• Dars tipi
  • O’tilgan mavzuni mustahkamlash
  • III) Yangi mavzu bayoni
  • V) O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash . VI) Uyga vazifa
  • Viii-sinf Geografiya Kimyo sanoati. Darsningmaqsad I




    Download 22.88 Kb.
    Sana05.04.2020
    Hajmi22.88 Kb.
    #9978

    VIII-sinf Geografiya

    Kimyo sanoati.

    D a r s n i n g m a q s a d i:

    a)Ta’limiy: o’quvchilarda yoqilg’i turlari, kimyo sanoatining ilk shakllanishi, milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, kimyo sanoatiga mahsulot yetkazib beruvchi tarmoqlar haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularni yangi atamalar bilan tanishtirish.

    b)Tarbiyaviy: o’quvchilarda tabiiy boyliklarni ko’z qorachig’iday asrash, bir-biriga nisbatan o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va bajarilga vazifani bajarishda mas’uliyatni his qilish ko’nikmalarini shakllantirish.

    c)Rivojlantiuvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish, o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

    Darsning jixozi: O’zbekistonning tabiiy va siyosiy-ma’muriy xaritalari, 7-8-sinf o’quv

    atlaslari (Sho’rtan gazni qayta ishlash zavodi haqida film), kimyo sanoatiga oid rasmlar, kodaskop, slaydlar.



    Dars tipi: aralash

    Darsning turi: Yangi bilim beruvchi,noan’anaviy.

    Darsning uslubi:”Aqliy xujum ”, “Guruxlar bilan ishlash ”, “Insert ”, ”Xotira mashqi ”.

    D a r s n i n g b o r i sh i:

    I)Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish, davomatni aniqlash.

    2. O’quvchilarni darsga xozirlab, jonli muhit yaratish.

    3. O’quvchilarni guruxlarga bo’lish

    I guruh – “Neft”

    II guruh – “Gaz”

    III guruh – “Oltingugurt”

    IV guruh – “Azot”

    O’quvchilar bilan birgalikda guruhlar bilan ishlash uchun amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalar ishlab chiqiladi.

    II)O’tilgan mavzuni mustahkamlash

    Bunda har bir guruhga ikkitadan tezkor savol beriladi.

    I guruh uchun


    1. O’zbekistonning tabiiy gaz konlari qaysi viloyatlar hududida joylashgan? (Farg’ona, Buxoro, Surxondaryo, Qashadaryo )

    2. Bir yilda o’rtacha qancha gaz qazib olinadi? (59mlrd. Kub metr )

    II guruh uchun:

    1. O’zbekistonda neft birinchi bor qachon, qayerdan qazib olingan?

    (Chimyon, 1904 yil)

    1. O’zbekistonning neft qonlarini ayting? (Mingbuloq, Chimyon, Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk)

    III guruh uchun:

    1. Respublikamizda bir yilda o’rtacha qancha ko’mir qazib olinmoqda? (2mln. tonna )

    2.Mamlakatimizda birinchi GEC qachon qayerda qurilgan? (1926 yili Bo’zsuv kanalida)

    IV guruh uchun:

    1.O’zbekistonda bir yilda o’rtacha qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda? (50 mlrd. Kv. Soat.)

    2. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining eng ko’p qismi qaysi viloyatda ishlab chiqariladi? (Toshkent viloyatida)

    III) Yangi mavzu bayoni:


    1. O’qituvchi qisqacha tushuncha beradi.

    2. Ekranda “Kimyo sanoati tarkibi” namoyon bo’ladi.

    IV).O’tilganlarni mustahkamlash

    Buning uchun xotirasini sinash uchun “geografik diktant” olinadi.

    I guruh:


    1. Kimyo sanoatining ilk shakllanishi ……. yili ……. koni bilan bog’liq.

    (1932 yil Sho’rsuv koni).

    1. Bu sanoat mashinasozlik sanoatiga …………….., to’qimachilik sanoatiga ………. kabi mahsulotlarni yetkazib beradi. (plastmassa, oyna, tola, bo’yoqlar)

    II guruh uchun

    1. Kimyo sanoatiga …….. zavodlari xomashyo yetkazib beradi. (neft va gazni qayta ishlash, qora va rangli metallurgiya zavodlari)

    2. O’zbekistonning osh tuzi konlari ….., …., …., …., (Xo’jaykon, Borsakelmas, Boybichaqon, Oq qal’a)

    III guruh uchun:

    1. Chirchiq, elektr kimyo kombinati dastlab ….. tarkibidagi azotdan ….. vositasida azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi. (havo, elektr energiyasi)

    2. Bu tarmoqda ….., …….., ….. kabi mineral o’g’itlar ishlab chiqariladi? (kaliy, fasfat, azot)

    VI guruh uchun:

    1. Kombinatda azotli o’g’itdan tashqari ….. hamda …… va ….. olish uchun organik sintez mahsulotlari ishlab chiqariladi? (magniy xlorid, plastmassa, sintetik tola)

    2. Rangli metallurgiya korxonalari chiqindilaridan ……. Olinadi? (sul’fat kislota)

    Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

    I guruh jadvalni to’ldiring:



    Foydali qazilma nomi

    Qanday maqsadlarda foydalaniladi.

    Konlar nomi.



















    II guruh uchun “Xotira mashqi”

    Nomlari keltirilgan foydali qazlmalarining shartli belgilarini chizing?

    Toshko’mir




    Qo’ng’ir ko’mir




    Neft




    Gaz




    Oltin




    Mis




    Kumush




    Marmar




    Grafit




    Osh tuzi




    III guruh uchun “Toifalash”

    Foydali qazilmalar jadvalini to’ldirish:



    Yoqilg’i boyliklari

    Rudali mineral boyliklari

    Rudamas foydali boyliklar










    VI guruh uchun “Jadvalni to’ldiring”

    GRESlar nomi

    Qaysi hududda?







    Guruhlar bajargan ishlarini keying guruhga topshirishadi. Har bir guruh a’zolari o’zidan oldingi guruh ishining to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshiradi.

    V) O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash.

    VI) Uyga vazifa: mavzuni o’qish, yozuvsiz xarita bilan ishlash.

    O’qituvchi : Xalbayeva Fazilat

    Download 22.88 Kb.




    Download 22.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Viii-sinf Geografiya Kimyo sanoati. Darsningmaqsad I

    Download 22.88 Kb.