• Xavflar kvantifikatsiyasi . Xavflarni taqqoslash, tenglashtirish identifikatsiya
  • Sabablar va oqibatlar Yashirin xavflar amalga oshishiga olib keladigan sharoit sabab
  • Xavflarni kvantifikatsiyasi




    Download 54.57 Kb.
    bet1/6
    Sana13.12.2022
    Hajmi54.57 Kb.
    #34472
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    abduvali2
    3-topshiriq

    Xavflarni kvantifikatsiyasiyalashning sonli,balli va boshqa uslublarini tahlil qilish


    REJA:


    1. Xavflar kvantifikatsiyasi,Xavflarni taqqoslash, tenglashtirish, identifikatsiya
    2. Tavakkal tushunchasi
    3. Tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymati.
    4. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari
    5. Xavfsizlikning printsip, usul va vositalari


    Xavflar kvantifikatsiyasi . Xavflarni taqqoslash, tenglashtirish
    identifikatsiya
    Bu-murakkab sifat tushunchalarini baholashda asosiy miqdoriy xarakteristikalarni kiritishdir.Kvantifikatsiyaning miqdoriy, ball va boshqa baholash usullari ishlatiladi.Xavfni eng keng tarqalgan baholash usullari jur’at, tavakkal, qo’rqinch hisoblanadi.Xavflar potentsial, ya’ni yashirish xarakterga egadir.Xavflarni taqqoslash - kishining hayotiy faoliyatini ta’minlashga qaratilgan profilaktik hamda operativ tadbirlarni ishlab chiqish zarur va yetarli bo’lgan xarakteristikalarni qidirib topish va miqdorini belgilash jarayonidir.Xavflarni taqqoslash jarayonida, aniq masalani hal qilish uchun zarur bo’lgan xavflar ro’yhati, ularning namoyon bo’lish ehtimoli, bo’lishi mumkin bo’lgan zarar va boshqa kattaliklar aniqlanadi.
    Sabablar va oqibatlar
    Yashirin xavflar amalga oshishiga olib keladigan sharoit sabab deb ataladi.
    Boshqa so’zlar bilan aytganda, sabablar nohush oqibatlarga olib keluvchi, zarar keltiruvchi va xavf-xatar hosil qiluvchi vaziyatlar majmuasidir. Zarar yoki nohush oqibatlar shakllari xilma-xildir: jarohatlar, kasalliklar, atrof muhitga keltirilgan zarar, va boshqalar.
    Xavf - sabab va oqibatlar, baxtsiz hodisa, favqulodda holat, yong’in va shunga o’xshash voqealarning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.
    “Xavf – sabab - nohush oqibat” uchligi, bu yashirish xavflarni, zararlarni amalga oshiruvchi taraqkiyotning mantiqiy jarayonidir. Bir xil xavf har xil sabablar bilan ro’yobga chiqishi mumkin.
    Baxtsiz hodisalarning profilaktikasi asosida sabablarni qidirish yotadi. Masalan: zahar /xavf/ -dori tayyorlovchining xatosi /sabab/-zaharlanish
    /nohush oqibat/.Elektr toki /xavf/-qisqa tutashuv /sabab/-kuyish /nohush oqibat/Chanqash /xavf/-saxroda adashish /sabab/-organizmni kuruqshab qolishi /nohush oqibat/.
    Darsga kelmaslik /xavf/-erinchoqlik /sabab/-institutdan haydalish /nohush oqibat/.

    Download 54.57 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 54.57 Kb.