etishga haqlidir.





Download 310.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 310.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. MAJBURIY SUG’URTA SHARTNOMASINI

Download 310.43 Kb.