Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari. Xayol jarayonlari




Download 1.34 Mb.
bet1/2
Sana15.12.2023
Hajmi1.34 Mb.
#119244
  1   2
Bog'liq
Aktiv va passiv xayol natijalari. Xayol turlari
ХАР КУНИ ЧИКАРИШ, Kitob 3970 uzsmart.uz, gggg, Axloq falsafasi (Etika), ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLARI, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi t, Ajratish dastgohlari mexanik va gidravlik-fayllar.org, MAXALLIY QURILISH MATERIALLARI, pelbook en, silindrlar-blogi-kallagi (2), silindrlar-blogi-kallagi

Mavzu:Aktiv va passiv xayol natijalari. Xayol turlari
Reja:

  1. Xayol haqida tushuncha.

  2. Xayol turlari.

  3. Xayol jarayonlari.

Tayanch iboralar:
Xayol va tasavvur haqida umumiy tushuncha. Xayol va tafakkurning o`xshashligi va farqlari. Xayol va muammoli vaziyat. Xayol turlari. Xayol jarayonlari. Xayol va motivatsiya. Tasavvur va o`quv jarayonidagi ko`rgazmalilik. Tasavvur turlari va xayol shakllaridagi individul xususiyatlar va ularni o`quv jarayonida boshqarish. Xayol va organik jarayonlar. Ilmiy, texnika va pedagogik faoliyatda, badiiy ijodiyotda xayolning roli.
Har kim bizni atrofida dunyo, va biz uning idrok bilan kiryapman o'sha tasvirlar orasidagi, juda muhim farq bor, deb biladi. Buning sababi sifatida bunday hodisaning bir kishi borligi xayol. tasavvur ikki asosiy komponentlarini edi, insonning hisoblanadi. Uning birinchi element - muayyan bir shaxsni qoldi o'tgan Aslida, tasvirlar saqlanadi bo'lgan xotira. Ikkinchi - rivojlanish darajasi individual bo'lgan xayol. Tufayli bu xususiyatlar har ikki o'ziga xos bo'lgan, va tasavvur ham sub'ektiv xususiyat ekanligi uchun
Bu kimligi tufayli, u tasavvur quyidagi turlarini ajratishga qaror:
1) aks ettiradi, bunda xarakterlanadi tasavvur bunday, oqilona xayol odamning fikrini ob'ekti eng unutilmas bir qismi, faqat eng muhim hisoblanadi. Bu ko'p jihatdan ob'ekt xususiyatlariga (yoki emas esladim) bilan belgilanadi Ushbu ko'rish turi, yodda ko'rsatish ob'ektini etarlilik darajasi.
2) xayol - xayol xil, real mohiyati uchun huzurida qabul xos emas;
3) yolg'on bo'lgan haqiqatga bir qasddan buzish bor.
Xayol barcha turlari, shuningdek, ularning sabablari xilma-xilligi asosida tasniflanadi mumkin. Bu erda, masalan, har bir o'ziga xos tasavvur bor qaerda, deb turlari xavfsiz holatga qilinadi. Mana, ulardan ba'zilari:
- Bir kishi o'z fikr va e'tibor ustidan nazoratni kamaytiradi, qoida, deb, xarakterlanadi beixtiyor xayol. Bunday tasavvur "o'z-o'zidan" paydo bo'ladi va bolalikni yoki erta o'smirlik davrida, hayotga erta bosqichda odamlarga xos. Juda tez-tez u tushida yoki yarim uyquda davlat uchraydi. Bunday beixtiyor vakolatxonalari o'ziga xos xususiyati bajarish aniqlamay natijasida juda zaif, ong boshqa "qoldiq" tasvirlar bilan munosabatlar hisoblanadi;
- o'zboshimchalik tasavvur faol sifatida psixologiya hisoblanadi. Qasddan tasavvur. Bu har qanday roli olib talab o'yinlari davomida, erta bolalik rivojlanishi boshlaydi. "Roli haqqoniyligi" istagi keyinchalik bir kishi, o'z qaror qabul qilish maqsad qilib belgilash va ularni hal qilish yo'llari xaritasini uchun zarur bo'ladi hayoti, kabi erta ariza topadi faoliyatini, yordam beradi;
- Bir kishi bunday narsa bir tasvirni yaratish kerak bo'lsa oldindan u hech qachon ko'rmagan edi va nima tajribali emas, namoyon tasavvur uyg'otish, lekin u tabiatda mavjud aniq bilur. Thanks unga, bir odam o'tgan, yoki uzoq mamlakatlarning hozirgi manzaralari rekonstruksiya ko'zga;
- qayta farqli o'laroq ijodiy xayol, yangi tasvir va haqiqat modellarini yaratadi. U sizning fikr, bir narsa ham yaratishingiz mumkin, shunday qilib, Bundan tashqari, bu odamning tashkil etilishi mumkin allaqachon ilgari boshqa / qavmlariga yaratgan, lekin u bilmaydi mumkin.

Xayol yoki fantaziya, tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlariga kiradi va faqat odamlarga xos bo`lgan faoliyatlarda yuzaga chiqadi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mehnatining hayvonlar instinktiv harakatlaridan tubdan farqidir. Xayol inson faoliyatining barcha jabhalarida yuzaga chiqadi. Masalan, oddiy stol yasash uchun ham uning shakli qanday bo`ladi, nima uchun kerak, rangi, balandligi va h.k.larni oldindan tasavvur qilish lozim. Bir SO`Z bilan aytganda, ishni boshlashdan oldin bu stolni tayyor holda ko`ra bilish talab qilinadi.


Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo`lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni ta`minlaydi. Shuning bilan birga xayol faqat biror aniq faoliyatni programmalashtiruvchigina ham emas, ba`zan uning urnini bosuvchi obrazlar hosil qilish vositasi sifatida ham yuzaga chiqadi.
Xayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya`ni masalani echishning yangi usullarini kidirib topishda yuzaga keladi. ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo`ladi.
Muammoli vaziyatda masalani hal qilish uchun biz tushunchalarga (bilimlarga) va obrazlarga suyanamiz. Ko`pincha bu ikkala vosita ham birgalikda qo`llaniladi. Ammo ulardan qaysi birining ustunligi muammoli vaziyatning xarakteriga bog`liq. Agar masalaning dastlabki ma`lumotlari, chunonchi, ilmiy muammoning dastlabki ma`lumotlari aniq bo`lsa, masalani echish yo`lining mohiyati ko`proq tafakkur qonunlariga tobe bo`ladi. Agar muammoli vaziyat ko`p jihatdan o`zining noaniqligi bilan ajralib tursa, dastlabki ma`lumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin bo`lsa xayol mexanizmlari ishga tushadi

XAYOL TURLARI


Xayol o`zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o`rnida, ya`ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og`ir ahvolga tushganda, biror masalani echa olmaganda, o`z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bo`lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL deb ataladi. PASSIV XAYOL IXTIYORIY YOKI IXTIYORSIZ yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv xayol turi ShIRIN XAYOL deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli narsalar haqida shirin xayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin xayol kechirish hollari ko`proq bo`lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beradi. Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda ham yuzaga kelishi mumkin. Xayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi signallar tizimining susayishida, odamning vaqtinchalik harakatsizlik holatida, uyqisirash holatida, affekt holatida, uyqida (tush ko`rish), ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo`ladi.
Passiv xayolning aksi bo`lgan AKTIV XAYOL ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo`linadi.
Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol QAYTA TIKLOVChI XAYOL deyiladi.
IJODIY XAYOL qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil qiladi.
XAYOL JARAYONLARI
Xayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi?
Xayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradek ob`ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo`lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar va hodisalar o`rganiladi.
Kishi passiv hayolni oldindan o’ylab yuzaga keltirishi mumkin: 
jo’rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda 
gavdalantirishga qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari 
shirin hayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, ёqimli, qiziqarli narsalara 
haqida shirin hayol surish hamma odamlarga xosdir. Mana shunday 
shirin hayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar o’rtasidagi 
aloqa yengil namoyon bo’ladi. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin 
hayol kechirish hollari ko’proq bo’lsa, bu shaxsning passivligidan 
dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.
Passiv hayol o’ylab qo’yilmagan tarzda ham yuzaga kelishi 
mumkin. Bu asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal sistemasining 
susayishida, kishining vaqtincha harakatsizlik holatida, uyqusirash 
holatida, uyquda (tush ko’rishda), ongning kasallikka uchrab 
buzilishida (gallyusinasiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi.
Agar passiv hayolni oldindan o’ylab va o’ylamasdan qilingan 
turlariga bo’lish mumkin bo’lsa, aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi 
hayol turlariga bo’lish mumkin bo’ladi.
O’z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar sistemasini 
yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi. Xoh darslarni, xoh 
badiiy adabiyotni o’qishda, geogrofik kartani va tarixiy tasvirlarni 
o’rganishda hayol yordami bilan bu kitoblarda, xaritalar va hikoyalarda 
aks ettirilgan narsalarni qayta tiklashga to’g’ri keladi. 
Ijodiy hayol kayta tiklovchi hayoldan farq qilgan holda, original va 
qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi 
obrazlarning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo’lgan ijodiy 
hayol ehtiyojlarini qondirish yo’lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan 
aktiv va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan 
boshqa ijodiyotning ajralmas tomoni bo’lib qoladi. 
Inson shaxsining qimmati ko’p jihatdan uning strukturasida 
hayolning qaysi turi ustunligiga bog’liqdir. Agar o’smirlar va yoshlarda 
konkret faoliyatlarda amalga oshiriladigan ijodiy hayollari passiv, 
quruq hayolparastlikdan ustunlik qilsa, bu shaxsning taraqqiyot 
darajasi yuksakroq ekanligidan dalolat beradi. 
Hayol jarayonlari idrok, xotira va tafakkur jarayonlari kabi 
analitik-sintetik xarakterga ega. Hayolning mohiyati tasavvurlarni 
qayta tuzish jarayonidan va o’zimizdagi mavjud obrazlar asosida yangi 
obrazlar yaratishdan iboratdir. Hayol, fantaziya real voqelikni yangi, 
kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks 
ettirishdan iboratdir. 
Insonning bilish jarayonlarida xayol yoki fantaziya katta 
ahamiyatga ega. Xayol sеzgi, idrok, tafakkur jarayonlari bilan uzviy 
bog`liq bo`lib, borliqni yangi bo`yoqlarda, o`z xohishi, istagi, tasavvuri 
shaqlida aks ettirishidir. Ko`rgan, eshitgan, qisqasi o`z tajribasidan 
o`tkazgan narsa hodisalarni ko`z oldiga kеltirish - qayta tiklovchi, o`z 
istagi xohishi asosida yangi obrazlar yaratib tasavvur qilish - ijodiy 
xayol shaqlida bo`ladi. Ijodiy xayol - fantaziya dеb ham aytiladi. (Shoir, 
yozuvchi, ixtirochi - konstruktor uchun zarur sifatlar). 
Ijodiy xayol ijodkor-ixtirochi uchun, yozuvchi yoki rassom uchun 
juda zarurdir. Ijodkor o`z boshidan kеchirgani, bilgani doirasidan vaqt 
va fazo jihatidan ilgarilab kеtadi.
Xayoliy yoki yangi obraz yaratishning bir nеcha usullari bor:
1) agglyu-tinatsiya - еlimlash, bir nеcha obrazdan yangi obraz 
yaratish - masalan - suv parisi, kеntavr, uchar ot - pеgas va hokazo 
fantastik obrazlarni yaratish.
2) gipеrbolizatsiya - bo`rttirish yoki kichraytirish (Gullivеr 
sarguzashtlarini eslang). 
3) qayd etish-narsa va hodisalarning eng muhim bеlgilariga 
diqqatni jalb qilish (O`rtoqlik hazili, sharj).
Bulardan tashqari tipiklashtirish, orzu xayol (uchar gilam - 
samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaqlida ham bo`ladi. 
Bolalar o`yini ham, konstruktor tasavvuri ham ijodiy xayol, lеkin 
mazmuni va opеratsiyalari bir-biridan farq qiladi.

Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi. Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi. Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo’lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik. I.P. Pavlovning oliy nerv-faoliyati haqidagi ta'limoti asosida ma'lum darajada tushuntirib o’tish mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po’stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo’shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo’shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po’stida inson o’z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo’ladi. Bu obrazlarning ko’pi voqelikka mutlaqo to’g’ri kelmaydi va natijada tormozlanib holadilar. Boshqa birlari esa voqelikka to’g’ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar. Xayol qilish jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv fiziologik mexanizmlarni to’la tushuntirib berish uchun yetarli ilmiy ma'lumotlar yo’q. hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish, insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalarning yaratilishi va shu kabilar inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqyoti natijasida qo’lga kiritilmoqda. Odamning uyg’oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma'lum darajada tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo’ladi. Shuning uchun odam o’zining xayol qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo’ysindira oladi. Odam o’zining bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo’lishini idora qila oladi. Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam uxlagan paytida ham xayol tush ko’rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nerv hujayralari hammadan oldin tormozlanadi. Uyqu bilan bog’liq bo’lgan tormozlanish jarayoni miyaning hamma joyiga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim joylar tormozlanmasdan holadi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko’rish ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assosiasiyalardan iborat bo’ladi. Xayol jarayonlari Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko’rinishida aks ettirildi.



Agglyutinasiya - "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar. Giperbolizasiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar. Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari ("O’g’ri", "Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar. Aksentlashtirish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi. Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi. Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.  Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.  Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.  Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi. Analitik Giperbolizatsiya Aktsentirovka Sxemalashtirish Sintetik Agglyutinatsiya Tipiklashtirish Qiyoslash Xayol jarayoni Xayol turlari Odatda biz tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol deb xayolni bir necha turlarga ajratamiz. Aynan xayol turlarini quyidagi tarzda ifodalash muhim sanaladi.

Tasavvur xayoli deb o’tmishda bo’lib o’tgan yoki hozirda bor bo’lgan lekin bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya'ni biz idrok qilmagan tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi. Tasavvur xayolini odatda tiklovchi xayol deb ham yuritiladi. Tiklovchi yoki tasavvur xayolini inson hayotidagi roli g’oyat darajada kattadir. Agar tiklovchi xayol bo’lmaganda odam o’qiy xam olmagan bo’lar edi. Biz juda ko’p narsalarni ko’rmagan, ya'ni bevosita idrok qilmagan bo’lsak, ham ularni tasavvur eta olamiz: bunda biz boshqa odamlarning aytib bo’lgan so’zlari asosida o’qigan kitoblarimiz asosida xayoliy tasavvur va obrazlar yaratamiz. Masalan, bolalar kitobchalardan o’qib berilgan ertaklardagi qahramonlarni ularning bag’oyat botirliklarini, qo’rqoqliklarini va bir-birlariga yordam berishlarini xayoliy tasavvur orqali aks ettiradilar. Tiklovchi yoki tasavvur xayoli jarayonida odam ko’z oldiga keltirayotgan obrazning ob'ekti haqiqatdan ham muayyan bir joyda bo’lganligini anglatadi. Tasavvur yoki tiklovchi xayol bog’cha yoshidagi bolalarda ham bo’ladi. Masalan: ularga o’qib berilayotgan hikoyani eshitar ekanlar, hikoyadagi afsonaviy qahramonlar, ularning baland g’oyalar ustidagi qurilgan qasrlari ko’z o’ngilarida gavdalana boshlaydi. Ijodiy xayol - deb tajribamizda bo’lmagan va voqelikning o’zida ham uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat xayol turiga aytiladi. Ijodiy xayol murakkab aks ettirish jarayoni bo’lib, odamning hayotida juda katta ahamiyatga egadir. Odam o’zining ijodiy xayoli orqali biror yangi, shu paytgacha ko’rilmagan narsa yaratadi. Masalan: Yozuvchi asari uchun tipik obraz yaratganda uning xayoli ijodiy bo’ladi. Tadqiqotchining biror tadqiqot ustida ishlaganida ham uning xayoli ijodiy bo’ladi. Ijodiy xayol obrazlari so’zlarda yoki moddiy ob'ektlarda tasvirlanishi mumkin. Ijodiy xayol mahsuli, ya'ni tasavvur va obrazlari san'atning hamma turlarida arxitekturada, fan va texnika sohasidagi ixtirolarda namoyon bo’ladi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol o’rtasidagi farq faqat nisbiy xarakterga egadir. Xuddi ijodiy xayol jarayonidagi kabi tasavvur xayoli jarayonida ham aslida narsalarning obrazlari yangidan ijod qilinadi. Ana shuning uchun xayolning bu ikki turini bir-biridan batamom ajratib bo’lmaydi. Ijodiy xayolning maxsus turi orzudir. Orzu ijodiy xayolning, tilakning kelajakka qaratilgan shaklidir. Orzusiz kishi bo’lmaydi. Orzu odamning u yoki bu faoliyatiga undaydigan stimul turtkich hisoblanadi. Lekin orzuning boshqa salbiy turlari ham bor. Masalan, odamni asosiy ish faoliyatidan boshqa ishga sudraydigan orzular ham bo’ladi. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular o’zlarining aniq faoliyatlarini orzu bilan almashtirib, tilak va istaklariga shirin orzudagina yetib yuradilar. Ularning "quruq xayolparastlar" deb yuritiladi. Xayol qilish jarayoni hamma bilish jarayonlaridagi kabi ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol turlariga bo’linadi. Ixtiyorsiz xayol deb - odam o’zining oldiga hech qanday maqsad qo’ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o’z-o’ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi. Ixtiyorsiz xayol shu topdagi kuchli ehtiyoj tufayli maydonga keladi. Masalan: odam juda tashna yoki juda och bo’lgan paytida uning xayolida har turli taomlar, daryo va buloq suvlari paydo bo’la boshlaydi. Odamning ayni shu chog’dagi hissiy holati, ya'ni his-tuyg’ulari ham ixtiyorsiz xayolning maydonga kelishiga sabab bo’ladi. Chunonchi, vahima yoki qo’rqinch hissi paytida odamning xayoliga qo’rqinchli narsalarning obrazlari kela boshlaydi. Odamning tush ko’rishi ham ixtiyorsiz xayol faoliyatlaridan hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, odam uxlay boshlagan paytda bosh miya po’stining hamma joylari tormozlanmay, ayrim joylari ishlab turadi. Ana shu ishlab turgan joylaridagi nerv hujayralarida ilgari hosil qilingan obraz va tasavvurlar qayta tiklanib, odam tush ko’ra boshlaydi. Bunda miya po’stining eng asosiy markazlari (ikkinchi signallar tizimi) tormozlangan bo’lgani tufayli hech qanday nazorat bo’lmaydi. Natijada obraz va tasavvurlar bir-biri bilan allaqanday munosabatlarga kirib, odam palapartish tush ko’ra boshlaydi. Ixtiyoriy xayol jarayonlari betartib ravishda, emas balki muayyan bir jarayonda o’tadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari fikr hamda maslaklari bilan belgilanadi. Ixtiyoriy xayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi. Demak, ixtiyoriy xayol hamisha ma'lum maqsad va vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday maqsad va vazifalar boshqalar tomonidan qo’yilishi mumkin. Masalan, rassom o’zi ishlamoqchi bo’lgan suratning mavzusini o’zi belgilaydi. Yozuvchi yozmoqchi bo’lgan asarning mavzusini o’zi tanlaydi va o’zi badiiy obrazlarni yaratadi. Umuman san'at asarlarining hammasi ixtiyoriy xayol natijasida maydonga keladi. Biroq shuni ham aytib o’tish kerakki, ixtiyoriy xayol ba'zan ixtiyorsiz xayolga o’tib ketishi mumkin. Shuning uchun ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom ajralgan holda ro’y bermaydi. Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor qilinadigan xayol daqiqalarini o’z ichiga oladi. Masalan, rassomlar yoki kompozitorlar o’zlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida ba'zan ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin. Realistik xayol - turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi. Fantastik xayol - amalga oshmaydigan xayol turidir. Xayol sifatlari. Kishilarning xayoli kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi, fantaziya boyligi jihatidan farq qiladi. Xayol kengligi voqelikning kishilar faoliyati uchun bo’ladigan doirasi bilan belgilanadi. Masalan, kishi san'at, texnika, sport, bilimga qiziqsa va ular haqida xayol qilsa, bunday kishining xayoli keng bo’ladi. Xayolning unumdorligi biror narsaga nisbatan xayolning boyligi, xilmaxilligi bilan belgilanadi. Xayol keng bo’lsa, u mazmundor ham bo’ladi. Xayol faoliyatning biror sohasida namoyon bo’ladi. Xayolning kengligi va mazmundorligi kishining bilim va tajribasiga bog’liq. Xayol kuchi kuchsiz va kuchli bo’ladi. Kuchli xayolda odam juda tez ta'sirlanadi. Masalan, biz "O’tgan kunlar" romanini, "Shaytanat" romanlarini o’qiganimizda xayol kuchli bo’lishi natijasida ta'sirlanamiz. Ilmiy asarni, zerikarli, hikoyalarni o’qiganmizda esa xayolimiz kuchsiz bo’ladi. Qiziqish kuchli bo’lsa, xayol ham kuchli bo’ladi. Bolalarning xayoli fantaziyaga boy bo’ladi. Mehnat faoliyati natijasida xayol sifatlari rivojlanadi. Xayol kuchi quyidagilarga bog’liq bo’ladi.  Xayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bog’liq bo’ladi. Masalan: faqat shu bugungi kun haqida o’ylasa, odamning xayoli kuchsiz bo’ladi.  Xayol kuchi hissiyotga bog’liq bo’ladi, hissiyot qanchalik kuchli bo’lsa, xayol shunchalik erkin bo’ladi. Xayol kuchi idrokka bog’liq bo’ladi. Biz idrok qilganimizda diqqat bilan idrok qilsak, xayol kuchayib, kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa, unda idrok qilsak, xayol kuchayib kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa unda idrok susayadi. Masalan, ba'zan bir xayolga berilib, atrofdagi narsalarni ko’rmaymiz, eshitmaymiz. Xayol kuchi kishining ahvoliga, asab tizimiga bog’liq bo’ladi, ya'ni asab tizimining tetikligiga, charchab qolganligiga, sog’ligiga va betobligiga bog’liq bo’ladi. Masalan: harorat juda baland bo’lishi natijasida obrazlar juda yorqinlashib ketadi. Natijada bunday paytda odam alahsiraydi. Gallyusinasiya xayolning kuchli namoyon bo’lishidir. Xayolning realligi - voqelikni to’g’ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning yaratilishi, geniylarni xayolining kuchi real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish xayolni oldindan tasavvur etish. Xayolning realligi odamning tajribasiga, bilimiga, tafakkuriga bog’liq bo’ladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real xayol bo’lmaydi, balki fantastik xayol bo’ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o’sadi. Bolalarda fantaziya juda kuchli, masalan, ular oddiy cho’pni "uchqur ot" deb tasavvur qilib o’ynaydilar. Ularni qahramon deb his qiladilar. Yasli yoshiga nisbatan boqcha yoshidagi bolalar xayoli bir muncha kengroq bo’ladi. Ularda xayol asosan kengroq bo’ladi. Bola kattalarga taqlid qilib, shofyor, doktor bo’ladi va hokazo. Bog’cha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy bo’ladi. Masalan, katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog’cha yoshidagi bolalarning xayoli kattalar bilan muloqotda bo’lish ta'sirida o’sadi. Bolalar ertaklarni tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar. Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali ko’rmagan narsalar to’g’risida obrazlar paydo bo’ladi. Bolalar o’yin vaqtida erkin obrazlarni yaratadilar. Kichik yoshdagi bolalar xayolining o’sishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashg’ulotlari, turli o’yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan qiziqishlar xayolning o’sishiga yordam beradi. Xayol faoliyati kuchli bo’lsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi. Xayol tasavvurlari esda olib qolish, esga tushirish bog’lanishlarini vujudga keltirish uchun tayanch bo’ladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik xayol faoliyati tufayli sodir bo’ladi. Xayol faoliyati tufayli tug’iladigan hislar ko’pincha ancha kuchli va barqaror hislar bo’ladi. Xayolning asosiy xususiyatlari Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga bog’liqdir. Xayol har doim ma'lum bir yo’nalishga ega. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o’z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalangan bolalarning kim bo’lib yetishishlarini xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi. Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o’z oldiga qo’ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Lekin shuni aytib o’tish lozimki, odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham istagan narsalarga erishavermaydi. Ko’proq odamning xayolida hamma vaqt qo’rqinchli narsalar gavdalana boradi. Ana shu paytdagi ehtiyojining ta'siri bilan odamning xayoli o’tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo’lgan tasavvurni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi. Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, xayol xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasavvur hosil bo’lmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga qadimgi davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasavvur qiladilar. Buning asosiy sababi bilimlarning yetishmasligi, shuningdek mazkur yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda bo’lmaganliklari, teatrlarga tushib, tarixiy asarlarni ko’rmaganliklari, tarixiy kinolarni hali juda kam ko’rganliklari tufayli bunday tasavvurlarni hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. Xayol jarayonining o’ziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi xotira tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan, balki qisman faoliyatida ro’y beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni boshqa tasavvurlar bilan qo’shish va bir turkum qilish jarayoni ro’y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular ya'ni yozuvchilar o’z asarlaridagi haydnomalarning tiplarini bir qancha ayrim tasavvurlardan vujudga keltiradilar. Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari o’tgan zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Tayanch iboralar Agglyutinasiya (lot. Agglutinate - yopishtirmoq yelimlamoq) - mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir - biriga "yopishtirib" ho’shish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Mas., suv parisi obrazi. Aksentlash (yunon. Accentys – urg’u) - narsalarning ayrim qismlarini boshqa qismlariga nisbatan haddan tashqari kichraytirish yoki kattalashtirish asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat xayol faoliyati. Giperbolizasiya (yunon. Hyperbole - kattalashtirmoq) - kattalashtirish bilan bog’liq xayol faoliyatining bir usuli. Orzu - shaxsning o’zi uchun yoqimli bo’lgan istiqbol obrazlarni ongida yaratishdan iborat xayol turi. Orzu shaxsning ehtiyojlari, istak va intilishlari bilan bevosita bog’liq. Tasavvur - sezgi a'zolariga qachonlardir ta'sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol hissiy obrazi. Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi.
Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o`ringa va yo`nalishga ega. Chunki xayol jarayonida yangi, avval bo`lmagan obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o`rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi.
AGGLUTINASIYA. Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot).
GIPERBOLIZASIYA. Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin.
URG`U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi.
SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish..
Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo`llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko`p takrorlanuvchi belgilar ma`lum obrazlarda gavdalantiriladi.

Xulosa qilib aytganda, Xozirgi vaktda xozirgi zamon psixologiyasining eng itsikbolli soxalaridan biri ilmiy ijodiyot psixologiyasidir. Mutaxasislar tamonidan bu soxa buyicha amalga oshirilgan juda kup tadkikotlar ilmiy va texnika ijodiyoti jarayonlarida xayolning rolini aniklashga bagishlangan. Bu bilim soxasi ish olib boradigan yullaridan biri ilmiy kashfiyotlar tarixidir. Agar zarur darajada yuksak tarakkiy etgan biror fanning tarixiga karaydigan bulsak, nazariy kontseptsiyaning yetarli rivojlanganligini , matematikaning keng kullanilishini va shuning kabilarni kuramiz. Ishonch bilan aytish mumkinki, fanning dastlabki tarkkiyot boskichlarida u boshdan oxirigacha fantatsik farazlar bilan tulib toshgan edi, chunki usha paytlarda xali juda kup narsalar ravshan emas edi va farazlar, taxminlar bilan tuldirilar edi. Bilimlar soxasi rivojlanishi bilan birga unda juda kup narsalar barkarorlashadi va xayolga zarurot kolmaydi. Lekin narsalarning bunday xolati uzok davom etmaydi. Ilmiy bilimlarning tuplanishi va tadkikot metodalariningn takomilashishi tufayli xatto eng barkaror Fan soxasi xam uz tarakkiyoti yulida kupchilik tamonidan kabul kilingan sexemalarga sigmaydigan va bu sxemalar bilan tushuntirib bulmaydigan faktlarga duch keladi. Orzu- odamning vokelikni uzgartirishga karatilgan ijodiy kuchlarni xayotga tadbik kilishning zarur shartlaridan biridir. Orzu xayotni ilmiy kura bilishning eementidir. Xayotni oldindan ilmiy kura bilish xususan xalk xujalgini rivojlantirishning davlat rejalari goyat katta rol’ uynaydigan bizning mamlakatimiz uchun katta axamiyatga ega.


Uz-uzidan ravshan kurinib turibdiki, fantaziya eng kup kullaniladigan soxa bulmish san’at va adabiyotning ijodiy faoliyatida zaruriy element bulib xizmat kiladi. Rassom yoki yozuvchining ijodiy faolitida katnashadigan xayolning muxim xususiyati uning kuz jixatdan emotsionalligidir. Yozuvchining miyasida x’osil bulgan obraz, vaziyat syujetining tusatdan uzgarishi ijodiy shaxsning emotsional soxasi uchnu xizmat kiladigan uziga xos «Boyituvchi mexanizmdan» utkazilgan buladi. Yozuvchi, rassom va musikachi turli tuygularni boshidan kechirar va ularni badiiy obrazlarda gavdalantirar ekan, uz navbatida kitobxok, tomashabinlarni, eshituvchilarni xissiy kechinmalarni kechirishga, azoblanishga va xursand bulishga majbur etadi. Genial Betxovenning simfoniyalari va sonatalarida musikali-obrazli ifodalangan jushkin xissiyotlari juda kup musikachilar avlodi va tinglovchilarda xudi shunday xissiyotlarni uyg’otmoqda.



Download 1.34 Mb.
  1   2




Download 1.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari. Xayol jarayonlari

Download 1.34 Mb.