III. SUG’URTA PULI, SUG’URTA MUKOFOTI




Download 310.43 Kb.
bet7/22
Sana15.03.2017
Hajmi310.43 Kb.
#152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
III. SUG’URTA PULI, SUG’URTA MUKOFOTI

VA SUG’URTA MUKOFOTINI

TO’LASH TARTIBI
26. Sug’urta puli majburiy sug’urta shartnomasida milliy valyutada ko’rsatiladi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan kundagi kursi bo’yicha belgilanadi.
27. Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotining miqdori ushbu Qoidalarga 5-ilovaga binoan sug’urta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.

Majburiy sug’urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida sug’urta tariflarining o’zgarishi sug’urta qildiruvchi tomonidan to’lov vaqtidagi amalda bo’lgan sug’urta tariflari bo’yicha to’langan sug’urta mukofotining o’zgarishiga olib kelmaydi.


28. Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotini hisoblash sug’urtalovchi tomonidan majburiy sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risidagi ariza-anketada sug’urta qildiruvchi tomonidan ko’rsatilgan ma’lumotlardan, shuningdek ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha taqdim etilgan ma’lumotlardan hamda sug’urtalovchida mavjud bo’lgan, hujjatlar asosida tasdiqlangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
29. Agar majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgandan keyin majburiy sug’urta shartnomasini tuzish to’g’risidagi ariza-anketada sug’urta qildiruvchining noto’g’ri va (yoki) xato ma’lumotlar ko’rsatganligi aniqlansa sug’urta mukofoti miqdorlari majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgan vaqtda amalda bo’lgan sug’urta tariflariga muvofiqlashtirilishi kerak.
30. Majburiy sug’urta shartnomasi shartlari u amal qilgan muddat mobaynida o’zgargan taqdirda, shuningdek ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda sug’urta mukofoti miqdori o’zgargan shartlarga muvofiq ravishda tuzatiladi. Bunda tomonlarning sug’urta mukofotini o’zaro hisob-kitob qilishga taalluqli bo’lgan majburiyatlari majburiy sug’urta shartnomasi shartlariga o’zgartirishlar kiritilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechikmay bajarilishi kerak.
31. Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotining barcha koeffitsiyentlari qo’llanishini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilgan eng yuqori miqdori bazaviy stavkaning besh baravaridan oshishi mumkin emas.

Sug’urta qilinuvchi sug’urtalovchidan to’lanishi kerak bo’lgan sug’urta mukofotining yozma hisob-kitobini talab qilishga haqlidir. Zarur ma’lumotlar mavjud bo’lgan taqdirda sug’urtalovchi ana shunday hisob-kitobni sug’urta qildiruvchidan tegishli yozma ariza olingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida taqdim etishi shart.


32. Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti sug’urta qildiruvchi tomonidan sug’urtalovchiga (uning filialiga yoki sug’urta agentiga) majburiy sug’urta shartnomasini tuzish vaqtida naqd yoki naqdsiz hisob-kitob yo’li bo’yicha biryo’la to’lanadi.

Naqd hisob-kitob bo’yicha sug’urta mukofotini to’lashda sug’urtalovchi (uning filiali yoki sug’urta agenti) tomonidan pul mablag’lari qabul qilingan sana to’lov sanasi hisoblanadi. Naqdsiz hisob-kitob bo’yicha sug’urta mukofotini to’lashda pul mablag’larining sug’urtalovchining (uning filiali yoki sug’urta agentining) bankdagi hisob raqamiga tushgan sanasi sug’urta mukofoti to’langan sana hisoblanadi.


33. Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti to’lashda quyidagi sug’urta qildiruvchilarga sug’urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi:

1941 - 1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;

1941 - 1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;

konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;

harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;

harbiy xizmatchilar hamda o’quv va tekshiruv yig’inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afg’oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo’shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni o’taganlar; (O’zR VM 07.06.2011 y. 163-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


O’zR VM 07.06.2011 y. 163-son Qaroriga muvofiq oltinchi-o’n birinchi xatboshilar yettinchi-o’n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;

pensionerlar;

nogironlar.

Ushbu bandda nazarda tutilgan siylovlar Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasi tomonidan, sug’urtalovchining sug’urta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan e’tiboran o’n besh kalendar kun ichida qoplanadi.

Siylov ushbu bandda ko’rsatilgan sug’urta qilinuvchining o’ziga tegishli bo’lgan bitta transport vositasi bo’yicha fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishda beriladi.

Ushbu bandga muvofiq berilgan siylov to’g’risida majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta polisida tegishli belgi qo’yiladi.





Download 310.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Download 310.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. SUG’URTA PULI, SUG’URTA MUKOFOTI

Download 310.43 Kb.